Первый слайд презентации
Termiz davlat Pedagogika instituti Maktabgacha taʼlim fakulteti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 3-kurs sirtqi boʻlim 22-04-guruh talabasi Toʻrayeva Dildoraning U m u m i y pedagogikadan fanidan yozgan MUSTAQIL ISHI
Слайд 3
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy milodiy 810-yilda Buxoro shahrida tavallud topgan. Imom Buxoriy 16 yoshigacha Buxoroda ilm olgan, milodiy 825-yildan boshlab ilm olish chunonchi hadis ilmini o‘rganish maqsadida safarga chiqadi va bu safarlari davomida mingdan ziyod ustoz, shayx, mashoyixlardan hadis rivoyat qilgani haqida manbalarda aniq ko‘rsatilgan.
Слайд 4
Imom Buxoriy butun umrini hadis ilmiga bag‘ishlagan va 20 dan ziyod ilmiy asarlarni meros qilib qoldirgan. Jumladan: “Al-Adab al-mufrad”, “Kitob al-Kuna”, “Kitob al-Favoid”, “AtTarix al-Kabir”, “Al-Musnad al-Kabir”, “Al-Tafsir al-Kabir”, “Kitob al-Hiba”, “Kitob al-Mabsut”, “Bir al-Volidayn”, “Kitob ar-Riqoq”, “Al-Qiroat-u xalf al-imom”, “Kitob al-Illal” va boshqalar. Buxoriyning eng yirik asari “Al- Jomi’ as-sahih” asaridir.
Слайд 6
. Bu asar islom olamida “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan mashhur va Qur`oni Karimdan keyingi muqaddas manba sifatida XII asrdan buyon musulmonlar tomonidan o`rganilib kelinmoqda. Al-Buxoriyning ushbu asarida jami takrorlanadigani bilan hisoblaganda 7275ta hadis, takrorlanmaydigan holda esa 4000 ta sahih hadis kiritilgan.
Слайд 7
Bilamizki, Sharqda axloqiy ta’lim-tarbiya komil inson tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Imom Buxoriy asarlarida barcha musulmonlar bir ovozdan “komil inson” deya tan oladigan, barcha uchun namuna bo‘la oladigan zot, Muhammad Mustafo (s.a.v)ning hayotlari davomida bajarishga buyurgan ishlari yo o`zlari bajargan va yoki o`zlari ham bajarmagan va ummatlarini bajarishdan qaytargan ishlari hamda ularning ko‘rsatmalari ya’ni hadislar o‘rin olgan.
Слайд 8
Hadislar Rasululloh (s.a.v)ning xulqlari va u zotning ummatlariga o‘gitlari haqida har tomonlama tushuncha beradi. Ya’ni Muhammad (s.a.v)ning kundalik hayotida va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarida Qu’roni Karim tamoyillarini qanday tatbiq etganlariga misollar keltiradi. Shunday ekan, hadislar biz pedagoglarga komil insonni tarbiyalashda yo‘riqnoma ekanligini tushunishimiz va amaliyotda buni qo‘llashimiz lozim.
Слайд 10
Masalan quyidagi hadisdan o‘quvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirishda vosita sifatida foydalanishimiz mumkin. Abu Hurayra (r.a) rivoyat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v) bunday deydilar: “Bir odam yo‘lda ketayotgan edi, chanqab qoldi. Bir quduqni topdida ichiga tushib suv ichdi. Keyin, quduqdan chiqqan edi, bir itning chanqoqdan harsillab tuproqning namini yalayotganini ko‘rdi.
Слайд 11
Shunda u o‘ziga-o‘zi “Bu it ham mening singari chanqab qolibdi” deya quduqqa qayta tushib, mahsisining qo‘njida suv olib chiqdi-da, itga ichirdi. Alloh taolo (hayvonga qilgan mehribonligiva rahm-shafqati uchun) uning gunohlarini afv qildi. (27-bob) Ya’ni, “Jonivorlarga ozor berish mumkin emas, Payg‘ambarimiz Rasullulloh (s.a.v) bundan qaytarganlar”, “Birovning daraxtini sindirishing yaxshi ish emas, hatto o‘zganing bitta ignasi uchun ham qiyomatda javob beriladi”.
Слайд 13
Yuqoridagi hadisda inson har bir qilgan xatti-harakati uchun javob berishi, nafaqat insonlarga nisbatan balki atrof-muhitga nisbatan ham to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi lozimligi, qolaversa, atrofdagilarga moddiy va ma’naviy ziyon yetkazmaslik kerakligi anglashiladi. Musulmonlar atrof-muhitga ya’ni tabiatga o‘zining qo‘shnilariga qilgandek munosabat qilishlari lozim, lekin bugungi kunda, biz insonlar buning aksini bajarayotganimiz global muammolarga sabab bo‘lmoqda.
Слайд 14
Havoning ifloslanishi, dengiz va okeanlarga minglab tonnalab axlatlar uyumi, plastik buyumlar tashlanishi, yoki ko‘plab hayvonlar, qushlarning turlari “Noyob tur” deya topilishi, borgan sari ularning qirilib ketayotgani insonlarda ekologik tarbiyaning mavjud emasligiga dalil bo‘la oladi.
Слайд 15
Biz muammolarimizga yechimni ta’lim orqali bera olamiz va bunda Imom Buxoriy asarlarining ahamiyati yuqori, negaki, hadislarda barcha ijtimoiy holatlarga va muammolarga turli hayotiy misollar berilgan. O‘quvchilarda ma’naviy- axloqiy tarbiyani shakllantirishda hadislarning o‘rni beqiyos. Hadislar musulmonlarning ma’naviy qadriyatidir.
Слайд 17
Ular yoshlar xulq-atvori, tabiatini go`zallashtiradi, ota -ona hamda ustoz murabbiylarning tarbiya usulida tayanch qo‘llanma bo`lib xizmat qiladi. Hadislarni maktablardan boshlab o‘qitish, adabiyot, tarbiya kabi fanlarda ulardan keng foydalanish zarur, negaki, maktab o‘quvchilari voyaga yetguncha o‘zida insoniy fazilatlarni shakllantirib olishida ko‘makchi bo‘ladi.
Слайд 18
Yoshlar tarbiyasi har bir davr va makonda ham eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan. Bugun yoshlar o‘rtasida “ommaviy madaniyat”, “ryodan” va boshqa ko‘plab vayronkor g‘oyalar avj olgan, globallashuv davrida yashar ekanmiz, har birimiz farzandlarimizni, o‘quvchi yoshlarning ma’naviy va axloqiy ta’lim-tarbiyasiga mas’ulmiz.
Слайд 19
Shunday ekan, asrlar davomida foydalanib kelingan, ishonchli manba bo‘lmish Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy asarlaridan foydalanishiz, o‘zimizda mavjud bo`lgan, milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettiruvchi manbalarga murojaat qilishimiz zarur.