Слайд 2
20 25 Marketing tushunchasi va uning mohiyati Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi Marketing elementlari tarkibi va marketing– miks tushunchasi
Слайд 5
20 25 «Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg`i, balki kema komandasidir ».
Слайд 7
20 25 P.Kotlerning klassik ta’rifi : “ Marketing — bu shaxslar va guruhlarning mahsulot va xizmatlarni yaratish, taklif qilish va erkin almashish orqali o‘z ehtiyojlari va istaklarini qondirish jarayonidir.” P.Kotlerning ( zamonaviy talqin ): “Marketing — bu mijozlar uchun qiymat yaratish, ular bilan mustahkam munosabatlar o‘rnatish va buning evaziga tashkilotga qiymat olish san’atidir.” Zinov Davidov Men hech qachon marketing bilan shug`ullanmaganman. men faqat o`z mijozlarimni yaxshi ko`rganman A.Soliev Marketing falsafasi talablari shundan iboratki, tadbirkorlik faoliyati yoki biznes hatti – harakatini faqat iste‘molchiga qaratish lozim. Igor Mann Marketingning asosiy vazifasi – bu mijozlarni o`zlashtirish va ushlab qolish nuqtasidir
Слайд 8
20 25 Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko`payishi va tadbirkorlar o`rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.Hozirgi vaqtda firma, korxona kompaniyalar avvalgi davrlarda uchratilmagan juda qattiq raqobat kurashiga to`qnashmoqdalar. Bu kurashda g`olib chiqish uchun,ular iste‘molchilarni egallashi va o`zlarining raqobatchilaridan ustun kelishlari zarur. Buning uchun ular o`z faoliyatida tovar va sotish falsafasini emas, balki marketing va iste‘molchi falsafasini qo`llashlari kerak.
Слайд 9
20 25 Asosiy e’tibor ishlab chiqarish va mahsulotni ko‘proq sotishga qaratilgan. “Kim ko‘proq ishlab chiqarsa, ko‘proq foyda qiladi ” tamoyili. Marketing deyarli savdo texnikasi sifatida qaralgan. Savdoga yo‘naltirilgan davr (XIX asr oxiri – 1920-yillar) Internet, elektron savdo, onlayn reklama, SEO, SMM kengaydi. Iste’molchilar bilan bevosita aloqa imkoniyati kuchaydi.. Raqamli marketing davri (1990-yillar oxiri – 2010-yillar) . Bozor yo‘nalishi (1940–1950-yillar) Mahsulot va ishlab chiqarish yo‘nalishi (1920–1930-yillar) Innovatsion va texnologik marketing davri (2010-yildan hozirgacha ) Marketingni rivojlanish bosqichlari Marketing konsepsiyasi davri (1960–1980-yillar) Raqobat kuchaygani sayin korxonalar mahsulot sifatiga e’tibor bera boshladi. “ Yaxshi mahsulot o‘z-o‘zidan sotiladi ” degan tushuncha keng tarqaldi. Iste’molchilar ehtiyojlarini o‘rganishga qiziqish ortdi. Marketing – “ bozorni o‘rganish + iste’molchini tushunish ” konsepsiyasiga o‘tdi. Marketing tadqiqotlari shakllana boshladi. “ Iste’molchining xohishi va ehtiyoji birinchi o‘rinda ” tamoyili. 4P modeli (Product, Price, Place, Promotion ) keng qo‘llanildi. Ijtimoiy marketing davri (1980–1990-yillar) Marketing faqat foyda emas, balki ijtimoiy manfaat ni ham hisobga ola boshladi. jtimoiymas’uliyat,iste’molchilarning huquqlariga e’tibor. Sun’iy intellekt (AI), Big Data, algoritmik reklama. Omnichannel marketing ( offline + online integratsiya ).
Слайд 10
Marketingni rivojlanish tarixi 20 25 1902 yil AQSH da mustaqil ravishda marketing kursini o`qitish boshlandi 1908 yil Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQSHning yirik sanoat kompaniyalarida birinchi marketing bo`limlari tashkil etildi 1920 yil Xalqaro savdo palatasi tashkil topdi. 1926 yil AQSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi ; uning asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuzildi va u 1973 yilda Amerika marketing assotsiatsiyasi deb qayta nomlandi. 1930-1940 yillar Dunyoning ko`pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi. 1950-1960 yilllar Xalqaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va marketing bo`yicha Evropa jamiyati hamda Evropa marketing Akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi. 1980 yillarning ikkinchi yarmi Mamlakatimizning iqtisodiyot yo`nalishidagi oliy ta‘lim muassasalarida marketing kursi o`qitila boshlandi 1990 yillarning oxirlarida va hozirgi kungacha Mamlakatimizda marketing bo`yicha xorijiy adabiyotlar o`zbek tiliga tarjima qilingan holda va shu fan bo`yicha darslik, qo`llanma hamda risolalar O`zbekistonlik mualliflar tomonidan ko`plab chop etilmoqda.
Слайд 11
Liceria&CO. 20 25 Marketing Plan Presentation www.reallygreatsite.com Amerika modeli bo`yicha marketing faoliyati birinchi navbatda korxonani maqsad va vazifalariga erishishga qaratiladi hamda ikkinchi navbatda esa iste‘molchilarni ehtiyojini qondirishga qaratiladi. Yapon modeli bo`yicha marketing faoliyati eng avvalo iste‘molchilarni hohish – ehtiyojini qondirishi kerak.
Слайд 12
20 25 Global maydonda zamonaviy marketingni muhimligi Zamonaviy marketingni davri o`tgan asrning 1995 yillaridan boshlandi. Shu davrdan boshlab marketing – murakkab ijtimoiy – iqtisodiy jarayon sifatida o`rganilmoqda. Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o`rin bo`shatib bermoqda. Bu jahonning barcha rivojlangan davlatlarida kuzatilmoqda.Tez o`zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab chiqarish yuksak darajada chaqqon moslashuvchan, yakka iste‘molchiga mo`ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari. Ayni paytda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga etdiki, bir bozorning oraliq segmentlarida bo`sh makon juda kam qoladi. Natijada bozor raqobati yanada shiddatli tus oladi. Tovarning « hayotiy sikli » misli ko`rilmagan darajada qisqaradi. Mahsulotlar assortimentning xilma-xilligi ortdi, bir xil buyumlarni ko`plab ishlab chiqarish kamaydi, ya‘ni to`p-to`p qilib uyub tashlash tajribasidan voz kechilmokda. Tovar sifatiga ega bo`lgan mahsulotlar mazmuni o`zgardi. Endi yaxshi mahsulot chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma ko`rsatadigan qo`shimcha servis xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash zarur.
Слайд 13
Liceria&CO. 20 25 Marketing konsepsiyasi Bu boshqaruv falsafasidir. U esa, tovar ishlab chiqaruvchilarga is‘temolchilarning ehtiyojlarini qondirish natijasida foyda olishlari uchun yordam beradi.Marketing konsepsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi : - ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish ; -marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash ; -marketing strategiyasini aniqlash ; - rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati elementlarini tanlash.
Слайд 16
20 25 Marketing miks Marketing tizimida qo`yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va boshqa sub‘ektlarga ta‘sir etish uchun marketing vositalari, ya‘ni marketing usullari yig`indisi, uslublari zarurdir. Neil Borden 1960 yilda 4”P” modeli taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to`rtta asosiy elementlari ajratib ko`rsatilgan : tovar (product), narx (price), joy (place), siljitish (promotion) Jerome McCarthy