Первый слайд презентации: MAVZU : Akustika asoslari. Tibbiyotda tovushdan foydalanish
Т ermiz -202 3 TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALI IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI
Слайд 2
Reja : Tovush. Tovushning fizikaviy va psixofizikaviy xarakteristikalari 2. Veber - Fexner qonuni 3. Eshitish biofizikasi elementlari. Dopler effekti. Klinikada tovushga asoslangan usullar. Audiometriya 4. Sezgi a’zolari biofizikasi. Odamning eshitish apparati 5. Ultratovush va infratovush. Ularning organizmga ta’siri
Слайд 3
Tovush –qulog’imiz seza oladigan chastotalarda zarrachalarning elastik muhitda tebranishidir Tovush Akustika fiziologik arxitekturik musiqiy IT va UT larni qulog’imiz qabul qilmaydi. 16 Gs chastotadan kichik tebranishlar 2 * 10 4 Gs dan katta tebranishlar Tovush hodisalarini o’rganuvchi fizika bo’limiga akustika deyiladi. Infratovush (IT) Ultratovush (UT)
Слайд 4
Tovushning har xil muhitda tarqalish tezligi har xil bo’lib, u muhitning elastik hususiyatiga va muhit zichligiga bog’liq bo’lib quyidagicha ifodalanadi: Suvda tovush tezligi v=1.3 km/s. Bu tezlikni odamning yumshoq to’qimalari uchun o’rtacha tovush tezligi deb qabul qilish mumkin. Qattiq jismlarda tovush tebranishlari v=2-5km/s tezlik bilan bo’ylama va ko’ndalang to’lqinlar ko’rinishida tarqaladi. Havoda ooC temperaturada v=33 1,5 m/s ga teng. Temperaturaning har 1 oC ga oshishida tezlik taxminan 0,5 m/s ga oshadi va t=20oCda v=340 m/s ga teng bo’ladi. Tovush tezligi tebranish chastotasiga bog’liq emas.
Слайд 5
Tovush toni - vaqt mobaynida doimiy yoki biror qonuniyat asosida o’zgaruvchi bo’lgan tebranish. Tovush to’lqini intensivlik ( J ~ A 2 ) va tovush bosimi ( J ~ ∆p 2 ) bilan xarakterlanadi Kichik chastotalarga past tonlar, kattalariga baland tonlar mos keladi. Eshitish bo’sag’asi yoki nolinchi intensivlik – bu 1kGs chastotada eshitish sezgisini uyg’otuvchi minimal intensivlik. Tovushning xarakteristikalari Fizikaviy (obyektiv) Psixofizikaviy (subyektiv, fiziologik) Chastota Amplituda yoki intensivlik 3. Garmonik spektr balandlik qattiqlik tembr
Слайд 6
Tovush intensivligining fizik xarakteristikasiga tovushning qattiqlik deb ataluvchi psixofizik xarakteristikasi mos keladi. Tovush qattiqligi subyektiv ma’noga ega bo’lib tovush chastotasi va sezuvchanlikka bog’liqdir. Intensivlik Tovush kuchi Umov vektori Energiya oqimining zichligi Intensivlik – vaqt birligi ichida yo’nalishga perpendikulyar bo’lgan birlik yuzadan o’tuvchi to’lqinning energiya miqdoridir, J deb belgilanadi. U vektor kattalik
Слайд 7
Tovush intensivligi va qattiqligi o’zaro Veber – Fexner qonuni bilan bog’langan. Agar tovush intensivligi geometrik progressiya bo’yicha oshsa, unda tovush qattiqligi arifmetik progressiya bo’yicha oshadi, ya’ni Bunda: E – qattiqlik; k –proporsionallik koeffisienti; I – tovush intensivligi; Io – nolinchi intensivlik yoki sezish bo’sag’asi Io=10 -12 Vt/m 2
Слайд 8
Tovush intensivligini xarakterlash uchun o’nli logarifmdan foydalaniladi: β – bellarda o’lchanadi. β = 2B intensivlik sathiga tovush intensivligining quyidagi qiymatlariga to’g’ri keladi. β – intensivlik sathi Chunki quyidagini bildiradi: Bundan agar β = 2 bo’lsa, yoki Vt/m 2
Слайд 9
Fonokardiografiya - yurakdagi tovushlarni yozish usuli Perkussiya – tananing ayrim qismlarini tukullatish va uni analiz qilish Organizmda mustaqil ravishda paydo bo’ladigan tovushlarni eshitish auskultatsiya deyiladi Ishlatiladigan asboblar: ● stetoskop ● forendoskop
Слайд 10
Eshitish qobiliyatini tekshirish usuliga audiometriya deb ataladi Tekshirishda oktavalar orasidagi chastotalarda eshitiluvchanlik bo’sag’asi egri chizig’ining nuqtalari aniqlanadi. Eshitish qobiliyatining pasayganligi normal egri chiziqqa taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. Hosil qilingan grafik audiogramma, asbob esa audiometr deyiladi. Oktava – bu shunday ton balandligining intervalidirki, undagi chetki chastotalar nisbati 2 ga tengdir.
