Первый слайд презентации
1 Andijon davlat unversiteti Pedagogika fakulteti BTSTI yo'nalishi 406 -guruh talabasi Abdugʻaniyeva Oydinnning Pedagogik mahorat fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI
Слайд 2
2 Mavzu : Oʻqituvchining nutq texnikasi va notiqlik madaniyati Nutq haqida tushuncha. Nutqning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni. O’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llari. Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diksiya, ritmika. Reja :
Слайд 3
Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan fikr bo‘lib ikki xil ko’rinishda namoyon bo‘ladi: 1. ICHKI NUTQ O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til elementlaridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulohaza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir. 2. T ASHQI NUTQ. ( оg’zаki ): mоnоlоg, diаlоg, yozmа : dоklаd, rеfеrаt, аnnоtаtsiya vа bоshqаlаr. 1. Nutq haqida tushuncha. Nutqning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni. 3
Слайд 4
Pеdаgоgik-psiхоlоgik аdаbiyotlаr tаhlili аsоsidа nutqning quyidаgi o’zigа хоsliklаrini аjrаtib ko’rsаtish mumkin: 1. Funktsiyalаri : mulоqоt, shахsgа tа’sir ko’rsаtish, tа’lim vа tаrbiya vоsitаsi. 2. Shаkllаri : tаshqi nutq (оg’zаki): mоnоlоg, diаlоg, yozmа : dоklаd, rеfеrаt, аnnоtаtsiya vа bоshqаlаr; ichki nuqt. 3. Nutq tехnikаsi : pеdаgоg оvоzining kаsbiy sifаti: tеmbr, intоnаtsiya, diksiya, tеmpоritm (bir minudа 120 tа so’z). 4. Nutqiy fаоliyat turlаri : o’qish, yozish, gаpirish. 5. Nutq uslublаri : ilmiy, rаsmiy, so’zlаshuv, bаdiiy, оmmаbоp. 6. Nutqqа qo’yilаdigаn tаlаblаr : tаlаffuzning аniqligi, ifоdаviylik, emоtsiоnаllik, diksiyaning tushunаrligi, tоvushlаrning аniq tаlаffuz qilinishi, оbrаzlilik, nutq mаdаniyati, so’zdаn fоydаlаnish qоidаlаrigа riоya qilish, tеmpоritmgа аmаl qilish. 7. Nutqni egаllаshdа yo’l qo’yilаdigаn kаmchiliklаr : mоnоtоnlik, tеmpоritmning оshib kеtishi, nоto’g’ri diksiya, so’zlаrni nоo’rin qo’llаsh, til qоidаlаrini buzish. 4
Слайд 5
5 Pedagogik faoliyatda o’qituvchi o’z nutqini tashkil etishda quyidagilarga jiddiy e’tibor qaratishi zarur: adabiy me’yorlariga ( sheva so’zlarining qo’llanilmasligi ) ( kadi – qovoq, pamildori – pomidor, kelutti – kelyapti, kartishka – kartoshka va hokazo tarzida) amal qilish; 2) talaffuz (o, a, u,o’, f, v, p, d, t, x, h, s, ts, j, sh) me’yorlariga (onor – anor, uxshash – o’xshash, palakat – falokat, Hamit – Hamid, xam – ham, sentner – tsentner, ijtimoiy – ishtimoiy kabi shakllar) rioya etish; 3) kelishik me’yorlariga (Sobirni ukasi – Sobirning ukasi, o’quvchini daftari – o’quvchining daftari, poezdga keldim – poezdda keldim va boshqalar ko’rinishida) amal qilish
Слайд 6
O’qituvchi ning ovozi o’zida quyidagi xususiyatlarni aks ettira olishi zarur: 1) jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); 2) keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo’lgan darajasi); 3) havodorlik (erkin so’zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo’lishi); 4 ) ixchamlik, harakatchanlik ; 5 ) chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo’lish); 6) moslashuvchanlik ( dinamika, tembr, ohandorlik ning turli sharoitga moslasha olishi ); 7 ) qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga tembr va tessituraning o’zgarib turishi ); 8) suggetsivlik ( ovozning xayajon ifodalash i va bu orqali, qanday so’z aytilayotganidan qat’iy nazar, tinglovchining xulqiga ta’sir qilish xususiyati) 6
Слайд 7
7 Monolog – o’qituvchining o’ziga yoki o’quvchilarga qaratilgan nutqi (ichki va tashqi monolog) Dialog – o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida tashkil etiladigan suhbat Polilog – o’qituvchi va bir nechta o’quvchi yoki o’quvchilar jamoasi o’rtasidagi suhbatni ifodalovchi nutq O’qituvchi nutqining asosiy shakllar O’qituvchi nutqining asosiy shakllar
Слайд 8
8 3. O’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llari Ongli ravishda ovozni mashq qildirish uzoq, muntazam va individual davom etadi. Ko‘p olimlar olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, past ovoz o‘quvchilar tomonidan yaxshi idrok etiladi. Past ovoz ularga yuqori ovozga nisbatan yoqadi. Yuqori ovoz o‘quvchilarni ham, o‘qituvchining o‘zini ham tez charchatib qo‘yadi. O‘qituvchi kasb kasalliklarining 40,2 foizini ovoz kasalliklari tashkil etadi. Ovoz kasalligining sabablari : a) yuqori ovozda gapirish ; b ) ovoz apparatlaridan to‘g`ri foydalanmaslik ; v) ovoz gigiyenasiga amal qilmaslik; g) ovoz apparatining tug`ma kamchiliklaridir. Turli xil ovoz kasalliklarining oldini olish maqsadida ishdan so‘ng pedagog 2-3 soat davomida kam va sekin gapirishi kerak. 3-4 soat dars berishdan so‘ng bir soat ovoz apparatlariga dam berish kerak.
