29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari — презентация
logo
29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
  • 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari
1/29

Первый слайд презентации

29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari.

Изображение слайда

Слайд 2

Reja : 1. Pedagogik kengash faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmuni. 2. Pedagogika kengashi huquqlari va bayonnoma daftarining yuritilishi. 3. Pedagogika kengashi hujjatlari

Изображение слайда

Слайд 3

Tayanch tushunchalar : Medik -Pedagogik kengash - Tibbiy-pedagogik kengash. Programm -metodik - dasturiy-uslubiy hujjat. Kontingent - maktabgacha ta'lim tashkilotini bolalar bilan to'ldirish. Metodist - maktabgacha ta'lim tashkiloti metodisti, metodik ishlarga rahbarlik qiladi. Operativ masalalar - kechiktirib bo'lmaydigan masalalar. Metodik ish kompleksi - tarbiyachilarning bolalar bilan ishlashning aniq usul va uslublariga amaliy o'rgatish. Tahlil - tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy, metodik va boshqa jarayonlarni kuzatish va muhokama qilish. Qiyosiy nazorat - solishtirma nazorat.

Изображение слайда

Слайд 4

Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko'rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg'or tajriba minbaridir. Maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.

Изображение слайда

Слайд 5

Pedagogik kengashga quyidagi masalalar ko’riladi :

Изображение слайда

Слайд 6

bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo'llarini izlash ; tashkilot ish amaliyotga pedagogika fanining yutuqlari va ilg'or pedagoglar tajribasini joriy qilish ; tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi.

Изображение слайда

Слайд 7

Pedagogik kengash Maktabgacha ta’lim vazirligi, maktabgacha ta'lim bo'yicha buyruq, yo'l-yo'riq, nizom va boshqa me'yoriy hujjatlarni ; maktabgacha ta'lim tashkilotining yillik ish rejasini ; bolalar sog'ligini mustahkamlash tadbirlarini ; har bir yosh guruhlari bo'yicha ≪Ilk qadam ≫ dasturining sifatli bajarilishi jarayonini ; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg'or tajribalarini ; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning dolzarb masalalarini,tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.

Изображение слайда

Слайд 8

Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi mavzuning kengligini, dolzarbligini ta'minlash zarur.Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo'ladi.Pedagogik kengash tarkibiga : metodist, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta'lim tashkiloti ga xizmat ko'rsatuvchi shifokor, katta hamshirasi, kasaba uyushma, otaonalar qo'mitasining raisi hamda vasiylik kengash raislari kiradi.

Изображение слайда

Слайд 9

Pedagogik kengash maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'lim-tarbiya jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko'rsatadigan organ hisoblanadi.

Изображение слайда

Слайд 10

Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi : - ta'lim tashkiloti pedagogik jamoa faoliyatini yo'naltirish, tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojiantirish, " Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari”ning bajarilishini ta'minlash ; - ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar yaratishga doir qarorlar qabul qilish ;

Изображение слайда

Слайд 11

pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish ; - pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish ;

Изображение слайда

Слайд 12

pedagogik jamoaning ma’lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish ; - ilg'or pedagoglarning ish tajribalarini o'rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko'rsatish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilash ;

Изображение слайда

Слайд 13

" Ustoz-shogird " an'analari, uzluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish ; tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy hislarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish ; ta’lim oluvchilarni ma'naviy yuksak, umuminsoniy va milliy ruhda, o'z vatani, xalqini ardoqlovchi shaxs sifatida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish.

Изображение слайда

Слайд 14

Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari Kengashning raisi hisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. Pedagogika kengashi kotibi jamoa tomonidan bir yil muddatga saylanadi. - kengash yig'ilishlari o'quv yili avvalidan boshlanib, har chorakda bir marta o'tkaziladi. Zaruriyat bo'lgan hollarda navbatdan tashqari Pedagogika kengashi o'tkazilishi mumkin. - kengash a'zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashib, ulardan ko'pchiligi yoqlab ovoz bersalar, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo'lgan taqdirda, Kengash raisining qarori hal qiluvchi hisoblanadi.

Изображение слайда

Слайд 15

navbatdan tashqari chaqirilgan yig'ilishda esa kengash a'zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak - ovoz berish tartibi kengash yig'ilishida ochiq ovoz berish yo'li bilan belgilanadi. - pedagogika kengashi tarkibiga tashkilot shifokori va hamshira, kasaba uyushma raisi, ota-onalar ( vasiylik kengashi ) qo'mitasi raisi, mahalla fuqarolar yig'ini a’zolari kirishi mumkin. - kengashni o'tkazish vaqti, joyi va kun tartibi tashkilotda bir oy oldin e'lon qilinadi.

