Слайд 2
Haqiqiy pedagog faqat bilimga emas, so’zalshish madaniyatiga ham ega bo’lishi kerak. Maktabda, umuman o’qish jarayonida 2 ta asosiy shaxs –o’qituvchi va o’quvchi bo’ladi. Bu ikkala shaxsning dars dars jarayonida, sinfdan tashqari ish olib borish jarayonida ularning bir-biri bilan to’g’ri munosabatda bo’lish, o’quvchi shaxsi shakllanishida ta'limimiy-tarbiyaviy jarayon effektiv ta'sir ko’rsatadi. O’qituvchi psixologik xususiyatini, qobiliyatini hisobga olgan holda unga murojaat qilishi kerak. Jaras jarayonida pedagog o’quvchi shaxsini pastga urmaslikka harakat qilishi, faqat buyruq, jerkish orqali tarbiyalamasligi kerak. O’quvchi o’zini va o’qituvchi xuquqlarini mustaqil anglay bilishi kerak.
Слайд 3
Pedagog faqat bilim berib qolmay, balki boshqalarning va o’zining hayoti uchun ma'suliyatni his qiladigan shaxsni, fuqaroni tarbyailashi kerak. Bunga esa kurash orqali emas, gumanistik munosabatlar orqali erishiladi. Shunday munosabatlar orqali o’quvchi o’z taqdirini ona yurtining xo’jayini ekanligini his etishi, har tomonlama rivojlanishiga erishishimiz kerak. Pedagog bilan o’quvchining munosabati bo’limida o’qituvchi katta rol o’ynaydi. Chunki u etakchi rolini bajaradi.
Слайд 4
Pedagogik (faoliyat) munosabat, sosial-psixologik prosess singari quyidagi funksiyalari bilan xarakterlanadi: shaxsni anglash, informasiya almashish, faoliyatning tashkil etilishi, rollar almashinuvi, hamdardlik va o’zini ishontirish. Munosabatning informasiyaviy funksiyasi, ma'naviy boyliklarni va materiallar almashinuvini ta'minlaydi, ta'lim-tarbiya jarayonida ijobiy motivizasiya uchun sharoit yaratadi. O’qituvchi uchun bolani tushuna bilish ularning ehtiyojlarini bilish muhim. Dars rejasini tuza turib, faqatgina informasiyani o’quvchi tomonidan o’zlashtirish emas, balki, mustaqil o’z fikrini bayon etishni ham inobatga olish zarur. O’quvchini darsga qiziqtirish va rag’batlantirib turish kerak.
Слайд 6
Bu tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad bolalarni jamoaga to’plab va jamoa bo’lib, ijod qilishga qaratilgan. Endi jamoa bo’lib bajariladigan ishni qanda ytashkil qilishni bosqichlarga bo’lib ko’rib chiqamiz. Jamoa bo’lib bajariladigan ish: 1. Birinchi bosqich - jamoaning dastlabki ishi. 2. Ikkinchi bosqich - ishni jamoa bo’lib rejalashtirish ishi. 3. Uchinchi bosqich - jamoa bo’lib bajarish ishiga tayyorgarlik. 4. To’rtinchi boqich - jamoa bo’lib bajarish ishini o’tkazish. 5. Beshinchi bosqich - jamoa bo’lib bajarish ishini yakunlash. 6. Oltinchi bosqich - jamoa bo’lib bajarish ishining natijasi.
Слайд 8
Birinchi bosqichda tarbiyasiz bolalar bilan suhbat uyushtirib, ularni jamoa bo’lib bajarish qanday ish bajarmoqchi ekanligini aniqlaydi. Masalan, biz kim va nima uchun ishlamoqchimiz? Qachon? Qaerda? Kim bilan, kim boshchilik qiladi? Ikkinchi boqichda bolalar bilan bajariladigan ishning rejasini tuzib oladi. Buning uchun kichik-kichik guruhlar tuzib, ulardan sizlar nima qilmoqchisizlar? Kim uchun bajarmoqchisizlar? deb bolalarning qiziqishi va bajaradigan ishga munosabatini aniqlaydi.
Слайд 9
Тарбиянинг моҳияти ва шахсини ҳар томонлама тараққиёт эттиришда тарбиянинг ролини очиб беради, тарбиянинг мақсади, мазмуни усуллари уни ташкил этишдаги шакллари ўртасидаги боғланишларни кўрсатади: шунингдек, педагогик маҳорат фани ўз тараққиёти давомида таълим-тарбия соҳасидаги тажрибалар умумлаштиради. Тарбиянинг келгусидаги ривожланиш истиқболлари йўлларини ёритиб беради, тарбиявий ишларнинг шаклларини кўрсатади. Ўқитувчининг педагогик маҳорати шундай бир малакалар йиғиндисидирки, у педагогга тарбияланувчилар кўриб ва эшитиб турган нарсалар орқали ўз фикрларини етказиш имконини беради.
Слайд 10
Педагогик техниканинг бошқа таркибий қисми педагогнинг мимик ва понтомимик ифодалилигидир. Аниқ имо-ишора, маъноли қараш рағбатлантирувчи ёки истеҳзоли табассум педагогик таъсир кўрсатишда кўп сўзли тушунтириш ёки эътироз билдиришга қараганда онгга самарали муомала воситалари бўлади. Педагогик техниканинг умумий муҳим хусусиятлари: ривожланган педагогик техника ўқитувчига ўқувчилар билан муомала қилганда зарур сўз, гап оҳанги, қараш, имо-ишорани тез ва аниқ топиш энг ўткир ва кутилмаган педагогик вазиятларда осойишталикни ва аниқ фикр юритиш таҳлил қилиш қобилиятини сақлаб қолиш имконини беради.
 
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
             
             
             
             
             
             
             
             
            