Слайд 3
Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari : Janubiy Koreya, Koreya ( hangul : 대한민국, hanja : 大韓民國, t ɛ ː. han.min. ɡ uk ̚ ), Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Poytaxti — Seul shahri aglomeratsiyasi aholisi bo ’ yicha jahonda ikkinchi o ’ rinda turadi. Koreya jahonning eng qadimgi tamaddunlaridan biridir ; uning hududida Quyi Paleolit davridayoq odamlar yashaganligi ma’lum. Uch Koreys Qirolligining 668 -yildagi birlashuvidan to 1910 -yilgacha koreys xalqi yaxlit mamlakatda yashadi. Koreya bo ’ linishidan so ’ ng 1948 -yili Janubiy Koreya davlati yaratildi. Koreys Urushidan keyin Koreya Respublikasi iqtisodiyoti kuchli o'sishni boshidan kechirib, mamlakat Katta Yigirmatalik safiga kirdi. Bugungi kunda Janubiy Koreya To`rt Osiyo Barslaridan biri, deb hisoblanadi. Janubiy Koreya BMT, WTO, OECD, APEC kabi tashkilotlar a’zosi, AQShning yaqin hamkorlaridan biri bo’lib, xalqaro siyosatda faol qatnashadi. Janubiy Koreya iqtisodiyoti yuqori texnologiyalar va qulay infratizimga asoslangan, Samsung, LG, Hyundai-Kia kabi koreys shirkatlari elektronika, avtomobil, kema, mashina va robotlar ishlab chiqarishadi. Janubiy Koreya shuningdek ta’limi ilg’or mamlakatlardan biri bo’lib, aholisi ilmiy savod darajasi bo’yicha jahonda birinchi, [ matematik savod bo’yicha esa ikkinchi o’rinda turadi.
Слайд 4: Iqtisodiyoti
Janubiy Koreyaning 1997-yildagi inqirozgacha bo`lgan ildam iqtisodiy rivoji " Sharqiy Osiyo Mo`jizasi " deb atalgan. Uch dekada shiddatli iqtisodiy rivojlanish kambag`al agrar mamlakatni dunyodagi o`n ikkinchi iqtisodiy-eksport davlatiga aylantirdi. 1996-yil 12-dekabrda Koreya Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT) ga qabul qilinishi haqiqatan Koreya iqtisodiyotining avjiga chiqqan payti bo`ldi. Koreyaning bunday tez rivoji yuqori darajadagi jamg`arma va sarmoyaga katta yordam berdi, shuningdek milliy taʼlimning taraqqiy topishiga rag`bat bo`ldi. Shuning evaziga bugungi kunda bir qancha yosh o`g`il-qizlar dunyoning eng nufuzli oliygohlarida taʼlim olishmoqda.
Слайд 5: Iqtisodiyoti
Lekin rivojlanishga bo`lgan yo`l oson bo`lmadi. Bu yo`lga erishish turli qiyinchiliklarni yengib o`tishni talab etdi. 1945-yili Yaponiya qaramligidan ozod bo`ldanidan so`ng milliy iqtisodiyotni rivojlantirish xalqning hayot-mamot masalasiga aylandi. Tabiiy boyliklarning cheklanganligi, ichki bozorning zaifligi va iqtisodiy rivojlanish tajribasiga ega bo`lmasligiga qaramay, Koreya milliy iqtisodiyotning barqaror va mustaqil rivojlanishini amalga oshirdi. 1950—53-yillarda bo`lib o`tgan Koreys Urushi Janubiy Koreya iqtisodiyoti rivojlanishiga katta putur yetkazdi. Bir xalqning o`zaro urushib ikki qismga bo`linishi Koreya tuprog`ida buzg`unchilik va alamli xotiralarni qoldirdi. Urush qurbonlari va nogironlar soni 1,5 mlnni tashkil etadi. Urushning moddiy zarar qiymati 1953-yil narxlarida 3,1 mlrd AQSh dollarini tahskil etdi. Janubiy Koreyaning urushdan ko`rgan zarari 1953-yilgi Milliy Yalpi Maxsulot (YMM) ning 85%ini tahskil etti. Urushdan keyingi qayta tiklanish davrida (1953-1960-yy) rivojlanish darajasi xorijiy davlatlarning yordamlari bo`lishiga qaramay past bo`ldi. Shunday bo`lsa-da, 1953-yildan 1995-yilgacha o`rtacha Milliy Yalpi Maxsulot o`sishi 7,6%ni tashkil etdi, bu esa 21 marta o`sganligidan dalolat berdi.
