Первый слайд презентации: MOLIYAVIY TAHLIL FANI 1-MAVZU : MOLIYAVIY TAHLIL FANINIG NAZARIY ASOSLARI
BUHGALTERIYA HISOBI, IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT KAFEDRASI KATTA O’QITUVCHISI URMANBEKOVA IRODA FARXODOVNA
Слайд 2: REJA :
1.1 Tahlilning zamonaviy boshqaruvdagi roli, o‘rni va ahamiyati. 1.2 Moliyaviy tahlil fanining predmeti, ob ’ yekti, maqsadi, vazifalari, prinsiplari. 1. 3 Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar o‘rtasida tutgan o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari. 1. 4. Moliyaviy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 1.5 Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan usullar: an’anaviy va iqtisodiy-matematik usullar ( Taqqoslash usuli, guruhlash, balans usuli, zanjirli bog’lanish, mutloq farq usuli, nisbiy farq usuli, logarimlash, integral usul, korrelatsion bog’lanish usuli va h. 1.6. Moliyaviy tahlil: ichki moliyaviy tahlil, tashqi moliyaviy tahlil. Moliyaviy tahlilning maxsus usullari: moliyaviy hisobotni o‘qish, gorizontal, vertikal, trend, qiyosiy, omilli, koeffitsiyentlar tahlili. REJA :
Слайд 3: Boshqaruv, uning muhim elementlari
Ko‘rsatkichlar Tizimga kiruvchi birliklar Boshqaruv (Menejment) Korxona faoliyat samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy tamoyillari, usullari, vositalari va shakllari majmui Boshqaruv obyekti Iqtisodiy resurslar Boshqaruv subyektlari Rahbar xodimlar, menejerlar Boshqaruvning muhim elementi Rejalashtirish Boshqaruvning muhim elementi Buxgalteriya hisobi Boshqaruvning muhim elementi Nazorat (audit) Boshqaruvning muhim elementi Tahlil Boshqaruv, uning muhim elementlari
Слайд 6: 1.2. Moliyaviy tahlil fanining predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari, prinsiplari
Har bitta fan obyektiv zaruriyat tufayli paydo bo‘lishi va oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishi, moddiy va nomoddiy olamdagi savollarning aniq yechimini berishi, hayot va uni go‘zalligini ta’minlashning muhim vositasiga aylanishida tobora rivojlanib borishini hisobga oladigan bo‘lsak, iqtisodiy, moliyaviy tahlil fanining ham tashkil topganiga bir necha asrdan oshganligini qayd etish lozim. 1.2. Moliyaviy tahlil fanining predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari, prinsiplari
Слайд 7: Moliyaviy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot jarayonida atalgan nomlari
Nomlanishi Izoh Balansshunoslik Balans ma’lumotlarini o‘rganganligi sababli Balans talqini Ko‘rsatkichlarning davriy o‘zgarishlariga baho berish zaruriyati tufayli Balansni tahlil qilish Davriy o‘zgarishlarda erishilgan natijalar yoki boy berilgan imkoniyatlarga qarab kelajakni baholash zaruriyatining paydo bo‘lishi bilan Hisobot tahlili Moliyaviy hisobot shakllarining sonini ko‘payishi va ularda aks etuvchi elementlarni baholash zaruriyati tufayli Iqtisodiy tahlil Barcha iqtisodiy o‘zgarishlarga bo‘lgan talabning kuchayishi bilan Sotsial-iqtisodiy tahlil O‘rganiladigan masalalar ko‘lamining faqat iqtisodiy jihatlarini emas, balki ijtimoiy jihatlarini ham o‘rganishga zaruriyatning paydo bo‘lishi bilan Xo‘jalik faoliyati tahlili Xo‘jalik faoliyatining barcha qirralarini qamrab olinishiga bo‘lgan talab tufayli Moliyaviy va boshqaruv tahlili Buxgalteriya hisobining moliyaviy va boshqaruv hisobi tarkiblanishiga uyg‘unlikda Moliyaviy tahlil, Moliyaviy hisobot tahlili Rivojlangan davlatlarning umumkasbiy va ixtisoslik fanlar tizimiga uyg‘unlikda Moliyaviy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot jarayonida atalgan nomlari
Слайд 8
Tahlil fanining predmeti – turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini, uning samaradorligi va natijaviyligini ko‘rsatkichlar tizimida, uzviylik va aloqadorlikda, omillarga bog‘liq ravishda turli axborot manbalaridan foydalangan holda davriy o‘rganishga aytiladi.
Слайд 9: Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati: - ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ish, xizmatlar) hajmining, quvvatlardan foydalanish darajasining, resurslar naqdligi va ulardan samarali foydalanishni, xodimlarning tarkibi va mehnat unumining, mahsulot tannarxining, foyda hajmi va rentabellik darajasining, moliyaviy holatning murakkab tuzilmasidir;
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tahlili – xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini, moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘lay olishi, kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni, daromadlar bilan pul oqimlarini oqilona taqsimlashni, iqtisodiy resurslardagi potensial o‘zgarishlarni baholashni, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt keyinchalik o‘zining moliyaviy ahvolini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini baholashning muhim usulidir. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati: - ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ish, xizmatlar) hajmining, quvvatlardan foydalanish darajasining, resurslar naqdligi va ulardan samarali foydalanishni, xodimlarning tarkibi va mehnat unumining, mahsulot tannarxining, foyda hajmi va rentabellik darajasining, moliyaviy holatning murakkab tuzilmasidir;
Слайд 10
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni tahlil etishda faoliyat samaradorligi va natijaviyligiga ta’sir etuvchi omillarga alohida ahamiyat qaratiladi. Ularni obyektiv va subyektiv omillarga tarkiblash mumkin. Subyektiv (ichki) omillar deyilganda korxonalarning amaliy faoliyati bevosita bog‘liqlikda yuqori samaradorlikka va natijaviylikka erishish mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Bunday ta’sir birliklariga mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, rag‘batlantirish, moddiy resurslardan tejab foydalanish, xarajatlarni iqtisod qilish, quvvatlardan foydalanish, to‘lovlar intizomiga rioya qilishning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan jihatlari kiradi. Obyektiv (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi talab-taklifning o‘zgarishi, inflyatsiya va hokazo jihatlar.
Слайд 11
Axborot manbalardan foydalangan holda o‘rganish deganda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining aniq o‘lchangan, jamlangan, umumlashtirilgan hisobot holiga keltirilgan axborotlardan, shuningdek hisobdan tashqari (rejalar, normalar va h.k.) turli manbalardan foydalangan holda o‘rganish tushuniladi. Davriy o‘rganish deganda uni axborot manbalarining tahliliyligida operativ, joriy va istiqbolli o‘rganishning zaruriyati nazarda tutiladi.
