Qon tomirlarining tuzilishi. Qon tomirlari tanamizning hamma qismlariga tarqalgan. Ular arteriya, vena va kapillarlarga ajratiladi.
Слайд 3
Arteriyalar — yurak chap qorinchasidan chiqib, tananing hamma qismlariga qon olib boruvchi qon tomirlari. Arteriyalar sirtdan qalin va elastik biriktiruvchi to‘qima bilan qoplangan. Biriktiruvchi to‘qima ostida qalin silliq muskul va elastik tolalardan iborat o‘rta qavat, uning ostida bir qator hujayralardan iborat yupqa ichki qavat joylashgan. Arteriyalar organlar va to‘qimalarda ingichkalashib arteriolalar va kapillarlarni hosil qiladi.
Слайд 4
Kapillarlar devori bir qavat hujayralardan iborat. Kapillarlar odam sochiga nisbatan 50 marta ingichka bo‘lib, barcha to‘qimalar orqali o‘tadi. Organlardan chiqadigan kapillarlar asta-sekin birlashib venalarni hosil qiladi.
Слайд 5
Venalar — qonni yurak bo‘lmalariga olib keladigan qon tomirlari. Venalar devori ham arteriyalarga o‘xshash uch qavatdan iborat, lekin yupqa bo‘ladi. Yirik venalarda joylashgan klapanlar qonni faqat yurak tomonga oqishiga imkon beradi.
Слайд 6
Odam tanasida qon juda ko‘p yirik va mayda qon tomirlar bo‘ylab harakatlanadi. Yurakdan boshlanuvchi qon tomirlari, ularda qanday qon bo‘lishidan qat’i nazar, arteriya qon tomiri, yurakka quyiluvchi qon tomirlari esa vena qon tomiri deyiladi. Bu qon tomirlar ikkita yopiq, ya’ni katta va kichik qon aylanish doirasini hosil qiladi. Bu qon aylanish doiralarining ikkalasi ham yurakdan boshlanadi va yurakda tugaydi.
Слайд 7
Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan aorta deb ataluvchi katta arteriya qon tomiridan boshlanib, yirik, o‘rta va mayda arteriya tomirlari orqali tananing barcha to‘qima va organlarini arteriya qoni sifatida kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlab, vena qoniga aylanadi hamda yuqorigi va pastki kovak venalar orqali o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.
Слайд 10
Kichik qon aylanish doirasi yurakning o‘ng qorinchasidan — o‘pka arteriyasi deb ataluvchi katta qon tomiridan boshlanib, u o‘ng va chap o‘pka arteriyalari, kapillarlarga bo‘linadi. Bu qon o‘zidagi karbonat angidridni o‘pka alveolalariga o‘tkazib, ulardan kislorodni qabul qilib, arteriya qoniga aylanadi va 4 ta o‘pka venalari orqali yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi. Limfa aylanishi. Odam tanasida qon tomirlari bilan birgalikda limfa tomirlari ham mavjud bo‘lib, ular orqali limfa suyuqligi oqadi. Limfa sistemasi limfa kapillarlari, mayda, o‘rtacha, yirik limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa aylanishining qon aylanishidan farqi shundaki, limfa tomirlari organ va to‘qimalarga kelmaydi, balki ulardan boshlanadi.
Слайд 12
Odam tanasida 460 taga yaqin limfa tugunlari bor. Tanadagi barcha limfa tomirlarida hammasi bo‘lib o‘rtacha 1—2 l limfa suyuqligi bo‘ladi. Bir kecha-kunduzda 1200—1500 ml limfa suyuqligi limfa tomirlaridan vena qon tomirlariga quyiladi. Buning o‘rniga to‘qimalardagi suyuqlikdan limfa hosil bo‘lib turadi. Taloq. Taloq qorin bo‘shlig‘i chap tomonining yuqori qismida, ya’ni chap qovurg‘alar ostida joylashgan. Uning massasi katta odamda 140—200 g.
Слайд 14
Taloqda limfotsitlar hosil bo‘ladi va ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. Limfotsitlar odam organizmining immunitet xususiyatini ta’minlashda ishtirok etadi. Demak, taloq organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish ( immunitet ) vazifasini bajarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, taloqda qonning ortiqcha qismi zaxira holda to‘planadi, ya’ni u qon deposi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, taloqda qonning yashash muddatini o‘tagan shaklli elementlari ( eritrotsitlar va leykotsitlar ) parchalanadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanganda taloqda limfotsitlar hosil bo‘lishi ko‘payadi. Demak, bunda odam organizmining yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati ( immunitet ) kuchayadi.
Последний слайд презентации: Katta va kichik qon aylanish doirasi: Savol va topshiriqlar
Katta qon aylanish doirasi qanday funksiyani bajaradi ? Kichik qon aylanish doirasi qanday funksiyani bajaradi ? Limfa sistemasining tuzilishi va vazifasini tushuntiring. Taloqning funksiyasi nimadan iborat ? Limfotsitlarning odam organizmidagi ahamiyatini aytib bering.
 
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
             
             
             
             
             
             
            