Первый слайд презентации: PSIXODIAGNOSTIKA VA EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA FANIGA KIRISH
Reja: 1.Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining predmeti va vazifalari. 2.Psixodiagnostik va eksperimental tekshiruv bosqichlari. 3.Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya turlari. 4.Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya bilan shug‘ullanuvchi psixologga qo‘yiladigan talablar. 5. Psixologik tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari.
«Psixodiagnostika» atamasi psixologik tashxis qo‘yish degan ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy holati, to‘liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot ko‘rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. «Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asari chop etilishidan so‘ng psixiatriyada qo‘llanilgan bo‘lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshladi. «Diagnoz», ya’ni «tashxis» esa shaxs rivojlanishidagi har qanday og‘ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining konkret taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir.
psixik ko‘rinishlar tabiati va ularni ilmiy jihatdan prinsipial baholashning imkon darajasini aniqlashtirish; hozirgi paytda psixologik ko‘rinishlarning miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik holatini o‘rganish; psixodiagnostik usul va uslublarning asosiy metodologik talablari nimalardan iborat; psixodiagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta ishlash hamda ularni interpretatsiya qilish usullarining ishonchliligi nimalarga asoslangan; test va psixodiagnostik metodlarning tuzilishi hamda ilmiyligini tekshirishning asosiy muolajalari nimalardan iborat.
psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo‘yiladigan kasbiy talablarni aniqlashtirish; psixolog haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya'ni kafolat sifatida; psixodiagnostika sohasida o‘z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixolog o‘zida mujassamlashtirishi shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar; psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chiqish.
Слайд 5: Psixodiagnostika fanining umumiy vazifalari
b iror-bir xususiyatga xos taraqqiyot holatini aniqlash; taraqqiyot dinamikasini va qandaydir vaqt davri mobaynida qayta tarbiyalash imkonini aniqlash; ta'lim-tarbiya natijasida, o‘tkazilgan pedagogik eksperiment natijasida individ guruh xulqi va ruhiyatidagi real o‘zgarishlarni kuzatib borish; shaxs sifatlarining oldingi taraqqiyot dinamikasi va qonuniyatlari tahlili asosida kelajakdagi taraqqiyotini aniqlab olish; sinaluvchi kishilar guruhlarini taraqqiyot darajasi natijasiga asoslanib kelajakdagi ishlar uchun toifalarga ajratish; u yoki bu topshiriqlarni bajara olishiga qarab individ guruhlarning yaroqliligini aniqlash, masalan o‘z xizmat vazifasini bajara olishda kasbiy tayyorgarligini tekshirish; psixokorreksion ishlar olib borish maqsadida individ guruhning ijtimoiy me'yorga mos yoki mos emasligini aniqlash; individ yoki guruhning kelajak hayot yo‘liga yordam berish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish.
Слайд 6: Psixodiagnostika fanining xusussiy vazifalari
bola tug‘ilgandan boshlab maktab ta'lim jarayoniga tayyorgarligi, yosh davrlarining psixologik taraqqiyot dinamikasini o‘rganadi; har bir bolaning psixik va xulqiy rivojlanishidagi individual qobiliyatlarini tekshirish, uning o‘rtacha standart me'yorlardan chetlashishlari, ya'ni ijobiy (rivojlanishda oldindami), salbiy (rivojlanishdagi qoloqligi) tomonlarini aniqlash; bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi yutuqlarini aniqlash maqsadida psixologik xizmat ko‘rsatish va uning natijasida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; bolani yanada rivojlantirish maqsadida uning iqtidori, layoqati va individual qobiliyatlarini hamda qiziqishlarini tashxislash hamda ilmiy asoslangan psixologik maslahat va kasbga yo‘naltirilish ishlarini olib borish; bolaning psixologik holati haqida ota-onalarga, o‘qituvchilarga zarur bo‘lgan har tomonlama ma'lumotlar to‘planib, bolaga mos ravishda ta'lim va tarbiya metodlarini tanlash.
Слайд 7: Eksperimental psixologiya
umumiy psixologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, ruhiy jarayonlarni tajriba yordamida o‘rganadi. Eksperimental psixologiya fani ning maqsadi psixologik eksperiment o‘tkazishning malaka va ko‘nikmalarini paydo qilish va rivojlantirishdan iborat. Eksperimental psixologiyaning vazifalari : 1. Psixologiya fanida eksperiment o‘tkazishning qonunlari, tartibi va tamoyillari bilan tanishtirishdan iborat. 2. Turli metodikalar yordamida shaxsning psixik jarayonlari, holatlari va psixomotor rivojlanishini o‘rganishdir.
Слайд 10: 4. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya bilan shug‘ullanuvchi psixologga qo‘yiladigan talablar
Слайд 11: Psixodiagnostika bilan shug‘ullanuvchi odamlarga qo‘yiladigan maxsus malakaviy talablar
Psixodiagnostika bilan shug‘ullanuvchi odamlarga qo‘yiladigan maxsus malakaviy talablar nazariy tayyorgarlik psixodiagnostik mеtodikalarni va ularni o‘tkazish shart-sharoitlarini mukammal bilishi biron-bir mеtodikani amaliyotda qo‘llay olishda zaruriy tajribaga ega bo‘lishi
Слайд 13: sir saqlash tamoyili
Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili – sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e'lon qilmaslik, bu birinchi navbatda balog‘at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog‘at yoshiga etmagan bo‘lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-onalarning, bolalar uchun ma'naviy va huquqiy mas'ul bo‘lgan shaxslarning ruxsati bo‘lishi shart. Faqat ba'zi hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e’lon qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-shariflarini bayon etish tavsiya qilinmaydi.
Слайд 14: ilmiy asoslanganlik tamoyilida
Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo‘yiladi, ya'ni olingan natijalarga to‘liq ishonch imkonini bersin.
Слайд 15: Ziyon etkazmaslik tamoyilida
psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi.
Слайд 16: Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili
test o‘tkazayotgan odamning sub'ektiv ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo‘lib, validli va ishonchli metodika yordamida o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
Последний слайд презентации: PSIXODIAGNOSTIKA VA EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA FANIGA KIRISH: Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida
tavsiyalar albatta taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak.
 
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
             
             
             
             
            