Первый слайд презентации: Mavzu:Blokcheyn texnologiyasining ishlash prinsiplari. Blokcheyn texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklari
REJA 1. BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI VA UNING QO`LLANISHI? 2. BLOKCHEYN ISHLASH TAMOYILI. 3. BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASIDAN TURLI TARMOQ SOHALARIDA FOYDALANISH XUSUSIYATLARI
Слайд 2
Blokcheyn nima ? Blokcheyn texnologiyasi va uning qo`llanishi. Blokcheyn ( ing.blockchain-bloklar z anjiri )- ma`lum qoidalarga ko`ra tuzilgan uzluksiz ketma-ket, axborotdan iborat bloklar zanjiri. Bloklar - tizim ichidagi tranzaksiyalar, bitimlar va shartnomalar to`g`risidagi kriptografik shaklda namoyon bo`lgan ma`lumotlardir !
Слайд 3: Bloklar o’rtasidagi aloqa nafaqat raqamlanish bilan, balki har bir blok o’z xesh-summasi va oldingi blok xesh-summasidan iboratligi bilan ta‘minlanadi. Blokdagi ma‘lumotni o’zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni ham tahrir qilishga to’g’ri keladi. Ko’pincha bloklar zanjirlari nusxalari ko’plab turli kompyuterlarda bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda saqlanadi. Bu bloklarga kiritilgan ma‘lumotlarni o’zgartirishni g’oyat qiyinlashtiradi. Har bir axborot bloki bir xil tuziladi: u tarmoqda uning shakllanishidan oldin bo’lgan barcha o’zgarishlar haqidagi ma‘lumotni o’z ichiga oladi. Blokcheyndagi bloklar va ularning o’zaro aloqasi Bitkoin blokcheynini ko’rib chiqamiz. Har bir blok quyidagi ma‘lumotlardan iborat: Blok versiyasini; Blok yaratilishi sanasi va vaqti; Blok sarlavhasi xesh-kodi; Blokdagi barcha tranzaksiyalar xesh-kodi; Mayningda yoziladigan maxsus Nonce va Bits parametrlari
Слайд 4: XESH-KOD
Blok sarlavhasi xesh-kodi Bu blokcheyn zanjiridagi oldingi blokni keyingisi bilan bog`laydigan narsadir. U keyingi blok sarlavhasiga oldingi blok 19 xesh-kodi deb yoziladi. U Myorkl daraxti (Merkle tree) yoki xeshlar binar daraxti sifatida ma`lum bo`lgan algoritmdan foydalanib hisoblab chiqariladi. Bunday blok zanjirga kiritilishi bilan, keyinchalik uni o`zgartirib bo`lmaydi $
Слайд 6
Blokcheynning asosiy tamoyillari Markazsizlantirish va taqsimlangan ravishda saqlash Insonlar hayotining u yoki bu sohasiga taalluqli har qanday ahamiyatli ma‘lumot biron joyda saqlanadi. Uy yoki mashina xarid qilish, kredit olish, pul o’tkazishlar – ushbu amaliyotlar haqidagi barcha ma‘lumotlar davlat muassasalari va xususiy kompaniyalar serverlarida qayd qilinadi va markazlashgan holda joylashtiriladi. Bu ko’pincha suiste‘mollikka olib keladi – hohlaganda har qanday bazaga kirib, unga o’zgartirishlar kiritish mumkin. Xavfsizlik va himoyalanganlik Yuqorida so’z yuritilgandek, har qanday markazlashgan ma‘lumotlar bazasini buzib, unga o’zgartirishlar kiritish mumkin. Blokcheyn bilan bu imkonsizdir. Bloklardan birini buzib, undagi ma‘lumotlarni o’zgartirish mantiqsiz, chunki barcha bloklarni buzishga to’g’ri keladi, buning uchun esa ulkan hisoblash quvvatlari lozimdir – chunki yangi bloklar oldingi bloklar haqidagi ma‘lumotlarni shifrlangan holda o’zida saqlaydi.
