Первый слайд презентации: Mavzu : PIRLS xalqaro baholash dasturida foydalaniladigan matn turlari (badiiy va axborot matnlari) topshiriqlar va savollar tuzishga qoʼyilgan talablar
Reja: PIRLS tadqiqotida matn turlari. 2.PIRLS baholash dasturida topshiriqlar. 3. PIRLS tadqiqotida Baholash tartibi.
Слайд 4
Endi esa biz PIRLS xalqaro tadqiqotining matn mezonlari bilan tanishib chiqamiz. PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan hisoblanadi, va ularni ko’rib chiqamiz: 1. Matn. Hajmi 1000 ta so’zgacha, o’qish savodxonligi darajasi past bo’lgan mamlakatlar uchun 400-500 ta so’z bo’lishi lozim. 2. Mavzu. Adabiy matnlar asosiy mavzuga ega bo’lib, u berilgan matndan tashqari o’quvchi tomonidan umumlashtiriladi. Axborotdan iborat bo’lgan matnlar o’quv materiallaridan olinmagan mavzuni yoritib berishi kerak. 3. Til. Qismlar 40 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi, shuning uchun tarjima qulay bo’lishi muhimdir. Metafora (taqqoslash) yoki epitet (sifatlash) kabi aniq ifodali tasvirlash so’zlari tanlanadi. Hech qanday so’zlashuvga oid leksika yoki sleng (jargon) ishlatilmaydi. Haddan ziyod ortiqcha texnik ifodalar olib tashlanadi.
Слайд 5
4. Mazmuni. Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ayrim madaniyatlarga juda xos bo’lgan mavzulardan chetlanmoq kerak. Matn shu yoshdagi maktab o’quvchilari uchun qiziqarli va zavqli bo’lishi kerak. Yaxshi yozilgan vaunchalik tanish bo’lmagan bo’lishi lozim. 5. Bog’liqlik va ketma- ketlik. Syujetning mantiqiy tuzilishiga rioya qilish muhimdir. Agar dialog ustunlik qilsa ma’lumotni birlashtirib, murakkab gaplarni qo’shish kerak. Axborotlimatnda matnning strukturasi va ma’lumotning mantiqiy ketma- ketligini sarlavhalar, jadvallar, grafiklar kabi vizual elementlar bilan bog’liqligini kuzatish shartdir.
Слайд 6
PIRLS xalqaro tadqiqotida quyidagicha matn turlaridan foydalanamiz: -Adabiy tajribani oshirish maqsadida qisqa hikoyalar va badiiy asarlardan parchalar o’qish -(she’rlar bo’lmasligi kerak); -Ma’lumot olish va foydalanish maqsadida ma’lumot beruvchi qo’llanmalar, broshyuralar, tarjimayi hollar, jurnallar o’qish. Shu kabi matnlardan foydalanamiz.
Слайд 8
2. O’zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarining ta’lim oluvchi yoshlari 2021-yildan boshlab Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabr kuni qabul qilgan “Xalq ta ‘ limi tizimida ta ‘lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qaroriga asosan 15 yoshli o’quvchilar PISA, 10 yoshli o’quvchilar PIRLS, 4- va 8-sinf o’quvchilari TIMSS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishi va bu borada amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilandi.
Слайд 9
PIRLS tadqiqotlariga 4-sinf o’quvchilarining tanlanishi shu bilan e’tiborliki, aynan o’qishning to’rtinchi yilida o’quvchilar o’qishning yuqori darajasiga ega bo’lishi, ularning keyingi ta’limda bilimni egallash qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. Ko’pchilik davlatlarda bolalar 6 yoshdan maktabda o’qishni boshlashadi. Ammo Angliya va Yangi Zelandiyada ta’lim 5 yoshdan boshlanadi. Shuning uchun, loyihada o’quvchilar 4-sinfdan emas 5-sinfdan ishtirok etishadi. O’quvchilarning yoshi 10,5 yoshni tashkil etadi. Sharq mamlakatlarida bolalar 7 yoshdan o’qishni boshlagani uchun 10,7-10,9 yoshdagi o’quvchilar ishtirok etishadi.
Слайд 10
PIRLS tadqiqotlari quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan: - ta’lim sohasidagi dunyo ustuvorliklarini aks ettiruvchi obyektiv o’lchovlar va vositalarni ishlab chiqish; - mamlakat o’quv jarayonini tashkil etish samaradorligini qiyosiy baholash; - tadqiqot natijalariga ta’sir ko’rsatgan kontekstual omillarni aniqlash; - xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan dalillarga asoslangan ma’lumotlarga ega bo’lish.
Слайд 12
3.Butun dunyo bo'ylab o'qish savodxonligining rivoji odamlarning nima sababdan o'qishlari bilan bevosita bog'liq. Umuman olganda, bu sabablar zavqlanish va shaxsiy qiziqish uchun o'qishni yoki ta'lim va jamiyat hayotida munosib ishtirok etishni o'z ichiga oladi. Ko'pgina yosh o'quvchilarning dastlabki mutolaasi aksariyat hollarda hikoya (masalan, hikoya to'plamlari yoki rasmli kitoblar) yoki o'quvchilarga atrofidagi dunyo haqida ma'lumot beradigan va savollarga javob beradigan ma'lumotli matnlardan iborat bo'ladi.
Слайд 13
3.PIRLS tadqiqotida tushunib o’qishni baholashga yo’naltirilgan topshiriqlar quyidagi foizlarda taqsimlanadi: - Aniq ko’rinishda berilgan ma’lumotni topish 20%; - To’g’ridan to’g’ri xulosalar chiqarish 30%; - G’oyalar va axborotni umumlashtirish, talqin qilish va uyg’unlashtirish 30%; Kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish 20%.
Слайд 14
Matnni baholash va tanqidiy tahlil qilish quyidagilarni o’z ichiga oladi: - Matnda berilgan ma’lumotning aniq va to’liqligini baholash; - Tasvirlangan voqeani haqiqatan sodir etilishi ehtimolini baholash; - Insonlarning o’ylari va bajaradigan ishlarini o’zgartirishda muallifning fikrlari qanchalik aniqligini baholash; - Matn sarlavhasi asosiy mazmunni qanchalik yoritib berishini baholash; - Metafora yoki nutq ohangi kabi til xususiyatlari ta’sirini tasvirlash; - Muallifning asosiy mavzuga oid qarashlarini aniqlash.
Слайд 15
Tadqiqotda o’rtacha 500-800 so’zdan iborat matnlardan foydalaniladi va bu mamlakatlarning reytingdagi o’rniga ko’ra tanlanadi. Masalan, o’qish savodxonligi darajasi past bo’lgan davlatlarga 400-500 so’zli, yuqori darajadagi mamlakatlarga esa 1000 tagacha so’zdan iborat bo’lgan matnlar beriladi. Dasturda ilk marta ishtirok etayotgan davlatlar reytingini aniqlashda ularga yuqori darajali matnlar berish orqali natijalar tahlil qilinadi. Natijalarni baholash tartibi PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim qo’llaniladi: - javobni tanlash usulidagi to’g’ri javoblar 1 ball bilan baholanadi; - mavzu ketma- ketligini belgilash borasidagi to’g’ri javoblar 1 ball bilan baholanadi; - erkin javob berish kerak bo’lgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi.