Первый слайд презентации
Mavzu : Statik aniq tekis fermalar Reja : Fermalar to‘g‘risida tushunchalar Fermalarning turlari Fermalarni hisoblash usullari
Слайд 2
Bikr tugunlari sharnirlar bilan almashtirilishidan hosil qilingan geometrik o‘zgarmas sterjenli sistemalarga fermalar deb ataladi. Amalda, fermalarni sterjenlari o‘zaro bikr biriktirilgan bo‘ladi (1-rasm, a). Masalan, metal ferma sterjenlari o‘zaro payvandlangan yoki boltlar yordamida biriktirilgan, temir-beton fermalar butunligicha tayyorlangan bo‘ladi. Yog‘och ferma sterjenlari o‘zaro elimlangan yoki boltlar orqali biriktiriladi. Lekin, fermalarni hisoblashda bikr tugunlar ideal sharnirlar bilan almashtiriladi (1-rasm, b). Ferma sterjenlari to‘g‘ri chiziqli, tashqi yuklar tugunlarga qo‘yilgan deb qaraladi. Bu holda ferma sterjenlari faqat cho‘zilish yoki siqilishga ishlaydi. Ma’lumki, sterjenlar sharnirlar yordamida o‘zaro biriktirilgan bo‘lib, unga ko‘ngdalang kuchlar ta’sir bo‘lmasa, bunday sterjenlarda eguvchi moment nolga teng bo‘ladi. Biroq amalda, ferma elementlarida eguvchi moment hosil bo‘ladi. Bu moment miqdori bo‘ylama kuchlarga nisbatan juda kichik bo‘lgani uchun hisobga olinmaydi. Shuning uchun ham fermaning bikr tugunlari sharnirlar yordamida almashtiriladi.
Слайд 3
Sterjenlarning uchlarini tutashtiruvchi sharnir tugun deb ataladi. Ferma konturining yuqorigi qismini tashkil etuvchi sterjenlar birikmasi yuqori belbog ‘, uning pastki elementlari birikmasi esa pastki belbog ‘ deyiladi. Yuqori va pastki belbog‘larni tutashtiruvchi vertikal va og‘ma elementlar fermaning panjarasini hosil qiladi. Panjaraning vertikal elementlari ustun va og‘ma joylashgan elementlari hovon lar deyiladi. Fermaning ikki tuguni orasi panel deyiladi. Panel oraligi d bilan belgilanadi. Fermaning tayanchlari orasidagi masofa oraliq yoki prolet deb ataladi va bilan belgilanadi. Ferma geometrik o‘zgarmas bo‘lishi uchun, sterjenlari bilan tugunlari orasidagi bog‘lanishni aniqlaymiz. Inshootlarning kinematik tahlilida keltirilgan ta’rifga asosan, sistema geometrik o‘zgarmas, statik aniq bo‘lishi uchun uning erkinlik darajasi nolga teng bo‘lishi kerak, ya’ni 1-rasm.
Слайд 4
Fermalar quyidagi belgilariga qarab turlarga bo‘linadi : 1. Fermalar tashqi konturining ko‘rinishiga qarab uchburchak shaklli (2- rasm, a), parallel belbog‘li (2-rasm, b) va poligonal shaklli (2-rasm, v) bo‘lishi mumkin. 2-rasm.
Слайд 5
2. Fermalar panjaralarining tuzilishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi : uchburchak panjarali (3-rasm, a); oddiy hovon panjarali (3-rasm, a, b, v); yarim hovon panjarali (3-rasm, b); ikki hovon panjarali (3-rasm, v) va ko‘p panjarali (3-rasm, g) fermalar. 3-rasm.
Слайд 6
3. Ferma tayanchlarining joylashishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi : balkasimon fermalar (2-rasm); konsolli balkasimon fermalar (4-rasm,a); konsol fermalar (4-rasm, v) va arkasimon fermalar (5-rasm). 4-rasm. 5-rasm.
Слайд 7
4. Fermalar foydalanilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi : tomlarni yopishda ishlatiladigan stropila fermalari (6-rasm, a); ko‘prik fermalari (2 va 3-rasmlar); kran fermalar va minorasimon fermalar (6-rasm b va v). 6-rasm.
Последний слайд презентации: Mavzu : Statik aniq tekis fermalar Reja : Fermalar to‘g‘risida
Fermalarni tashqi yuklar ta’siriga hisoblash deganda, uning sterjenlaridagi zo‘riqishlarni aniqlash tushuniladi. Buning uchun, avvalo, ferma tayanch reaksiyalari muvozanat tenglamalari yordamida aniqlanadi. So‘ngra, ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlar hisoblanadi. Ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlar asosan quyidagi usullar yordamida aniqlanadi : 1. Tugun qirqish usuli. 2. To‘liq kesim usuli. 3. Qo‘shma kesim usuli. 4. Sterjenlarni almashtirish usuli. 5. Yopiq kontur usuli. 6. Grafik usul. Ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlarni aniqlashni xar bir usulini alohida-alohida misollarda ko‘rib chiqamiz.