Слайд 9
9 Nutq qobiliyatini o’stirish vositalari. Mаtn o’qish. Mаtnni bаlаnd оvоzdа o’qish. Bundа vаqti-vаqti bilаn fаrаz qilinаyotgаn аuditоriyagа nigоh tаshlаb turing. Bundа fаrаziy ko’z qаrаshlаr оrqаli erkin nutq hissigа erishishgа hаrаkаt qiling. S h u bilаn birgаlikdа mаtnning kеyingi so’zlаrini bir zumdа оldindаn o’qib хоtirаngizdа sаqlаsh vа kеyin tаlаffuz qilishgа o’rgаning. S h undа nutqingizdа uzilish bo’lmаydi.
Слайд 10
10 Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlaridan biri o‘qituvchining nutq malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, o‘z fikr va his-tuyg`ularini so‘zda aniq ifodalash malakalarini egallashdan iborat. O‘qituvchining nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, to‘g`ri nafas olishni ishlab chiqishi eng katta – eng asosiy qiymatdir. Og`zaki nutq mahoratini yuksaltirish, nafaqat hikoya va tushuntirish, balki urg`u berilgan so‘z ham pedagogik ta’sir usullaridan yaxshiroq foydalanishga imkon yaratadi. 2. Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diksiya, ritmika
Слайд 11
Nafas olish organizmga hayot bag`ishlovchi fiziologik funktsiyani bajaradi. Shu bilan birga u nutq energiya bazasi bo‘lib ham hisoblanadi. Nutq so‘zlayotganda nafas olish – fonatsion nafas olish deyiladi ( rengo-tovush ). Kundalik hayotdagi nutq asosan dialog shaklida bo‘ladi. Shuning uchun ham nafas olish ortiqcha qiyinchilik tug`dirmaydi. Dars davomida o‘qituvchi juda ko‘p gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma’ruza o‘qiydi. Nut q s o‘ zlashda q aysi mushaklarning ishtirok etishiga qarab nafas olish bir nechta turga bo‘linadi. 11
Слайд 12
12 Tovush –chiqarilayotgan havo hiqqildoqdan o‘tishi paytida ovoz pardalarining tebranishi natijasida vujudga keladi. Tovush o‘zining qo‘yidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: Tovush kuchi - tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog`liq. Chiqarilayotgan havo oqimining tovush tarqalishiga bo‘lgan bosimi qancha katta bo‘lsa, tovush ham shuncha kuchli bo‘ladi.
Слайд 13
13 Ovoz –tomoqdan (o‘pkadan) kelayotgan havoning ovoz paylari orqali o‘tishida hosil bo‘ladi va og`iz bo‘shlig`i yordamida kuchayadi. Ovoz maxsus mashq qilinib turilmasa, ba’zan yo‘qolib ketadi. Ovoz apparati uch qismdan iborat: 1. Generator – ovoz generatsiyasi ovoz paylarida hosil bo‘ladi, bunda og`iz bo‘shlig`ining roli kam. Ovoz paylari shovqin va tonlarni farqlaydi. 2. Rezonator tizimi – bunda tomoq, halqum, burun bo‘shlig`i, og`iz bo‘shlig`i qatnashadi va ular ovozning kuchini (statikasini) va dinamikasini ta’minlaydi. 3. Energetika tizimi - o‘pkadan kelayotgan kuchli nafasning miqdori va tezligini ta’minlaydi.
Слайд 14
14 Diapazon – tovush hajmi bo‘lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohang bilan belgilanadi. Diapazon qisqarishi nutqning bir ohanli bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Bir ohangda gapirish axborotni idrok qilishni susaytiradi, uyquni keltiradi. Tembr – tovush rangdorligi, yorqinligi hamda uning yoqimliligi va alohidaligidir. Diksiy a – aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o‘qituvchi nutqining o‘quvchilar tomonidan to‘g`ri tushunilishini ta’minlaydi. Ritm – bu ayrim so‘z va bo‘g`inlarning aytilishi muddati va to‘xtash, nutq va ifodalarning navbat bilan o‘z o‘rnida ishlatilishini bildiradi. Ritm nutqning eng asosiy qismidir, chunki, nutq ohangi va to‘xtamlar ham tinglovchilarga beixtiyor o‘zgacha hissiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘zlayotganda obrazga kirish, ovozni kerakli joyda pastlatish, ohista gapirish o‘qituvchi mahoratiga bog`liq.
