MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT — презентация
logo
MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT
  • MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT.
  • MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT
  • „Elektron hukumat“ tushunchasi
  • MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT
  • MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT
  • MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT
  • MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT
  • MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT
  • MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT
  • MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT
1/10

Первый слайд презентации: MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT

Изображение слайда

Слайд 2

Elektron hukumat  — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va ta`minlanib turadigan hukumat.  Kommunikatsiya  tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni  elektron  vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha bo`g`inlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar ko`rsatish, o`sha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. Elektron Hukumat

Изображение слайда

Слайд 3: Elektron hukumat“ tushunchasi

„Elektron hukumat“ tushunchasi  1990-yillarning  boshida paydo bo`lgan, lekin amaliyotga so`nggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda  AQSh  va  Angliya, hamda  Italiya,  Norvegiya,  Singapur,  Avstraliya  va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shug`ullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).O`zbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan.

Изображение слайда

Слайд 4

Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga ko`ra, u ikki o`zaro bog`langan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi o`zaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan o`zaro ishlashini ta`minlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.

Изображение слайда

Слайд 5

Elektron hukumat (ingl. e-Government) – bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati boshqa tarmoqlari va davlat amaldorlariga axborot taqdim etish hamda avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘lib, bunda davlat va fuqaro o‘rtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilgan bo‘ladi va axborot texnologiyalaridan maksimal darajada foydalaniladi. Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida «Elektron hukumat» milliy tizimini faol tatbiq qilinmoqda. Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash orqali biznes-jarayonlarni samarali rivojlantirishni ta'minlabgina qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini internet orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi.

Изображение слайда

Слайд 6

Mamlakatimizda ham bir necha yillardan buyon, maqsadli ravishda interaktiv davlat xizmatlarini aholi va yuridik shaxslarga davlat organlari veb-saytlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali orqali taqdim etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda. 2007 yildayoq, 49ta Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri (BIDXR) tasdiqlangandi. 2009 yilda u 94taga kengaytirilgan bo‘lib, hozirda esa BIDXR 195dan ziyod ko‘rinishni qamrab oladi. O‘zbekiston matbuot markazida “Elektron hukumat tizimi va interaktiv davlat xizmatlarining rivojlanishi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Изображение слайда

Слайд 7

O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Shermatov OAV vakillariga Elektron hukumat tushunchasi, uning mazmun mohiyati, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma'lumot berdi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda Korea Respublikasi ekspertlari bilan hamkorlikda ish olib borilayotganiga to‘xtaldi.

Изображение слайда

Слайд 8

Qo‘mitaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Umarov mavzu bo‘yicha batafsil ma'ruza qildi. Ma'ruzachi Elektron hukumat tizimining ustuvor vazifalari haqida to‘xtalar ekan, davlat data-markazini, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali hamda davlat organlari axborot tizimi majmuasini tashkil etish kabi masalalar ustida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishicha, shu yilning 1 iyulidan interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali ishga tushiriladi.

Изображение слайда

Слайд 9

Mamlakatning 2012 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 2013 yil 18 yanvardagi Hukumat majlisida Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatda «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqish muhimligini qayd etib o‘tgandi.

Изображение слайда

Последний слайд презентации: MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT

Davlat organlari rahbarlari va mutaxassislaridan tuzilgan maxsus ishchi guruhi tomonidan mazkur yo‘nalishda dunyo yetakchisi bo‘lmish Korea Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlarning «elektron hukumat» borasidagi ilg‘or tajribalarini inobatga olinib, «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish bo‘yicha Konsepsiya va Kompleks dasturni, shuningdek, 2013-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda.

Изображение слайда

Похожие презентации