PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR — презентация
logo
PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • REJA
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • Shoir ijodida mumtoz, zamonaviy janr va shakllarning umumiy soni, yonida esa Vatan mavzusidagi she’rlar miqdori keltirilgan.
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
  • PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
1/32

Первый слайд презентации

PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti Ilmiy rahbar : f.f.d., prof. Abduhamid Xolmurodov Jizzax - 20 24 SIROJIDDIN SAYYID IJODIDA VATAN OBRAZINING POETIK TALQINI

Изображение слайда

Слайд 2

Har bir millat adabiyotida Vatan mavzusi yuksak ideal hisoblanib, vatanparvarlik masalasini tadqiq etish fundamental muammolardandir. Mazkur mavzu asos qilib olingan badiiy-ilmiy tafakkur durdonalarini zamonaviy yondashuv va tamoyillar asosida o‘rganish hamisha ulkan tadqiqotlarga yo‘l ochadi. Zamonaviy o‘zbek she’riyatiga xalq og‘zaki ijodi va ilk yozma manbalarning ta’siri, mumtoz va jahon adabiyotining hozirgi adabiy jarayon bilan sintezlashuvi natijasida yuzaga kelgan Vatan tasvirining poetik talqinlarini aniqlash, nazariy tahlil etishga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Xususan, ushbu muammonning 1975-yillardan to hozirga qadar she’riyati, nasri, publitsistikasi, dramatik asarlari, ilmiy-tanqidiy maqolalari, badiiy tarjimalarida o‘zak mavzu sifatida olib chiqqan O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ijodi misolida tadqiq etilishi adabiyotning abadiy mavzularidan sanalgan Vatan tushunchasini yanada teranroq anglash, mazkur mavzudagi asarlarning janriy tabiati, semantik-struktur jihatlari, badiiyati va individual uslub muammolarini zamonaviy adabiyotshunoslikning yangi ilmiy tamoyillari asosida o‘rganish bugungi kun ilm-fani uchun dolzarbdir.

Изображение слайда

Слайд 3

DISSERTATSIYA MAVZUSINING DOLZARBLIGINI ASOSLOVCHI ME’YORIY HUJJATLAR O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari ” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi”gi 2018-yil 16-fevraldagi 124-F-sonli Farmoyishi O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish katta ahamiyatga ega. Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 3

Изображение слайда

Слайд 4

TADQIQOTNING MAQSADI Sirojiddin Sayyid ijodida Vatan obrazi poetik talqinining o‘ziga xosligini aniqlash, shoir asarlarida Vatan mavzusining asosiy tamoyillari, badiiy-estetik vazifasi va tarbiyaviy ahamiyati, obraz yaratish mahorati, shakl va mazmun mutanosibligi, individual uslubi va publitsistikasi muammolarini ochib berishdan iborat. 4

Изображение слайда

Слайд 5

TADQIQOTNING VAZIFALARI 5

Изображение слайда

Слайд 6

TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI 6

Изображение слайда

Слайд 7: REJA

KIRISH I BOB. VATAN OBRAZI TALQINING GENEZISI, POETIK TAKOMILI, BADIIY-ESTETIK OMILLAR 1.1-§. Folklor namunalari va ilk yozma manbalar Vatan tasvirining g‘oyaviy-poetik asosi 1.2 -§. Mumtoz adabiyot an’analarining Vatan obrazi talqinidagi poetik sintezi 1.3-§. Vatan obrazi tasvirida jahon adabiyotining ta’siri va tarjimaning o‘rni II БОБ. POETIK MAZMUN VA SHAKLNING VATAN OBRAZI TALQINIDAGI O‘RNI 2.1 -§. Vatan obrazi tasvirining mazmunda ifodalanish tamoyillari 2.2 -§. Obraz talqinida poetik shaklning o‘rni III БОБ. VATAN OBRAZI TALQINIDA IJODKOR USLUBINING BADIIY-ESTETIK VAZIFASI 3.1-§. Vatan obrazi talqinida individual ijodiy uslubning namoyon bo‘lishi 3.2-§. Badiiy publitsistik uslubning Vatan obrazi talqinidagi o‘rni UMUMIY XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Изображение слайда

