Первый слайд презентации: Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmanti va vazifalari
Слайд 3: Iqtisodiyot nazariyasi umuminsoniy fan bo`lib quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Iqtisodiy sir-asrorlarni o`rganish, bilib olish. Iqtisodiy hodisalar va ularning bog`lanishlarini har tomonlama o`rganish, ularning qonunlarini ochishga yordam beradi. Ular asosida esa milliy iqtisodiyot rivojlanadi. Buning uchun turli-tuman axborotlar, faktlar, statistik ma`lumotlar, hujjatlar, obro`li olimlar, arboblarning kitoblari, ishlari o`rganiladi.
Слайд 5
2. Iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishini oldindan aytish, prognoz qilish (yunoncha — prognosic — oldindan ko`rmoq, bajarmoq, qilmoq). Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy jarayonlarni o`rganish natijasida yaqin kelajakda jamiyatning ilmiy-texnik, sotsial-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollarini ilmiy asoslab beradi. Mikromiqyosda esa har bir xo`jalik yurituvchi sub`ekt o`z manfaatidan kelib chiqib, kelajakda qanday faoliyat yuritish masalalari bo`yicha ma`lum bir qarorga keladi.
Слайд 7
3. Boshqa fanlarga ilmiy-uslubiy asos bo`lib xizmat qilish. Boshqa fanlar nazariya asoslab bergan kategoriya va qonunlarga tayangan holda o`z predmetini o`rganadi. Ayni vaqtda nazariya boshqa fanlar xulosasiga asoslanib, iqtisodiy hodisalarni umumlashtiradi. 4. Amaliy tavsiyalar berish. Iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalari xo`jalik yuritishning oqilona uslublari, asosiy printsiplarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Umumiqtisodiy mazmundagi tavsiya-lar iqtisodiy siyosatga tegishli bo`ladi.
Слайд 9: Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslublari
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqikot predmetining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan ham bog’liqdir. Uslub iyat - bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o’z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o’zining predmetidan kelib chiqib, o’zining ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo’ladi.
Слайд 10: Dialektik usul
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qo’llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir: 1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog’liqlikda, ziddiyatda, o’zaro ta’sir qilib turadigan turli bo’g’inlardan, bo’laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o’zgarib turadigan ichki va tashqi xodisalar bilan aloqada bo’ladi.
Слайд 11
2. Iqtisodiy jarayonning har bir bo’lagini alohida olib, uning o’ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo’q bo’lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog’liqlik tomonlarini zamon va makonda o’rganish. 3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan o’zgarishlar to’plana borib, sifat jihatidan o’zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur. 4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o’zaro kurashiga rivojlanishning manbai deb yondashish.
Слайд 13: DIALEKTIKA QOIDALARI
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va pul mablag’lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o’zaro chambarchas bog’liq hamda ziddiyatda bo’ladi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi, ular doimo sifat va miqdor jihatdan o’zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega bo’ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o’rniga yangilari paydo bo’ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo’llashning qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo’ladi.
Слайд 14: I qtisodiyot nazariyasi fanining o’ziga xos tadqiqot usullari
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o’ziga xos tadqiqot usullari ham mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraktsiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyati o’zgarishini o’rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bo’lmaydi, bunda abstraktsiya kuchi ishga solinadi. Ilmiy abstrak tsiya usuli - tahlil paytida halal berishi mumkin bo’lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-qodisalarni fikrdan chetlashtirib, o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyat iga e’tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida o’rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko’zga ko’rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Слайд 16
Tahlil va sintez usuli. Tahlil - bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o’rganish. Sintez - bu o’rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo’l bilan o’rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi.
Слайд 17: Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli
Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuktai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bog’lanishlar bo’yicha ham tahlil qilinadi.
Слайд 18: Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib borish
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib borish. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish korxona va firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy sub’ekglarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to’lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o’rganish markaziy o’rin tutadi.
Слайд 19
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotning to’laligicha faoliyat yuritishi tadqiqoti bilan shug’ullanadi. Milliy mahsulot, bahoning umumiy qiymati, inflyatsiya, ishchi kuchining ish bilan bandligi masalalari bu tahlil obьekti bo’lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o’zaro bog’langan va bir-biri bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Induk tsiya va deduk tsiya biriga qarama-qarshi bo’lgan, ammo o’zaro bog’liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induk tsiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduk tsiya deb ataladi.
Слайд 21
Iqtisodiy jarayonlarni o’rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks qolda bir tomonlamalikka yo’l qo’yilib, yanglish tasavvurga va noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin.