Слайд 2: Reja :
Iqtisodiy tizimlar Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari
Iqtisodiy aloqalar xo`jalikning o`z ichida yuz beradi. Boshqalar bilan oldi-sotti munosabatlari bo`lmaydi. Bu iqtisodiyot davlat siyosati ta`siridan holi bo`ladi. An`anaviy iqtisodiy tizim hali taraqqiy etmagan urug`-aymoqchilik sharoitida yashayotgan ba`zi Afrika xalqlarida uchrab turadi. iqtisodiy resurslar; iqtisodiy aloqalar yoki munosabatlar; v) noiqtisodiy mexanizm; g ) iqtisodiy siyosat. Iqtisodiy tizimga quyidagalar kiradi:
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qiladigan xo’jalik yuritishning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishi birgalikda iqtisodiy tizim ni tashkil qiladi. Iqtisodiy tizimlar quyidagi ko’rinishlarda turkumlanadi: 1. An‘anaviy iqtisodiyot; 2. Ma‘muriy bo’yruqbozlik iqtisodiyoti; 3. Bozor iqtisodiyoti tizimi.
Слайд 5: Sof bozor iqtisodiyoti tizimi. Bu bozordaga talabni qondirishga qaratilgan, bozor orqali hamkorlikni taqozo etuvchi erkin va demokratik iqtisodiy tizim. U xususiy mulkchilik, bozor uchun ishlash, cheklanmagan iqtisodiy tanlov, naf ko`rish va raqobat kabi tamoyillarga asoslanadi
Bozor tizimida daromad topish chegaralanmaydi, boy bo`lish taqiqlanmaydi, o`ziga to`q, farovon yashovchi odamlarning moddiy tengsizligi mavjud bo`ladi. Bozor tizimi asosida tovar ishlab chiqarish va pul yotadi. Bozor tizimi dunyoning hamma mamlakatlarida bor, lekin uning rivojlanish darajasi bir xil emas.
Слайд 6: Aralash tizim iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xususan AQSh Kanada va Evropa mamlakatlarida mavjud. O`zbekiston mustaqillik yillari davomida reja iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyoti – aralash iqtisodiyotga o`tmoqda
Слайд 7: Aralash iqtisodiy tizim. Bu har xil darajada bozor va reja (nobozor) aloqa-munosabatlarining qorishmasidan iborat tizimdir. Bu tizimda bozor vositalari bilan birgalikda rejalashtirish, hamkorlik va saxovatga asoslangan iqtisodiy aloqalar mavjud bo`ladi
Iqtisodiyoti yuksak texnologiya, g`oyat yuqori mehnat unumdorligiga asoslanadi, bu esa moddiy to`kinchilikni ta`minlaydi. Aholining ko`pchiligi mulk sohibiga aylanadi, davlat o`z siyosati bilan iqtisodiyotga faol ta`sir etadi.
Слайд 8: Rejali yoki buyruqbozlik-ma`muriy iqtisodiyot tizimi. Bu to`la-to`kis davlatlashtirilgan iqtisodiy tizimdir. Uning asosi davlat mulki hisoblanadi, ishlab chiqarish davlatning reja-topshiriqlariga binoan yurgiziladi, nima ishlab chiqarish masalasi davlatning buyrug`iga binoan hal etiladi
Слайд 9: A‘anaviy iqtisodiyot - barcha mamlakatlar uchun xos bo’lib, unda natural yoki mayda tovar xo’jaligi xukmronlik qilgan. Texnika taraqqiyoti va uning yangiliklarini joriy qilish cheklangan bo’lgan
Ma‘muriy-bo’yruqbozlik iqtisodiyoti - bu bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi bo’lgan tizim bo’lib, bu tizimda davlat mulkchiligi hukmron bo’ladi va iqtisodiyot markazdan boshqariladi.
Слайд 10: Bozor iqtisodiyoti tizimi – bu iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim bo’lgan tizimdir. Bu ikki bosqichga egadir. Birinchisi, erkin raqobatga asoslagan klassik bozor iqtisodiyoti, ikkinchisi esa, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo’lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deyiladi
Слайд 11: Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti - tadbirkorlikda erkinlik amal qiladigan va shaxsiy manfaat ustun turadigan tizimdir
Iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan bo’lib, davlat xususiy mulkni himoya qiladi va erkin bozorni amal qilishini ta‘minlovchi huquqiy tartiblar o’rnatib boradi.
Слайд 12: Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti – bu hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot, unsurlarini qo’shilishidan hosil bo’lgan aralash iqtisodiyotdir
Слайд 13: Bunda mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorliklar turli bo’ladi, rejalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, hozirgi vaqtda Xitoy Xalq respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari qo’llanishi natijasida iqtisodiy o’sish va iqtisodiy barqarorlik ta‘minlanmoqda
Слайд 14: Iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida kishilarni narsalarga va barcha moddiy va nomoddiy borliqqa munosabatining paydo bo’lishi mulkchilikni keltirib chiqaradi
Mulkchilik munosabatlari – bu iqtisodiy va doimiy kategoriya bo’lib, bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir.
Последний слайд презентации: Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari: Foydalanilgan adabiyotlar :
Maxmudov E.Х. Korxona iqtisodiyoti: O`quv qo`llanma. - T.: TDIU, 2004.-208 c. 1 ekz. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari: O`quv qo`llanma /A.E.Ishmuxamedov va boshk.-T.: TDIU, 2004.-160 c. 1 ekz. Круглова Н.Ю. Основы бизнеса. учебник для вузов Издательство: РДЛ, 2005. Кузнецов А. Основы рыночной экономики. Терминологический словарь. Издательство: Владос, 2004. Куторжевский Г.А. Экономика. Основы теории. Учебное пособие, Издательство: Экономика, 2004.