Первый слайд презентации: Metall konstruksiyalarni diagnostikasi
Слайд 2: REJA:
Metall konstruksiyalarni rivojlanish tarixi. Metall konstruksiyalarni ishlatish sohalari. Metall konstruksiyalarni o‘ziga xos xususiyatlari. Foydalanilgan adabiyotlar
30-yillarda metallshunoslik va mashinasozlik rivojlanishi bilan juda ko‘p sanoat inshootlari metall sinchli ( karkasli ) qilib qurila boshlandi. Sanoat binolari qurilishida metall sinchi asosiy qism bo‘ldi va ularning rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. 50-70-yillarda metall konstruksiyalarning rivojlanish asoslari o‘zgarmasdan va ularning asosi – tejamkorlik, konstruksiyalarni yaratish texnologiyasi oddiy, yig‘ish ishlar tez bajariladigan bo‘lib, shu asosda metall konstruksiyalar rivoj topdi. Shu kunda noyob bo‘lgan sanoat binolari oralig‘i 120m kranning yuk ko‘tarish qobiliyati 30t va u fermaga osilgan holatda ishlaydigan va binoning balandligi 57m xamda ikki oraliqli sanoat binosi kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati 1200t va 600t bo‘lgan binolar qurilmoqda.
Слайд 4
Metall konstruksiyalarning yangi original shakllari yaratildi, ayniqsa, xalqlararo ko‘rgazma binolarni qurilishida 1958 yil Bryusselda 1967 yil Monrealda, VDNHdagi kosmos pavilioni, Lujnikidagi sport saroyi va 80-yildagi olimpiyada uchun qurilgan sport inshootlari qurilishini misol qilib keltirish mumkin. 1980 - yilda yozgi olimpiyadaga tayanch oralig‘i katta bo‘lgan o‘zining konstruktiv shakli bilan bir - biridan tubdan farq qiladigan bir necha o‘ziga xos sport majmualari qurildi. Konstruktiv shakli muqammallanishi bilan birga metall konstruksiyalarni hisoblash usuli ham takomillashdi. 1955 yilgacha qurilish konstruksiyalari ruxsat etilgan kuchlanish bo‘yicha hisoblashar edi, 1955 yildan qurilish konstruksiyalarni chegaraviy holat bo‘yicha hisoblashga o‘tishdi. Hozirgi qurilish me'yor va qoidalarida shu usul bo‘yicha hisoblash talab etiladi
Hozirgi vaqtda metall konstruksiyalar turli xil bino va inshootlarni qurilishida ishlatiladi. Ayniqsa, tayanch oralig‘i katta bo‘lgan binolarning tom yopma konstruksiyalarini barpo etishda, baland inshootlar qurilishida va katta yuk ta'sir etayotgan konstruksiyalarni bunyod etishda metall konstruksiyalarning ahamiyati kattadir. Konstruktiv shakliga va ishlatilishiga qarab metall konstruksiyalar 8 xil sohalarda ishlatiladi :
Слайд 6
1. Sanoat binolarini sinchini yaratilishida ; 2. Tayanch oralig‘i katta bo‘lgan binolarning tom konstruksiyalarini yaratishda ( angarlar, konsert va sport saroylari, gumbazlar, bozorlar ); 3. Ko‘prik va estakadalar qurilishida ; 4. Minora va machtalar qurilishida ( tele va radio minoralar, neft qazib chiqarish va suv xo‘jaligi binolari va inshootlari ); 5. Ko‘p qavatli binolarning sinchini yaratishda ; 6. Varaqsimon prokatidan yig‘ilgan gaz va suyuqliklarni saqlash hamda taqsimlash inshootlarini qurishda ; 7. Kranlarni va boshqa turli xil harakatlanuvchi asbob va uskunvlarni ko‘taruvchi konstruksiyalarni yaratilishida ; 8. Boshqa murakkab konstruksiyalarni qurishda.
