Первый слайд презентации: Ma’ruza-1
Kompyuter tarmoqlari va Internet. Kompyuter tarmoqlarining evolyutsiyasi. Internet tushunchasi. Tarmoq xizmatlari. Protokol tushunchasi. Ko‘p sathli tarmoq arxitekturasi. Kirish tarmoqlari. Tarmoq qurilmalari. Ma’lumotlarni uzatishning fizik muhiti.
Слайд 2: Reja :
« Kompyuter tarmoqlari » fanining pridmet va vazifalari. Kompyuter tarmoqlari va Internet. Kompyuter tarmoqlarining evolyutsiyasi. Internet tushunchasi. Tarmoq xizmatlari. Protokol tushunchasi. Ko‘p sathli tarmoq arxitekturasi. Kirish tarmoqlari. Tarmoq qurilmalari. Ma’lumotlarni uzatishning fizik muhiti.
Fanni o’qitishdan maqsad – kompyuter tarmoqlari qanday tuzilganliklari, qanday ishlashi va ishlatilishi, xamda kompyuter tarmoqlarida ishlash jarayonida yuz beradigan nosozliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishdir. Fanning vazifasi - zamonaviy kompyuter tarmoqlarining funksional va strukturaviy tuzilishlari, kompyuter tarmoqlarining qurilish asoslari, zamonaviy tarmoq texnologiyalari va ularning ko’rsatgichlari haqidagi bilimlarni berishdan iborat.
Xozirda kompyuterlarni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmogi hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko’rish mumkin. Uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.
Слайд 6: 3. Tarmoqlar tasnifi
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan xududiy ta’minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintakaviy va lokal ( maxalliy ) tarmoqlar farqlanadi. Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi aloqa tarmog’i xisoblanadi.
Слайд 7
Mintakaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi. Lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi.
Слайд 10: LAN ( Lokal tarmoqlar )
LAN tarmog’ining afzalliklari : uydagi yoki ofisdagi foydalanuvchilar orasida printerlarni birgalikdagi foydalanish imkoniyatini beradi ; LAN tarmog‘i foydalanuvchiga о‘ zidagi ixtiyoriy tarmoqda ishlash uchun imkoniyatni taqdim etadi ; barcha ma’lumotlarni tarmoqdagi yagona katalogda saqlash va undan foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalanish imkonini yaratish.
Слайд 11
LAN tarmog’ining kamchiliklari : fayllarni taqsimlangan holda foydalanish imkoniyatini taqdim etgani bois, u foydalanishni nazoratlash uchun alohida xavfsizlik choralarini k о‘ rishni talab etadi ; fayl serverdagi kichik nosozlik, server mashinasiga ulangan barcha foydalanuvchilar ishiga salbiy ta’sir qiladi.
Слайд 13: Internetning tarixi
Intern е́ t ( ingl. Internet) — axborotni saqlash va uzatish uchun mo’ljallangan Butunjaxon umumlashtirilgan kompyuter to’ridir. Ko’pincha Umumjaxon to’ri yoki Global to’r deb nomlanadi. Uning asosida Butunjaxon o’rgimchak to’ri (World Wide Web, WWW) va boshqa aloqa sistemalari faoliyat yuritadi. 2012 yilning 30 iyuniga kelib Er shari aholisining Internetdan foydalanuvchilari soni 2,4 mlrd. dan oshib ketdi.
Слайд 14
1957 yilda Sovet Ittifoqi tomonidan Erning birinchi sun’iy yo’ldoshi fazoga chiqarilganidan so’ng AQSh mudofaa Vazirligi axborot uzatishning ishonchli sistemasiga muhtojligini sezdi. Mudofaa yo’nalishida ilmiy-tekshirish istiqbolli ishlanmalar ustida ish olib boruvchi agentligiga (DARPA) AQSh xukumati tomonidan kompyuterlar tarmog’ini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Shuningdek bunday vazifa Kaliforniya universitetiga (Los- Andjeles ), Stenford ilmiy tekshirish markaziga, Yuta Universitetiga, Kaliforniya shtatidagi Universitetga (Santa-Barbara) yuklatildi. Kompyuter to’ri ARPANET ( ingl. Advanced Research Projects Agency Network) deb nomlandi va 1969 yilda mazkur tarmoq orqali dastur doirasiga kiruvchi yuqorida sanab o’tilgan 4 ta ilmiy maskan birlashtirildi.
Слайд 16
Barcha ishlar AQSh Mudofaa Vazirligi tomonidan moliyalashtirildi. Keyinchalik ARPANET tarmog’i rivojlanib kengayib bordi. Bora-bora undan fanning turli sohalarida faoliyat yurituvchi olimlar foydalanishni boshladilar. Birinchi server ARPANET 1969 yilning 2 sentyabrida Kaliforniya universitetida (Los- Andjeles ) o’rnatildi. 1969 yilning 29 oktyabrida soat 21:00 ARPANET tarmog’ining ikki bo’g’ini - bir biridan 640 km masofada joylashgan Los- Andjeledagi Kaliforniya universiteti (UCLA) va Stenford ilmiy tekshirish instituti (SRI) o’rtasida aloqa seansi o’tkazildi. Charli Klayn (Charley Kline) Los- Andjelesdan turib uzoq masofadagi, ya’ni Stenforddagi kompyuterga ulanmoqchi bo’ldi. Uning xamkasbi Bill Dyuvall (Bill Duvall) Stenforddan telefon orqali har bir kiritilgan belgini tasdiqlab bordi.
Слайд 18: 5. Tarmoq xizmatlari
1971 yilga kelib elektron pochta jo’natishga mo’ljallangan birinchi dastur ishlab chiqildi. Bu dastur tez orada mashhur bo’lib ketdi. 1973 yilda aloqa tarmog’iga transatlantika telefon kabeli orqali Velikobritaniya va Norvegiya tashkilotlari ham qo’shildi va u xalqaro tarmoq maqomini oldi. 1970-yillarda tarmoq orqali asosan elektron pochta jo’natilar edi. Turli texnik tuzilishga ega bo’lgan boshqa tarmoqlar bilan aloqa o’rnatishning imkoniyati yo’q edi. 1970 yillarning ohiriga kelib axborot uzatishning yangi protokollari rivojlana boshladi. Bu masalada Djon Postelning xizmati katta bo’ldi.