Изображение слайда

Слайд 16

kengashda muhokama etiladigan materiallar doimiy hamda vaqtinchalik tashkil topgan guruhlar yoki tashkilot ma'muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi. - kengashda tashkilotning ish rejasi, malaka oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari bo'yicha o'rganish xulosalari, xodimlarning hisobotlari, tarbiyalanuvchilarning o'zlashtirishi, tashkilotning sanitar-gigiyenik ahvoli va tarbiyalanuvchilarning sog'lig'i va tashkilot faoliyatining boshqa masalalari ko'rib chiqiladi.

Изображение слайда

Слайд 17

kengash pedagoglarning ilg'or ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilaydi. kengashda mashg'ulot ishlanmalari, tarbiya jarayonining shakl va metodlarini amalga oshirish yo'llari muhokama qilinadi, tarbiyalashning ilg'or usullarini joriy etish bo'yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, oliy ta'lim institutlari, jamoat va nodavlat tashkilotlari, maktab, mahalla bilan hamkorlik qilish yo'nalishlarini belgilaydi.

Изображение слайда

Слайд 18

kengash ta'Iim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik jamoaning ma'lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va ta'lim samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar yaratishga oid yakuniy xulosa chiqaradi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka oshirish kursidan qaytgan pedagoglarning hisobotlarini tinglaydi. kengashda kun tartibidagi masalalarni ko'rishdan oldin avvalgi kengashda qabul qilingan qarorlarning ijrosi haqidagi masala eshitiladi va ijrosi ta’minlangan har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar nazoratdan olinadi.

Изображение слайда

Слайд 19

- kengash kun tartibida ko'rilayotgan har bir masala aniq ifodalangan bo'lishi, masalalar o'quv yilining asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda kiritilishi lozim. Kengashda ko'riladigan masalalar soni uchtadan oshmasligi zarur. - Kengash qarori ijrosini nazorat qilish tashkilot rahbari zimmasiga yuklatiladi.

Изображение слайда

Слайд 20

2. Pedagogika kengashi huquqlari va bayonnoma daftarining yuritilishi.

Изображение слайда

Слайд 21

Pedagogika kengashi maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini rivojiantirish yo'nalishining istiqbol rejasini belgilaydi. maktabgacha ta'lim tashkilotining o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarning bajarilish yo'llarini belgilab beradi va ijrosini ta'minlaydi. Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda turli shakl va metodlarni ishlab chiqadi. O'z vakolati doirasida ishlab chiqilgan hujjatlarni muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi.

Изображение слайда

Слайд 22

Pedagoglarning malaka oshirishdan keyingi amalga oshiradigan vazifalari yuzasidan ishlab chiqilgan istiqbol ish rejasini tasdiqlaydi va ularning ijrosi ta’minlanishini nazorat qiladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti Ustaviga muvofiq pedagog xodimlarni rag'batlantirish va jazolash bo'yicha masalalarni hal qiladi.

Изображение слайда

Слайд 23

Pedagogika kengashi bayonnoma daftarining yuritilishi

Изображение слайда

Слайд 24

- Kengash bayonnomasi yoziladigan daftarning kirish qismida kengash o'tkaziladigan sana, bayonnoma tartib raqami, qatnashgan pedagoglar soni, kengash raisi va kotibining ismi, sharifi yoziladi, qatnashmagan pedagoglarning qatnasha olmaslik sabablari ko'rsatilgan holda familiyalari tartib bo'yicha yozib chiqiladi.

Изображение слайда

Слайд 25

- Bayonnomalar daftarida Pedagogika kengashi kun tartibiga kiritilgan masala muhokamasi, kengash a’zolari kiritgan taklif va mulohazalar hamda kun tartibidagi har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar qayd etib boriladi. Kun tartibiga " Turli masalalar " yoki " Boshqa masalalar"ning kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Изображение слайда

Слайд 26

- Bayonnomalarda yo'l qo'yilgan xatoliklar izohlanadi va kengash raisining imzosi bilan tasdiqlanadi. Bayonnomalar aniq, ozoda, ravon husnixat bilan yoziladi, daftarning har bir sahifasi raqamlanadi, tikiladi

Изображение слайда

Слайд 27

Bayonnomalar daftari maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman ( shahar ) bo'limi mudiri tomonidan, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun muassis tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. Kengash bayonnomasi Pedagogika kengashi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. Pedagogika kengashi bayonnomasi har o'quv yili boshida yangidan raqamlanadi,

Изображение слайда

Слайд 28

Pedagogika kengashi hujjatlari - Pedagogika kengashi hujjatlari ta'lim tashkilotining ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi.Pedagogika kengashi hujjatlari quyidagilardan iborat : bayonnoma va pedagogika kengashi kun tartibida muhokama qilingan masalalarga oid materiallar. Pedagogika kengashi hujjatlari tashkilotda uch yil davomida saqlanadi.

Изображение слайда

Последний слайд презентации: 29-ma’ruza: Pedagogik kengash shakllari

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Изображение слайда

Похожие презентации