Blokcheyn texnologiyasini moliya sektorida qo‘llash — презентация
logo
Blokcheyn texnologiyasini moliya sektorida qo‘llash
  • Blokcheyn texnologiyasini moliya sektorida qo‘llash
  • Blokcheyn texnologiyasini moliya sektorida qo‘llash
  • Blokcheyn texnologiyasini moliya sektorida qo‘llash
  • Blokcheyn texnologiyasini moliya sektorida qo‘llash
  • Blokcheyn texnologiyasini moliya sektorida qo‘llash
  • Blokcheyn texnologiyasini moliya sektorida qo‘llash
  • Blokcheyn texnologiyasini moliya sektorida qo‘llash
  • Blokcheyn texnologiyasini moliya sektorida qo‘llash
  • E’tiboringiz uchun raxmat
1/9

Первый слайд презентации: Blokcheyn texnologiyasini moliya sektorida qo‘llash

S961-21 guruh talabasi Baxtiyarova Surayyo Anvarbek qizi

Изображение слайда

Слайд 2

Ishning maqsadi — blokcheyn texnologiyasining moliya sohasida qo‘llanishini o‘rganish, uning afzalliklari va kamchiliklarini aniqlash, mavjud muammolarni tahlil qilish hamda moliya sektorida blokcheyn texnologiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ishning vazifalari : Blokcheyn texnologiyasining nazariy asoslarini o‘rganish ; Moliya sohasida blokcheyn texnologiyasining qo‘llanilish yo‘nalishlarini aniqlash va tahlil qilish ; Moliya sektorida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishning afzallik va kamchiliklarini ko‘rsatib berish ; Blokcheyn texnologiyasini joriy etishdagi asosiy muammolarni aniqlash ; O‘zbekiston va dunyo tajribasini solishtirish ; Moliya sohasida blokcheyn texnologiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Изображение слайда

Слайд 3

Blockchain (inglizcha blokcheyndan “bloklar zanjiri” ) - bu texnologiya, bu ma'lumotlarni kriptografik shifrlar yordamida himoyalash bilan ketma-ket bloklar zanjiriga yig‘ishni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, ma'lumotlar zanjirlari alohida serverda saqlanmaydi, lekin tarmoqqa ulangan barcha qurilmalarda bir vaqtning o'zida mavjud. Blokcheyn — bu ma’lumotlarning uzluksiz zanjiri bo‘lib, har bir “blok”da ma’lum bir tranzaksiyalar yoki yozuvlar jamlanadi. Har bir blok uch asosiy qismlardan iborat bo‘ladi : Ma’lumotlar ( transaction data ): Bu bo‘limda tranzaksiya haqida barcha kerakli ma’lumotlar joylashadi ( masalan, jo‘natuvchi, qabul qiluvchi, summa, vaqt va boshqalar ). Blok identifikatori ( hash ): Har bir blokga o ‘ ziga xos raqamli “ barmoq izi ” — kriptografik hash qiymati beriladi. Bu qiymat blokdagi barcha ma’lumotlar asosida yaratiladi. Oldingi blok hashi : Har bir blok o ‘ zidan oldingi blokning hashini o ‘ z ichida saqlaydi. Shu sababli bloklar o ‘ zaro mustahkam bog ‘ lanadi va butun zanjir hosil qiladi.

Изображение слайда

Слайд 4

Agar blokdagi ma ’ lumotlar o ‘ zgarsa, uning hash qiymati ham o ‘ zgaradi va natijada butun blokcheyn zanjiri buziladi. Bu blokcheynning muhim afzalligi — ma ’ lumotlarni o ‘ zgartirish yoki soxtalashtirishni deyarli imkonsiz qiladi. Blokcheyn texnologiyasi bir necha turlarga bo‘linadi : Ochiq ( public ) blokcheyn : Barcha foydalanuvchilar uchun ochiq, tranzaksiyalarni ko‘rish va tasdiqlash mumkin ( Bitcoin, Ethereum ). Yopiq ( private ) blokcheyn : Faqat maxsus ruxsatga ega ishtirokchilar foydalanishi mumkin ( korporativ yoki bank tizimlarida ). Gibrid blokcheyn : Ochiq va yopiq blokcheyn xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Изображение слайда

Слайд 5

Hozirgi kunda moliya sohasining tezkor va xavfsiz ishlashini ta’minlash, tranzaksiyalarda ishonch va shaffoflikni oshirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish muhim muammolardan biri hisoblanadi. An’anaviy moliyaviy tizimlarda ma’lumotlar markazlashgan holda saqlanadi va bu, ko‘pincha, ishonchsizlik, hujjatlarning soxtalashtirilishi, vositachilar orqali ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflanishiga olib keladi. Blokcheyn texnologiyasi markazsiz, shaffof va xavfsiz axborot almashinuvi imkonini bergani uchun, ushbu texnologiyani moliya sektoriga joriy qilish hozirgi kunning dolzarb masalasiga aylanmoqda. Biroq, blokcheyn texnologiyasining afzalliklari bilan bir qatorda, uni amaliyotga tadbiq etishda qator texnik, iqtisodiy va huquqiy muammolar ham mavjud.

Изображение слайда

Слайд 6

Blokcheyn afzaliklari

Изображение слайда

Слайд 7

Operatsiyalar tezligi. Foydalanuvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot almashinuvi sababli tranzaksiyalar tezroq amalga oshiriladi va markaziy organ tasdig‘ini kutish talab qilinmaydi. Blokcheynda tranzaksiyalarni tasdiqlash bilan tizimdagi barcha ishtirokchilar shug‘ullanadi. Shaffoflik. Tarmoqning har bir foydalanuvchisi undagi barcha bloklarga kirish huquqiga ega. Ishtirokchilar tarmoqdagi hamyon manzillarini, tranzaksiya summalarini va blokcheynga kiritilgan barcha ma ’ lumotlarni ko ‘ ra oladi ( faqat foydalanuvchilarning shaxsiy ma ’ lumotlaridan tashqari ). Shu sababli blokcheyn anonim hisoblanadi. O‘zgarmaslik. Har bir yangi blokda avvalgi blok haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lib, bu uzluksiz ma’lumotlar zanjirini hosil qiladi. Foydalanuvchi mavjud blokdagi ma’lumotlarni o‘zgartira olmaydi, chunki buning uchun tarmoq ishtirokchilarining 50% dan ortig‘ining roziligi kerak bo‘ladi. Xavfsizlik. Vositachilar ishtirok etganida doimiy ravishda ma’lumotlarning sizib chiqishi yoki dastlabki shartlarning buzilishi xavfi mavjud. Blokcheyn bu xavfni bartaraf etadi, chunki unda oldindan belgilangan shartlarning bajarilishini algoritmlar yordamida nazorat qiluvchi aqlli kontraktlar ( smart-kontraktlar ) ishlatiladi. Tenglik. Tizimdagi barcha foydalanuvchilar blokcheyn shakllanishida ishtirok etadi va keyingi blok qaysi bo‘lishini birgalikda aniqlashadi.

Изображение слайда

Слайд 8

Blokcheyn moliya sohasi

Изображение слайда

Последний слайд презентации: Blokcheyn texnologiyasini moliya sektorida qo‘llash: E’tiboringiz uchun raxmat

Изображение слайда

Похожие презентации

Ничего не найдено