Слайд 13: Tahlil tamoyillari
Tamoyillar Tasnifi Davlat manfaati nuqta y i nazaridan yondashish tamoyili Iqtisodiy hodisalarni, xo‘jalik jarayonlari natijalarini baholashda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va xalqaro siyosatlarini va qonunchiliklarini inobatga olish lozimligini tasniflaydi Ilmiylik Dialektik bilish nazariyasiga asoslanishi, ishlab chiqarishni rivojlantirishning iqtisodiy qonunlari talablarini hisobga olishi, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, ilg‘or tajribalarni va iqtisodiy tadqiqotning eng yangi usullarini hisobga olishi lozim Tizimlilik O‘rganilayotgan obyekt murakkab dinamik tizim va u bir qator mayda unsurlardan va ularning o‘zaro bog‘lanishidan tashkil topgan deb qaralishi lozim Kopmlekslik Tahlil qilinayotgan obyektning barcha birliklari, bo‘g‘inlari va tomonlarini hisobga olish hamda ularning o‘zaro bog‘liqliklarini atroflicha o‘rganishni taqozo qiladi Ob y ektivlik, aniqlik va ishonchlilik Haqiqatni aks ettiradigan ishonchli va tasdiqlangan tahlil ishonchli, tekshirilgan va real voqelikni aks ettiruvchi ma’lumotlarga asoslanishi zarur. Faqat shundagina tahlil natijalari talabga javob beradi. Shu sababli ham korxonada doimo hisob, nazorat (audit) takomillashtirib borilishi talab etiladi Ta’sirchanlik Tahlil ishlab chiqarish jarayonlarining borishiga uning natijalariga bevosita aralashishi, rezervlarni, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni qidirib topishga bevosita ta’sir ko‘rsatishi lozimligini ifoda etadi Rejalilik Bu tamoyilga muvofiq korxonalarda amalga oshiriladigan analitik ishlar rejalashtirilishi, uni bajaruvchilar o‘rtasida taqsimlanishi va nazorat qilib borilishi lozimligini ifoda etadi Samaradorlik Tahlilni o‘tkazish uchun ketgan sarf-xarajatlar bir necha barobar qoplanishi kerakligini ifoda etadi Operativlik Bu tamoyil iqtisodiy tahlilni o‘tkazish, qarorlar qabul qilish va ularni amaliyotga joriy qilishda aniq va tezkorlikni taqozo qiladi Demokratik Tahlilni o‘tkazishga korxonaning keng jamoatchiligini jalb qilish va tahlil natijalarini muhokama qilishda keng jamoatchilik ishtirokini taqozo qiladi Tahlil tamoyillari
Слайд 14
Tahlil so‘zi grekcha “analyzis” so‘zini o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lib, u “bo‘laman” yoki “ajrataman” degan ma’noni bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor ma’noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan uning tarkibiy qismini o‘rganish tushiniladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishda faqat tahlilni o‘zi yetarli bo‘lmaydi, boshqa usullardan ham foydalanishga zaruriyat tug‘iladi. Shu jihatda tahlilga muqobillikda “sintez” usuli ham tarkiblanib, uning yordamida o‘rganilayotgan to‘plamning ayrim birliklari orasidagi aloqalar va o‘zaro bog‘liqliklari aniqlanadi. “Sintez” atamasi ham grekcha “syntezis” so‘zidan olingan bo‘lib, “birlashtiraman”, “qo‘shaman” degan ma’noni bildiradi. Shunday qilib, tahlil d eganda, keng ma’noda butunni tarkibiy qismlarga ajratish va ularni barcha o‘zaro aloqalari hamda bog‘liqliklarini o‘rganishga asoslangan hodisa va predmetlarni bilish usuli tushiniladi.
Слайд 15: Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar o‘rtasida tutgan o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari
Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va ular o‘rtasida tutgan o‘rni g‘oyatda muhimdir. Moliyaviy tahlil quyidagi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikka va aloqadorlikka ega: - buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, audit, iqtisodiyot nazariyasi, makro va mikro iqtisodiyot, investitsiya, moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar, moliya matematikasi. Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar o‘rtasida tutgan o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari
Слайд 16: Moliyaviy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Metod juda keng ma’no va tushunchaga ega. Fanning metodi obyektni o‘rganish usullari, vositalari, yo‘llarini ifodalaydi. Metod grekcha “metodos” so‘zidan olingan va “o‘rganish yo‘li, usuli” degan ma’noni anglatadi. Metod deganda voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishga yondashish usuli tushuniladi. Tahlil va sintez umum dialektik o‘rganishning, ilmiy usuli sifatida qaraladi. Moliyaviy tahlil fanining metodi – xo‘jalik subyektlarining xo‘jalik jarayonlarini o‘rganishga dialektik yondashgan holda, turli axborot manbalarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimini maxsus usullar yordamida qayta ishlash yo‘li bilan ularning o‘zgarish tendensiyalarini, sabablarini aniqlash, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni tizimli, kompleks o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirishdir. Moliyaviy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Слайд 17
tahlilning metodi – korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi hamda rivoj  lanishini dialektik yondashuv usulida o‘rganishdir. Ijtimoiy - iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida korxonaning xo‘jalik hamda boshqa faoliyat turlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish, ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi sabablarini tadqiq qilish, ularning o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash hamda hisob - kitob qilish tahlil fani metodining o‘ziga xos jihatlaridir Metodining mazmuniga ko‘ra tahlil vositasida xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarini o‘rganishda dialektik yondashuv, ya’ni har bir voqelik mavjud va rivojlanishda, deb qaraladi. Bu voqeliklar sondan sifat o‘zgarishiga va yangi sifatning paydo bo‘lishi, inkorni-inkor qilish, qarama-qarshilik kurashi, eskining tugashi, yangi – ilg‘or voqeliklarning paydo bo‘lishi kabi xususiyatga ega bo‘ladi. Dialektik yondashuv va uning barcha usullari xo‘jalik jarayonlarini o‘rganishda, tahlil qilishda korxona faoliyatining barcha bosqichlarida qo‘llaniladi.
Слайд 18
Shuni ta’kidlash lozimki, tahlilning har bir turiga o‘zining s xususiyati shuki, ushbu usul o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlikda o‘rganishni ifodalaydi. Moliyaviy tahlil metodining muhim xususiyati shundaki, unda faqat o‘zgarish, rivojlanishning o‘zigina emas, balki uning sabab-oqibat bog‘lanishlari ham o‘rganiladi. Moliyaviy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos tomoni o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarni o‘zaro ta’sirini va bog‘liqligini aniq hisoblab ko‘rsatib berishdir. Tahlil qilishda dialektik usuldan foydalanish, korxona xo‘jalik faoliyatini o‘rganib chiqishda barcha bog‘liq tomonlarini hisobga olinishini talab etadi.