Слайд 8

8

Изображение слайда

Слайд 9

Dissertatsiyaning birinchi bobi “Vatan obrazi talqinining badiiy-estetik omillari” deb atalib, uning birinchi fasli O‘zbek xalq og‘zaki ijodi va ilk yozma manbalar Sirojiddin Sayyid ijodida Vatan tasvirining g‘oyaviy-poetik asosi sifatida” deb nomlangan. Unda Vatan obrazi talqinining g‘oyaviy-estetik asoslari xalq og‘zaki ijodidan boshlangani, o‘ziga xos an’analar shakllangani, tajribalar bilan boyib borganiga e’tibor qaratilgan. Mazkur faslda xalq og‘zaki ijodining mif, afsona, rivoyat, ertak, maqol va doston kabi janrlarida hamda ilk yozma manbalar hisoblangan “Avesto” va “O‘rxun-Enasoy” obidalaridagi vatanparvarlik g‘oyalari tahlilga tortilib, ularning Sirojiddin Sayyidning Vatan mavzusidagi asarlariga ta’siri tadqiq etilgan. Shoir ijodida o‘z aksini topgan Vatanga muhabbat tuyg‘ulari zamirida bevosita xalq dostonlarida talqin etilgan g‘oyalarning muhim ahamiyati mavjud. Bu xususida shoirning o‘zi “Harf o‘rganish” she’rida uni vatanparvar qilib tarbiyalagan, she’riyatni taqdiriga bitgan ana shu dostonlar ekanligiga urg‘u beradi: Dostonlar tilimni ravon qilurlar, Ravon suvlar misol so‘ylaydi tilim. Yuraklardan tortib taqdirlargacha, Taqdirlardan tortib yuraklargacha Oppoq navo yanglig ‘ to‘shalgan “ Alpomish”ning satrlari – bu mening yo‘lim.

Изображение слайда

Слайд 10

10

Изображение слайда

Слайд 11

I.2. “ Mumtoz adabiyot an’analarining Vatan obrazi talqinidagi poetik sintezi” faslida Vatan obrazining o‘ziga xos badiiy talqinlarini yaratgan mumtoz adabiyotimizning yetuk namoyandalari – Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Bobur, Furqat ijodida Vatan mavzusi keng o‘rin egallagani va bu mavzudagi asarlarining Sirojiddin Sayyid ijodiga ta’siri, ulardan ijodiy oziqlanish, mumtoz adabiyot an’analarining o‘ziga xos ko‘rinishlari shoir ijodida aks etishi tadqiq etilgan. Shoir asarlarining har bir jildida aruzda yozilgan she’rlar o‘rin olganligi, mumtoz adabiyotimizdan ilhomlanib, poetik mukammal asarlar yaratganiga e’tibor qaratilgan. Alisher Navoiy asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar shoirga ham tuganmas ilhom bag‘ishlagan. Adabiyotshunos Nurboy Jabborov haqli ravishda: “Sirojiddin Sayyid Navoiyni ko‘p o‘qiydi, “Xazoyin ul-ma’oniy”ni xatm qilgan kunni eng katta bayram deb biladi. Muhimi, she’rlarida ulug‘ Navoiydan mumtoz she’riyatimizdan bahramandlik ta’siri sezilib turadi”, – deb yozgan edi. Darhaqiqat, shoirning “Xamsa hayratlari” ma’rifiy dostoni, “Arba’in” an’anasida yozilgan “Yaxshilik eskirmagay” nomli qirq hadis sharhi, “ Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” tazmin dostoni buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy va boshka mumtoz adabiyotimiz vakillari ijodini mukammal o‘rganganligidan dalolatdir. Ta’kidlash joizki, Sirojiddin Sayyidning mazkur asarlari asosini Vatan va vatanparvarlik g‘oyalari tashkil etadi.

