Первый слайд презентации: Ong haqida tushuncha va uning xossalari
Слайд 2: REJA :
Ong haqida tushuncha. Ongning xossalari. Inson ongining xususiyatlari.
Слайд 3: Ong haqida tushuncha
Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni diniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi.
Слайд 4: Ong haqida tushuncha
Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi. Ongning mohiyatini izohlashda 2- yoʻnalish — bu ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda materialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi.
Слайд 5: Ong haqida tushuncha
Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo ongni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi. Aslida ong tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir.
Слайд 6: Ong haqida tushuncha
Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, ong ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻz-oʻzini anglash, xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir. Hozirgi zamon fani ong materiyaninguzoq davom etgan evolyusiyasining natijasi ekanligini tan oladi. Materiya, tabiat hamma vaqt mavjud boʻlib kelgan, inson esa moddiy dunyoning nisbatan soʻnggi taraqqiyotining mahsulidir.
Слайд 7: Ong haqida tushuncha
Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo boʻlishi uchun bir necha million yillar kerak boʻlgan. Ong tabiat taraqqiyoti mahsuli, materiyaning xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan materiyaning, yaʼni inson miyasining mahsulidir. Lekin ongning boʻlishi uchun miyaning oʻzigina bulishi yetarli emas. Ong insonni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bogʻlangan va shu muhitning taʼsirida faoliyat koʻrsata oladi.
Слайд 8: Ong haqida tushuncha
Hozirgi zamonda murakkab ijodiy jarayonlarni ham amalga oshiruvchi elektron mashinalar yaratilgan, lekin ular ongning oʻrnini bosa olmaydi, chunki ong oʻta murakkab obʼyektiv mavjudlikdir.
Слайд 9: Ongning xossalari
Ongning birinchi xossasi, bu - ong anglash demakdir. Inson ongi tevarak - atrofdagi taqiolamga doir bilimlar yig`indisidan iboratdir. Anglash taqi olamdagi narsalarni tushunish. Ong tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob`ekt bilan sub`ekt o`rtasidagi aniq farq o`z ifodasini topadi, ya`ni odam “men” degan tushunchani “men emas”tushunchadan farqini ajratadi.
Слайд 10: Ongning xossalari
Odam o`zini bilish qobiliyatiga ega bo`lgan, ya`ni psixik faoliyatini, o`z - o`zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir. Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko`zlash faoliyati ta`minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ong vazifasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab ko`riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi,harakatlarni bajarish yo`llari hisobga olinadi.
Слайд 11: Ongning xossalari
Ongning to`rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his - tuyg`ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig`indisidir. Ongni yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi - tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik bu shunday psixik jarayonlar va holatlar yig`indisiki, unda inson o`z xatti - harakatlariga javob bermaydi,anglamaydi. Bo`nga tush ko`rish, ba`zi patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi.
Слайд 12: Ongning xossalari
Xayolan tasavvur qilish va voqelikni tasvirlash – ongning ikkinchi muhim psixologik xossasi. U, ong kabi yaxlitligicha, iroda bilan uzviy bog’langan. Inson ongining to’rtinchi xossasi – bu uning kommunikatsiyaga, ya’ni, ma’lum odamning o’zi bilgan ma’lumotlarni til va boshqa belgi tizimlari yordamida boshqalarga yetkaza olish layoqati.
Слайд 13: Inson ongining xususiyatlari
Inson ongi quyidagi muhim va ahamiyatli bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarga ega : 1. Inson o’z hulq-atvoriga tegishli bo’lgan irsiy va tajribada orttirilgan shakllari bilan bir qatorda, so’z orqali yetkaziladigan, insoniyat tajribasi ko’rinishidagi atrof-olamda o’z yo’nalishini belgilab olishning yangi vositasi – bilimlarga ega. 2. Inson ongi voqelikning ahamiyatli tomonlarini, qonuniyatga ega bo’lgan aloqalarini aks ettiradi. Ong – bu insonning olamga uning ob’ektiv qonuniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo’lgan holdagi munosabati. Bu munosabat hayotiy muammolarni sinov va xatolar metodi yordamida emas, balki, atrofdagi muhitning turli tomonlari o’rtasida aniq, qonuniyatli aloqalarni o’rnatish asosida hal etish imkonini beradi.
Слайд 14: Inson ongining xususiyatlari
3. Ong faoliyat maqsadining anglanganligi, kelajakda sodir bo’ladigan hodisalarni tushunchalar orqali modellashtirish, umuminsoniy tushunchalar, bilimlar tizimida harakatlarining natijalarini oldindan sezish kabi xususiyatlarga ega. Inson oldindan ko’ra oladi,o’z harakatlaridan kutilayotgan natijalarni rejalashtiradi, ularga erishishning muvofiq usul va vositalarini tanlaydi.
Слайд 15: Inson ongining xususiyatlari
4. Shaxs ongi ijtimoiy ong bilan belgilanadi. ijtimoiy ongning to’rt xil shakli mavjud : fan – ilmiy bilimlar, tasavvurlar, kontseptsiyalar va dunyoqarashlar yo’nalishlari tizimi ; ijtimoiy ongning jamiyat qonunlari sohasi – ma’lum jamiyatning ahloqiy, g’oyaviy, siyosiy va huquqiy qadriyatlar va qoidalar tizimi ; san’at – voqelikni tasviriy vositalar orqali ma’naviy-amaliy o’zlashtirishning maxsus turi, inson turmush tarzining turli tomonlarini tasviriy modellashtirish ; din, e’tiqod – o’zida yuksak sifatlarni mujassamlashtirgan g’ayritabiiy kuchlarga ishonish, e’tiqodli odamlarning ruhiy tayanchi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari birgalikda g’oyaviylikni – insonlarning voqelikka va bir-birlariga bo’lgan munosabatni, jamiyat hayotiy faoliyatini boshqaruvchi tub negizli qadriyatlar, asosiy g’oyalar tizimini shakllantiradi.
Слайд 16: Inson ongining xususiyatlari
5. Ong o’zlikni anglash, shaxsiy refleks bilan bog’liq. Inson o’z atrofidagi olamni anglashda o’zini u bilan taqqoslaydi. O’zlikni anglash – bu insonning olamga nisbatan ahamiyatga molik hamda zarur, shuningdek, shaxsiy munosabatlar tizimi. Ong inson psixikasining xossasi sifatida bidominantlik – shaxs ichki kommunikatsiyasi, insonning o’zi bilan bo’lgan muloqoti mexanizmi orqali amalga oshiriladidi va bu shaxsning ichki dialogi ijtimoiy mezonlar bilan belgilanadi.
Последний слайд презентации: Ong haqida tushuncha va uning xossalari: Foydalanilgan adabiyotlar :
G`oziev.E. Psixologiya. T-2003 https:// fayllar.org /ong-haqida-tushuncha-va-uning-xossalari-reja-ong-haqida-umumiy.html?page=6 https:// uz.wikipedia.org /wiki/Ong Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi.T.Turon-iqbol. 2006