Первый слайд презентации: Matn va uning turlari tahlili
Tuzuvchi : Hamroyev Umid Mustafoyevich Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi 9-sinf
Слайд 2: Matn deb nimaga aytiladi ?
Matn turli maqsadlar bilan tuziladi. Masalan : muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar berish, hikoya qilish, ularning ta’rif-tavsifini berish, ya’ni tasvirlash, ularni muhokama qilish, ya’ni mulohaza yuritish.
Слайд 4: MATN QUYIDAGICHA TAHLIL QILINADI:
Matnga sarlavha qo’yish ; Matndagi asosiy g’oya (lar) ni aniqlash ; Matnga sarlavha qo’yish ; Matn turini aniqlash ; Ijodkor mahoratini belgilash ; Matn tili : yaratuvchining so’z qo’llash mahorati
Слайд 5
G‘afur akaning o‘zi o‘sha buyuk ustozlar izidan borishga intilardi. Shuning uchun ham u tariximizni mukammal bilar, rasmlar chizar edi. U raqs tushganda, zo‘r raqqosalar ham davradan chiqib, tomosha qilardi. Qo‘liga taqsimcha olib, xalq termalarini aytganda, hamma jimib qolardi. Dutor chertganda, tinglovchilar bosh egib tebranishardi. G‘afur aka Yusuf qiziqlar bilan teng kelib askiya aytishardi. Latifa aytishda unga hech kim teng kelolmasdi. Xalq dostonlarini baxshidek ohangi, ifodasi bilan boshdan-oyoq ayta olardi. ( Said Ahmad) Hikoya matni
Слайд 6
Sarlavha : G’afur G’ulom, Mohir san’atkor. G’oya : G’afur G’ulomning har tomonlama yetuk san’atkor ekanligini ko’rsatish. Matn turi : Hikoya matni Ijodkor mahorati : ijodkorning xulqi, uning xatti-harakatlaridagi o’ziga xosliklarni tasvirlash Matn tili : raqs tushganda, xalq termalarini, Dutor chertganda, tinglovchilar, askiya, latifa
Слайд 7
Bizning yangi hovlimiz Abdulla Qahhor ko‘chasida joylashgan. Hovliga chiroyli eshik orqali kiriladi. Eshik yonida mashina kirishi uchun katta darvoza ham bor. Hovliga kirishingiz bilan besh xonali uyga ko‘zingiz tushadi. Uyning tomi to‘q qizil rangga bo‘yalgan. Oppoq rangdagi derazalarning yaltirashi ko‘zingizni oladi. Uyning yerto‘lasi ham bo‘lib, u yerda sabzavot va boshqa mahsulotlar saqlanadi. Xonalarning birida ukam ikkalamiz yashaymiz. Bizning xonamizga guldor gilam to‘shalgan. Ikkita karavot qo‘yilgan. Karavotlarda chiroyli ko‘rpa va yostiqlar bor. Hovlidagi gulzor va mevali daraxtlar ko‘zingizni quvnatadi. Daraxtlar tagiga qo‘yilgan kattagina so‘rida yoz oylarida miriqib dam olish mumkin. ( « O‘zbek tilini o‘rganamiz » kitobidan ) Tasviriy matn
Слайд 8
Sarlavha : Yangi hovli, Bizning uy Jannatmakon xonadon G’oya : hovlining naqadar ko’rkamligi, undagi har bir detallaning chiroyliligini ta’riflash. Matn turi : tasviriy matn Ijodkor mahorati : hovlidagi har bir narsaning o’z o’rni va ahamiyati ta’riflangan. Matn tili:chiroyli eshik, besh xonali uy, Oppoq rangdagi derazalarning yaltirashi, guldor gilam, chiroyli ko‘rpa va yostiqlar, gulzor va mevali daraxtlar
Слайд 9: Muhokama matni
Navro‘z o‘zbek xalqining shunday bir qadriyatiki, u millatning borligini, ulug‘ligini namoyon etadi. Navro‘z, hech bir shubhasiz, xalqimiz bilan birga yashab, birga ulg‘ayib, taraqqiy topgan bayramdir. Xalq tarixi va madaniyatining ajralmas qismi bo‘lgan Navro‘z qanchalik ko‘hna ildizlarga ega bo‘lsa, ayni paytda shunchalik har yili biz bilan yonma -yon yangilanib, qayta quvvatga kiradi. Ushbu bayramga munosabat xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagiga munosabatning ramzi sifatida ham namoyon bo‘ladi ( Sh. Turdimov. « Hikmatlar xazinasi » kitobidan )
Последний слайд презентации: Matn va uning turlari tahlili: Uyga vazifa : matn turini aniqlab, yuqoridagidek tahlil qiling
Quyosh chiqib turgan bo‘lsa ham, nuri ojiz edi. Yelkamizni isitmas, lekin yoqimli edi. O‘rmon ichidan ketgan yo‘ldan boryapmiz. Bu – aralash o‘rmon, ya’ni turli-tuman mevalimevasiz daraxtlari ko‘p bo‘lgan o‘rmon. Archa ham serob. Qarang, haqiqatan ham, kuz tushib qolgan. O‘riklarning yaprog‘I qizil, qontalash. Xuddi birov ular shoxiga bir chelak qizil bo‘yoqni sepib tashlaganday. Pastga egilgan yaproqlari sariq ipakday mayin. (Sh. Xolmirzayev )