Слайд 2: Mavzu : R eferat. Referat turlari
Fan nomi : akademik yozuv Guruh : 972-21 Bajardi : Matkarimov Azizbek Tekshirdi :
Слайд 3
Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozisiyasini nazarda tutadi. Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.
Слайд 4
Referatning o’ziga xosligi : • keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo’lmaydi, • matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.
Слайд 5
Referatlar turlari. Bayonning to’liqligi bo’yicha Referatlanadigan manbalar soni bo’yicha
Слайд 6
Bayonning to’l iqligi bo’yicha : 1. Axborotli ( referat-konspektlar ) 2. Indikativ ( referat – rezyumelar ) Referatlanadigan manbalar soni bo’yicha : 1. Monografik 2. Tahliliy
Слайд 7
Referatning tuzilishi Bibliografik bayon 2. F.I.Oi. Asar nomi. Nashr qilingan joyi. Nashriyot. Yil. Sahifalar soni
Слайд 8
1. Bibliografik bayon - Referat matni 2. F.I.Oi. Asar nomi. Nashr qilingan joyi. Nashriyot. Yil. Sahifalar soni - Mavzu, muammo ; referat qilinadigan ishning predmeti, maqsadlari va tuzilishi. - Qisqacha mazmuni. - Aniq natijalari. - Muallif xulosalari. - Ish natijalari qo’llaniladigan soha.
Слайд 9
Referat diqqat-e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va boshlang’ich matnga murojaat etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi ! O’quv fani bo’yicha referatlarning tayyorlanishi o’qishda quyidagi natijalarga erishishni nazarda tutadi : - O’quv fanining dolzarb nazariy masalalari bo’yicha bilimlarning chuqurlashuvi, ushbu bilimlarning Siz tanlagan mavzuga ijodiy qo’llanilishi. - Tanlangan kasbiy sohadagi xorijiy tajribaning o’zlashtirilishi, undan mamlakat sharoitida, Sizning kelgusidagi kasbiy faoliyatingizda amalda qo’llanish imkoniyatlari va muammolarining o’rganilishi.
Слайд 10
- Tanlangan mavzu bo’yicha turli adabiy manbalarni ( monografiyalar, davriy matbuotdagi maqolalar va shu kabilar ) o’rganish mahoratini takomillashtirish va ularni tanqidiy tahlil etish asosida materialni mustaqil va savodli bayon qilish, dalillangan xulosalar chiqarish va takliflar berish. - Yozma ishni to’g’ri rasmiylashtirish malakalarini rivojlantirish.
Слайд 11
Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki bir necha manbalardagi materialni o’zlashtirib olishdan iborat bo’lib qolmasligi, ya’ni ko’chirmachilik va kompilyasiya mahsuli bo’lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo’lgan jamiki material tahlil qilib chiqilishi lozim.
Слайд 12
Referat ( lot. Refero - axborot beryapman ) - biror ilmiy asar, maqola, o'qilgan kitob va shu kabi mazmunining qisqacha Yozma yoki og'zaki bayoni ; o'rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqida axborot ; tegishli adabiyot va boshqa manbalardan olingan sharxli tahlilini o'z ichiga olgan maʼlum mavzudagi maʼruza.
Слайд 13
Referat, manba, ilmiy axborotni o'taydi. Unda muayyan mavzu yoritilishi bilan birga, ilmiy ilmiy tadqiqotlar, ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinishi va tanqid qilinishi mumkin. O'zbekistonda referat maktab ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o'quv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, umumiy taʼlim maktablarida ko'p qo'llanmalar didaktik vositadir. Umumiy o'rta taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o'quvchilari hamda oliy o'quv yurtlari talabalarining fakultativ mashg'ulotlardagi maxsus axborotlari ham referat emas. Dissertatsiya olingan referat ( avtorferat ) da dissertatsiyaning asosiy mazmuni va natijalari ifodalanadi
Слайд 14
Davlat standartiga asosan, referat - hujjatning mazmuni, asosiy faktik ma'lumotlar va mahsulotlarning, muallifning qo'shimcha izohlashi yoki tanqidisiz, lo'nda ifodasidir
Слайд 15
referat rejasini tuzish Referat rejasi quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak : • kirish, • asosiy qism, • xulosa, • foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, • ilovalar ( referatning shart bo’lmagan qismi ).