Изображение слайда

Слайд 12

*** Naf’ing agar xalqqa beshak durur, Bilki, bu naf ’ o‘zungga ko‘prak durur. Alisher Navoiy *** Har kim ham bir kuni dunyodan ketar, Jismi alal oxir tuproq bo‘lg‘usi. Biror foydang tegsa xalqingga agar, Undan naf o‘zingga ko‘proq bo‘lg‘usi. Sirojiddin Sayyid

Изображение слайда

Слайд 13

*** Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qtur Bir lahza-u bir nafas qarorim yo‘qtur. Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur. Bobur *** Desam yor-u diyorimdin – xiromon bo ‘lgan, ey ko ‘nglim, Sog‘inch-u dard-u yodlardin farovon bo‘lgan, ey ko‘nglim. Qorong‘u, so‘ngi yo q‘ tunlar, uzoq hijronli ellarda Cherigim yoqsa gulxanlar – charag‘on bo‘lgan, ey ko‘nglim. Sirojiddin Sayyid

Изображение слайда

Слайд 14

*** Tole yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi. O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim, Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi. Bobur *** Yurtdan ketib mening qaro yuzum bo‘ldi, Gurbat mening kecham ham kunduzim bo‘ldi. Menga tuzding dard-u hasrat tuzumini, Yo Rab, aytgil, bu qandayin tuzum bo‘ldi? Jayhun bilan Sayxun emas diyorimdan Yig‘lab ketgan mening ikki ko‘zim bo‘ldi. Sirojiddin Sayyid

Изображение слайда

Слайд 15

Uchinchi fasl “Vatan obrazi tasvirida jahon adabiyotining ta’siri va tarjimaning o‘rni” deb nomlanib, faslda jahon adabiyotida Vatan obrazini badiiy aks ettirishning boy tajribasi va tarjimachilikda erishilgan yutuqlar, adabiy ta’sir masalalari tahlilga tortilgan. Tadqiqotda Sirojiddin Sayyid ijodida tarjimachilikning alohida o‘rin tutishi, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Rumiydan tarjimalari she’rlarida sharqona falsafiylikni kuchaytirgani, Aleksandr Pushkin, Andrey Voznesenskiy, Loyiq Sheralidan qilgan tarjimalari asarlarining mavzu qamrovini oshirgani haqida o‘zaro chog‘ishtirish orqali muhim xulosalar chiqarilgan. Jumladan, Jaloliddin Rumiy, Umar Xayyomdan ta’sirlanib yozgan “Xayyomdan bir kosa, Rumiydan bir jom” nomli turkum to‘rtliklari, Andrey Voznesenskiydan ilhomlanib yaratgan “So‘z hijroni” dostoni, S.Yeseninning “Singlimga xat” she’riga hamohang yozilgan “Sog‘inch” she’rida Vatanni tarannum etishning mushtarak jihatlari bilan birga farqli xususiyatlari ko‘rsatib berilgan.

Изображение слайда

Слайд 16

*** Salom senga, singlim, Salom, assalom. Qadrdon dalalar salomat bormi ? Ayt, qalay parvarish qilmoqda bobom Ryazandagi bizning oluchazorni. Sergey Yesenin *** Xatlar yozdim : “ Bormisan, singil, Daraxtlarim mening omonmi ? Men omonman, tanimoqdaman, Gohi baland, goh past insonni ”. Sirojiddin Sayyid

Изображение слайда

Слайд 17

17

Изображение слайда

Слайд 18

Ikkinchi bob “Poetik mazmun va shaklning Vatan obrazi talqinidagi o‘rni” deb nomlanib, bob ikki fasldan iborat. Birinchi fasl “Vatan obrazi tasvirining mazmunda ifodalanish tamoyillari” deb nomlanadi. Bobda shakl va mazmunning dialektik birligida Vatan mavzusining badiiy ifodasiga e’tibor qaratilgan. Sirojiddin Sayyid Vatanning mukammal poetik obrazining yaratishda, uning o‘ziga xos chizgisini aks ettirishda bir qancha poetik obrazlardan, badiiy detallardan, original tashbehlardan unumli foydalanadi. Ijodkor - yurt tarixi, ajdodlari, bolaligidan tortib to hozirga qadar yashagan makonlari, kechirgan kechmishlari, uchratgan insonlari, duch kelgan voqealari va predmetlar, xullas, jamiki borliq vositasida mukammal Vatan timsolini, betakror yurt qiyofasini gavdalantiradi. Shoir Vatan tasvirining mazmuniy ifodasida Ona, vatanparvar shaxs, farzand singari qahramonlardan, bug‘doy, o‘choq, gulxan, daraxt, makon, harsang, qo‘mg‘on, so‘ri kabi timsollardan unumli foydalangan. Sirojiddin Sayyid Vatanparvar shaxs obrazini yaratishda boshqa ijodkorlardan o‘zgacha yo‘l tutadi. Uning ko‘pgina qahramonlari buyuk ajdodlarimiz sanalishi bilan bir qatorda, oddiy xalq orasidagi Vatanning fidoyi shaxslaridir. Sirojiddin Sayyid nazaridagi vatanparvar shaxs, avvalo, mehnatsevar insondir.

