Первый слайд презентации
Agrar islohotlarni amalga oshirishning asosiy y o’nalishlari Bajardi : Xudoyqulov.I Tekshirdi : Sadullayev.A Reja : 1. O’zbekistonda agrar islohotlarning huquqiy asoslari va amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari. 2. Agrar islohotlarning bosqichlari va vazifalari 3. Davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, yerdan foydalanish munosabatlaridagi.
Слайд 2
Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o’tishning nazariy modeli yaratildi. Bu modelda yangi iqtisodiyotga o’tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo’nalishlari belgilanadi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat : mulkiy munosabatlarni isloh qilish ; agrar islohotlar ; moliya-kredit va narx-navo islohoti ; boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish ; tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti ; ijtimoiy islohotlar.
Слайд 3
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo’yilgdi : - totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish ; - Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish [35, 19]. Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari ikkinchi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo’nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi. Mazkur bosqichda investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan quyidagi bir qator vazifalarni ko’rsatib berdi : davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish ; ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash ; milliy valyuta – so’mni yanada mustahkamlash ; iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish [33, 332-333].
Слайд 5
2. Agrar islohotlarning bosqichlari va vazifalari Uzoq davr mobaynida qishloq xo’jaligiga nisbatan noekvivelent ayrboshlash mavjud bo’lib kelgan edi. Iqtisodiyotda rejali tizim amal qilgan yillarda qishloq xo’jaligidan boshqa umumdavlat ehtiyojlari uchun juda katta mablag’lar “ sog’ib ” olingan edi, xodimlarga esa eng kam ish haqi to’landi, uning darajasi tirikchilik minimumidan ancha past edi. Bu hol narxlar siyosati, investisiyalar, moddiy-texnika ta’minoti, mehnatga haq to’lashda yanada yorqinroq namoyon bo’ldi. Qishloq xo’jaligi bo’yicha hukumatning bir qancha qarorlari qabul qilinganligiga qaramay, ushbu muhim sohada ahvol tubdan yaxshilanmadi va u mamlakat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishga to’sqinlik qildi. Turg’unlik yillarida qishloqda o’ta og’ir ijtimoiy vaziyat yuzaga keldi. Ko’pchilik qishloqlarda tibbiy muassasalar, shuningdek do’kon va maktablar yetishmas edi. Ko’p yerlar agrar sektor oborotidan chiqarib tashlangan va tubdan yaxshilashga muxtoj edi. Agrar sektor ishchilarining maoshlari shahardagi ishchilarning maoshlaridan 3-5 marta kam edi.
Слайд 6
Mana shunday sharoitda O’zbekiston 1991 yilda o’z mustaqilligini e’lon qildi va tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. Respublikada 1990-1991 yillarda o’tkazilgan agrar islohot davomida aholiga 1,5 milliondan gektardan ortiq haydaladigan yer bo’lib berilgandi va bu tadbir respublika aholisining o’z-o’zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlashdagi ahvolini ma’lum darajada yaxshilashi lozim edi va bu tez orada o’z samarasini berdi (3.1.-jadval). Bu davrda respublikaning qishloq xo’jaligi tarmog’i quyidagi o’ziga xos xususiyatlari : - xom ashyo yetishtirishga yo’naltirilganlik ; - yer-suv resurslarining cheklanganligi ; - ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi taraqqiyotining pastligi ; - qishloqda aholi va mehnat resurslarining o’sish sur’atlari yangi ish o’rinlari yaratish va iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlariga nisbatan yuqoriligi ; - yerni qashqatqich holda ekspluatasiya qilish natijasida uning tabiiy unumdorligining pasayib ketganligi ; - agrotexnik qoidalarga rioya qilinmaslik va almashlab ekish jarayonining buzilganligi ( oxirgi paytlarda almashlab ekishni barbod qilinganligi ); - yerlarning meliorativ holatining qoniqarsizligi, suv ta’minoti va drenaj quduqlarning achinarli xolatga keltirilganligi ; - suvdan oqilona foydalanmaslik maqsadida ilg’or sug’orish tizimlarini joriy etilmaganligi ; -mineral o’g’itlar va turli kimyo vositalari narxlarining o’sib borishi ; - madaniy o’g’itlar asosini tashkil qiluvchi chorvachilik sohasiga e’tiborning susayishi ; - yonilg’i-moylash materiallari narxining ortib borishi ; - qishloq xo’jaligida band mutaxassisilarni layoqati yetarli emasligi tizimning tugashiga sabab bo’ldi deyish mumkin.
Слайд 7
3. Davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, yerdan foydalanish munosabatlaridagi islohotlarning o’ziga xos xususiyatlari.
Последний слайд презентации: Agrar islohotlarni amalga oshirishning asosiy y o’nalishlari Bajardi :
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR . Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. Т.: O'zbekiston. 1995. . Karimov I.A. Qishloq xo'jaligi taraqqiyoti - to'kin xayot manbai. Т.: O'zbekiston. 1998. . O'zbekiston Respublikasining " Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi qonuni. 1998 у il 30 aprel. . O'zbekiston Respublikasining " Qishloq хо' jalik kooperativi ( shirkat xo'jaligi ) to'g'risida”gi qonuni. 1998 у il 30 aprel. . O'zbekiston Respublikasining " Dehqon xo'jaligi to'g'risida"gi qonuni. 1998 у il 30 aprel. . O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. - Т.: O'zbekiston. 1999.. Iqtisodiyot nazariyasi. Т. 2005 у. . Экономика Узбекистана. Информационно-аналитический обзор за 2005 год. Т.:Узбекистан. 2006.