Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish — презентация
logo
Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish
  • Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish
  • Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish
  • Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish
  • Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish
  • Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish
  • Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish
  • Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish
  • Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish
  • Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish
1/9

Первый слайд презентации: Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish

Изображение слайда

Слайд 2

Maʼlumki tasvirlar fan, texnika va xalq xoʻjaligining turli sohalaridagi izlanishlarining natijasigina emas, qayta ishlash, tahlil va talqin etish obʼekti hamdir. Yaqin-yaqingacha bu vazifalarni inson oʻz imkoniyatlari yordamida bevosita yoki asosan yarim avtomat usulida bajarardi. Tasviriy axborotni olish va uni qayta ishlab tahlil qilish tezliklari orasidagi katta farq tasvirlarga ishlov berish, tahlil etishni avtomatlashtirish masalasini shu kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylantirdi. 1960-yillar boshlarida rivojlangan mamlakatlarda tasvirlarga ishlov berish, tahlil etishni avtomatlashtirish qurilma va usullarini ishlab chiqish boʻyicha izlanishlar boshlandi, optik-mexanik, optik elektron, televizion, sonli-analogli hisoblash qurilmalari hamda tizimlari kashf etildi va qoʻllanila boshladi. Tasvirlarni qayta ishlash jarayonida tarkibida ularni qayd etish, natijalarni chiqarish va aks ettirish ( masalan ekranda ) qurilmalari boʻlgan zarur tezlik va xotiraga ega boʻlgan kompyuterlar alohida oʻrin tutadi. Tasvirlarga maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil etish uchun kompyuterdan foydalanish, ular qoʻllaniladigan yangi keng sohaga yoʻl ochdi. Tasvirlarga ishlov berish, tahlil qilish uchun kompyuterlarni qoʻllash, maketlarini qurishga nisbatan qisqa vaqt ichida kam kuch sarflab tahlil etish va ishlov berishning ixtiyoriy usuli modelini-nainki benuqson holni, hattoki hozirgi zamon texnikasi amalga oshirish imkonini bermaydigan hollarni ham koʻrish imkonini berdi, natijalarning aniqligini, ishonchligini hamda deyarli toʻliq qayta tiklanishini, ishlov berish jarayonini istalgan qadamini nazorat qilish imkonini, y е chadigan masala turi, xususiyatiga qarab moslashuvchanlikni taʼminlaydi. Shuning uchun ham tasvirlarga ishlov berish va tahlil qilish avtomatlashtirilgan tizimlarining koʻpchiligi universal kompyuterlarga asoslangan.

Изображение слайда

Слайд 3

Koʻrinib turibdiki, kompyuterlarni qoʻllamay turib tasvirlarga ishlov berish, tahlil etishga bogʻliq biror masalani y е chishni tasavvur qilish qiyin. Tasvir koʻrinishga ega boʻlmagan axborotlarni vizuallashtirish ( yaʼni tasvirni yaratish ) masalalari bilan kompyuter grafikasi shugʻullanadi. Vizuallashtirish tasvirlanishi zarur boʻlgan obʼektning tasnifi ( modeli ) asosida bajariladi. Hozirgi paytda vizuallashtirish usullari va algoritmlari juda koʻp boʻlib, ular nimani va qanday qilib aks ettirish bilan bir-biridan farq qiladi. Vizuallashtirishga misollar ( murakkablashib borish tartibida ) sifatida quydagilarni koʻrsatish mumkin : funksiyalar grafigi ; diagrammalari ; geografik kartalari ; animatsiyalar