Слайд 20: Taqqoslash usuli
Taqqoslash – tahlilda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Uning gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi. Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi. Ular qatoriga o‘lchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‘rsatkichlar), davriy oraliqlari, faoliyat shakli, ishlab chiqarish sharoitlari, ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-kitoblarning metodik jihatdan yagonaligini kiritish mumkin. Taqqoslashning mazmuni – qiyoslashdan iborat. Taqqoslash asosida o‘rganilayotgan obyektdagi o‘zgarishlar, ularning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlari o‘rganiladi. Taqqoslash usuli.
Слайд 22: Xulosa / Korxona mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan sof tushum rejaga qiyosan 800 mln so’mga kam bo’lgan. Bu mahsulot (ish, xizmat)larni sotish rejasi 99.18 foizga bajarildi degani. CHoraklar bo’yicha birinchi va to’rtinchi choraklar bo’yicha tushum rejasi bajarilmagan. Yani 1 chorakda 900 mln s ga yoki reja bajarilishi 96 % ni tashkil etgan.hamda 4 chorakda mst rejaga nisbatan 700 mln so’mga kamaygan reja bajarilishi 97,4 % (2,6) tashkil etgan. Ikkinchi va uchinchi choraklar bo’yicha reja nisbiy ifodada 102.9 va 107.1 foizga bajarilgan. DddDDDDDdddVCHDD SVCJHSDKVBDKJSBCS;K
Choraklar Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushum, mln so’m Xaqiqatdagi darajaning rejadan farqi Reja bajarilishi, % Reja Xaqiqat 1 22 500 21 600 -900 ( 21 600 -22 500 ) 96 ( 21600 /22500 ) 2 2 0 200 2 0 8 00 +600 102.9 3 2 8 000 2 8 2 00 +200 107.1 4 2 7 000 2 6 300 - 700 97.4 Jami 97 700 96900 - 800 99.18 Xulosa / Korxona mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan sof tushum rejaga qiyosan 800 mln so’mga kam bo’lgan. Bu mahsulot (ish, xizmat)larni sotish rejasi 99.18 foizga bajarildi degani. CHoraklar bo’yicha birinchi va to’rtinchi choraklar bo’yicha tushum rejasi bajarilmagan. Yani 1 chorakda 900 mln s ga yoki reja bajarilishi 96 % ni tashkil etgan.hamda 4 chorakda mst rejaga nisbatan 700 mln so’mga kamaygan reja bajarilishi 97,4 % (2,6) tashkil etgan. Ikkinchi va uchinchi choraklar bo’yicha reja nisbiy ifodada 102.9 va 107.1 foizga bajarilgan. DddDDDDDdddVCHDD SVCJHSDKVBDKJSBCS;K Mahsulot sifati bo’yicha ishlab chiqarish rejasining bajarilishi tahlili
Слайд 23: Nisbiy miqdorlarning turlari, ifodasi va uarning tasnifi
Taqqoslash turlari Taqqoslash nisbiy ifodasi Tasnifi Reja vazifalari nisbiy miqdorlari K rv = K jr /K o’y Joriy yil reja ko’rsatkichini (K jr ) o’tgan yil yoki o’tgan yillarning o’rtacha ko’rsatkichlariga (K o’y )nisbati Rejani bajarish nisbiy miqdorlari K rb = K h /K r Haqiqatda erishgan daraja(K h ) bilan reja ko’rsatkichlari (K r ) nisbati Dinamika nisbiy miqdorlari K dn = K b /K bv Iqtisodiy ko’rsatkichlarni(K b ),(K bv ) vaqt ichida nisbiy o’zgarishini tavsiflaydi Tuzilmaviy nisbiy miqdorlar K tn = K ab /K uh O’rganilayotgan to’’lamning ayrim birliklarini(K ab ) uning umumiy hajmiga(K uh ) nisbati
Слайд 24: O‘rtacha miqdorlar
Mutlaq va nisbiy miqdorlarning hodisa va jarayonlarni o‘rganish, baholash va tahlil etishdagi ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning qator kamchiliklari ham mavjud. Ya’ni ular o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera olmaydi. Bu vazifani o‘rtacha miqdorlar bajaradi. O‘rtacha miqdorlardan rejalashtirish, boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi. O‘rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni o‘zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi. Moliyaviy tahlil jarayonida o‘rtacha miqdorlarning qator turlaridan foydalaniladi: o‘rtacha arifmetik miqdorlar; garmonik miqdorlar; o‘rtacha geometrik miqdorlar; o‘rtacha xronologik miqdorlar; o‘rtacha kvadratik miqdorlar. O‘rtacha miqdorlar.
Слайд 25: Moliyav iy tahlilda qo‘llaniladigan o‘rtacha miqdorlar
O‘rtacha arfimetik (Oddiy) X voqeliklar bir yoki teng marta takrorlangan paytda qo‘llaniladi. Misol uchun, ishchilar  ning ( N ) o‘rtacha ish haqini (X) topish. O‘rtacha arfimetik (Tortilgan) X 1 voqelik bir necha marta (F 1 ) takrorlansa, ular o‘zaro ko‘p marta qo‘shib hisoblanmay, takrorlanish miqdoriga X 1 F 1 ko‘paytirilib topiladi. Natijani esa takrorlanishlar (∑F) soniga bo‘linadi. Misol uchun, 20 kishining (F 1 ) har biri 50 kg dan paxta (X 1 ) terdi, 40 kishi (F 2 ) esa 60 kg dan paxta (X 2 ) terdi. Har bir kishi o‘rtacha qancha paxta terganligi aniqlanadi. O‘rtacha xronologik Voqeliklarni sodir bo‘lish intervallari bir xil bo‘lganligi inobatga olinib, muayyan davrdagi o‘rtacha aniqlanadi. Misol uchun, ombordagi mahsulotlarning oy oxiriga yoki boshiga qoldiqlarini o‘rtacha miqdorlari topiladi. O‘rtacha geometrik Voqeliklar o‘zgarishi koeffitsiyentlarda aniqlanib, koeffitsiyentlar asosida o‘rtacha miqdor topiladi. Misol uchun, baho o‘zgarishlarining o‘rtacha o‘zgarishi aniqlanadi. O‘rtacha kvadratik Oddiy arfimetik o‘rtachani yanada aniqlikda hisoblab topish uchun zarur. Moliyav iy tahlilda qo‘llaniladigan o‘rtacha miqdorlar
Слайд 26
CHoraklar I II III IV O’sish surati 1,0 8 1, 12 1,15 1, 17 Tahlilda o ’ rtacha geometrik miqdorlardan odatda o ’ sish surhatlarini o ’ rganishda keng foydalaniladi. Mahsulot hajmining o ’ sish surhatlari =1.2757
Слайд 28: Balans usuli
Balans usuli – o‘zaro bog‘langan va tenglashtirilgan ikki guruh iqtisodiy ko‘rsatkichlar tengliklarini aks ettirish usulidir. Bu metod buxgalteriya hisobi va rejalashtirish amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan metod hisoblanadi. Balans usuli korxonani aktivlar, kapital va majburiyatlar balansi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari balansi, valyuta balansi, byudjet balansi, resurs balansi tahlilida keng qo‘llaniladi. Ushbu usuldan moliyaviy xo‘jalik faoliyatining barcha bo‘g‘inlarda keng foydalaniladi. Balans metodi ko‘proq omilli modellarni tuzishda ham qo‘llanishi mumkin. Balans usuli.