Слайд 11
Shovqin Shovqin zarari uning chastotasiga bog’liqdir. Yuqori chastotali shovqinlar past chastotali shovqinlarga qaraganda zararliroqdir. Yuqori darajali shovqinlarning ruhsat etilgan darajasi 75-80 dB. Normal ruxsat etilgan shovqin darajasi 40-50 dB. Past chastotali shovqinlar uchun 90-100 dB Shovqin qattiqligini o’lchash uchun maxsus asboblar – shumomerlar ishlatiladi. U tovush tebranishlarini elektrk tebranishlarga aylantirib beruvchi mikrofondan, kuchaytirgich, to’g’irlagich va detsimetrlarda darajalangan mikroampermetrdan iborat.
Слайд 12
Chastotasi 20 kGs dan katta bo’lgan, bo’ylama to’lqin sifatida tarqaluvchi elastik tebranishlarni ultratovush deyiladi D ut >> D t ni hisobga olganda amalda qo’llaniladigan ultratovush intensivligi tovush intensivligidan bir muncha kattaroqdir. Ultratovushning yuqori chegarasi chegaralanmagan. Tovush va ultratovush to’lqinlarining tezliklari taxminan bir xildir.
Слайд 13
UT ta’sirida ba’zi ximiyaviy reaksiyalarni oksidlanish jarayonini tezlashtirish mumkin, suvning UT ta’sirida yemiyemirish natijasida aktiv radikallar (H va OH) hosil bo’ladi. UT jarrohlikda zararli o’simtalarni yemirishda, siydik qovug’idagi toshlarni maydalashda, suyaklarni arralashda, dorivor emulsiya va aerozollar yaratishda ishlatiladi. Unchalik katta bo’lmagan quvvatdagi UT modda almashinuvini oshiradi. Shuningdek, mikromassaj sifatida ishlatiladi.
Слайд 14
UT yutilishi muhitning hususiyatlariga bog’liqdir. Bu esa moddaning molekulyar husisiyatlarini o’rganishga imkon beradi. (molekulyar akustika) Ikki muhit chegarasidan UT to’lqinlarining qaytishi bir jinsli bo’lmagan qo’shilmalarni, ularning o’lchamini aniqlashda, bo’shliqlarni aniqlashda UT ni tashhis qilish uchun ishlatishga imkon beradi. Ut ning lokatsion metodlariga Ut ning impuls nurlanishi kiradi. Impulslar orasida nurlatgich Ut ni qabul qiluvchi vazifasini bajaradi va UTY ning to’g’ri pyezo effektiga asosan tebranishlar elektr signallariga aylanadi Qaytgan signallarni tinch turgan UT datchigi yordamida yoki qo’zg’aluvchi va tebranuvchi datchiklar yordamida kuzatish mumkin
Слайд 15
UT tibbiyotda davolash maqsadida keng foydalaniladi, ayniqsa nevrologik tabiatga ega bo’lgan kasalliklarda qo’llaniladi (ishias, radikulit, lyumbago, bexeres, kasalligi va boshqalar). Terapiyada ishlatiladigan UT ning chastotasi 0.8 – 3 MGs. Ut ning to’qimalariga ta’siri erkin tushish tezlanishga “g” ga nisbatan 10 5 marta katta bo’lgan tezlanishga ega bo’lishi bilan va muhit zarrachalarini UT to’lqinlari ta’sirida hosil qiladigan o’zgaruvchan bosimdir. Tayanch funksiyasiga va mexanik kuchlanganlik ta’siriga ega bo’lgan to’qimalar UT ni yutish qobiliyatiga ega, shuning uchun UT ni terapevtik maqsadlarda ham ishlatish mumkin.
Слайд 16
UT tovush to’lqinlaridan farqli o’laroq katta chastota va kichik to’lqin uzunliklariga ega bo’lgani uchun uning fokuslanishi yengildir. Ta’sir ( rejimi ) uzluksiz va uzlukli impulsli bo’lishi mumkin. Impuls qancha kichik bo’lsa UT shuncha kam effektivlikka ega bo’ladi. Havoda UT ko’p yutilgani uchun davolash tajribasida kontakt muhit qilib glitserin, vazelin yog ’ yoki suv olinadi.