Изображение слайда

Слайд 4

Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, grafiklar vaqtga nisbatan oʻzgarmas ( statik ) boʻladi. Kompter oʻyinlarida uchraydigan ayrim oʻyinlar vaqt oraligʻida oʻzgarib turadi. Boshqalarida esa real dunyo obʼektlari bilan boʻlayotgan oʻzgarishlarni tasvirlovchi illyuziya hosil qiladi. Tasvirlarni qayta ishlash - bu tasvirlarni almashtirish bilan bogʻliq masalalar. Tasvirlarni qayta ishlash algoritmlari uchun boshlangʻich maʼlumotlar ham tasvirlar, natija ham tasvirlar. Bunga misol boʻlib tasvirlarni uzatish tizimi xizmat qilishi mumkin. Bu tizimda maʼlumotlarni kam xajmli kodlashtirish, tasvirdagi xalal beruvchilarni kamaytirish masalalari hal qilinishi kerak. Tasvirlar sifatini maʼlum bir mezondan bogʻliq holda yaxshilash ( masalan, tasvirni tiklash, ranglarni oʻzgartirish, kontrastni oshirish ) ham, ularni tubdan oʻzgartirib yuboruvchi maxsus almashtirishlar ham, tasvirlarni qayta ishlash masalasi boʻlishi mumkin. Tasvirlarni aniqlash masalasi tizimga kiritilgan tasvirni bir necha tasvirlarni ( oʻziga xos belgilarini ) olish, yoki bu tasvirni oldindan koʻrsatilgan sinflarning qay biriga tegishliligini aniqlashdan iborat. Vizual obʼektlarni aniqlash qandaydir maʼnoda kompyuter grafikasi masalasiga teskaridir. Chunki berilgan tavsiflar asosida tasvirni yaratish kompyuter grafikasining masalasi, uning tavsiflarini hosil qilish tavsiflarni aniqlash masalasi. Ammo bu tavsif bu masalalarning har birida xar hil boʻlishi mumkin.

Изображение слайда

Слайд 5

Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish inson faoliyatining tasvirlarga aloqador va kompyuter qoʻllash mumkin boʻlgan barcha sohalarida qoʻllaniladi. Koʻpchilik mutaxassis va olimlarning fikriga koʻra tasvirlarga sonli ishlov berish va tahlil etish usullari nazariyasi va hisoblash vositalarining rivojlanishi fan va texnika yorqin kelajakka ega boʻlgan yangi sohasi tugʻilishiga olib keldi. Keyingi oʻn yil ichida tasvirlarga sonli ishlov berish va tahlil etishning qoʻllanish sohasi sezilarli darajada kengaydi. Bunga kompyuterlarning oʻlchamlari va narxining pasayishi, ishlash tezligining esa oshishi, tasvirlarni mashinalarga kiritish, chiqarish va akslantirish qurilmalarining sanoat nusxalari ishlab chiqilganligiga katta taʼsir koʻrsatdi. Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish usullari hozirdanoq ilmiy tekshirishlarga, axborot tizimlarida, tibbiyot, biologiya, xarbiy ish, geodeziya, xaritalar tuzish va hokazolarda muhim oʻrin egallaydi. Bu usullarni qoʻllanishiga misol qilib fazoviy kemalardan axborotni sonli uzatish, telefon simlari orqali videotelefon aloqa, elektron mikroskopdan olingan tasvirlar tiniqligini oshirish, koinotdan olingan tasvirlarning sifatini yaxshilash, sunʼiy yoʻldoshlardan olingan fotosuratlar asosida y е r yuzasi xususiyatlarini, tabiiy tasvirlarni hosil qilish va sifatini 115 oshirish ( rentgenogramma, termogramma, radioizatop diagnoz qoʻyish, tasvirlari va hokazo ), sayyoraviy suratlar asosida avtomatlashtirilgan usulda xaritalar tuzish, sanoat uskunalari kamchiliklarini rentgen usulida aniqlash va boshqalarni keltirish mumkin. Shuning uchun ham tasvirlarga sonli ishlov berish va tahlil etish xozirdanoq koʻpchilikning kasbiga aylandi.