Слайд 29
Balans usuli o‘zaro bog‘liq va tenglangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ikki guruhi mutanosibliklarini aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu usul buxgalterlik hisobi va rejalashtirish amaliyotida keng tarqalgan. Lekin u iqtisodiy tahlilda ham muayyan ahamiyat kasb etadi, xususan, korxonaning mehnat, moliyaviy resurs, xomashyo, yonilg‘i, material, asosiy ishlab chiqarish vositalari va boshqalar bilan ta’minlanganligi tahlilida keng foydalaniladi. Misol uchun, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi aniqlash maqsadida, mehnat resurslari bo‘yicha balans tuziladi. Unda bir tomondan, mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyoj, boshqa tomondan – ularning haqiqatdagi mavjudligi ko‘rsatiladi. Korxonaning to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun to‘lov balansi tuziladi, unda to‘lov mablag‘lari va to‘lov majburiyatlari o‘zaro taq  qoslanadi.
Слайд 30
Balans turlari Ifodasi Belgilar izohi Buxgalteriya balansi A = K+M Aktivlar (A)=Kapital (K) + majburiyatlar(M) Tovar balansi T b +T i/ch +T bk = T o +T s +T bch Tovarlar davr boshiga qoldig‘i (T b ) + Ishlab chiqarilgan tovarlar (T i/ch ) + Tovarlarning boshqa kirimi (T bk ) = Tovarlar davr oxiriga qoldig‘i (T o ) + Tovarlar sotilgani (Ts) + tovarlarning boshqa chiqimi (T bch ) Byudjet balansi D = X Daromadlar (D) = Xarajatlar (X) Valyuta balansi V b +V k =V o +V ch Valyuta mablag‘larining davr boshiga qoldig‘i (V b ) + Valyuta kirimi (V k ) = Valyuta mablag‘lari davr oxiriga qoldig‘i (V o ) + Valyuta chiqimi (V ch )
Слайд 31: Modellar va ularning tuzilishi
Ф Modellar Buxgalteriya balansi Aktivlar Kapital Majburiyat A=K+M A = K+M K =A-M M=A-K Tovar balansi Tovarlarning davr boshiga qoldig‘i Tovarlarning davr oxiriga qoldig‘i Tovarlarning sotilgan qismi T b +T i/ch +T bk =T o +T s +T bch T b =( T o +T s +T bch )-(T i/ch +T bk ) T o = (T b +T i/ch +T bk )-(T s +T bch ) T s =(T b +T i/ch +T bk )-(T o +T bch ) Tovarlarning ishlab chiqarilgan qismi Tovarlarning boshqa kirimi Tovarlarning boshqa chiqimi T i/ch =(T o +T s +T bch )-(T b +T bk ) T bk = (T o +T s +T bch )-(T b +T i/ch ) T bch = (T b +T i/ch +T bk )-(T o +T s ) Valyuta balansi Valyuta mablag‘larini kirimi Valyuta mablag‘larini chiqimi Valyuta mablag‘larini davr oxiriga qoldig‘i V b +V k = V o +V ch V k = (V o +V ch ) - V b V ch = (V b +V k ) - V o V o = (V b +V k ) - V ch Modellar va ularning tuzilishi
Слайд 32: Balans usuli additiv omilli model tuzishda foydalanilishi mumkin. Misol uchun, tovar balansi Ta = T yb + T k – T yo
Ko‘rsatkichlar Tovar hajmi, mln so‘m Rejadan farqi ( +; – ) Tovar aylanishi dinamikasiga ta’siri ( +; – ) Reja Haqiqatda Yil boshiga tovar zaxiralarining qoldig‘i (T yb ) 104 130 +26 +26 Yil davomida tovarlarning kirimi (T k ) 1200 1298 +98 +98 Tovarlarning yil oxiriga qoldig‘i (T yo ) 50 57 +2 – 2 Tovar aylanishining hajmi (Ta) 1254 1371 +117 +117 Balans usuli additiv omilli model tuzishda foydalanilishi mumkin. Misol uchun, tovar balansi Ta = T yb + T k – T yo.
Слайд 34: Zanjirli bog’lanishlar usuli:
U=x*y ( U- natija, x – birinchi omil, y – ikkinchi omil ) ∆ U x = x 1 *y 0 – x 0* y 0 ∆ U y = x 1 *y 1 – x 1* y 0 Tekshirish : ∆U = ∆Ux + ∆ Uy 1- hisobot davri, 0 – o’tgan yoki reja davri U=x*y*z ∆U x = x 1 *y 0 *z 0 – x 0* y 0 *z 0 ∆U y = x 1 * y 1 *z 0 – x 1* y 0 *z 0 ∆U z = x1*y1*z 1 – x1*y 1 *z 0 TEKSHIRISH: ∆U = ∆U x + ∆ U y + ∆ U z 4 OMILLI U=x*y*z*q ∆Ux = x1*y0*z0*q0 – x0*y0*z0*q0 ∆Uy = x1*y1*z0 *q0 – x1*y0*z0 *q0 ∆U z = x1*y1*z 1*q0 – x1*y 1 *z 0*q0 ∆U q = x1*y1*z 1*q1 – x1*y 1 *z 1*q0 ∆U = ∆U x + ∆ U y + ∆ U z + ∆ U q U=x / y ∆ Ux = x1 / y0 – x0 / y0 ∆ Uy = x1 / y1 – x1 / y0 ∆U = ∆Ux + ∆ Uy
Слайд 35: Zanjirli bog‘lanish usulining jami material xarajati o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda qo‘llanilishi
Ko‘rsatkichlar Biznes-reja ma’lumotlari Xaqiqatdagi ma’lumotlar Farqi (+, – ) 1. Material miqdori, dona 30 32 +2 2. Bir dona materialning bahosi, ming so‘m 92,0 90,0 – 2,0 3. Material xarajati, ming so‘m 2760,0 2880,0 +120,0 Xulosa, j adval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxonada jami material xarajatlari rejaga nisbatan haqiqatda 120,0 ming so‘mga ko‘p bo‘lgan. Ushbu natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga material miqdori hamda bir dona material bahosining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatgan. Bu ikki omil ta’sirini hisoblash uchun quyidagi hisoblash ishlari bajariladi. 1. Birinchi omilning o‘zgarish holati olinadi (32 dona ), ikkinchi omil shartli o‘zgarmas deb qaralib (92,0 ming so‘m ), u xolislantiriladi. 92,0·32=2944,0 ming so‘m.( shartli ko’rsatkich ) Ushbu tartib bilan shartli material xarajati ko‘rsatkichi (2944,0 ming so‘m ) hisoblab topildi. Material xarajatlarining biznes-rejadan ortiq sarflanishiga : 2. Material miqdorini me’yordan ortiqcha sarflanganining ta’siri : (92,0·32) – (92,0 · 30) = +184,0 ming so‘m Material miqdorini me’yordan +2,0 (32–30) dona ko‘p sarflanishi +184,0 ming so‘mga xarajatni oshirgan. 3. Bir dona materil bahosining o‘zgarishi ta’siri : (90,0·32) – (92,0·32) = –64,0 Bir dona materil bahosining –2,0 (92,0–90,0) ming so‘mga o‘zga  rishi – 64,0 ming so‘mga jami material xarajatini oshirgan. 4. Ikkala omilning ta’siri : + 184,0 – 64,0 = 120,0 ming so‘mga teng. ∆ U x = x 1 *y 0 – x 0* y 0 ∆ U y = x 1 *y 1 – x 1* y 0
