Первый слайд презентации: M avzu : Mavsumiy va Oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati Reja: 1.Maros im folklor va uning turlari. 2. Mavsumiy marosimlar. 3. Oilaviy marosimlar
:
Слайд 2: Marosim folklori va uning turlari
1.Marosim folklor va uning turlari. Marosim folklori namunalari folklorning eng qadimiy janrlari sirasiga kiradi. Folklorshunoslikda marosim folklori janrlarini ikki katta guruhga ajratish an'anasi mavjud. Bu turlar quyidgi ko‘rinishga ega : 1) mavsumiy marosimlar folklor. 2) oilaviy marosimlar folklori. Mavsumiy marosimlar yil mavsumlarining almashinuvi avvali va oxiri, ma'lum bir xo‘jalik turlarining boo‘shlanib yakun topishi, ob-havo bilan bog‘liq mavsumiy marosimlarni o‘z ichiga oladi. Mavsumiy marosimlarning aniq vaqti, belgilangan o‘tish muddatlari mavjud va ular bir oila yoki jamoaga tegishli bo‘lmay butun xalq ommasiga tegishlidir. Oilaviy marosimlar esa aksincha bir oila va oila a'zolari hayotidagi barcha mavsumlar o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamraydi. Oilaviy marosimlar mazmuni tug‘ilig ‘, to‘y va motam marosimlaridan iborat va bu marosimlarda ijro etiluvchi folklor namunalari oilaviy marosimlar tarkibiy qismini tashkil etadi. « Mavsum » deganda, asosan, yil fasllari nazarda tutiladi. Binobarin, mavsum qo‘shiqlari qish, bahor, yoz, kuz fasllari bilan bog‘liq bo‘ladi. Marosim esa diniy yoki an'anaviy urf-odatlar munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbir, yig‘in demakdir. U bayram umumxalq shodiyonasi, tantana kun ma'nosini ifodalaydi. Ma’lum bo‘ladiki, « marosim » tushunchasi « bayram » so‘zi ifodalagan ma'nodan kengligi bilan farq qilar ekan. Chunki marosim bir shaxs hayotidagi muhim voqyea bilan bog‘lanishi mumkin. Bu tadbir oila chegarasi bilan cheklanadi. Bayramda esa umumxalq ishtiroki bo‘lishi lozim. To‘g‘ri, biz, ko‘pincha, « bayram marosimi » birikmasini qo‘llashimiz mumkin, ammo bu holatda gap oilaviy marosim haqida emasligi ta'kidlanadi. Dunyoda bironta xalq yo‘qki, turli munosabatlar bilan ommaviy bayramlarni nishonlanmasin. Bayramlar butun xalq tayyorgarligi bilan o‘tkaziladi. Katta shodiyonalar rejalashtiriladi. Maxsus taomlar pishiriladi, bayram liboslari tikiladi, o‘yin-kulgilar, sayillar, tomoshalar, musobaqalar uyushtiriladi. Shuning uchun milliy bayramlar tizimida xalq tarixi, milliy xususiyatlar haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Bu tasavvurlarni oilaviy, muayyan hudud aholisi o‘rtasidagi marosimlar, qolaversa, milliy urf-odatlar to‘ldiradi, mukammallashtiradi.
Слайд 3: Mavsumiy marosimlar
Mavsumiy marosimlar O‘zbek mavsumiy marosimlarining boshlanishi bevosita Navro‘z bayrami bilan aloqador. Navro‘z yangi yil, yilboshi deb ham yuritiladi. Ya'ni qish va yoz ( ikki qutb ) ning o‘zaro kurashuvi, qish tomonning yengilib, chekinishi natijasida kirib keladi, degan dualistik qarash ushbu marosimda eng tayanch tasavvur hisoblanadi. Navro‘zni kutib olish, tantana qilish jarayonida o‘tuvchi barcha marosim halqalarida ana shu kurashni tasvirlashga, ifodalashga yo‘naltirilgan. Ushbu o‘rinda Farg‘onada o‘tuvchi Navro‘z bayrami haqidagi xitoy manbasidan keltirgan ko‘chirma muhim ahamiyatga ega : “Har yangi kelayotgan yilning boshida podsho va darg‘alar bosh xalq ikki guruhga bo‘lingan. Har bir guruh bittadan vakil saylab, unga jang kiyimlarini kiydirib o‘zaro jang qildirishgan, qolganlar esa raqib tamonga toshu kesaklar otib o‘z jangchilariga yordam berib turishgan. Jang tamonlarning biri halok bo‘lgunicha davom qilgan. So‘ngra jang natijalariga qarab yangi yilning qanday kelishini taxmin etilgan ” (166. –S. 282–283).