Слайд 7
Ko‘rib chiqilgan metall konstruksiyalar ishlatiladigan sohalari turli konstruktiv shakl va tizimlardan iboratdir. Ammo turli xil konstruksiyalarni yaratilishi asosan ikkita omil bilan bog‘iq. Birinchidan, turli xil konstruksiyalarni yaratishda standart bo‘yicha ishlab chiqariladigan elementlardan, prokat sortamentidan foydalanishadi ( qo‘shtavr, shveller, burchaklik, varaqsimon prokati ). Ikkinchidan, metall konstruksiyalarning yig‘ish texnologiyasi bir xilligi bilan bog‘langan, sovuq holatda boltlar yoki parchin mixlar orqali va qizdirib eritish orqali elektr yoyi bilan elementlarni bir-biriga payvandlash bajariladi.
Metall konstruksiyalarning o‘ziga xos bo‘lgan afzalliklari. 1.Metall materiali yuqori mustahkamlikka ega, siqilishga va cho‘zilishga bir xilda qarshilik ko‘rsatadi. Uni bir jinsliligi qurilmalarda ishonchli ishlashini ta'minlaydi va hisobini onsonlashtiriladi. 2. Metall konstruksiyalardan qurilgan inshootlar yengil bo‘ladi. Har qanday materialning qurilmaga sarf bo‘lish darajasi quyidagi formula bilan aniqlanadi : bunda, - materialning hajmiy og‘irligi ( zichligi ), Ry – materialning hisobiy qarshiligi.
Слайд 9
3. Metall qurilmalar ishonchli hisoblanadi. Po‘latning mexaniq xususiyatlari uning bir jinsliligiga bog‘liq bo‘lib, hisob orqali va amalda ishlayotgan konstruksiyaning kesim yuzasida hosil bo‘layotgan kuchlanishlar bir xil bo‘ladi. 4. Po‘latning zichligi ancha katta bo‘lgani tufayli undan yasalgan qurilmalar gaz va suyuqlikni o‘tkazmaydi. 5. Metall qurilmalar sanoatbop bo‘ladi, ya'ni ular asosan korxona sharoitida tayyorlanib, qurilish joyida mexanizmlar yordamida yig‘iladi. 6. Metall konstruksiyalar ekologiya talablarigi javob beradi. Chunki metall konstruksiyalardan tayyorlangan binolarni xizmati tugagandan keyin konstruksiyalarni qayta elementlarga bo‘lib yana ishlatish mumkin yoki metallalomga topshirisa bo‘ladi.
Слайд 10
Metall konstruksiyalarning ba'zi bir kamchiliklari ham bor, bu ularning keng ishlatilishini cheklaydi. Po‘lat konstruksiyalarning asosiy kamchiligi ularning turli ta'sirlarning ostida yemirilishidir. Bu hol qurilmalarni korroziyadan muhofaza qilishning turli xil usullarini qo‘llash talab qiladi. Metallning issiqqa bardoshligi katta emas. Harorat 2500 S ga yaqinlashganda po‘latning elastiklik moduli kamaya boshlaydi va 6000 S da batamom plastik holatga o‘tadi. Yong‘in xavfsizligi talablariga javob berish uchun metall konstruksiyalarni olovbardoshligini ko‘paytirish zarur. Buning uchun har xil ximoya usullardan foydalanish mumkin. Metall konstruksiyalarga qo‘yilgan talablar : metall qurilmalar yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lishi, ya'ni mustahkamlik, ustivorlik va bikrlik talablariga javob berishi kerak. Iqtisodiy jihatdan tejamli bo‘lishi kerak, yig‘ish muddatlarini kamaytirish uchun unumli usullar qo‘llash va standart elementlardan keng miqyosda foydalanish zarur. Metall konstruksiyalardan foydalanib qurilgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishi go‘zal bo‘lishi ya'ni estetik talablarga ham javob berishi kerak.
Последний слайд презентации: Metall konstruksiyalarni diagnostikasi: Foydalanilgan adabiyotlar
Yusufxo‘jaev S.A. Qurilish konstruksiyalari Darslik., T., 2018. Saydullayev Q.A., Shukurova K.Q. Metall konstruksiyalari. T., 2010. Asqarov B.A., NizomovSh.R., Temirbeton va tosh- g’isht konstruksiyalari. T., Iqtisod-moliya, 2008. Nizomov Sh.R., Yusufxo’jayev S. A. Qurilish konstruksiyalari hisobi asoslari. T., 2014.