Слайд 36: Ko‘p omillar ta’sir miqdorini zanjirli bog‘lanish usulida hisob-kitob qilish modeli
Tartib raqami Bir biriga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar (omillar) Umumlashtiruvchi ko‘rsatkich Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichning o‘zgarishi Hisob-lashlar Almash-tirishlar A B D C Alohida olingan omillar ta’sirida O‘zgarish-lar hisobi 1 – Reja Reja Reja Reja A b azis x x 2 1 Haqi- qatda Reja Reja Reja A 1 q ayta hisoblangan A A 1 – A 3 2 Haqi- qatda Haqi - qatda Reja Reja A 2 q ayta hisoblangan B A 2 – A 1 4 3 Haqi- qatda Haqi - qatda Haqi - qatda Reja A 3 q ayta hisoblangan D A 3 – A 2 5 4 Haqi - qatda Haqi - qatda Haqi - qatda Haqi - qatda A 4 h aqiqatda C A 4 – A 3 (A 1 –A) – (A 2 –A 1 ) – (A 3 –A 2 ) – (A 4 –A 3 ) = A 4 –A.
Слайд 37: Mahsulot hajmini ng o‘zgarishiga omillar ta’sirini hisoblash
Bir biriga ta’sir etuvchi omillar Mahsulot hajmi, ming so‘m Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichning o‘zgarishi Ishchi-larning o‘rtacha soni, kishi Bir ishchi ishlagan kishi kunlarining o‘rtacha soni, kishi kuni Bir ishchiga to‘g‘ri kela  digan kun  lik o‘rtacha soat, soat Kunlik o‘rtacha bir soatga to‘g‘ri kela  digan mahsulot hajmi, ming so‘m Alohida olingan omillar ta’sirida O‘zgarish-lar hisobi 100 267 6,5 2 347100 x X 107 267 6,5 2 371397 Ishchilar soni + 24297 107 260 6,5 2 361660 Kishi kunlari – 9737 107 260 6,8 2 378352 Kunlik o‘rtacha soat + 16692 107 260 6,8 2,3 435105 Bir soatga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi + 56753 x X x x 435105 – 347100 Haqiqatda Reja 88005 Xulosa, J adval ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki, korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi hisobot yilida o‘tgan yilga taqqoslaganda 88005=(435105–347100) ming so‘mga ko‘paygan. Mazkur ijobiy o‘zgarishga 88005=(+24297)+(–9737)+(+16692)+(+56753) ishchilar soni (+24297), kishi kunlari (–9737), kunlik o‘rtacha soat (+16692) hamda bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (+56753) ta’sir etgan. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kishi kunlarining –7=(260–267) kunga kamayishi mahsulot hajmi o‘zgarishiga salbiy ta’sir qilgan. Qolgan boshqa omillar esa natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishini ijobiy tomonga yo‘naltirgan.
Слайд 38: Mutlaq farq usuli
Mutlaq farq usuli natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omillar soni ikki yoki undan ortiq ta’sir birliklariga ega bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Uning mazmunini natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birlikning farqi qolgan omillarning reja, haqiqatdagi (uzviy ketma-ketlikda) ko‘rsatkichlarga ko‘payrilgan holda aniqlanadi. Mutlaq farq usuli.
Слайд 39: Mutloq Farqni ko’paytirish usuli:
U=x*y ∆U x = ∆x*y 0 ∆U y = ∆y* x 1 U=x*y*z ∆U x = ∆x*y 0 *z 0 ∆U y = ∆y*x 1 *z 0 ∆U z = ∆ z*x 1 *y 1 U=x*y*z*q ∆U x = ∆x*y 0 *z 0 *q 0 ∆U y = ∆ y*x 1 *z 0 *q 0 ∆U z = ∆ z*x 1 *y 1 *q 0 ∆U q = ∆ q*x 1 *y 1 *z 1 ∆U = ∆U x + ∆ U y + ∆ U z + ∆ U q
Слайд 40: Xulosa : 1 omil : +8*1235=+9880 2-oml ta\ siri : -28*152=-4256 tekshirish : 9880+(-4256)=5624
Ko‘rsatkichlar O‘tgan yil Haqiqatda Farqi (+; – ) Ishchilar soni, kishi (IS) 144 152 +8 Bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, ming so‘m (BI m ) 1235 1207 – 28 Mahsulot hajmi, ming so‘m (MH) 177840 183464 +5624
Слайд 41
T ahlilda natijaviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga omillar ta’sirini alohida aniqlash uchun ko‘p turdagi usullar qo‘llaniladi. Shulardan biri mutlaq farqlar usulidir. Yuqoridagi jadvalda qayd etilgan misolni ( zanjirli bog’lanish 4 omilli ) mutlaq farqlar usulida hal etish tartibi quyidagicha bo‘ladi. ΔYaM IS =ΔIS*KK 0 *KS 0 *BS 0 =((107–100)=7)*267*6,5*2=24297 ΔYaM KK =IS 1 *ΔKK*KS 0 *BS 0 = 107*((260 – 267)= – 7)*6,5*2= – 9737 ΔYaM KS =IS 1 *KK 1 *ΔKS*BS 0 = 107*260*((6,8 – 6,5)=0,3)*2 =16692 ΔYaM BS =IS 1 *KK 1 *KS 1 *ΔBS=107*260*6,8*((2,3 – 2,0)=0,3)=56753 Bu yerda: YaM – yalpi mahsulot; IS – ishchilarning o‘rtacha soni; KK – bir ishchi ishlagan kishi kunlarining o‘rtacha soni; KS – bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kunlik o‘rtacha soat; BS – kunlik o‘rtacha bir soatga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi. 24297+(–9737)+16692+56753 = 88005. Mahsulot hajmini ng o‘zgarishiga omillar ta’sirini hisoblash
Слайд 42: Nisbiy farq usuli
Tahlilda ushbu usulni qo‘llash orqali mutlaq ko‘rsatkichlardan tashqari nisbiy ko‘rsatkichlar orqali ham sabab-oqibat bog‘lanishlarini, omillarning natijaviy ko‘rsatkichga ta’sirini hisob-kitob qilish imkoniyatini beradi. Ushbu usul ham mutlaq ifodalarga tayangan holda omillar ta’sirini foizli birliklarda, natijani o‘zgartirishini uzviy ketma- ketlikda hisob-kitob qilishni talab etadi Nisbiy farq usuli.