Слайд 6: Pak Chon Hi, Janubiy Koreya Uchinchi-To’rtinchi respublikalari Prezidenti. Uchinchi Respublika davrida Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi tuziladi. Koreya Respublikasi o’z hududida AQSh harbiy bazalarining joylashiga qonuniy tarzda ruxsat bergandan so’ng, AQSh bilan bo’lgan aloqalari yanada kuchayadi. Undan tahsqari, Koreya Respublikasi AQSh harbiylarining Vyetnamda olib borgan urushida 320 000 askar bilan quvvatlab turadi, ya’ni Koreya Respublikasi o’z harbiylarini Vetnamga AQSh harbiylariga yordam berish uchun yuboradi. Bu esa o’z natijasini bermay qolmaydi, AQSh Koreya Respublikasini har tomonlama qo’llab-quvvatlay bo’shlaydi. Iqtisodiyot tezlik bilan ko’tarila boshladi, ayrim iqtisodiy islohotlarning o’tkazilishi yalpi milliy mahsulotining o’sishiga olib keladi
UCHINCHI RESPUBLIKA
Слайд 7
] To’rtinchi respublika To’rtinchi respublika 1972 -yli Yusin konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan boshlanadi. Bu konstitutsiya prezidentlik boshqaruvini yanada mustahkamlaydi va keng vakolatlar beradi. Bu davr juda tez o’sib borayotgan Koreya Respublikasi iqtisodiyotining regressiyaga uchrashi bilan xarakterlanadi. ] Beshinchi respublika 1979 -yilda general Pak o’ldirilishi bilan Koreya Respublikasida uzoq yillarga cho’zilgan siyosiy inqiroz boshlanadi. 8 yil davomida xalq demokratiya uchun kurash olib boradi. Uzoq davom etgan kurashlardan so’ng 1987 -yilda Koreya Respublikasida demokratik saylovlar o’tkaziladi.
Слайд 8
2002 -yilda esa yangi prezidentlik saylovlari o`tkaziladi, unda No Mu Xyon g’alaba qozonadi. Uning prezidentlik boshqaruvi davrida Koreya Respublikasi iqtisodiyoti ancha rivojlanadi. Ammo 2004 -yil 12-martda Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi (Koreya Respublikasi parlamenti) vakillari Prezident No Mu Xyonni poraxo’rlik va ayrim shaxslarga siyosiy homiylikda ayblab unga qarshi ovoz beradilar. Biroq prezidentni qo`llab=quvvatlab turuvchi Uri siyosiy partiyasi Parlamentning prezidentga qarshi ovozlarini boykot qiladi. Bu holat mamalakatda parlament saylovlarining muddatdan avval o’tkazilishiga sabab bo’ladi va 2004-yil 15-aprelda saylovlar o’tkaziladi. Saylov natijalariga ko’ra Uri partiyasi parlamentdagi 299 o’rindan 152 o’rinni egallaydi. 18 yil deganda parlamentda bir partiya ko’pchilik mandatni egallaydi. Ammo 2005 -yilda o’tkazilgan saylovlarda Uri partiyasi parlamentddagi ko’pchilik mandatini yo’qotadi. 2008 -yilda o’tkazilgan saylov natijalariga ko’ra Seul shahrining sobiq hokimi Li Myon Bak prezident etib saylanadi.
Слайд 9: FAN VA TEXNIKA
Janubiy Koreyada dunyodagi xotira chiplarining 45%i ishlab chiqariladi. Janubiy Koreyaning elektronika va mashinasozlik shirkatlari jahonda yetakchi o ’ rinlardadir ; ular qatoriga LG, Samsung va boshqalar kiradi. Butun dunyodagi LCD monitorlarning 50%i aynan Janubiy Koreyada tayyorlanadi. Samsung va LG mobil telefon ishlab chiqaruvchilari orasida dunyoda yetakchi shirkatlardandir. Janubiy Koreya aholisi elektronikadan eng ko ’ p foydalanuvchi xalqlar qatoriga kiradi. Internetdan foydalanuvchilarning foiz nisbatdagi soniga ko’ra birinchi o’rinda turadi. 2020-yilgacha har bir koreys xonadonida kamida bitta robot bo’lishi rejalashtirilgan. Bu reja orqali Koreya aholisining keksayishi va shu tufayli ishchi kuchi hamda askarlar soni kamayishi muammolari qisman hal qilinishi k o’ zda tutilgan. Koreya Respublikasi Rossiya bilan fazoviy hamkorlik olib bormoqda, bu hamkorlik doirasida "Arirang-1" va "Arirang-2" nomli sun ’ iy yo ’ ldoshlar uchirildi. 2008-yilning 8-aprelida Koreya o ’ zining birinchi fazogiri - Yi So-yeonni koinotga uchirdi, u rus orbital kemasi " Soyuz TMA-12" da ishladi. FAN VA TEXNIKA
Слайд 10
Aholi soni - 49 044 790 nafar. Janubiy Koreya aholisining katta qismini koreyslar tashkil etadi. Bundan tashqari mamlakatda kamida 300 ming nafar xitoyliklar istiqomat qilishadi. Janubiy Koreyaliklar o ’ rtacha 79,05 yil umr ko ’ rishadi. Deyarli hamma koreys tilida so ’ zlashadi, maktablarda ikkinchi til o ’ laroq ingliz, yapon, xitoy, olmon va boshqa tillar o ’ rgatiladi. 2005-yil ma’lumotlariga ko’ra Janubiy Koreya aholisining 46,5%i dinsizdir. Qolgan aholi o’zini yo xristian, yoki buddist, deb ko’rsatgan ; boshqa dinlar nihoyatda kam tarqalgan.
