NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI — презентация
logo
NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
  • NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
  • O‘QUV SAVOLLARI
  • 1. “ Din ” tushunchasiga ta’rif.
  • NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
  • NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
  • NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
  • NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
  • NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
  • NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
  • 2. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi.
  • 3. Dinshunoslik fani sohalari.
  • 3. Dinshunoslik fani sohalari.
  • Teologiya (lotincha theo – xudo, logos – taʼlimot) – Xudo toʻgʻrisidagi fan, taʼlimot. Xudo, uning sifatlari, belgi va xususiyatlari toʻgʻrisidagi diniy
  • 4. Dinning jamiyatdagi funksiyalari.
  • NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
  • 5. Dinlarni tasniflash.
  • 5. Dinlarni tasniflash.
  • 6. Dinlarni tasniflash.
  • 7. Dinning ibtidoiy shakllari
  • 7.Dinning ibtidoiy shakllari
  • 7.Dinning ibtidoiy shakllari
  • 7.Dinning ibtidoiy shakllari
  • 7. Dinning ibtidoiy shakllari
  • Xulosa :
  • NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
1/25

Первый слайд презентации: NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

MAVZU : 1 /1 -MAVZU. “ DINSHUNOSLIK ” FANIGA KIRISH AKADEMIK OCHILOV

Изображение слайда

Слайд 2: O‘QUV SAVOLLARI

1. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 2.“ Din ” tushunchasiga ta’rif. 3. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi. 4. Dinshunoslik fani sohalari. 5. Dinning jamiyatdagi funksiyalari. 6. Dinlarni tasniflash. 7. Dinning ibtidoiy shakllari

Изображение слайда

Din arabcha s о ‘z ekani barchaga ma’lum. Lekin din tushunchasini t о ‘ liq anglab olish uchun, uning ham lug‘aviy, ham istilohiy ma’nolarini alohida-alohida olib tanishib, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Arab tilidagi manbalarda qayd etilishicha, din sо‘zi “dâna ” fe’lidan yasalgan bо‘lib, “kimgadir bо‘ysunmoq, b о ‘yin egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor b о ‘ lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq ”; “ diynun » s о ‘ zi esa, “din, imon, ajr - mukofot, qilingan ishga yarasha berilgan haq » kabi ma’nolarni bildiradi. О‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq e’tiqod, mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bо‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yо‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib о‘tiladi. “Din” sо‘zi va tushunchasi bilan bog‘liq yuzlab ta’riflarni diniy, tarixiy va adabiy manbalarda uchratish mumkin. Ayni paytda, turli soha vakillari ham dinga ta’rif berishgan. Ushbu ta’riflardan din juda murakkab tushuncha ekanini anglash mumkin. Shuning uchun bо‘lsa kerak, har bir olim yoki ziyoli о‘z qarashlari asosida unga ta’rif bergan va natijada, turfa xil ta’riflar yuzaga kelgan.

Изображение слайда

Слайд 4

1. “ Din ” tushunchasiga ta’rif. «Din, insonning muqaddas deb bilgan narsalariga nisbatan munosabatidir ». Rudolf Otto «Din, ruhiy borliqlarga nisbatan ishonchdir ». Edvard Teylor «Din, insonning abadiyatni anglashini ta’minlovchi, aql va mantiqqa tobe ’ bo‘lmagan zehniy malaka yoki iqtidordir » Maks Myuller «Din, malakalarimizni erkin holda qo‘llashni to‘suvchi ta’qiqlar majmuasidir » Salmon Reynax «Din, e’tiqodlar, xatti-harakatlar va ijtimoiy hayotning muayyan shartlariga ko‘ra tashkil etilgan muassasalar tizimidir » Vitold Taylok «Din, eng buyuk ijtimoiy qadriyatlar shuuridir » Edvard S. Amis «Din, muayyan jamoatning vujudga kelishini ta’minlovchi marosim va e’tiqodlar majmuidir ». Emil Dyurkgeym

Изображение слайда

Слайд 5

Islom  dini ta’limotiga kо‘ra, din Alloh  tomonidan о‘z payg‘ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilishi zarur bо‘lgan ilohiy qonunlardir.  Tabiat   va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga tо‘g‘ri, haqiqiy hayot yо‘lini kо‘rsatadigan va о‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan ta’limotdir. Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida din ham falsafa kabi voqelikni о‘rganishga qaratilganini ta’kidlagan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini payg‘ambarlar ramzlar shaklida  bayon  qilganlar. Abu Rayhon Beruniyning dinga nisbatan munosabatini о‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston” asarlarida bayon qilgan bо‘lib, uning fikricha, din ilm bо‘lib, bunday ilm voqelikdagi narsa va hodisalarni dalillash, isbotlash orqali о‘rganish mumkin bо‘lmagan joyda qо‘llaniladi. 1. “ Din ” tushunchasiga ta’rif.