Слайд 15
15 Demak, nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi, adabiy talaffuz qoidalariga bo‘ysunishi, boshlanishidan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim. Ana shunday nutq asosida o‘rganilayotgan bilim o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shunday nutq madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun o‘qituvchilardan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, filologik bilim va muttasil nutqiy mashq qilish talab qilinadi.
Слайд 16
16 Notiqlik- bu nutqning og‘zaki shaklidir. Notiqlik san‘ati - og‘zaki nutq san‘atidir. Nutq madaniyatining mazmun-mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tsam, avvalo, Madaniyat so‘ziga e‘tibor qaratmaqchiman. Madaniyat muayya n davrda insonlarning mehnati orqali ilmiy, badiiy, va boshqa faoliyati tufayli qolibga kiritilgan jamiyat taraqqiyotining darajasini ifodalovchi, avloddan - avlodga o‘tuvchi moddiy va ma‘naviy boyliklar hamda yutuqlardir. Nutq madaniyati - bu jamiyatning barcha qatlamlari uchun umumiylikka asoslangan , ma‘lum bir qolibga ega so‘zlashuv madaniyati tushiniladi. Demak, insonlar tomonidan yaratilgan va ma‘lum millatga tegishli bo‘lgan so‘zlashuvning barcha uchun tushunarli qilib madaniylashtirilgan shakli nutq madaniyati deyiladi. Endi Notiqlik va nutq madaniyatining bir-biri bilan farqi va bog‘liq jihatlari haqida to‘xtalib o‘tsam. Nutq madaniyati va notiqlik san‘ati o‘rtasidagi farqni E. Begmatov quyidagicha talqin etgan edi : " Nutq madaniyati, chinakam ma‘noda adabiy til bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir. Uning paydo bo‘lishi lisoniy asosi, talab va mezonlari adabiy til va uning mezonlari bilan bog‘liqdir ". Notiqlik san‘ati uchun bular asosiy belgi emas. Notiqlik san‘ati faqat og‘zaki nutq san‘atiga xosdir. Nutq madaniyati esa nutqning ham og‘zaki, ham yozma shakli uchun taalluqli tushunchadir. Nutq madaniyati jamiyat a‘zolarining umumiy nutqiy faoliyatini ko‘zda tutadi. Nutq madaniyati sohasining maqsad va pirovard orzusi butun, xalqning nutqini madaniylashtirishni mo‘ljallaydi. Notiqlik san‘atida esa tinglovchilarni ma‘lum maqsadga jalb etish asosiy o‘rin tutadi. Shu o‘rinda V. Qudryatsevning izohiga to‘xtalib o‘tsam : " Har qanday og‘zaki nutq notiqlik nutqiga bog‘liq, u nimanidir tushuntirish va isbotlashgina emas, balki tinglovchilar tushunchasiga ta‘sir etishni ham maqsad qilib oladi." San‘atkor notiq nutqi, asosan ko‘pchilik tinglovchilarga, keng auditoriyaga mo‘ljallangan bo‘ladi. Notiqni birdan ortiq shaxslar tinglaydi. Nutq nadaniyati mana shunday tinglovchilardan tashqari kishilar orasida odatiy suhbatlarni, yakka kishiga qaratilgan nutqlarni ham o‘z ichiga qamraydi. Ammo har bir shaxs ham san‘atkor bo‘lmasligi mumkin. Ammo, adabiy tildan foydalanuvchi har bir notiq nutq madaniyatidan boxabar bo‘lishi shart.
Слайд 17
17 Blits-so’rov savollari 1. Pedagogik texnika haqida qanday tushuncha ga egasiz ? 2. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlar iga izoh bering 3. O’qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo’llari haqida nimalarni bilasiz
Слайд 18
18 Omonov X., Xo‘jayev N., Madyarova S.A., Eshchonov E. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat Darslik T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009.yil Ro'ziyeva D.I., Tolipov O'.Q Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik T.INNOVASIYA-ZIYO, 2019 yil Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat Darslik T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.yil Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati / Talabalar uchun darslik. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy ko’tubxonasi nashriyoti, 2007.yil Qudratov.T. Nutq madaniyati asoslari. T: O’qituvchi, 1993 yil Xodjaev B.X. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent, “Sano- standart ” nashriyoti, 2017 yil Darslik Adabiyotlar: Elektron ta`lim resurslari http://www.edunet.uz ; http://www.ziyonet.uz ; http://www.istedod.uz