Первый слайд презентации: Sovet hukmronligi davrida uzbekiston markazga ijtimoiy siyosiy iqtisodiy qaramligi va uning oqibatlari
Слайд 2
XX asrning 20-30 yillari davrini ko’zdan kechirar ekanmiz, bunda barcha ijtimoiy hayot jarayonlari qatori madaniy-ma’naviy soha ham o’ziga xos murakkablik, qiyinchiliq bilan kechganligiga amin bo’lamiz. Sovetlar hokimiyati va uning hukmron partiyasi butun mamlakatda sotsializm tuzumini barpo etishni o’z oldilariga asosiy maqsad qilib qo’yar ekanlar, bunda madaniy sohaning roli alohidaligini, uningsiz ko’p narsaga erishib bo’lmasligini yahshi tushunardilar. Shu boisdan sovet hokimiyatining dastlabki yillaridan boshlaboq madaniy qurilish jarayonini o’z ta’minoti va g’oyalari asosida rivojlantirishga kirishgan edilar.
Слайд 3
20-yillar boshlariga kelib O’zbekiston hududida madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet ta’lim tizimini shakllantirish ishlari faol boshlab yuborildi. Sovetlar O’zbekistonda yangi ta’lim tizimini yaratishga yo’l tutar ekan, bundan ko’zlagan asosiy maqsadlari o’lkada xalq ta’limi bo’g’inlarini ravnaq toptirish, yalpisiga Xalq savodhonligiga erishish, ilm-ma’rifat chashmalaridan hammasini to’la bahramand etish emas, balki eng avvalo yurt farzandlari ongiga, shuuriga kommunistik g’oyalar va ideallarni chuqur singdirish va shu yo’l bilan o’zlariga quloq qoqmay xizmat qiladigan « mo’min-qobil » avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish edi.
Слайд 4
Sho’rolarning « madaniy inqilob » tadbiri jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyati, san’at maorif, oliy ta’lim sohalarini o’z izmiga solgan edi. Ta’lim-tarbiyaning o’choqlari bo’lgan milliy maktablarga ham bu siyosat o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq an’anaviy ta’lim tizimini yo’q qilish avj oldirildi. Davlat « proletariat diktaturasi»ning mavjud barcha kuchlaridan foydalanib, sovet siyosiy rahbariyati qisqa muddat ichida Turkistonda chor imperiyasi o’rnatgan ta’lim tizimini tag-tomiri bilan yo’q qilishga erishdi. Bir vaqtning o’zida an’anaviy maktablarga nisbatan ma’muriy-repressiv hamda iqtisodiy choralar ko’rildi
Слайд 5
. An’anaviy maktab va madrasa hamda jadid maktablarini yo’q qilish bilan birga sovet organlari mahalliy aholi farzandlari maktablariga ham jiddiy e’tibor berishmagan bo’lsada, sovet o’quv maskanlarini o’qituvchi kadrlar hamda kerakli mablag ’ bilan ta’minlash imkoniyatlarini topa olishgan. Chunonchi, sho’ro ta’lim tizimiga mos o’qituvchi kadrlarning miqdoriy o’sishini ta’minlash keng yo’lga qo’yilib, 1917 yilning o’zidayoq Toshkent, Andijon, Samarqand, Qo’qonda dastlabki o’qituvchilar tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar tashkil etilgan edi. 1920 yillarning boshlariga kelib, shunday kurslar orqali 3 ming mahalliy millat va 802 ta yevropalik o’qituvchi tayyorlandi.
Слайд 6
Ana shunday sharoitda mahalliy ziyolilarimiz zamonaviy milliy universitet yaratish ishiga bel bog’ladilar va Munavvar Qori Abdurashidhonov boshchiligida Musulmon Xalq Universitetini tashkil etish guruhi saylandi. 1918 yilning 9 aprelida Munavvar Qori Abdurashidhonovning hovlisida Musulmon Xalq Dorilfununining 9 kishidan iborat tashkiliy hay’ati ta’sis etildi. Musulmon Xalq Dorilfununi 1918 yilning 12 mayida Toshkent shahrining Eski shaharida tantanali ravishda ochildi.
Слайд 7
Uning 13ta maktabi 14-maydan ochila boshladi, eng oxirgisi 17 iyunda tarkib topdi. Ulardan 4 tasi ayollar maktabi edi. 1918 yilning 31 mayida esa Musulmon Xalq Dorilfununining oliy ta’lim bosqichi – Musulmon Dorilmuallimi tashkil etiladi. Lekin sho’rolar siyosiy va ijtimoiy muhitning murakkabligi va Rossiyadagi siyosiy voqealarni ro’kach qilib, 5 yillik o’qishga mo’ljallangan dorilmuallimini faqat 4 oylik musulmon o’qituvchilari kurslari bilan chegaralab qo’ydilar.
Слайд 8
Mazkur o’quv dargohida mashg’ulotlar 1918 yilning 1-iyunida quyidagi o’qituvchilar tarkibi bilan boshlandi, Abdurauf Fitrat, Ibrohim Ismoil, Burhon Habib, Munavvar Qori Abdurashidhonov, Abdulla Rahimboyev, Abdurahmon Ismoilzoda, Haydar Shavkat, Anna Poroykova, Vladimir Sergeyev. Institut mudiri qilib Ibrohim Ismoilov va kotib Abdulla Rahimboyev tayinlandi. Musulmon dorilmuallimini Turkiston Xalq Universiteti mablag bilan ta’minlangani sababli, moddiy tomondan tamoman unga buysungan edi.
Слайд 9
Tez orada Turkiston Xalq Universiteti Boshqarmasi dorilmualliminda 1918 yil 15 avgustdan 1-sentyabrgacha o’qish to’xtatilishi haqida qaror qabul qiladi va shu yilning kuzida dorilmuallimin ikkinchi darajali tashkilot qatorida yopib qo’yiladi. O’lkada milliy ziyolilarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan musulmon Xalq Dorilfununi faoliyati sho’rolar davri adabiyotida mutlaqo yoritilmagan, u yerda dars bergan 300 ga yaqin o’qituvchilarning nomlari hozirgi kunga kelib aniqlandi.
Последний слайд презентации: Sovet hukmronligi davrida uzbekiston markazga ijtimoiy siyosiy iqtisodiy
Shuni ta’kidlash joizki, 1918 yilning 21 aprelida rus ziyolilari tomonidan Turkiston Xalq Universiteti ochilgan edi. Uning birinchi rektori V.Popov edi. Musulmon Xalq Dorilfununi faoliyati sho’ro hukumati tomonidan to’xtatib qo’yilgandan so’ng faqat rus tilini bilgan mahalliy millat vakillari mana shu dargohda oliy tahsilga ega bo’lishlari mumkin edi. 1926 yilning sentyabr oyida O’rta O’siyo partiya komitetlarining xotin qizlar bo’limlari xodimlari ishtirokida kengash o’tkazildi va u yerda xotin-qizlar orasida olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish va uni majburiy ravishda o’tkazishga qaror qilindi.