Первый слайд презентации: Soliq nazorati
Topshiruvchi : To’ramurodov Sh Fan: Soliq va soliqga tortish
Слайд 2: Reja :
Soliq nazorati Soliq nazorati turlari Soliq nazorati shakllari Soliq tizimiga oid malumotlar
Слайд 3
Soliq nazoratini amalga oshirishning huquqiy asosi hisoblangan O‘zbekiston Repsublikasi Soliq Kodeksi dastlab 1997 yilda qabul qilingan bo‘lib, 10 yil davomida unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar natijasida davr talabi bilan 2007 yilda yangi tahrirda qabul qilindi. Mamlakatimiz Prezidentining « Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida » 2017 yil 1 avgustdagi PQ-3168son qarorini bajarish yuzasidan va davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida 34 Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan soliq nazoratining 2 ta huqqiy asosi yangilandi, jumladan “ O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom ” va “ O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizom”lar yangidan tasdiqlandi.
Слайд 4
Soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirishda bir qator muammolarni bartaraf etish maqsadida 2017 yil 18 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi va unda davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari belgilandi :
Слайд 5
soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish ; soliq solish ob’ektlari va soliq solinadigan bazaning o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan ishonchli axborotini o‘z muddatida taqdim etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish ; soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish ;
Слайд 6
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish ob’ektlarini to‘liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirishni ta’minlash bo‘yicha samarali tadbirlarni amalga oshirish ; faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har tomonlama ko‘maklashish, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish, o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish ; soliq solish masalalari, shu jumladan respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish ; kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini yuqori ma’naviyaxloqiy sifatlarga ega malakali xodimlar bilan to‘ldirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart - sharoitlarini yaratish.
O’zbekiston Respublikasi soliq to’lovchilarining yagona reestri O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan yuritiladi.Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to’lovchiga berilgan identifikasiya raqami berilganligi to’g’risidagi guvohnoma yoki soliq to’lovchi bir vaqtning o’zida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo’yilgan holda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan taqdirda, davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnoma soliq to’lovchining hisobga qo’yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Слайд 8
Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog’liq obyektlarni hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan har bir soliq to’lovchi bo’yicha hamda u to’layotgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog’liq obyektlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi 30. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog’liq obyektlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasi soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarining ma’lumotlari, tegishli organlar, tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar, shuningdek davlat soliq xizmati organlari boshqa manbalardan to’plagan, shu jumladan soliq tekshiruvlari vaqtida to’plagan axborotlar asosida shakllantiriladi. Davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish vazifasi yuklatilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga tushumlar hisobini yuritishi kerak. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tushumini hisobga olish byudjet klassifikasiyasiga muvofiq yuritiladi. Davlat soliq xizmati organlari byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga tushumlar hisobini soliq to’lovchining shaxsiy kartochkasida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning, shuningdek penya va jarimalarning hisoblangan hamda to’langan summalarini aks ettirish orqali yuritadi. Soliq to’lovchining shaxsiy kartochkasi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning har bir turi bo’yicha ochiladi.
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir. Soliq tekshiruvi soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi ( taftishi ) va qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi. Soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi ( taftishi ) soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida soliq to’lovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa hujjatlarini o’rganish va taqqoslashdir. Qisqa muddatli tekshiruv soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish bilan bog’liq bo’lmagan, uning ayrim operasiyalarining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiruvidir. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va soliq to‘lovchi soliq tekshiruvlarining ishtirokchilari hisoblanadi 31. Soliq tekshiruvlarida soliq to‘lovchining vakili ham ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, qonunchilikda ko‘zda tutilgan holatlarda soliq tekshiruviga soliq tekshiruvi natijasidan manfaatdor bo‘lmagan ekspert, tarjimon va xolislar jalb etilishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari birlashmalarining a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining soliq tekshiruvlari tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari so‘roviga ko‘ra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin
Слайд 11
Bugungi kunda amaliyotda soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga bo‘linadi 32 : rejali soliq tekshiruvi ; rejadan tashqari soliq tekshiruvi. Soliq to‘lovchi moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvi ( taftishi ) tekshiruvlarni amalga oshirishning nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejasi asosida o‘tkaziladigan tekshiruvdir. Rejadan tashqari soliq tekshiruvi esa yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan soliq to‘lovchi moliya-xo‘jalik faoliyatining soliq tekshiruvi ( taftishi ), shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ qaroriga ko‘ra o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvdir.
Слайд 12
Rejali soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi : tekshiruvlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasidan olingan, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan ko‘chirma. Bunda ko‘chirma uning asliga to‘g‘ri ekanligi ko‘rsatilgan holda tegishli imzo va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim ; tekshiruvlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasi asosida davlat soliq xizmati organining tekshiruvni maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr va tekshiruv o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘i.
Слайд 13
Rejadan tashqari soliq tekshiruvi ni o‘tkazish uchun esa quyidagilar asos bo‘ladi : nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning tekshiriladigan ob’ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadlari, tekshiruv o‘tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar ko‘rsatilgan tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ; davlat soliq xizmati organining nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ qarori asosida chiqargan tekshiruvni o‘tkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi ko‘rsatilgan holdagi buyrug‘i.