Первый слайд презентации
M a v z u : S h i z o f r e n i y a k a s a l l i g i d a r e a b i l i t a s i y a m u a m m o s i T O S H KENT TIBBIYOT AKADEMYASI T a l a b a : Zulpikarov Ismoil 5 1 0 C
Слайд 2
Shizofreniya yunoncha so'zdan olingan bo'lib, ruhning parchalanishi yoki bo'linishi degan ma'noni bildiradi. Shveysariyalik olim Bleyler bu kasallikning klinik manzarasini aniqlagan, shuning uchun Bleyler kasalligi deb ataladi. Shizofreniya ko'p uchraydigan ruhiy kasalliklardan biridir. Aholi o'rtasida 1-2 %gacha uchraydi va ko'proq 15-35 yoshdan boshlanadi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablardan biri virusli infeksiya va bosh miya jarohatlarining asoratlari natijasida yuzaga keladi
Слайд 3
Shizofreniyada bemorlar fikrlari sayoz, nutq va yozuvi maqsadsiz, tartibsiz bo'ladi. Fikrlash qobiliyati pasayadi, bemorlar ezma, quruq safsataboz bo'lib qoladi. Awal nevrozsimon o'zgarishlar paydo bo'lib, bemorning kayfiyati o'zgarib turadi. Bunday bemorlar biror sabab bo'lmasdan, har joyi og'rib turishidan, tez charchab qolishidan shikoyat qiladi. Bemorning yurish-turishi va xatti-harakatlarida beparvolik, xudbinlik, kamgaplik ko'zatiladi va unda atrofdagilardan qochib yurishga moyillik bo'ladi
Слайд 5
Shizofreniyaning oddiy turida - bemor beparvo, kamgap, ser jahl va kam harakat bo'lib qoladi. Bu turda yakka qolish, xonalardan chiqmay, bir o'zi o'tirish istagi ko'proq bo'ladi. Kasallik o'smirlik davrida boshlanadi va sust kechadi. Bunda gallutsinatsiyalar va vasvasalar bo'lmaydi. Bu turda bemorlar aytilgan gaplaming teskarisini bajarishga harakat qiladilar. Masalan, og'zingni och desa, u og'zini yopib oladi. Bunday holatga negativizm deyiladi
Слайд 6
Shizofreniyaning katatanik turida - bemorlar harakatida katatonik qotib qolish yoki katatonik qo'zg'aluvchanlik bo'ladi. Bemorlar bir joyda qimirlamasdan qotib turadi va bitta so'z yoki harakatni hadeb takrorlayveradi. Bemor so'zlarni, jumlalarni baqirib aytadi, gaplariga tushunib bo'lmaydi. Bemor oyoq qo'llarni bukkan holda, gavdaga yaqinlashtirib oladi va uzoq vaqt shunday tinch gapirmay o'tiradi, bu mutizm deb ataladi
Слайд 8
Shizofreniyaning paranoid turi - bunda bemorlar hech kimning gapiga ishonmaydi, hammaga shubha bilan qaraydi. O'ziga qarshi tashqaridan jismoniy ta'sirlarni sezgandek bo'ladi. Bunday bemorlar, odamlar meni o'ldiradi, ovqatimi zaharlab qo'yadi, deb shubha bilan yurishadi. Ba'zi bemorlar esa menga mashinalar radioto'lqin yuborayapti, deb o'ylashadi. Bu turdagi vasvasalar ko'proq 20-30 yoshdan boshlab uchraydi. Ipoxondrik vasvasalar bor bemor o'zining ichki a'zolarida o'zgarishlar sezadi.
Слайд 10
Shizofreniyaning gebefrenik turi bunda bemorlar quruq safsataboz- lik, mantiqsiz qiliqlar qiladi. Bemorlar aftini burishtirib, so'zlarini, qiliqlarini sun'iy takrorlab turadi. Shizofreniyaning bir turi ikkinchi bir turiga almashib turadi. Gebefrenik turi va oddiy turlari og'irroq bo'lib kechadi. Katatonik turi esa yengil kechadi. Bularga yuragim urishdan to'xtab qoldi yoki ichagim yorilib ketgan, deb takrorlayveradi. Kasallikning bu turida tez-tez gallutsinatsiyalar bo'lib turadi. Bemorlar turli ovozlar, buyruqlarni eshitib, ularni bajarmoqchi bo'ladilar, bu Kandinskiy-Klerambo alomati deb ataladi.