Слайд 7
Ochiqlik va shaffoflik Butun baza omma uchun ochiq, shu bois u yoki bu blok ma‘lumotlarini istagan kishi ko’rishi mumkin. Bir foydalanuvchi boshqasiga pul o’tkazishi – bu haqda esa har bir kishi bilishi mumkin. Ammo kim kimga pul o’tkazgani - sirligicha qoladi. Ushbu ma‘lumot almashuvning bevosita ishtirokchilariga ko’rinadi, agar ular o’zlari uni ommaga oshkor qilishni istamasalar. Yozilganlarning o’zgarmasligi Yangi ma‘lumotlarni yozib olish uchun blokcheyn tugunlari konsensusi lozim bo’ladi. Bu amaliyotlarni filtrlashga va faqat qonuniy tranzaksiyalarni yozib olishga imkon beradi. Xeshni almashtirishni amalga oshirish mumkin emas.
Слайд 9: Blokcheyn texnologiyasi quyidagilarda qo`llanilishi mumkin
1.Pul bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish. 2. Shartnomalar va bitimlar tuzishda. 3. Turli tijorat operatsiya jarayonlarida. 4. Tovarlar va xizmatlarni sotib olayotganda. 5. Maxfiy ma`lumotlar almashishda. 6. Sug`urta polislarni ro`yxatdan o`tkazish uchun 7. Mulk huquqlarini himoya qilish, shuningdek ularni yangi mulkdorga o`tkazish 9. Intelektuall mulk ob`ektlarini xavfsizligini ta`minlash 8. Shaxsiy ma`lumotlarni boshqarish 10. Hujjatlar arxivi yaratishda yordam berish
Слайд 11: Blokcheyn qayerlarda ishlatiladi ?
Raqamli sertifikatlarni saqlash Sertifikatlarni suxsatsiz harakatlardan himoya qilish Faol ishlatilgan DNS tizimini tashkil qilish Domen nomini himoya qiladi Bir nechta misollar ishlab chiqilgan va amalda Turli xil tovarlar bilan operatsiyalar Aqilli shartnomalar yordamida tranzaktsiyalarni himoya qilish Ba`zi mamlakatlar aqilli kontraktlardan faol foydalanmoqda Idenfikatsiya va kirish huqularini tasdiqlash Ma`lumotlarga xavfsiz kirish va maxfiyligini ta`minlaydi Ba`zi yirik xorijiy kompaniyalar tomonidan qo`llaniladi Tarmoq boshqaruvi Xavfsizlik Bir nechta tizimlar tomindan qo`llaniladi Mulk huquqi va operatsiyalarni amalga oshirish Tasdiqlash va egalik huquqini o`tkazish Bir nechta platformalar ishlab chiqilgan va ishlaydi Muallifning huqularini tasdiqlash Intellektual mulkni saqlash va huquqlarini xavfsiz o`tkazish imkoniyati Bir nechta platformalar ishlaydi Axborotni boshqarish Ma`lumotlarni xavfsiz saqlashni ta`minlaydi Xorijiy tashkilotlar tomonidan ishlatiladi Elektron ovoz berishi tashkil etish Ovoz berish natijalarini soxtalashtirish mumkin emas Ba`zi tarmoq loyihalari tomindan amalda qo`llaniladi
Слайд 12
Atamalar BITCOIN- raqamli valyuta turlaridan biri. BLOKCHEYN- pul mablag`lari yoki ma`lumotlarning b ir hisobdan ikkinchisiga o`tishni aks ettiruvchi taqsimlangan ma`lumotlar bazasi. KRIPTO FERMASI- hisoblashlarni amalga oshiradigan kompyuterlar HASH- bu o`zboshimchalik bilan ma`lumotlarni harflar va raqamlar q atoriga aylantiradigan matematik alg ortim Foydalanilgan adabiyotlar https://yooutube.ru/uz/blokchein-chto-eto-i-kak-rabotaet-tehnologiya-perspektivy-kak-zarabatyvat/