Первый слайд презентации
Larana Center K.D.USHINSKIYNING PEDAGOGIK TIZIMI The historiy of general of pedagogy Writing History Workshop Mavzu; PREP-332 guruh xusanova aziza
Слайд 3
K.D.USHINSKIY Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy (1823-yil 19-fevral (2-mart), Tula – 1870-yil 22-dekabr (3.01.1871), Odessa, Kiyevda dafn etilgan) – rus klassik pedagogi, Rossiyada ilmiy pedagogika va xalq maktabi asoschisi. Moskva universitetining yuridik fakultetini tugatgan (1844). Rossiyadagi turli maorif shoxobchalarida, jurnallarda ishlagan
Слайд 4
Ta’lim tzimi Ushinskiy pedagogik sistemasining negizi taʼlim va oʻqitish tizimida demokratlashtirishni talab qilishdan iborat boʻlgan. U birinchi boʻlib, pedagogika tarbiyaning ilmiy nazariyasi, degan fikrni ilgari surgan va buni isbot etgan. Ushinskiy pedagogika nazariyasining asosini tarbiyaning xalqchillik gʻoyasi – tarixiy jarayonda mehnatkash xalqning yaratuvchilik kuchini eʼtirof etish tashkil qilgan. Ushinskiy pedagogikani keng maʼnoda bir fan, tor maʼnoda tarbiya sanʼati deb hisoblagan. Ushinskiy tarbiyani shaxsni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy shakllantirishga qaratilgan yaxlit jarayon deb bilgan va bunda axloqiy tarbiya asosiy oʻrinni egallashi lozim deb hisoblagan. Maktabda oʻquvchilar mehnatiga taʼlim va tarbiyaning muhim omillaridan biri sifatida qaragan. Ushinskiy ning axloq va axloqiy tarbiya toʻgʻrisidagi qarashlarida xalqchillik gʻoyalari aks etgan. Ushinskiy yaxlit didaktik tizimni ishlab chiqqan. Unda taʼlim mazmunini tanlash hamda uni bolalarning yosh xususiyatlariga moslashtirish masalalari ochib berilgan. Ushinskiy oʻqitishning psixofizik tabiatini tadqiq etdi, diqqat, qiziqish, xotira, xayol, hissiyot, tafakkur kabi psixologik mexanizmlarni tahlil qildi. Oʻzining „Inson tarbiya predmeti sifatida“ degan asarida psixologiyani tajriba maʼlumotlariga asoslanib tuzishga harakat qildi. U bolalar psixologiyasi bilan taʼlimtarbiya psixologiyasini ishlab chiqqan. Maktabda ona tili darsiga katta ahamiyat berdi. Uning „Bolalar dunyosi va xrestomatiya“, (1861), „Ona tili“ (1864) kabi darsliklari mazmunining boyligi, tili va metodikasi jihatdan oʻz davrining eng namunali oʻquv kitoblaridir
Слайд 5
USHINSKIYNING PEDAGOGIK G’OYALARI Ushinskiyning pedagogik farliyatiga soya soluvchi (1862 yil) imzosiz xat uni o‘z ishini tuxtatishga majbur qildi. Bu xatda u go‘yo siyosiy jixatdan ishonchsiz kishi deb, ayblangan edi. Buning oqibatida u chet ellardagi xotin-qizlar maorifining yo‘lga qo‘yilishini o‘rganish va pedagogikadan darslik yozish uchun o‘z vatanidan ketishga majbur bo‘ldi. U xorijiy mamlakatlar-da yurgan davrida o‘zining butun kuch-g‘ayratini talim-tarbiyaga doir asarlar yozish va ularni chop zttirishga yo‘naltirdi. Natijada,, 1861 yilda uning I va II o‘kuv, yillari uchun «Ona tili» darsligi nashr etildi va unga «Muallimlar uchun qo‘llanma» degan uslubiy asari e’lon qilindi. 1870 yilda zsa III o‘quv yili uchun xam «Ona tili» darsligi bosilib chiqdi. Bundan tashqari, Ushinskiyning pedagogika soxasidagi asosiy nazariy asari xisoblangan «Kishi—tarbiya asoschisi sifatida» («Pedagogik antropologiyadan tajriba») nomli asari ayrim jildlarga bo‘linib nashr qilina boshlandi. 1867 yilda bu asarning I jildi, 1869 yilda II jildi bosilib chiqdi. Ushinskiy bu kitobning xamma jildlarini qisqartirib, ingliz tiliga tarjima qilish maqsadida uchinchi jild ustida, zo‘r g‘ayrat bilan ishlay boshladi. Afsuski, bu ishni tamomlash unga nasib bo‘lmadi. U Qrimda davolanish paytida qattiq shamollab qoldi. Bu shamollash va zo‘r berib ishlashi xamda xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘ngilsizliklar orqasida sog‘lig‘i yomonlashdi. 1870 yil 21 dekabrda Odessada zotiljam kasalidan vafot etdi. pedagogik g’oyalari
 
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                            