MATNLAR BILAN ISHLASH — презентация
logo
MATNLAR BILAN ISHLASH
  • MATNLAR BILAN ISHLASH
  • Bu modulda quyidagilar o’rganiladi
  • Bilasizmi ?
  • Darsni boshlashdan avval
  • Kirish
  • Kalit so‘zlar
  • DIQQAT!
1/7

Первый слайд презентации: MATNLAR BILAN ISHLASH

5-SINF 1-DARS

Изображение слайда

Klaviatura yoki boshqa qurilma yordamida soda so’zlarni kiritish Matnni belgilash va tahrirlash Sichqoncha yoki boshqaruv qurilmasi yordamida asosiy ikonkalarni ( masalan, printerda chop etish, saqlash ) tanlash Hujjatlarni nomlash, saqlash va qayta tiklash Matnni tekshirishda samarali usullardan foydalanish

Изображение слайда

Слайд 3: Bilasizmi ?

Kompyuterlar ixtiro qilinishidan oldin odamlar matn yozish uchun yozuv mashinalaridan foydalangan. Yozuv mashinasining tugmalari zamonaviy klaviatura kabi bosilgach, siyoh tasmaga urilgan va sahifada harflar terilgan.

Изображение слайда

Слайд 4: Darsni boshlashdan avval

Quyidagilami bilishingiz kerak : probel, nuqta va bosh harflardan foydalanib sodda gaplar yozish ; sichqoncha nima ekani ; sichqonchani harakatlantirganda kompyuter ekranida uning kursori siljishi.

Изображение слайда

Слайд 5: Kirish

Matn bilan ishlash — matn yozish yoki hujjatdagi matnni o'zgartirish orqali elektron hujjatlar yaratish jarayonidir. Kelgusida samarali faoliyat olib borishni istasangiz, matn bilan ishlash ko'nikmasini puxta egallashingiz zarur. Chunki maktab vazifalarini bajarishdan tortib, orzungizdagi kasb bilan shug'ullanish jarayonida ham matnlar bilan ishlashingizga to'g'ri keladi. Bu ko'nikma yordamida asosan elektron pochta yoki shu kabi elektron aloqa vositalari orqali boshqalarga yuborish uchun elektron hujjat yaratiladi. Ushbu ko'nikmani egallash sizga elektron hujjat nusxasini saqlab qo'yish va istalgan vaqtda o'zgartirish imkonini ham beradi. Bu modulda Microsoft Word matn bilan ishlash dasturidan foydalanishni o'rganasiz. Albatta, matn bilan ishlovchi boshqa dasturlar ham mavjud va ulardan istaganingizni qo'llashingiz mumkin. Bu dasturlarning tugmalari va ikonkalari ham bir-biriga o'xshab ketadi.

Изображение слайда

Слайд 6: Kalit so‘zlar

Matn bilan ishlash : matn yozish va tahrirlash ko‘nikmasi. Matn : klaviaturadagi tugmalarni bosganingizda ekranda paydo bo‘luvchi harf va so‘zlar jamlanmasi. Dasturiy taʼminot : kompyuterda turli vazifalarni bajaruvchi dastur, masalan, matn bilan ishlash dasturi. Ikonka : tasvir, so‘z yoki tasvir va so‘zdan iborat belgi. Tugmalar : klaviaturada joylashgan barcha tugmalar.

Изображение слайда

Последний слайд презентации: MATNLAR BILAN ISHLASH: DIQQAT!

Kompyuterdan foydalanganda xavfsizlik texnikasiga rioya qilish kerak. Masalan, kompyuter yoniga biror yegulik yoki ichimlik qo‘ymang. Aytaylik, ichimlikni kompyuterga bexosdan to‘kib yuborishingiz, natijada elektr toki urishi yoki jarohatlanishingiz mumkin. Shuningdek, klaviatura tugmalari orasiga tushib qolgan yegulik ishning to‘xtab qolishiga olib kelishi ham mumkin. Kompyuteringizga ulanadigan simlarga hech qachon tegmang. Agar kompyuterda biror muammo yuzaga kelsa, o‘qituvchingizga ayting.

Изображение слайда

Похожие презентации