Слайд 4: YOMG‘IR YOG‘DIRISH MAROSIMLARI
– Bahorda o‘tuvchi mavsumiy marosimlar tizimida yil qurg‘oqchilik kelgan mavsumlarda o‘tuvchi yomg‘ir chaqirish bilan bog‘lik Sust xotin, Sut xotin, So‘z xotin, Sel xotin, Suv xotin, Chala xotin, Ko‘sam-ko‘sam, Chayla qazon deb nomlanuvchi marosimlar yomg‘ir yog‘dirish marosimlarini tashkil etadi. Keltirilgan atamalar mohiyatan bir marosimning turli hududlarda aytiluvchi o‘ziga xos nomlanishidir. Masalan, “ Sust xotin ” marosimi quyidagi tartibda o‘tgan. Qurg‘oqchilik davri yosh-yalanglar yig‘ilib bir bolani eshakka chappa o‘tqazib, qo‘liga suv to‘la kadi ushlatib, yoniga ikki toshbaqani oyog‘idan bog‘lab osib qo‘yishgan va uyma-uy olib yurishgan. Bola biror uy oldiga kelsa : “ Voy, jonim ! Kuydim-ey ! Kuydim-ey !” – debqichqirgan. Uy egalari uning ustiga suv quyishgan. Yigitlar : Havo yohmas bo‘larmi, Tomchi tommas bo‘larmi, Saksondagi kampirlarni, Suv oqizmas bo‘larmi, Sust xotin -o, sust xotin, Ko‘ylaklari bo‘z xotin... deb qo‘shiq kuylashgan. Xonadon egalari yigitlarga turli tortiqlar berishgan. “ Sut xotin ” marosimida bir xodaning teppa qismiga cho‘p bog‘lab, ayol kiyimini kiydirib, “ Sut xotin ” qo‘shig‘ini kuylab, yetti uyga olib borishgan. Xonadonlardan yig‘ilgan bo‘g‘doy un qilinib maxsus taom tayyorlangan. “ Sel xotin ” marosimida boshiga g‘alvir kiygan uch xotin qo‘shiq aytib xonadonma-xanodon yurishgan. Chala xotin, Ko‘sam-ko‘sam, Chayla qazon marosimlarida ham xotin obrazi asosiy o‘rin egallaydi. “ Sust xotin ” marosimlari qadim ajdodlarimizning “ osmon suvlari ”, yog‘in-sochin egasi sifatida qaralgan Tishtriya yulduzi kulti bilan bog‘liq marosimlarning aks-sadosi sifatida baholanadi.
Слайд 5: YOZGI MAROSIMLAR FOLKLORI
Yozda o‘tuvchi marosimlar bevosita dehqonchilik mavsumining yoz davriga to‘g‘ri keladi. Yozda g‘allalar o‘rib bo‘lingach yig‘ilgan hosilni yanchib olish uchun mavsumda kerakli shamolning bo‘lishi yoki aksincha yil qurg‘oq kelib chang-to‘zon quyinning to‘xtashi uchun maxsus marosimlar o‘tkazishgan. “ Choymomo ”, “ Yalli momo ” shamolni to‘xtatish uchun uyushirilgan marosimlar bo‘lsa, “ Haydar ”, “ Ajdar bobo”, “ Yalang‘och ota ” kultlari bilan bog‘liq irim-sirimlar shamol chaqirishga bog‘liq tashkil etilgan. “ Oblo baraka”, “ Haqullo ” marosimlari esa g‘alla o‘rimini tugatish va bug‘doyni yanchib olish davomida tashkil etilgan. Bu marosim va irim sirimlarda kuylanuvchi qo‘shiqlar yozgi marosimlar folklori hisoblanadi.
