Первый слайд презентации: Insoniyat tarixida talim tarbiyaning bosqichma bosqich rivojlanishi
Bajardi:Mo’ydinov Anvarjon Raximjon o’g’li Qabul qildi:Baratov Rashid
Ilk davirlardanoq insoniyat tarixida talim tarbiyaga nisbatan extiyoj bolgan.Qadimgi davrilardayam talim tariyaga munosabat va etibor katta bolgan.buni ozimzing qadimgi ota bobolarimz miqiyosida ham korishim mumkun.Ular ayniqsa bola tarbiyasiga uning talim olishiga yoshligidanoq etibor qaratishgan.
Слайд 3: Tarbiya — buyuk ne'mat
Nafaqat bir oila, balki yer sayyorasidagi har bir mamlakatning gullab-yashnashi, undagi yashovchi xalqlarning farog'ati ham shak-shubhasiz ta'lim va tarbiya tufaylidir. Hayot olamida, shubhasiz, tarbiya singari insoniyatga ta'sirli narsa yo'qdir. Shu sababdan qadimdan mashhur donishmandlar tarbiya to'g'risida qimmatli fikrlarni yozib qoldirganlar. Yoshlar tarbiyasi, ularni ilmli va har tomonlama etuk qilib voyaga etkazish barcha zamonlarda muhim vazifa hisoblangan. Mutafakkirlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan bunday nodir asarlar o'sib kelayotgan yosh avlodni salbiy illatlardan asrab, axloqan pok, haqiqiy inson bo'lib etishishlariga undagan.
Tarbiyaga e'tiborsizlikning oqibati nimalarga olib kelishini o'z vaqtida Abdulla Avloniy kuyunib, “ Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora qiluvchi pastkashlar, yomonlar, beboshlar, o'g'rilar, giyohvandlar va nashavandlar... kecha tarbiyalariga e'tibor berilmagan bolalardir ”, deb yozib qoldiradi. Adabiyotshunos olim Abdurauf Fitrat “ Xalqning harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi, zaif bo'lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e'tibordan qolishi, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi bolalikdan o'z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog'liq. Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan oladilar, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o'xshaydi, suv idishning shaklini olganidek, bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar ”, deydi.
Слайд 5: TA'LIMNING INSON HAYOTIDAGI O'RNI
Bilimli odam dunyoda yo'naltirish uchun bilimga intiladi. U uchun davriy jadvalda nechta element borligini bilish unchalik muhim emas, lekin u kimyo haqida umumiy tasavvurga ega bo'lishi kerak. Har bir bilim sohasida bunday odam hamma narsada yagona aniqlik mutlaqo mumkin emasligini tushunib, oson va tabiiy ravishda boshqariladi. Bu sizga dunyoni boshqa burchakdan ko'rish, kosmosda sayohat qilish, hayotni yorqin, boy va qiziqarli qilish imkonini beradi. Boshqa tomondan, ta'lim har bir inson uchun ma'rifat vazifasini o'taydi, haqiqatni o'ziga singdirilgan fikrdan ajrata olish uchun bilim beradi. O‘qimishli odam o‘zi ko‘rgan-eshitganini tinimsiz tahlil qilib, sodir bo‘layotgan voqelik to‘g‘risida yagona to‘g‘ri qarorni shakllantirib, sektachilar ta’siriga, reklama nayranglariga berilmaydi. Ta'lim yordamida shaxs o'z maqsadiga erishadi, o'zini takomillashtirish va o'zini namoyon qiladi. O'qish tufayli bilimdon odam o'zining ichki dunyosiga quloq soladi, muhim javoblarni topadi, dunyoni nozik his qiladi, dono, bilimdon bo'ladi.
Слайд 6: Ta’lim va tarbiya uyg‘un bo‘lishi kerak, ayro emas !
“ Tarbiya ” so‘zining ma’nolari ko‘p bo‘lsa -da, milliy an’analardan kelib chiqsak, tasavvurda avvalo uning “ axloqiy ” sifati uyg‘onadi. Boisi, ota-bobolarimiz bola axloq-odobini tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan ustun q o‘yishgan. Fitrat ta’lim olishni ham tarbiya sirasiga qo‘shib, uni “ aqliy tarbiya ” deb ataydi. Shuningdek, farzandni sog‘lom voyaga yetkazish, ya’ni “ jismoniy tarbiya”siga ham jiddiy e’tibor qaratib, tarbiyaning ushbu uch turiga xulosa berar ekan, zamonaviy til bilan aytganda, “ shaxsning ijtimoiylashuvi”ni sodda ifodalaydi :
Слайд 7: Ta'lim va tarbiya – birining o‘rnini biri to‘ldiruvchi ne'matlardir
Ta'lim va tarbiyaning o‘rtasida ochiq-oydin farq bor. Ta'lim, tarbiyaning bir qismidur. Tarbiya esa ta'limni o‘z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya o‘z-o‘zidan ta'limga nisbatan komil va keng qamrovlidir. Islomiy tarbiyaning ma'nosi esa jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish va albatta, bu tarbiya ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni o‘z ichiga oladi.
Слайд 8: Ta’lim-tarbiya jamiyat taraqqiyotini belgilovchi omil
Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘p natijalarga erishildi ham. Ammo shunga qaramay hali-hanuz ta’lim-tarbiya tizimi hozirgi zamon talablaridan orqada qolayotganligi, bu sohada ko‘plab kamchiliklar, muammolar borligi xalqimizni o‘ylantirib kelayotgan edi. Joriy yilning 23 avgust kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aynan shu masala atroflicha muhokama qilindi. Bu oddiy yig‘ilish emas, balki millatga, xalqqa murojaat bo‘ldi. Murojaatda yurtboshimiz mamlakatimiz ta’lim tizimining hozirgi holati, tizimda yillar davomida to‘planib qolgan muammolar haqida to‘xtalib, maktabgacha, o‘rta va oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni zamon talablaridan orqada qolayotganligini tanqidiy ruhda ochib berdi. Prezidentimiz yig‘ilishda maktab ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida so‘z yuritar ekan, ulug ‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning “ Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir ” degan fikrini alohida ta’kidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha to‘xtaldi. Shuningdek, o‘qituvchining maqomi va nufuzini oshirish, huquqlari va imtiyozlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Bu bejiz emas, chunki 2030 yilda O‘zbekistonni eng rivojlangan 50 ta davlat qatoriga kiritish maqsad qilib qo‘yilgan. O‘sha davrda bugun maktab partasida o‘tirgan o‘quvchilarimiz mamlakat, davlat, jamiyatga xizmat qiladigan barkamol avlod bo‘lib kamol topadi, demak, mamlakat taqdiri, kelajagi bugun maktabda hal bo‘layapti. Davlatimiz, xalqimiz va millatimiz taqdiri ustoz-murabbiylarga bog‘liq. Demak, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash barcha vazirliklar, mahalliy hokimliklar va jamoatchilikning eng muhim vazifasiga aylanishi kerak.
Слайд 9: Ta’lim sohasidagi islohotlar yuksak natijalar bermoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan
Слайд 10: Foydalanilgan adabiyotlar
www.ziyonet.uz www.google.uz www.eduportal.uz
 
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
                             
             
             
             
             
            