Изображение слайда

Слайд 19

Shoir “Ahmad fermer” she’rida shunday yozadi: Sahar turib dalasida o‘ylar surar, Har g‘o‘zaning niholida bo‘ylar ko‘rar O‘zi uchun koshonalar solmadi u Qursa faqat bolalarga uylar qurar ... Ahmad fermer bu dunyoda kam uxlaydi, Zar bo‘lgaydir shuning uchun tuproqlari. Shuningdek, “Bo‘ri cho‘ponning o‘g‘liga nasihati” she’rida: Bu adirlar, bu tog‘lar – Vatan! Bu suruv ham Vatandir senga, Uni asragin! Misralari orqali cho‘pon nafaqat o‘g‘liga butun kitobxonga bong uradi. Uning “Tegirmonchi”, Suvchi Bobonazar”, “Dehqon madhiyasi” she’rlarida ham vatanparvar shaxs obrazi yana-da bo‘rtib ko‘rinadi. “ Jarohat ” dostonida Vatanning po e tik timsoli yana ham keng qamrov kasb etgan. Kashf etgan o‘zingning boqiyligingni: Vatan Sog‘inch bo‘lsa, Vatan Dard bo‘lsa, Imon, Vijdon bo‘lsa, Jismu jon bo‘lsa, Hattoki Hayajon bo‘lsa – Vatandir! Olisga termulgan anov tol – Vatan, Sigir sog‘ayotgan u ayol – Vatan, Kelin bo‘layotgan pok xayol – Vatan, Yangi ko‘ylak ko‘ylak kiygan qizaloq – Vatan, Yerdan unib chiqqan ismaloq – Vatan, Dashtu qirlardagi lolalar – Vatan, Beshiklarda yotgan bolalar – Vatan. Sokingina yonayotgan gulxanlar – Vatan, “ Yor-yor”lar ham o‘lanlar – Vatan... Mana shu Vatanni sevaman, ota! - d eydi shoir. Ko‘rinadiki, Sirojiddin Sayyid jamiyatdagi har bir shaxs timsolida, borliqdagi har qanday predmetda Vatanni ko‘ra oladigan ijodkordir.

Изображение слайда

Слайд 20

INSON obrazi DETAL obrazlar Shoirning Vatan mavzusidagi she’rlarida 3 ta asosiy obraz mavjud : 20