Изображение слайда

Слайд 6

Inson oʻz faoliyatida turli -tuman tasvirlarga roʻbaro keladi. Bu tasvirlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish, manba va natijalarni saqlab qoʻyish muammosi eng keng tarqalgan saqlovchilarni, tasvirlarni qayd etish vositalari va usullarini sinflarga tartiblashni taqozo etadi. Tasvirlarga ishlov berish masalalarining asosiy ish quroli boʻlgan elektron hisoblash mashinalarida saqlanadigan maʼlumotlar, ularga kirish va ishlov berish algoritmlari, ishlov berish bosqichlari ketma-ketligi va boshqalarga maʼlum talablar qoʻyadi. Tasvirlarga sonli ishlov berish va tahlil etishning muammosiga shu nuqtai-nazardan qarab tasvirlarga ishlov berishning bir tomondan mazmun toʻliqligiga, ikkinchi tomondan maʼlumotlarni saqlash va boshqarish, mashina algoritmlarining koʻrinishi, hisob jarayonini tashkil etish xususiyatiga qarab eng muhim bosqichlarga ajratish mumkin : 1.Tasvirlarni sonli koʻrinishga oʻtkazishga tasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish, tasvirlarni xotiraning turli sathlarida samarali saqlash uchun tasviriy maʼlumotlarni sonli qiymatlar yordamida ifodalash kiradi. Bu е rda foydalanilgan y е chimlar eng avvalo maʼlumotlarni elektron hisoblash mashinalarida saqlash va keyinchalik zaruriy zaruriy ishlov berish nuqtayi nazaridan baholanishi kerak. Bu bosqichda asosiy jarayonlar diskretlash, kvantlashdir va tasvirlarni kompyuter xotirasiga joylashtirishdir.

Изображение слайда

Слайд 7

2.Tasvirlarga dastlabki ishlov berish bosqichining asosiy maqsadi manba tasvir tarifining tuzilishi va shaklini saqlab qolishdir. Bajarilgan almashtirishlar yaʼni manba tasvir sinfiga kiruvchi tasvirlarni hosil qiladi. Masalan, sonli matritsa koʻrinishidagi manba tasvir dastlabki ishlov berish natijasida yangi, lekin bari-bir sonli matritsa koʻrinishidagi tasvirga oʻtkaziladi yaʼni tiniqlashtiradi. Bu amal boʻlaklarni kuchaytirish hisobiga amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy amallari sifatida tasvir sifatini oshirish va yoʻqotilgan axborotlarni tiklash. 3.Tasvirlarni qoʻshqiymatli koʻrinishga keltirish bosqichida tasvirlardan chiziqli tuzilmalar hosil qilish yoki ajratish amallari bajariladi. Tasvirlarni chiziqli yoki grafik koʻrinishga keltirish, uni tahlil qilish, parametrlarini oʻlchashni amalga oshirish bu bosqichda ancha osonlashadi. Bu bosqichning asosiy amallari tasvirlarni boʻlaklash, kontur, skeletlarni ajratishdir. 4.Tasvirlar tahlili bosqichida fragmentlar va hokazoda turli parametrlarni oʻlchash, belgilarini aniqlash yoʻli bilan tasvir va undagi obʼektlar tariflanadi. Bu bosqichning asosiy amallari spektral, topologik, geometrik, statistik tuzilishi va boshqa belgilarni oʻlchash jarayoni.

Изображение слайда

Слайд 8

5.Tasvirlarni sinflarga ajratish va tanishda, odatda bu tasvirlarga sonli ishlov berish va tahlil etishning asosiy hal qiluvchi bosqichi hisoblanadi. Unda tahlil natijalari yordamida tasvir va uning obʼektlari sinflarga ajratiladi va tanlanadi. Ushbu oʻtilgan bosqichlarning har qanday amaliy masalada toʻliq qoʻllanishi shart emas, shu bilan birgalikda ularning berilgan tartibda bajarilishi ham talab qilinmaydi. Masalan tasvirlarni sinflarga ajratish va tanish masalasini birinchi bosqichda olingan manba tasvirda bevosita, boshqa bosqichlarsiz, amalga oshirish mumkin.

Изображение слайда

Последний слайд презентации: Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish

Tasvirlarga ishlov berishda web dasturlash tillarining imkoniyatlari 116 Internetning WWW hizmati asosan web- sahifalarga bogʻliq ekan, ular qanday yaratiladi ? degan savol tugʻulishi tabiiy. HTML ( ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili ) — bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili ) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til. Web- sahifalar HTML tilida yoziladi. HTML tilining soddaligi ( SGMLga nisbatan ) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia ( rasm, tovush, animatsiya va boshqalar ) imkoniyatlari qoʻshildi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web- sahifa ) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri е tarli. HTML tilining buyruqlari “” belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg deb ataladi. Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi.

Изображение слайда

Похожие презентации

Ничего не найдено