Слайд 6: Oilaviy marosimlar
Oilaviy marosimlar tizimi ham o‘z navbatida ikki katta guruhga ajralardi. 1) To‘y marosimlari folklori. 2) Motam marosimlari folklori. To‘y marosimi folklori. To‘y dunyoning barcha xalqlariga xos marosimdir. « To‘y » atamasi « to‘ymoq », «el- yurtga ziyofat bermoq » ma'nolari orqali muayyan kishi hayotidagi muhim burilish nuqtasini anglatadi. Binobarin, to‘y ham moddiy, ham ma'paviy oziqlanish marosimidir. o‘zbek to‘y marosimlari nikoh to‘ylari bilangina chegaralanib qolmay. balki xatna ( sunnat ), beshik to‘yi kabilardan ham tashkil topgandir. Bu marosimlar turli munosabatlar bilan o‘tkazilganligi tufayli ularda ijro etiladigan folklor janrlari ham xilma-xillik kasb etadig Beshik to‘ylari folklori. Odatda, beshik to‘yi oiladagi birinchi ( to‘ng‘ich ) farzand uchun o‘tkaziladi va u tantanali kechadi. Ba' zan oilaning moddiy turmush darajasi bilan bog‘liq xolda bu tartib o‘zgarishi xam mumkin. Nikoh to‘ylari folklori. Uzbek to‘y marosimlari sirasida nikox to‘ylari rasm-rusmlarga, irim-sirim-larga boyligi, folklor materialining rang- barang - ligi bilan aloxchida ajralib turadi. Bunday rang- ba - ranglik hamda ko‘tarinki ruh marosimning maqsad va vazifasi bilan — insonping o‘z hayotining yangi davri-ga qadam qo‘yishini alohida quvonch orqali nishonla-shi bilan bog‘liqdir. Haqikatan xam, nikoh to‘yi yigit va qizlar hayotida ro‘y beradigan eng baxtli, eng unu-tilmas marosim sanaladi. Chunki mana shu marosimdan so‘ng ular xayotga boshqacha ko‘z bilan, ya'ni ham jismonan, ham ma'nan kamolotga erishgan kishilar ko‘zi bilan qaraydilar.
Слайд 7: Motam marosimlari folklori
Motam marosimi folklorining katta qismini yig‘i va yo‘qlovlar tashkil etadi. Yig‘ilar, odatda, dafn marosimi kunidan boshlab to « uch » yoki « etti » marosimigacha azadorlar yoki maxsus yollangan yig‘ichi ( go‘yanda yoki nahvagar ) tomonidan azaxonaga ta'ziya bildirib kelganlar oldida yig‘i bilan ritual ijro qilinadi. Yig‘i matnlari qat'iy turg‘unlikka ega bo‘lmaydi. Ular, odatda, bir martalik ijroga moslashgan. Sababi, yig‘ilar mavjud holatdan kelib chiqib, badihatan kuylanadi. Yig‘ilarga xos situativlik va improvizatsion sajiya ular ijrosiga yetarli ta'sir ko‘rsatadi. Yig‘ichi an'anaviy yig‘ilarni ijro etar ekan, uning qaysidir misrasini yoki so‘zlarini tushirib qoldirishi, o‘zgartirishi yoki an'anaviy misralar yordamida yangi yig‘i matnlarini yaratishi mumkin. Shu tariqa yig‘ilarda variantlashish hodisasi ham kuzatiladi. Yig‘ilar tarkibida, albatta, yig‘ini ifoda etuvchi « voy-voy-ey », « voy-dod-ey » kabi undov so‘zlar hamda yig‘ining kimga kim tomonidan qaratilganligini bildirib turuvchi undalmalar mavjud bo‘ladi va ular yorqin ko‘zga tashlanib turadi
Последний слайд презентации: M avzu : Mavsumiy va Oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati: Foydalanish uchun adabiyotlar :
Islom Karimov. Yuksak ma ’ naviyat – yengilmas kuch.- Toshkent : Ma ’ naviyat, 2008. Islom Karimov. Adabiyotga e ’ tibor – ma ’ naviyatga, kelajakka e ’ tibor. T., “ O‘zbekiston ”. 2009. Alaviya M. Lirik qo‘shiqlar // O‘zbek folklori ocherklari.-Toshkent.: Fan, 1998, 1-tom, 244-254-betlar; Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasining tarixiy asoslari va badiiyati. DDA. T., 1995; Yoqubbekova M. O‘zbek xalq qo‘shiqlarida o‘xshatish.-Toshkent.: Fan, Sarimsoqov B. O‘zbek marosim folklori. - Toshkent.: Fan, 1886; Navro‘z. Navro‘z bayrami bilan bog‘liq qo‘shiqlar, afsona va rivoyatlar. To‘plab, nashrga tayyorlovchilar : T.Mirzayev, M.Jo‘rayev. – Toshkent.: Fan, 1992; Navro‘z qo‘shiqlari ( Tadqiqot majmua, Turdimov Sh, Eshonqulov J.),-T.: “ O‘zbekiston ” 2012. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. T.: Fan, 2010. 307 b. Турдимов Ш. Поетические символы в узбекских народных лирических песнях. Дисс., канд.филол., наук. Т.: 1987. – 184 с. Eshonqulov J. O‘zbek xalq qo‘shiqlari badiiyati masalalari. Toshkent San'at va madaniyat institutida 2015 yil 16 aprel kuni « Xalq ijodi milliy ma'naviyatimiz asosi » mavzuida bo‘lib o‘tgan bo‘lib o‘tgan ilmiy anjuman materiallari. – Toshkent, 2015. – B.44–48.