Изображение слайда

Слайд 21

21 VATANPARVARSHAXSLAR Tegirmon -chi Fermer Suvchi Dehqon Ona Ota Farzand INSON OBRAZI С ho‘pon

Изображение слайда

Слайд 22

22 O‘ZBEKISTON Chayla Bog‘ Daryo Tog‘lar, Adirlar Shaharlar Minoralar, Qo‘rg‘on Qishloq MAKON OBRAZI Ayvon

Изображение слайда

Слайд 23

23 DETAL OBRAZLAR Xor -u xas Giyoh Daraxt Narvon Qumg‘on Tandir O‘choq Harsang Gulxan Non So‘ri Bug‘doy

Изображение слайда

Слайд 24

II.2. Bobning ikkinchi fasli “Obraz talqinida poetik shaklning o‘rni” deb nomlangan. Bunda shakl va mazmun munosabatiga to‘xtalinib, unda Sirojiddin Sayyidning Vatan mavzusi talqin etilgan asarlariga xos janriy va shakliy xususiyatlar tahlil etilgan. Shakl va mazmun bir-birini taqozo etishi barcha davr nazariyotchilari fikrlariga tayanilgan holda ilmiy xulosalar bayon etilgan. Shakl va mazmun uyg‘unligi, biri ikkinchisini talab etishi shoir ijodi misolida ko‘rsatib berilgan. Sirojiddin Sayyid turli mumtoz janrlarda 400 dan ortiq lirik namunalar yaratgan bo‘lib, ular orasida 30 dan ortiq g‘azali, 10 dan ortiq muxammasi, o‘nga yaqin masnaviysi hamda 20 dan ortiq fardlarida Vatan mavzusi bosh mavzu qilib olingan va janr xususiyatidan kelib chiqib poetik mazmun mukammalligiga erishilgani aniqlandi. Shoir to‘rtlik, beshlik, oltilik, sakkizlik, o‘nlik kabi zamonaviy she’riy shakllardan mahorat bilan foydalanib, ular vositasida Vatan ulug‘vorligi, xalq kechmishi, yashash tarzi, orzu o‘ylarini mahorat bilan kuylagan. Shoir to‘rtliklarida oz so‘zga katta ma’no yuklasa, Sakkizlik, o ‘ nlik shaklarida fikrni yana-da batafsil ifoda etish, tadrijiy davom ettirish, yurt ta’rifini mukammal yoritish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Изображение слайда

Слайд 25

Doston MUMTOZ JANRLAR ZAMONAVIY JANRLAR G‘azal Muxammas Masnaviy Fard М anzuma To‘rtlik Qasida Doston SHE’RIY JANRLAR 25

Изображение слайда

Слайд 26: Shoir ijodida mumtoz, zamonaviy janr va shakllarning umumiy soni, yonida esa Vatan mavzusidagi she’rlar miqdori keltirilgan

Mumtoz janrlar: Shoir ijodida mumtoz, zamonaviy janr va shakllarning umumiy soni, yonida esa Vatan mavzusidagi she’rlar miqdori keltirilgan. № Janrlar I jild II jild III jild IV jild 1 Gʻazal 1 2/- 36/ 7 60/13 14/2 2 Muxammas 2 /- 5/- 3/1 20/1 3 Masnaviy 2/- 10/4 17/7 15/- 4 Fard 88/18 5 Doston 1 1 Zamonaviy janrlar: № Janrlar I II III IV 1 Doston 6/6 1 2 Qasida 1 2 3 To‘rtlik 7 208/25 42/7 119/11 Zamonaviy shakllar: № Janrlar I II III IV 1 Beshlik 2 22/7 8/4 2/2 2 Oltilik 1 4/3 6/5 2/1 3 Sakkizlik - 2/2 3/2 1/1 4 O‘nlik - 1 2/2 -

Изображение слайда

Слайд 27

27

Изображение слайда

Слайд 28

Uchinchi bob “Vatan obrazi talqinida ijodkor uslubining badiiy-estetik vazifasi” deb nomlangan. Uning birinchi fasli “Vatan obrazi talqinida individual ijodiy uslubning namoyon bo‘lishi” sarlavhasi ostida berilgan. Avvalo har bir ijodkorning o‘ziga xos uslubi bo‘lishi ta’kidlangan va bu uslubning shakllanishi munaqqidlarning fikr-qarashlari bilan dalillangan. Bugungi davr adabiyoti Vatan haqida havoyi, yuzaki, hayqiriqlardan iborat maddohlikni ko‘tarmaydi. Vatanning shunday poetik obrazini yaratish kerakki, unda yurakni larzaga soladigan, o‘ylantiradigan, Vatan oldidagi mas’uliyatini yodga soladigan bo‘lishi kerak. Oybek, Hamid Olimjon, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Shavkat Rahmon, Muhammad Yusuflar ijodida Vatanning betakror talqinlari yaratilgan. Sirojiddin Sayyidning ham bu borada uslubi o‘zgacha. Shoir oddiy detallardan ham ulug‘vor go‘zallik, purma’no hikmat yarata oladi. U Vatan tasvirida xor - u xas, gard va giyohlardan tortib, ulug‘vor imoratlaru, buyuk daholargacha buyuk timsol sifatida mohirona foydalanadi.

