Первый слайд презентации: ONA TILI
MAVZU: MATN TURLARI. HIKOYA MATNI O‘qituvchi : Sodiqova Shoira Ibrohimovna 6 - sinf
Слайд 2: MUSTAHKAMLASH
Mazmun va grammatik jihatdan bog‘langan, bir mavzuni ifodalovchi gaplar Matndagi asosiy fikrni nima haqida ekanligini bildiruvchi so‘z So ‘z va so‘z birikmalaridan hosil bo‘luvchi til birligi Matn Mavzu Gap
Слайд 3: Matn mavzusini aniqlang
O‘zbek tilining 20-asr boshlanishiga qadar bo‘lgan davri eski o‘zbek tili deb yuritiladi. Mutafakkir shoir Alisher Navoiy eski o‘zbek adabiy tilida o‘zining jahonshumul asarlarini yaratgan. Alisher Navoiy Tinchlik – bebaho ne’mat. Tinchlik bor joyda rivojlanish, o‘sish bo‘ladi. Bizning farovon hayotimiz, baxtli bolaligimiz, zamonaviy maktablarda ilm olishimiz, o‘zimiz qiziqqan sport turlari bilan shug‘ullanishimiz tinchlik tufaylidir. O‘zbek tili Alisher Navoiy – o‘zbek xalqining faxri va iftixori. Uning asarlari bugungi kunda ham butun dunyo kitobxonlarining eng sevimli asarlari qatorida turadi. Tinchlik
Слайд 4: 1- TOPSHIRIQ
Bu davralarda G‘afur G‘ulom to‘lib-toshib she’rlar o‘qirdi. Nimaiki bisotida bo‘lsa, barini dasturxonga to‘kardi. Hovlisida pishib yotgan giloslarni savat-savat qilib o‘rtaga qo‘yardi. Shoirlarning yelkasiga to‘n tashlab, boshiga do‘ppi kiydirardi. O‘g‘il-qizlari odob bilan xizmat qilishardi. ( Said Ahmad)
Слайд 5: 2 - TOPSHIRIQ
Biz borgan joy, haqiqatan ham, go‘zal edi. Bir tomoni –tog ‘, bir tomoni – ko‘m-ko‘k dala. Olisda kumushdek tovlanib daryo oqmoqda. Lolazor esa xuddi mohir to‘quvchi qo ‘ - lida to‘qilgan qizil gilamga o‘xshardi. ( O‘. Umarbekov ) Matnni o‘qing. Bu matnni tuzishdan ko‘zlangan maqsadni aniqlashga harakat qiling.
Слайд 6
Matn turli maqsadlar bilan tuziladi. Masalan : muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar berish, hikoya qilish, ularning ta’rif-tavsifini berish, ya’ni tasvirlash, ularni muhokama qilish, ya’ni mulohaza yuritish. Ana shunga ko‘ra, matnlarning uchta turi farqlanadi. MATN TURLARI
Слайд 7
Hikoya matni Kabutar Hikoya matnida muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar beriladi, hikoya qilinadi. Bir tezuchar kabutar bor ekan. U juda uzoq-uzoqlarga uchib borar edi. Kunlardan bir kun bir podsho uni tutib olibdi va qafasga qamab qo‘yibdi. Qafas juda chiroyli ekan. Kabutarga don va suv berishibdi. Lekin kabutar donni yemabdi, suvdan ichmabdi.
Слайд 8: 34- mashq
Berilgan matnni o‘qing, uning maqsadini aniqlashga harakat qiling. Ona yurt iftixori haqida fikrlaringizni bayon eting. TIL Y urt iftixori Millat ruhi Ma’naviyat ko‘zgusi
Слайд 9: 35- mashq
Matnni ko‘chiring. Matn mavzusiga mos keladigan sarlavha qo‘ying. G‘afur G‘ulom haqida bilganlaringizni gaping. Serqirra ijodkor r asm chizish r aqs tushish t ermalar kuylash d utor chalish a skiya, latifa aytish d oston aytish
Слайд 10: 35- mashq
U “ Sog ‘ inish ”, “ Vaqt ”, “ Sen yetim emassan ”, “ Alisher ” kabi ko ‘ plab go ‘ zal she’rlar yaratgan. U “Shum bola”, “ Yodgor ”, “ Netay ” kabi qissalari bilan o ‘ zbek qissachiligi rivojiga salmoqli hissa qo ‘ shdi. U Navoiy, Mashrab, Muqumiy kabi ko ‘ plab adabiyotimizning yirik vakillari haqida maqolalar yozdi. G‘afur G‘ulom – shoir G‘afur G‘ulom – adib G‘afur G‘ulom – adabiyotshunos
Слайд 11: 36- mashq
Zumrad va Qimmat mehnatsevar dangasa a qlli nodon o dobli odobsiz muloyim qo‘pol s abrli tantiq m ehribon urishqoq
Слайд 12: 37- mashq
Orolchada ishlar qizib ketdi: har kim har xil gullar, o‘simliklar keltirib ekdi. Qushlarga inlar qurildi. «Kuzatuv daftari»ga orolchada yuzdan ziyod giyoh, o‘simlik va jonivorlar borligi qayd etildi. Qushlar bu hisobga kirmasdi. (A. Ko‘chimov)
Последний слайд презентации: ONA TILI: Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
Savollarga javob toping. 1. Matn tuzishda qanday maqsadlar ko‘zda tutiladi ? 2. Matnning qanday turlari mavjud ? 3. Qanday matn hikoya matni deyiladi ? 38-mashq. O‘zingiz yoqtirgan rasm asosida matn tuzing.