Слайд 11
Janubiy Koreya ommaviy madaniyati Osiyo qit’asi va umuman dunyoda yoyilmoqda. XXI asrda paydo bo’lgan bu fenomen koreys to’lqini deb nomlandi. Bu fenomen o’z ichiga K-pop (koreys pop) musiqasi, koreys teleseriallari va filmlarini oladi. Zamonaviy texnologiyalarning koreyslar hayotiga chuqur kirib borgani ularning madaniyatiga kuchli ta’sir qildi. Koreys yoshlari orasida video o’yinlar shunchalik ommalashganki, matchlar hatto telekanallarda ham namoyish etiladi (misol sifatida Arirang kanalida tez-tez ko’rsatiluvchi Starcraft translatsiyalarini keltirish mumkin).
Слайд 12
Seul - Osiyodagi yirik moliyaviy markaz va Jahon Savdo Markazining uyi. Janubiy Koreya kemasozlikda dunyoda yetakchi hamda dunyodagi eng yirik eksportyor mamlakatlardan biri. Janubiy Koreyaning 1997-yildagir inqirozgacha bo`lgan ildam iqtisodiy rivoji «Sharqiy Osiyo Mo`jizasi» deb atalgan. Uch dekada shiddatli iqtisodiy rivojlanish kambag`al agrar mamlakatni dunyodagi o`n ikkinchi iqtisodiy-eksport davlatiga aylantirdi
Слайд 13
1950 — 53-yillarda bo ’ lib o ’ tgan Koreys Urushi Janubiy Koreya iqtisodiyoti rivojlanishiga katta putur yetkazdi. Bir xalqning o ’ zaro urushib ikki qismga bo ’ linishi Koreya tuprog ’ ida buzg ’ unchilik va alamli xotiralarni qoldirdi. Urush qurbonlari va nogironlar soni 1,5 mlnni tashkil etadi. Urushning moddiy zarar qiymati 1953-yil narxlarida 3,1 mlrd AQSh dollarini tahskil etdi. Janubiy Koreya kemasozlikda dunyoda yetakchi hamda dunyodagi eng yirik eksportchi mamlakatlardan biridir. Janubiy Koreyaning urushdan ko ’ rgan zarari 1953-yilgi Milliy Yalpi Maxsulot (YMM)ning 85%ini tahskil etti. Urushdan keyingi qayta tiklanish davrida (1953-1960-yy) rivojlanish darajasi xorijiy davlatlarning yordamlari bo ’ lishiga qaramay past boʻldi. Shunday bo ’ lsa-da, 1953-yildan 1995-yilgacha o ’ rtacha Milliy Yalpi Maxsulot o ’ sishi 7,6%ni tashkil etdi, bu esa 21 marta o ’ sganligidan dalolat berdi. Bu vaqt davomida aholi yillik o ’ sishi 2,2%, YMM real daromadi aholi boshiga 5,6%ni, yani 9,3 marta o ’ sishni tahskil etdi. 1953-yildan 2007-yilgacha Janubiy Koreya YMM 2,3 mlrddan 1,2 trln AQSh dollariga o ’ sdi. Aholi boshiga YMM daromadi qiymati 67 AQSh dollaridan 24 600 dollarga o ’ sganini ko ’ rsatadi.
Последний слайд презентации: JANUBIY KOREYA RESPUBLIKASI
Janubiy Koreyaning elektronika va mashinasozlik shirkatlari jahonda yetakchi o’rinlardadir; ular qatoriga LG, Samsung va boshqalar kiradi. Butun dunyodagi LCD monitorlarning 50%i aynan Janubiy Koreyada tayyorlanadi. Samsung va LG mobil telefon ishlab chiqaruvchilari orasida dunyoda yetakchi shirkatlardandir. Janubiy Koreya aholisi elektronikadan eng ko’p foydalanuvchi xalqlar qatoriga kiradi. Internetdan foydalanuvchilarning foiz nisbatdagi soniga ko’ra birinchi o’rinda turadi. 2020-yilgacha har bir koreys xonadonida kamida bitta robot bo’lishi rejalashtirilgan. Bu reja orqali Koreya aholisining keksayishi va shu tufayli ishchi kuchi hamda askarlar soni kamayishi muammolari qisman hal qilinishi ko’zda tutilgan. Koreya Respublikasi Rossiya bilan fazoviy hamkorlik olib bormoqda, bu hamkorlik doirasida "Arirang-1" va "Arirang-2" nomli sun’iy yo’ldoshlar uchirildi. 2008-yilning 8-aprelida Koreya o’zining birinchi fazogiri - Yi So-yeonni koinotga uchirdi, u rus orbital kemasi "Soyuz TMA-12"da ishladi.