Изображение слайда

Слайд 29

“Har qarichi, har g‘ubori imlo, yurtim, Har bir toshi, har chinori mullo, yurtim”, “ Ozod bo‘lgan oyatlarin ko‘zlarga surtay, O‘z yurtiga qaytib kelgan Qur’onim, Vatan ” misralari, “Beshigimni tebratgandir qaldirg‘ochlaring, Oy - u quyosh ko‘rpa solgan ayvonim, Vatan”, “Bu diyorning ayvonlari nurga talosh, bu diyorning kayvonisi oy-u quyosh ”, “ Handalakbo‘y tuproq, bug‘doybo‘y Vatan ” singari tashbehlari, “ Tiniqqina buloq bo‘lib oqib qolsam, Olloyorlar nazar qilgan jarlaringdan ” satrlari, “ Vatan nadir – anglang ranj-u ozoridan, So‘rang uni podshoh Bobur mozoridan” kabi armonlari, “Har xasida yuz ming bog‘ning qissasi, Chinorlari osmonlarning hassasi”, “Tomlar uzra cho‘zilib ko‘klar, oy, quyoshlarga, Uzum uzatib turgan narvonlari Vatandir” kabi noyob topilmalari orqali Vatanning poetik talqinini yangi bosqichga olib chiqqan shoir, deyish mumkin. Sirojiddin Sayyid individual uslubida xalqonalik, tarixiylik, falsafiylik tamoyillari yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Изображение слайда

Слайд 30

Uchinchi bobning ikkinchi fasli “Badiiy publitsistik uslubning Vatan obrazi talqinidagi o‘rni” deb nomlangan. Bunda dastlab tur va janrlar to‘g‘risida nazariy tushunchalar berilgan. Publitsistika nasr turining janri ekanligi, uning o‘ziga xos xususiyatlar haqida ma’lumotlar berilgan. Sirojiddin Sayyidning to‘rt jildlik “Asarlar”ining har bir jildida “Nasriy ohanglarda” bo‘limi mavjud bo‘lib, unda ijodkorning nasrdagi ijod namunalari, publitsistik maqolalari o‘rin olgan. “Vatan barchamizga buyuk onadir”, “Bolalikning davlat madhiyasi”, “Olis ishq sog‘inchi yoxud Vatan surati”, “Vatan – buyuk muallim”, “O‘z otangning eshigi yoxud Vatan haqida qanday yozmoq kerak”, “Vatan bo‘lmas Vatandan tashqarida” nomli publitsistik asarlarida shiorning o‘z ta’biri bilan aytganda “She’riyatda Vatan – azaliy va abadiy mavzu” ekanligi ochib berilgan. “Ey menga daryoday dil bergan Vatan” essesi “Otam aqlimizni tanigandan boshlab bir umr shu so‘zlarni takrorlab o‘tdi: “Bolam, men bormanmi, yo‘qmanmi, bobongni vatanini obod qilinglar” so‘zlari bilan boshlanadi. Sirojiddin Sayyid ijodining ma ’ lum bir qismini tashkil etuvchi publitsistik asarlarida ham Vatan tushunchasi, uning mohiyati sodda, ammo fikr va tuyg‘uning yaxlitligini, olam va Vatan tushunchasi, uning mohiyati sodda, ammo fikr va tuyg‘uning yaxlitligini, olam va odamning anglash tamoyillari asosida yuzaga chiqqanligini alohida qayd yetish mumkin. Shoir publitsistikasidagi qarashlar, tushunchalar, obrazlilik va badiiy obrazning o‘ziga xos tamoyillari, ijodkorning badiiy mahoratidan dalolat bergan.

Изображение слайда

Слайд 31

Vatan barchamizga buyuk onadir 2 Jevachining o‘g‘li 1 PUBLITSISTIK MAQOLALAR 24 O‘z otangning eshigi 3 Vatanni o‘rganish 4 Ey, menga daryoday dil bergan Vatan 5 Vatan – buyuk muallim 6 Vatan bo‘lmas Vatandan tashqarida 7 Olis ishq sog‘inchi yoxud Vatan surati 8

Изображение слайда

Последний слайд презентации: PAYZULLAYEVA RA’NO MAXMUDOVNA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR

Изображение слайда

Похожие презентации

Ничего не найдено