Первый слайд презентации: nafas olishning boshqarilishi. Nafas olish organlari kasalliklari
Слайд 3
Nafas olishning nerv boshqarilishi. Nafas olish va nafas chiqarish harakatlarini bosh miyaning uzunchoq miya bo‘limida joylashgan nafas olish markazi boshqarib turadi. Nafas olish markazida muntazam hosil bo‘lib turadigan nerv impulslari nervlar orqali nafas olish muskullariga boradi. Muskullar qisqarishi hisobiga ko‘krak qafasi kengayib, nafas olish yoki nafas chiqarish sodir boiadi.
Слайд 4
Odam o‘z ixtiyoriga ko‘ra nafas olish harakatlari tezligi va chuqurligini o'zgartishi, ya’ni nafas olishni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi, nafas olishni to'xtatib turishi, chuqurlashtirishi yoki yuza nafas olishi mumkin. Nafas olish va nafas chiqarish harakatlarining ixtiyoriy boshqarilishi bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qismi bilan bog‘liq. Nafas olish uzunchoq miyada joylashgan nerv markazi tomonidan ham boshqarib turiladi. Bu markazning hujayralari undan oqib o'tadigan qondagi karbonat angidrid miqdoriga o‘ta sezgir bo‘ladi. Shu sababdan yaxshi shamollatib turilmagan xonada o‘tirgan kishida nafas olish chastotasi tezligi 2 baravar va hatto undan ham ko‘proq oshib ketishi mumkin. Chun к i ichidagi havoda karbonat angidrid gazining ortishi qonda ham bu gaz miqdorining ortishiga olib keladi. Bunday qon nafas olish markazidan oqib o‘tayotganida undagi karbonat angidrid ta’sirida markaziy nerv hujayralarida qo‘zg‘alish sodir bo‘ladi. Nerv impulslari muskullarga borib, nafas olish tezligini oshiradi va nafas olishni chuqurlashtiradi. Bu hol karbonat angidrid gazining qondan chiqarib tashlanishiga imkon beradi.
Слайд 5
Nafas olishning boshqarilishi Nafas olish reflekslari nerv yoyi nafas olish markazi orqali o‘tadi. Organizmning fiziologik holati jismoniy ish, uyqu, tana haroratining o'zgarishi bilan nafas olish tezligi va chuqurligi reflektor tarzda o‘zgarib turadi. Eng sodda nafas olish reflekslariga misol qilib yo‘talish va aksirishni ko‘rsatish mumkin. Burunga chang yoki o‘tkir hidli moddalar tushgamda burun bo‘shlig‘i shilliq pardasida joylashgan retseptorlarda hosil bo'lgan nerv impulslari nafas olish markaziga va undan nafas chiqarish muskullariga uzatiladi.
Слайд 7
Rinit Burun shilliq pardasi yallig'lanishi keng tarqalgan. Bemorning burnidan suv oqadi, burni orqali nafas olishi qiyinlashib, tez-tez aksa uradi.
Слайд 8
Gripp kasalligini viruslar paydo qiladi. Gripp virusi bemorning burnidan oqib turadigan shilliq moddada, yo‘talganida ajralib chiqadigan balg'ami va tupugida bo'ladi. Bemor aksirganida va yo‘talganida ko'zga ko‘rinmas millionlab tomchi zarralari havoga tarqaladi. Infeksiya havo orqali sog'lom odam nafas yo'llariga tushganida gripp yuqishi mumkin. Gripp juda tez tarqaladigan tomchi infeksiyali kasallik hisoblanadi. Shu sababdan kasal odamning ishga borishi, odamlar to‘planadigan joylar, korxonalar, o‘quv muassasalarida bo‘lishi va mashg‘ulotlarda qatnashishiga ruxsat etilmaydi. Gripp bilan kasallangan odam boshqalar bilan gaplashganida og‘zi va burnini to‘rt qavat dokadan tikilgan bog‘ich bilan yopib olishi kerak, Gripp
Слайд 9
0‘pka sili Kasallikni sil tayoqchalari qo‘zg‘atadi. Infeksiya ko‘pincha o'pkani zararlaydi. Bunda bemoming qo‘ltig‘i ostidagi va bo‘ynidagi limfa bezlari biroz yiriklashadi, u yo‘talganida balg‘am chiqadi, Sil tayoqchalari bemorning so‘lagi va balg‘amida ko‘p bo’ladi
Слайд 10
Allergiya kasalliklari. Organizmning atrof-muhitdagi ayrim moddalarga ta’sirchanligining keskin oshib ketishi allergiyaga sabab bo‘ladi. Allergiyaga gul changi yoki uy changi dimog‘ga urganida, yoki har xil hidli moddalar ta’sirida paydo bo'ladigan nafas siqish (astma), ayrim ovqatlar ta’sirida paydo bo'ladigan eshakyemi misol bo‘ladi. Allergik kasalliklarning oldini olish uchun allergiya paydo qiluvchi moddalarning organizmga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik, organizmni chiniqtirish lozim.
Слайд 12
Chekishning nafas olish organlariga ta’siri Tamaki tutuni tarkibida nikotin, is gazi, sinil, sionid kislota, benzopiren, qurum kabi organizm uchun juda zararli uch mingdan ortiq zaharli moddalar bor. Chekishda bu moddalar og‘iz bo‘shlig‘i, nafas yo‘llari va o‘pka alveolalari shilliq pardasiga o‘tib, ularni yallig‘lantiradi (50-rasm). Natijada shilliq parda himoya funksiyasi pasayadi, o‘pka alveolalari va qon tomirlari elastikligi kamayishi
 
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                            