Слайд 43: Nisbiy farq usuli:
U=x*y ∆U x = U 0 * ∆x/x 0 ∆U y = ( U 0 +∆U x )* ∆y / y 0 U=x*y*z ∆U z = ( U 0 +∆U x + ∆U y ) * ∆ z/ z 0 U=x*y*z*q ∆U q = (U 0 +∆U x +∆U y +∆U z ) * ∆q/ q 0 ∆U = ∆U x + ∆ U y + ∆ U z + ∆ U q
Слайд 44: Nisbiy
Hisoblash tartibi 1. ΔYaM IS =YaM 0 *(ΔIS/IS 0 ) 2. ΔYaM KK =(YaM 0 +ΔYaM IS )*(ΔKK/KK 0 ) 3. ΔYaM KS =(YaM 0 +ΔYaM IS +ΔYaM KK )*ΔKS/KS 0 ) 4.ΔYaM BS =(YaM 0 +ΔYaM IS +ΔYaM KK +ΔYaM KS )* *(ΔKB/KB 0 ) Nisbiy farq usuli: Bu yerda: YaM – yalpi mahsulot; IS – ishchilarning o‘rtacha soni; KK – bir ishchi ishlagan kishi kunlarining o‘rtacha soni; KS – bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kunlik o‘rtacha soat; BS – kunlik o‘rtacha bir soatga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi.
Слайд 45: Integral usul
. Multiplikativ, karrali va karrali-additiv ko‘rinishli aralash modellari tarkiblanadi. Integral usul zanjirli usul, mutloq va nisbiy farq usullariga nisbatan omillar ta’sirini hisoblashda aniqroq natijalar olishga imkon beradi. Integral usul
Слайд 46: Integral usul modellari
Modellar Omillar ta’sirini aniqlash f=xy ∆f x + ∆f y =∆f X omili ta’siri ∆f x = ∆xy 0 + 1 / 2 ∆x∆y, yoki ∆f x = 1 / 2 ∆x(y 0 +y 1 ) Y omil ta’siri ∆f y = ∆yx 0 + 1 / 2 ∆x∆y, yoki ∆f y = 1 / 2 ∆y(x 0 +x 1 ) f=xyz. ∆f x + ∆f y + ∆f z =∆f X omili ta’siri ∆f x = 1 / 2 ∆x (y 0 z 1 +y 1 z 0 )+ 1 / 3 ∆x∆y∆z; Y omili ta’siri ∆f y = 1 / 2 ∆y (x 0 z 1 +x 1 z 0 )+ 1 / 3 ∆x∆y∆z; Z omili ta’siri ∆f z = 1 / 2 ∆z (x 0 y 1 +x 1 y 0 )+ 1 / 3 ∆x∆y∆z. f=xyzq ∆f x + ∆f y + ∆f z + ∆f q =∆f X omili ta’siri ∆f x =1/6∆x*[3q 0 *y 0 *z 0 +y 1 *q 0 (z 1 +∆z)+q 1 *z 0 (y 1 +∆y)+z 1 *y 0 (q 1 +∆q)]+ ∆x*∆y*∆z*∆q / 4; Y omili ta’siri 1/6∆y*[3q 0 *x 0 *z 0 +x 1 *q 0 (z 1 +∆z)+q 1 *z 0 (x 1 +∆x)+z 1 *x 0 (q 1 +∆q)]+∆x*∆y*∆z*∆q / 4; Z omili ta’siri f z =1/6∆z*[3q 0 *x 0 *y 0 +x 0 *q 1 (y 1 +∆y)+y 1 *q 0 (x 1 +∆x)+x 1 *y 0 (q 1 +∆q)]+ ∆x*∆y*∆z*∆q / 4; q omili ta’siri 1/6∆q*[3z 0 *x 0 *y 0 +x 0 *z 1 (y 1 +∆y)+y 1 *z 0 (x 1 +∆x)+x 1 *y 0 (z 1 +∆z)]+ ∆x*∆y*∆z*∆q / 4. Integral usul modellari
Слайд 47: Mahsulot hajmi o‘zgarishiga ishchilar soni va mehant unumdorligining ta’sirini tahlili
Ko‘rsatkichlar O‘tgan yil Haqiqatda Farqi (+;-) Ishchilar soni, kishi (X) 144 152 +8 Bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, ming so‘m (U m ) 1235 1207 -28 Mahsulot hajmi, ming so‘m ( F ) 177840 183464 +5624 Mahsulot hajmi o‘zgarishiga ishchilar soni va mehant unumdorligining ta’sirini tahlili Omillar ta’sirini hisoblash quyidagicha bajariladi: F = X * Y Fx=(8*1235) + ½(8*(-28))=9880+(-112)= +9768.0 2. Fy=(-28*144)+1/2(-28*8)=-4032+ (-112)= - 4144.0 Δ F= Δ Fx+ Δ Fy= 9768 + (-4144) = 5624.0 Ishchilar sonini 8 kishiga ko‘payishi mahsulot hajmini 9768 ming so‘mga oshirgan. Bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni 28 ming so‘mga kamayishi esa mahsulot hajmini 4144 ming so‘mga kamaytirgan.
