Первый слайд презентации: Deduktiv xulosa chiqarish va uning turlari
SUVONOV ELBEK Xalqaro huquq fakulteti 1-5A-19 guruh talabasi
Слайд 2: Xulosalash nima?
X ulosalash – bu bir yoki bir nechta chin hukmlardan muayyan qoidalar asosida yangi hukmlarni keltirib chiqaruvchi tafakkur shaklidir. Xulosalash asos va natijani hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishni o‘z ichiga oladi. Xulosalash uchun keltirilgan hukmlar «asoslar» deyiladi. Asoslar asosida chiqarilgan yangi hukm «natija» deb ataladi. Asoslardan natijaga mantiqiy o‘tish jarayoni xulosalashdir. Masalan, Asos : O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasi). Asos : Salimov – O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi. Natija : O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish Salimovning burchidir.
Demonstrativ xulosada natija mantiqiy qonun darajasida namoyon bo‘luvchi ketma-ketlikka ko‘ra asoslardan muqarrar ravishda zaruran kelib chiqadi. Nodemonstrativ xulosa chiqarishda xulosalash qoidasi asoslardan faqat ehtimoliy natijaning kelib chiqishini ta’minlaydi.
Слайд 5: Deduktiv xulosa chiqarish
Umumiy hukmlardan juz’iy yoki yakka hukmlarni keltirib chiqarishga deduktiv xulosa chiqarish deb aytiladi. Deduktiv xulosalash qat’iy hukmlarning asoslar miqdoriga ko‘ra bevosita xulosa va bilvosita xulosa turlariga bo‘linadi. Agar xulosa bir asosdan olinsa, u bevosita xulosa chiqarish deb ataladi.
Слайд 6: Bevosita xulosa chiqarish va uning turlari
Agar xulosa bir asosdan olinsa, u bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarishning to‘rt turi mavjud: 1) aylantirish; 2) almashtirish; 3) predikatga qarama-qarshi qo‘yish; 4) mantiqiy kvadratga ko‘ra xulosa qilish.
Слайд 7: Bevosita xulosa chiqarish turlariga ta’rif
Aylantirish – bunda asosda miqdoriy o‘zgarishlar yuz bermay, sifatiy o‘zgarish ro‘y beradi. Almashtirish – bevosita xulosa chiqarishning shunday turiki, unda hukm sifati o‘zgarmasdan, natijada uning subyekti predikatga, predikati esa natijada subyektga almashtiriladi. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish. Predikatga qarama-qarshi qo‘yishda hosil bo‘lgan natijadagi yangi hukmning subyekti o‘rnida hukmning predikatiga zid tushuncha, predikati o‘rnida esa asos hukmning subyekti keladi. Mantiqiy kvadrat bo‘yicha xulosa chiqarish. Mantiqiy kvadratga ko‘ra (A, E, I, O ) qat’iy hukmlar o‘rtasidagi munosabatning tabiatidan kelib chiqib, birining chinligidan ikkinchisining yolg‘on yoki chinligini keltirib chiqaruvchi xulosaga mantiqiy kvadrat bo‘yicha xulosa chiqarish deb aytiladi.
Слайд 8: nima ?
Sillogizm yoki oddiy qat’iy sillogizm – bu vositali deduktiv xulosa chiqarishning turi sifatida ma’lum bo‘lib, o‘z etimologiyasiga ko‘ra grekcha «sillogismos» so‘zidan kelib chiqqan holda hisoblamoq, sanamoq degan ma’nolarni anglatadi. Ikki yoki undan ko‘p oddiy qat’iy hukmlar (asoslar)dan xulosa chiqarilishiga «sillogizm» deb aytiladi.
Слайд 9: Sillogizm tarkibi
Oddiy qat’iy sillogizmning tarkibi ikki asos hukm va undan kelib chiquvchyi natija, ya’ni xulosadan iborat bo‘lib, uch terminda ifodalanadi. Ilmiy muloqotda sillogizmning terminlari hukm atamalari «S» subyekt va «P» predikatdan farq qilinib, katta, kichik va o‘rta terminlar deb belgilanadi
Слайд 10: Sillogizm figuralarining maxsus qoidalari
1 - figurada katta asos umumiy hukm, kichik asos tasdiq hukmi bo‘lishi kerak. 2 – figurada katta asos umumiy hukm asoslaridan biri va xulosa inkor hukm bo‘lishi kerak. 3 - figurada kichik asos tasdiq, xulosa juz’iy hukm bo‘lishi lozim. 4 - figurada umumiy tasdiq xulosani bermaydi. Agar katta asos tasdiq hukmidan iborat bo‘lsa, kichik asos umumiy hukm bo‘ladi. Asoslardan biri inkor hukm bo‘lsa, katta asos umumiy hukmdan iborat bo‘ladi.
Слайд 11: Sillogizm moduslari
Sillogizmning moduslari. Asoslarning sifat va miqdoriy tasnifi bilan farqlanadigan sillogizm turlariga oddiy qat’iy sillogizm moduslari deb aytiladi. Modus – lotincha «Modius» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, tur, qoida degan ma’nolarni anglatadi. Har bir sillogizm ikki asos hukm va bir xulosa hukmdan hamda bu hukmlarning umumiy birlashgan tasnifi to‘rt turdan, umumiy tasdiq (A), umumiy inkor (E), juz’iy tasdiq (I) va juz’iy inkor (O) hukmlardan iborat bo‘ladi.
 
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
             
             
             
             
            