Слайд 17
Ut ning to’qimalarga ta’siri 3 ta faktor asosida bo’lishi mumkin. O’zgaruvchan akustik qarshilikda mexanik faktor yuzaga keladi, bu to’qimalarni mikrovibratsiya yoki mikromassaj qilishga imkon beradi. Bu hujayra mebranalarida diffuziya va osmosni oshiradi. Mexanik Issiqlik Fizik - kimyoviy Issiqlik faktori to’qimalarda yutilgan UT to’lqin energiyasini unda issiqlik ajralishi bilan bog’liqdir, bu esa biologik jarayonlarni kuchaytirishga, organizmdagi shlaklarni yemirishga hizmat qiladi.
Слайд 18
Ultratovushning fizik – kimyoviy faktori hujayra ichidagi molekulyar komplekslarni fazoviy qayta qurilishi bilan bog’liqdir. Bunda ba’zi fermentlar aktivligi oshadi : oksidlanish – tiklanish jarayonlari tezlashadi ; to’lqinlarda biologik aktiv moddalar – geparin, gistamin, serotonin hosil bo’ladi. Kichik dozadagi UT – og’riq qoldiruvchi, spazmalogik, tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirga ega. Ta’sir zonasida qon va limfa aylanish tezlashadi, fagasitozlashadi, regineratsiya va reparatsiya jarayonlari tezlashadi. Tashqi nafas funksiyasi normallashadi. Fizioterapiyada quyidagi UT – apparatlari qo’llaniladi : UTS – 1, UTP – 1, UTP – 3 M, UZT – 101, ( suyak – mushak, nerv sistemasi, ichki organ kasalliklarini davolashda ) UZT – 102 ( stomatologik kasalliklarni davolashda ) UZT – 103 ( urologiyada ) UZT – 104 ( ortomologiyada ) UZT – 31 ( ginekologiyada ) LOR – 1A, LOR – 2, LOR – 3 ( otoloringologiyada )
Слайд 19
Infrattovush uning xarakteristikasi va organizmga ta’siri. Infratovush 0.001 Gs 16 Gs gacha bo’lgan, qulog’imiz eshita olmaydigan kichik chastotali tebranishlardir. Har xil tabiat hodisalari ya’ni shamol, chaqmoq, yer silkinishi, portlash, sunami, tayfun va h.k. lar IT manbayi bo’lishi mumkin. IT o’zining havoda, yer yuzasida kam yutilganligi uchun juda katta masofagacha tarqalish xususiyatiga ega. Katta bo’lmagan va o’rtacha intensivlikka ega bo’lgan IT bosh aylantirish, ko’ngil aynishini, nafas olishni qiyinlashishiga, qorinda og’riq paydo qilishi, qo’rquv alomatlarini hosil qilishi mumkin. Intensivlik oshishi bilan og’iz qurishi, yo’tal, bo’g’ilish ( β >150 gB ) alomatlari paydo bo’lishi mumkin. Ayniqsa, uzoq qaytarilib turadigan IT zararlidir.
Слайд 20
Tovush generatsiyasini organizmda tovush apparati hosil qiladi. U tanglay, til, lab, ovoz boylamidan iborat. Tovush hosil qilishda o’pka, bronxlar, traxeyalar, og’iz bo’shlig’I, burun, tomoq bo’shlig’I ham qatnashadi. Burun va o’g’iz bo’shlig’I rezonator hisoblanib, tovush formasini til, lab, tishlar yordamida kuchaytirish yoki kuchsizlantirish mumkin. Ovoz boylamlarining eng zo’r tebranishlari unli tovushlar chiqarilishida ro’y beradi Ovoz boylamlarining eng zo’r tebranishlari unli tovushlar chiqarilishida ro’y beradi. Undosh tovushlar hosil bo’lganda yumshoq tanglayning, til uchining va lablarning har xil qismlari mustaqil tebranadi.
Последний слайд презентации: MAVZU : Akustika asoslari. Tibbiyotda tovushdan foydalanish
Doppler effekti va uni tibbiyotda qo’llanilishi To’lqin manbai, bilan kuzatuvchining bir-biriga nisbatan harakatlanishi natijasida kuzatuvchi qabul qilayotgan to’lqin chastotalarining o’zgarishiga Doppler effekti deyiladi v *=( v ±vk )V/ v ±v u, bunda v * - qabul qilinuvchi chastota, v – manba chastotasi, v - to’lqin tezligi, vk – kuzatuvchining harakat tezligi, v m - manbaning harakat tezligi Yuqoridagi ishoralar kuzatuvchi va manbaning yaqinlashishi uchun, pastki ishoralar uzoqlashishi uchun. Doppler effekti ihtiyoriy tabiatli tolqinlar uchun o’rinli. Doppler effekti qonning oqish tezligini aniqlashda qo’llaniladi.