Слайд 48: Mahsulot hajmi o‘zgarishiga ishchilar soni, o‘rtacha ishlangan kun hamda bir kunga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmining ta’sirining tahlili
Ko‘rsatkichlar O‘tgan yil Haqiqatda Farqi (+;-) Ishchilar soni, kishi (X) 203 212 +9 Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ishlangan kun, kishi kuni ( Y ) 278 270 -8 O‘rtacha ishlangan bir kun  ga to‘g‘ri keladigan mahsu  lot hajmi, ming so‘m (Z) 104 111 +7 Mahsulot hajmi, ming so‘m ( F ) 5869136 6353640 484504 Mahsulot hajmi o‘zgarishiga ishchilar soni, o‘rtacha ishlangan kun hamda bir kunga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmining ta’sirining tahlili F = X * Y * Z 1. Fx =( 1 / 2 *9) * (278*111+270*104) + 1 / 3 *9*(-8)*7= + 265053 2. Fy =( 1 / 2 *(-8))*(203*111+104*212)) + 1 / 3 *9*(-8)*7=-178492 3. Fz =( 1 / 2 *7)*(203*270+212*278) + 1 / 3 *9*(-8)*7= + 397943 ΔF= ΔFx + ΔFy+ΔFz = 265053 + (-178492) + 397943 =+ 484504
Слайд 50: Jadval mahlumotlaridan foydalanib, omilli model bo’yicha ishchilar soni (X), bir yilda bir ishchi tomonidan ishlangan kunlar miqdori (U) va o’rtacha kunlik ishlab chiqarish (Z) hisobiga mahsulot chiqarish o’sishi hisoblaymiz
Ko’rsatkichlar O’tgan yil Haqiqatda Farqi (+;-) Ishchilar soni, kishi (X) 120 100 +20 Bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha ishlangan kun, kishi kuni (U) 208 200 -8 O’rtacha ishlangan bir kunga to’g’ri keladigan mahsulot hajmi, ming so’m (Z) 24 20 +4 Mahsulot hajmi, ming so’m ( F ) 600.000 400.000 200.000 Jadval mahlumotlaridan foydalanib, omilli model bo’yicha ishchilar soni (X), bir yilda bir ishchi tomonidan ishlangan kunlar miqdori (U) va o’rtacha kunlik ishlab chiqarish (Z) hisobiga mahsulot chiqarish o’sishi hisoblaymiz. Q = X * Y * Z ; ; ; ∆ Q umum = ∆ Qx + ∆ Qy + ∆ Qz =89,9+20,2+89,9=200 mln. s o ’ m.
Слайд 51: Korrelyatsion (stoxastik) bog’lanish
Bu juda ko’р kuzatuvlardagina namoyon bo’ladigan ko’rsatkichlar orasidagi to’liq bo’lmagan, taxminiy bog’lanishdir. Odatda, juft va ko’р miqdorli korrelyatsiyalar farqlanadi. Juft korrelyatsiya- bu bitta omilli, boshqasi natijaviy bo’lgan ko’rsatkichlar orasidagi bog’lanishdir. Ko’р miqdorli korrelyatsiya esa natijaviy ko’rsatkichlar bilan bir nechta omillarning o’zaro ta’sirida ishlatiladi. Korrelyatsion tahlilni qo’llash bir yoki bir nechta omillar ta’siri ostida bo’lgan natijaviy ko’rsatkichlar o’zgarishini aniqlash (mutlaq o’lchamda), har bir omildan natijaviy ko’rsatkichning nisbiy bog’lanish darajasini aniqlashda foydalaniladi. Korrelyatsion (stoxastik) bog’lanish.
Слайд 52: Xo’jalik faoliyatining tahlili: ichki moliyaviy tahlil, tashqi moliyaviy tahlil
Moliyaviy tahlilni yuzasidan rasmiy jihatlarning belgilanmaganligi sababli uni tashkil etishda anhanaviy yo’nalishlardan foydalanish mumkin. Taxlilni tashkil etishda shakli ichki moliyaviy tahlilni tashkil etilishi va tashqi moliyaviy tahlilni tashkil etilishini tarkiblash maqsadga muvofiqdir. Xo’jalik faoliyatining tahlili: ichki moliyaviy tahlil, tashqi moliyaviy tahlil
Слайд 53: Tashqi moliyaviy tahlilning ahamiyatli jihatlari quyidagilar bilan harakterlanadi :
Слайд 55
Farqlash belgisi Ichki moliyaviy tahlili Tashqi moliyaviy tahlil 1 2 3 1.Obhekti bo’yicha Firma va kom’aniyaning moliyaviy natijasi, moliyaviy holati, ‘ul mablag’larini keng qamrovli tahlili Firma va kom’aniyaning moliyaviy natijasi, moliyaviy holati, investitsion jozibadorlik, iqtisodiy nochorlik, reyting baholash, kreditga qodirlik 2.Subhekti bo’yicha Firma va kom’aniyaning o’z xodimlari Firma va kom’aniyalar faoliyati bilan qiziquvchilarning keng doirasi 3.Tartibga solinishi Umumiy, f irma va kom’aniyalar ichki n izom i, qoidalari asosida Umumiy Nizom, qoidalar asosida tartibga solinadi 4.Maqsadi Firma va kom’aniyaning moliyaviy natijasi, moliyaviy ahvoli, ‘ul mablag’larini o’timallashtirish, biznes samarorligini o’stirish yuzasidan ichki imkoniyatlarni aniqlash va yo’lga qo’yishdan Firma va kom’aniyaning moliyaviy natijasi, moliyaviy holati, investitsion jozibadorligi, iqtisodiy nochorligi, reyting bahosini aniqlash tashqi subhektlarning qiziqishlarini, manfatlarini boshqarish 5.Mahlumot istehmolchilari Faqat, shu firma, kom’aniya boshqaruvi xodimlari, menejerlar Tashqi tahlil subhektlari 6.Usullari bo’yicha T ahlilni ananaviy, matematik, maxsus usullari M oliyaviy tahlilni maxsus usullari 7.Mahlumotlarni olish ko’lami Mahlumotlarni olish imkoniyatlari keng Mahlumotlarni olish imkoniyatlari cheklangan (faqat rasmiy moliyaviy hisobotlar orqaligina tahlil o’tkaziladi) 8.Tahlil natijalarini manfaatligi Ko’’roq o’zi uchun manfaatli Firma va kom’aniyalarning o’zi hamda tashqi qiziquvchilar guruhi uchun manfaatli 10. Vazifalar ni hal etilishi Vazifalarni hal etilishi faqat shu korxona boshqaruv xodimlari uchun xizmat qiladi. Vazifalarni hal etilishi ham ichki, ham tashqi tahlil subhektlari uchun xizmat qiladi 11.Tahlilni tashkil etilishi Ko’’roq firma va kom’aniyalar uchun maqbul shaklda tashkil etiladi Tashqi tahlil subhektlari uchun maqbul shaklda tashkil etiladi
Слайд 57
Gorizontal tahlil - alohida moliyaviy ko’rsatkichlarni o’zaro taqqoslash orqali moliyaviy holatdagi o’zgarishlarga baho berish usuli hisoblanadi. O’zgarishlar, mutlaq va nisbiy ifodalarda aniqlanadi. Moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini, moliyaviy ko’rsatkichlarni gorizontal tahlili asosida ularning o’sish darajalariga baho beriladi. Moliyaviy tahlilda gorizontal tahlilning quyidagi shakllaridan foydalaniladi. 1.Hisobot davri moliyaviy ko’rsatkichlarni o’tgan yilning shu davri ( dekada, oy, chorak ) ko’rsatkichlari bilan taqqoslash ; 2.Hisobotning moliyaviy ko’rsatkichlarini o’tgan yilning shu davri ko’rsatkichi bilan taqqoslash ( masalan joriy davr 1-choragini o’tgan yilning 1-choragi bilan taqqoslash ) 3-Bir necha yillar bo’yicha moliyaviy ko’rsatkichlarni taqqoslash.