Слайд 16
Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko’rilishi lozim bo’lgan masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. U referentning mavzu materialida umumiy yo’nalish olishga imkon beradi, uning to’g’ri tanlanishi va bayon qilish mantiqini ta’minlaydi. Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan puxta o’ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining g’oyat muhim shartidir. Referatning asosiy qismi o’zining lo’nda va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga ( bandlarga ) bo’linishi zarur.
Слайд 17
To’plangan materialning bir tizimga solinishi va referatning yozilishi Kirishda tanlangan mavzuning nazariy va amaliy jihatlardan dolzarbligi asoslanadi, referat qilish maqsadi va vazifalari ifodalanadi. Agar referat monografik bo’lsa ( bir manba yoki muallif referat qilinayotgan bo’lsa ), unda kirishda quyidagilar ko’rsatiladi :
Слайд 18
1) muallif haqidagi qisqacha ma’lumotlar ( ilmiy darajasi, uning ixtisosligi, boshqa ishlari ); 2) manba mavzuining qisqacha bayoni ; 3) ishning maqsadi ; 4) ishning ruknlari ; 5) muallifning ustuvor yo’nalishi va boshqalar.
Слайд 19
Asosiy qismda barcha muhim qoidalar aks ettirilishi kerak. Referat asosiy qismining matni to’plangan materialning tegishlicha taqsimlanishi bilan masalalarga va kichik masalalarga ( bandlarga ) bo’linishi zarur. Har qanday masala, kichik masala (band) ning ajratilishi, umuman referatning tuzilmaga solinishi quyidagicha algoritm bo’yicha bajarilishi lozim : vazifa ishlab chiqilishi xulosa.
Слайд 20
Bayon qilish shakli – referentning tanlashi bo’yicha : konspektli, parchali, tahliliy bo’ladi. Material quruq bayon qilib berilmasligi kerak. Tegishli xulosalarga, shu jumladan matn bilan chambarchas bog’lanadigan statistik materialga ega tahlil zarur. Keng hajmdagi statistik ma’lumotlarni jadvallarga yig’ish maqsadga muvofiq. Statistik ma’lumotlar asosida u yoki boshqa ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni ancha yaqqol tasavvur etish va rivojlanish dinamikasida aks ettirishga imkon beradigan diagrammalar, grafiklarni qurish mumkin.
Слайд 21
Referatda keltiriladigan barcha jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar sarlavhalanishi va raqamlanishi kerak. Statistik ma’lumotlar olingan manbalarning sarlavhalari ko’rsatilgani holda qayd qilinishi lozim. Matnda beriladigan barcha raqamli materialning tegishli manbalari ko’rsatilishi kerak. Shuningdek, boshqa mualliflar asarlaridan olingan matndan ko’chirmalar, fikrlar, qoidalar, xulosalar so’zma-so’z ko’chirib olinganida ham albatta satr ostida qaydlar berilishi zarur.
Слайд 22
Munozarali masalalar bo’yicha har xil nuqtai nazarlarning tahlili, qo’shiladigan yoki o’zining pozisiyasining dalillanishi ham referatning afzalligi hisoblanadi. Referatning xulosasi referent tanlangan mavzuni o’rganish natijasida qilgan aniq ifodalangan xulosalarni, shuningdek hal etilmay qolgan va keyinchalik ishlab chiqishni talab qiladigan masalalarni o’z ichiga oladi.
Слайд 23
6. Adabiyotlar ro’yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi : 1. O’zR qonunlari. 2. O’zR Prezidenti farmonlari. 3. O’zR Hukumati qarorlari. 4. Me’yoriy hujjatlar, yo’riqnomalar. 5. Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar. 6. Internetdan olingan axborot manbalari.
Слайд 24
Manbalarning bibliografik bayonida quyidagilar ko’rsatiladi : muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan joyi, nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda ( gazetada ) bosilgan bo’lsa, unda jurnal ( gazeta ) nomi, chiqqan yili, jurnal ( gazeta ) sahifasi raqami.
 
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
             
             
             
             
             
             
             
            