Слайд 11
Davolash usullari. Shizofreniyani davolashda insulin, sulfazin, aninazin va gipnoz usullari keng qo'llaniladi. Insulin terapiyada moddalar almashinuvida ma'lum o'zgarish yasab, zaharlanishni kamaytirishdir. Insulin bilan davolashni boshlashdan oldin bemorlardan nahorda qon olib, qondagi qand miqdori tekshiriladi. Organizmga yuborilgan insulin qondagi qand miqdorini kamay- tirib yuboradi. Me'yorda qondagi qand miqdori nahorda aniqlanganda, 9,0- 11,0 g/l yoki 3,3-5,5 mmol/1 ga teng
Слайд 12
Insulin yuborilganda, qondagi qand miqdori anchagina kamayib ketadi, bu shok holati deb ataladi yoki gipoglikemik koma holati boshlanadi. Shokni keltirib chiqaruvchi o'rtacha insulin dozasi 80-100 tb ni tashkil etadi. Ba'zi hollarda, 30 to miqdorda insulin yuborilganda ham shok holati boshlanadi yoki 150-180 tb miqdorda insulin yuborilganda ham shok holati qayt etilmaydi
Слайд 13
Shok holatiga tushganda, bemorlar tashqi ta'sirotlarga javob reaksiya ko'rsata olmaydi. Bemorlarning ko'z prachiqlari kengaygan bo'ladi, badani terlaydi. Shunday qilib, bemorlar 30-40 daqiqa shok holatida ushlab turiladi. Keyin esa 40% 30-40 ml glukoza eritmasidan olib, tomir ichiga asta-sekin yuboriladi va shok holatidan bemorni chiqarib olinadi. Shuncha glukoza eritmasi yuborilgandan keyin, bemor o'ziga kelib, 1-2 daqiqa ichida es- hushi joyida bo'lgandan keyin, 100-200 g qand eritib nonushta qilinadi.
Слайд 14
Hamshira bemorning ovqat yeyayotganini kuzatib turishi kerak. Ko'pgina bemorlar shok holatidan keyin ham karaxt bo'lib turadi va ovqatni yeyaolmaydi, og'zidan tushib ketadi. Agar bemorga glukoza eritmasi yubo- rilgandan keyin 20-30 daqiqa davomida o'ziga kelmasa, yana tomir ichiga 40% 30-40 ml glukoza eritmasi yuborish kerak. Ba'zan esa teri osti 0,1% 0,5-0,7 ml adrenalin eritmasidan in'eksiya qilinadi. Shok holatidan keyin bemorning ichki kiyimi almashtiriladi. Agar bemorning tomir ichiga glukoza eritmasini yuborishning iloji bo'lmasa, unda qand sharbatini zond orqali yuborish tavsiya etiladi
Слайд 15
Insulin shok holati boshlanishi oldidan ba'zi be- morlarda gavda, qo'l-oyoqlarda va yuzdagi mushaklarda uchish, tortishib turish va epileptiform tutqanoq kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, kuning ikkinchi yarimida shok holati takroran bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun hamshiralar har doim bemorlarning ahvolini nazorat qilib turish, ovqatlantirish va birinchi tibbiy yordam ko'rsatishga tayyor turishlari kerak
Слайд 16
Neyroleptiklar bilan davolash. Katatonik va katatonik-paranoid holatlarda neyroleptiklar: majeptil (kuniga 60-80 mg dan), leponeks (kuniga 200-400 mg dan), ko'p miqdorda aminazin, stelazin, galoperidol dorilari beriladi. Qo'rquv affekti psixomotor qo'zg'alish bilan boradigan o'tkir paranoid holatlarda tomir ichiga galoperidolning stelazin, tizersin bilan birga ishlatiladi. Kasallikning surunkali kechishida, ya'ni vasvasalar kuchayib, klinik belgilar murakkablashib borayotgan hollarda stelazin (kuniga 40-80 mg dan), galoperidol (20-40 mg dan), etaperazin (150 200 mg dan) uzoq vaqt beriladi
Слайд 17
Odatda, 2-3 neyroleptiklar birgalikda, tomir ichiga va mushak orasiga qilinadi, keyinchalik ichishga buyuriladi. Rispolept (risperidon) kuniga 2-4 mg dan 1-12 haftagacha, aminazin 2,5% 1,0 m/o yoki ichish uchun buyuriladi. O'rtacha bir kunlik dozasi 300 mg dan iborat, davolash muddati 2-3 oygacha cho'ziladi. Aminazin olgan bemorlarning qon bosimi doimo o'lchab turiladi. Aminazin ba'zi bemorlarning olgandan keyin qon bosimi birdan tushib ketadi. Bunga ortostatik kollaps deb ataladi.
Слайд 18
Parvarish qilish. Shizofreniya bilan og'rigan bemorlarni qarab borish kerak, ular parvarishga muhtojdirlar. Bemorlar ovqatdan bosh tortsa, ularni ko'ndirish va o'zlari ovqat yeydigan qilish kerak. Buning iloji bo'lmasa, bemorlarni zand orqali ovqatlantirib turish tavsiya etiladi. Shizofreniya bilan og'rigan bemorlar uzoq turib qoladigan bo'lsalar, ularni o'ringa yotqizishga harakat qilish va doimiy hamshiralar nazoratida bo'lishlari kerak.