Слайд 58: Vertikal tahlil
gorizontal tahlilni to’ldiruvchi usuli sifatida moliyaviy hisobot elementlari, moddalarining tarkibiy jihatlariga baho berishni harakterlaydi. Ushbu jihatlarni moliyaviy hisobotlarning barcha shakllariga nisbatan qo’llash mumkin. Umumiy tarkibda yakka birliklarninng salomog’i va ularning o’zgarishlari asosida korxona moliyaviy holatini tashxislash yanada o sonlashadi. Korxonani moliyaviy ahvolini anglash, bilishda asosiy jihatlar jami tarkibda birlik qatorlarni to’g’ri nisbatlashga qaratiladi. Vertikal tahlil
Слайд 61
1-mavzu. Moliyaviy tahlil fanining nazariy asoslar i Takrorlash uchun savollar “Tahlil” so’zining mahnosi, uning fan va tadqiqot usuli ekanligi. Iduktsiya va deduktsiya Taxlil va sintez Sabab va oqibat Tahlilning boshqaruvdagi o’rni va axamiyati Moliyaviy tahlil va uning fan sifatida shakllanishi Moliyaviy tahlil va uning rivojlanishi Zomonaviy moliyaviy tahlil va uning muhim xususiyatlari Moliyaviy tahlil fanining ‘erdmeti Moliyaviy tahlil fanining obhekti Moliyaviy tahlil fanining maqsadi va vaziflari Moliyaviy tahlilning muhim tamoyillari Moliyaviy tahlil fanining metodi va uning o’ziga xos xususiyatlari Moliyaviy tahlil fanida foydalaniladiagan oddiy usullari Moliyaviy tahlil fanida foydalaniladigan iqtisodiy matematik usullar Moliyaviy tahlilning individual, maxsus usullari Moliyaviy tahlil turlari: ichki va tashqi moliyaviy tahlil Moliyaviy tahlil subhketlari va ularning manfaatlari
Слайд 62
Asosiy adabiyotlar Ўзбекистон Республикаси Президентининг2020 йил 24 февралдаги ПҚ-4611-сонли “Молиявий ҳисоботнинг халқаро стандартларига ўтиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Қарори. Казакова Н.А. Финансовый анализ в 2 ч. Часть 1: Учебник и практикум для вузов. – Москва: Издательство Юрайт, 2020. – 297с. Казакова Н.А. Финансовый анализ в 2 ч. Часть 2: Учебник и практикум для вузов. – Москва: Издательство Юрайт, 2020. – 209с. Raximov M.Y., Kalandarova N.N. Moliyaviy tahlil. Darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 201 9. - 736 b. Xasanov B.A., Raximov M.Y., Muqumov Z.A. va boshqalar. Moliyaviy tahlil. Darslik. – T.: IQTISOD IYOT, 20 20. - 736 b. Сагдиллаева З.А., Юлдашева У.А., Алимов Б.Б. Финансовый анализ. /Учебник –Т.: Iqtisod-Moliya, 2019. – 444 с. Qo’shimcha adabiyotlar “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони. Пардаев М.Қ., Абдукаримов И.Т., Пўлатов М.Э., Усманова Д.К. Финансов ый анализ предприятий. Учебное пособие но опыте РФ и РУз. – Т.: “ Инновацион ривожланиш нашриёт -матбаа уй и ” ДУК, 20 20. – 768 бет. Жилкина А.Н. Финансовый анализ: Учебник и практикум для вузов.– Москва: Издательство Юрайт, 2020. –285с. Пардаев М.К. Иқтисодий таҳлил назарияси. Дарслик.– Т.: “ Инновацион ривожланиш нашриёт -матбаа уй и ” ДУК, 20 20. – 588 б. Raximov M.Y., Mavlonov N.N., Kalandarova N.N. Iqtisodiy tahlil. O’quv qo’llanma. – T.: Iqtisod-Moliya, 2020. – 517 b. Subramanyam K.R. Financial statement analysis. 11th edition. New York, Mc Graw-Hill Education, 2016. - 814 pages. Internet saytlari www.gov.uz – O’zbekiston Respublikasi hukumat portali. www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. www.mf.uz – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti. www.soliq.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi rasmiy sayti. www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasining rasmiy sayti.
Слайд 63: A dabiyotlar
Asosiy adabiyotlar Ўзбекистон Республикаси Президентининг2020 йил 24 февралдаги ПҚ-4611-сонли “Молиявий ҳисоботнинг халқаро стандартларига ўтиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Қарори. Казакова Н.А. Финансовый анализ в 2 ч. Часть 1: Учебник и практикум для вузов. – Москва: Издательство Юрайт, 2020. – 297с. Казакова Н.А. Финансовый анализ в 2 ч. Часть 2: Учебник и практикум для вузов. – Москва: Издательство Юрайт, 2020. – 209с. Raximov M.Y., Kalandarova N.N. Moliyaviy tahlil. Darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 201 9. - 736 b. Xasanov B.A., Raximov M.Y., Muqumov Z.A. va boshqalar. Moliyaviy tahlil. Darslik. – T.: IQTISOD IYOT, 20 20. - 736 b. Сагдиллаева З.А., Юлдашева У.А., Алимов Б.Б. Финансовый анализ. /Учебник –Т.: Iqtisod-Moliya, 2019. – 444 с. Qo’shimcha adabiyotlar “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони. Пардаев М.Қ., Абдукаримов И.Т., Пўлатов М.Э., Усманова Д.К. Финансов ый анализ предприятий. Учебное полсобие но опыте РФ и РУз. – Т.: “ Инновацион ривожланиш нашриёт -матбаа уй и ” ДУК, 20 20. – 768 бет. Жилкина А.Н. Финансовый анализ: Учебник и практикум для вузов.– Москва: Издательство Юрайт, 2020. –285с. Пардаев М.К. Иқтисодий таҳлил назарияси. Дарслик.– Т.: “ Инновацион ривожланиш нашриёт -матбаа уй и ” ДУК, 20 20. – 588 б. Raximov M.Y., Mavlonov N.N., Kalandarova N.N. Iqtisodiy tahlil. O’quv qo’llanma. – T.: Iqtisod-Moliya, 2020. – 517 b. Subramanyam K.R. Financial statement analysis. 11th edition. New York, Mc Graw-Hill Education, 2016. - 814 pages. Internet saytlari www.gov.uz – Ўзбекистон Республикаси ҳукумат портали. www.lex.uz – Ўзбекистон РеспубликасиҚонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси. www.mf.uz – Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги расмий сайти. www.soliq.uz – Ўзбекистон Республикаси Давлат Солиқ қўмитаси расмий сайти. www.stat.uz – Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика қўмитасининг расмий сайти.
 
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
             
             
             
             
            