Ong haqida tushuncha va uning xossalari — презентация
logo
Ong haqida tushuncha va uning xossalari
  • Ong haqida tushuncha va uning xossalari
  • REJA :
  • Ong haqida tushuncha.
  • Ong haqida tushuncha
  • Ong haqida tushuncha
  • Ong haqida tushuncha
  • Ong haqida tushuncha
  • Ong haqida tushuncha
  • Ongning xossalari
  • Ongning xossalari
  • Ongning xossalari
1/11

Первый слайд презентации: Ong haqida tushuncha va uning xossalari

Изображение слайда

Слайд 2: REJA :

Ong haqida tushuncha. Ongning xossalari. Inson ongining xususiyatlari.

Изображение слайда

Слайд 3: Ong haqida tushuncha

Ong  — psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni diniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi.

Изображение слайда

Слайд 4: Ong haqida tushuncha

Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi. Ongning mohiyatini izohlashda 2- yoʻnalish  — bu ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda   materialistik   yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi.

Изображение слайда

Слайд 5: Ong haqida tushuncha

Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo ongni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi. Aslida ong tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir.

Изображение слайда

Слайд 6: Ong haqida tushuncha

Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, ong ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari,  sezgilari,  tasavvurlari,  irodasi   va karashlaridan tashkil topgan. Oʻz-oʻzini anglash, xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir. Hozirgi zamon fani ong materiyaninguzoq davom etgan evolyusiyasining natijasi ekanligini tan oladi. Materiya, tabiat hamma vaqt mavjud boʻlib kelgan, inson esa moddiy dunyoning nisbatan soʻnggi taraqqiyotining mahsulidir.

Изображение слайда

Слайд 7: Ong haqida tushuncha

Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo boʻlishi uchun bir necha million yillar kerak boʻlgan. Ong tabiat taraqqiyoti mahsuli, materiyaning xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan materiyaning, yaʼni inson miyasining mahsulidir. Lekin ongning boʻlishi uchun miyaning oʻzigina bulishi yetarli emas. Ong insonni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bogʻlangan va shu muhitning taʼsirida faoliyat koʻrsata oladi.

Изображение слайда

Слайд 8: Ong haqida tushuncha

Hozirgi zamonda murakkab ijodiy jarayonlarni ham amalga oshiruvchi elektron mashinalar yaratilgan, lekin ular ongning oʻrnini bosa olmaydi, chunki ong oʻta murakkab obʼyektiv mavjudlikdir.

Изображение слайда

Слайд 9: Ongning xossalari

Ongning birinchi xossasi, bu - ong anglash demakdir. Inson ongi tevarak - atrofdagi taqiolamga doir bilimlar yig`indisidan iboratdir. Anglash taqi olamdagi narsalarni tushunish. Ong tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob`ekt bilan sub`ekt o`rtasidagi aniq farq o`z ifodasini topadi, ya`ni odam “men” degan tushunchani “men emas”tushunchadan farqini ajratadi.

Изображение слайда

Слайд 10: Ongning xossalari

Odam o`zini bilish qobiliyatiga ega bo`lgan, ya`ni psixik faoliyatini, o`z - o`zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir. Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko`zlash faoliyati ta`minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ong vazifasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab ko`riladi, irodaviy   qarorlar qabul qilinadi,harakatlarni bajarish yo`llari hisobga olinadi.

Изображение слайда

Последний слайд презентации: Ong haqida tushuncha va uning xossalari: Ongning xossalari

Ongning to`rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his - tuyg`ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig`indisidir. Ongni yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi - tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik bu shunday psixik jarayonlar va holatlar yig`indisiki, unda inson o`z xatti - harakatlariga javob bermaydi,anglamaydi. Bo`nga tush ko`rish, ba`zi patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi.

Изображение слайда

Похожие презентации