Изображение слайда

Слайд 6

Xudo bilan insonlarni bog‘lab turuvchi kult yoki kultlar majmuasi. Yuqorida aytilganidek har bir dinda topinish obyekti – Xudo b о ‘ lishi lozim. Yaratuvchi bilan insonni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmui ( qurbonlik, r о ‘ za, bayramlar ) kult deb ataladi. Kultlar kundalik yoki mavsumiy, yakka tartibdagi yoki jamoaviy kabi k о ‘ rinishlarda b о ‘ lishi mumkin. Jumladan, islom dinida “ Namoz m о ‘ minning me’roji ” ( ya’ni Alloh taoloning xuzuriga k о ‘ tarilishi ) hisoblansa xristianlikdagi “ sirli marosimlar” da Muqaddas Ruhning о ‘ zi ishtirok etadi deb hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar vositasida e’tiqodchilar о ‘z ilohlari bilan bog‘lanadilar. Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga – transsendent va immanent ilohlarga bо‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bо‘lmagan, qusur va nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom dinidagi Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi Yaxvelarni keltirish mumkin. Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bо‘lagi sifatida tasavvur qilingan, insonlarga о‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik, buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bо‘lgan Xudolar kiradi.

Изображение слайда

Слайд 7

Dinni o‘rganishdagi ilk ma’lumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida kо‘rishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri “ tarix otasi » nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr ) о ‘ zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida ma’lumotlar keltirgan. Bu qiziqish О ‘ rta asr Yevropasida ham mavjud b о ‘ lgan. Lekin boshqa dinlar haqida fikr bildiruvchilar, xristianlarning e’tiborini jalb qilmaslik va ularni о ‘ sha dinlarga kirib ketmasliklari ta’minlash maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni yomonlash orqali ularga yondashishni ma’qul deb topganlar. 2. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi. Dinlar tarixi, ular bilan bog‘liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan о‘zaro ta’sirlashuvini о‘rganuvchi fan “Dinshunoslik” deb ataladi. Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham о‘zining о‘rganish obyektiga ega. U: -dinning paydo bо‘lishi, -ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga -diniy e’tiqodlarning paydo bо‘lishi va rivojlanishi, -ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan о‘rganadi.

Изображение слайда

Слайд 8

2. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi. “ Ad–Diyonot” (Dinlar) yо‘nalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso an-Navbaxtiyning (vaf. 910) “al-Aro’ vad-diyonot” (E’tiqodlar va dinlar) kitobi hisoblanadi. Keyinchalik Mas’udiy (957) о‘zining “ad-Diyonot” (Dinlar), Masbihiy (1029) “Darkul bug‘yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti» (Dinlar va e’tiqodlar vasfida maqsad meyori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek Beruniyning (973–1048) “Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av marzulatin” (Aqlga maqbul yoki noma’qul bо‘lgan Hindistonga oid izlanishlardan) nomli kitobi ham shular sirasiga kiradi. Islom olamida qiyosiy dinshunoslik sohasida ham salmoqli ishlar qilingan. Ulardan Abu Rayhon Beruniyning “al–Osorul boqiya» (Boqiy asarlar), Ibn Nadimning (vaf. 990) “al-Fihrist» (Mundarija), Muhammad ibn al-Huzaylning (vaf. 840) “Kitobul–Majus va kitobus-sanaviya» (Majusiylik va kо‘pxudolilik kitobi), Abul-Abbos Ahmad ibn Muhammad as-Saraxsiyning (vaf. 899) “Risola fi vasfi mazohibis-sobiiyn» (Sobiiylarning mazhablari vasfi haqida risola), Abu Zayd al-Balxiyning (vaf. 941) “Kitobu sharo’iil adyon” (Dinlar shariatlari kitobi) asrlarini sanab о‘tish mumkin.

Изображение слайда

Слайд 9

2. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi. Zamonaviy “ Dinshunoslik ” esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi. G‘arbda, zamonaviy ma’nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823–1900) tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda “ Qiyosiy mifologiya » va 1870 yilda nashrdan chiqqan “ Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari ” nomli asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga y о ‘l ochgan va kattagina e’tibor qozongan. U Angliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan ma’ruzalar о ‘ qigan. О ‘ zining “ Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi » asarida u ilk bora “religious studies» ( dinshunoslik ) s о ‘ zini q о ‘ llagan. Myuller va uning zamondoshlari dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muhim deb bilishgan va dinning asl mohiyatiga faqatgina til orqali qilingan izlanishlar bilangina yetishish mumkin, degan fikrni olg‘a surgan.

Изображение слайда

K eyingi davrlarda Gollandiyada S.R.Tile va Shantepi de la Sosse bu borada izchil faoliyat olib borganlar. Shunday qilib davrlar о‘tishi bilan Parij, Bryussel va Rim kabi markazlarda dinshunoslik universitetlar ta’lim dasturlaridan joy olgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik sohasida olib borilgan izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan soxada bir qancha mutaxassislar yetishib chiqqan. Ulardan R.Pettazoni, M.Eliade, Van der Lyu, R.Otto, G.Menshing, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik F.Sharp, Ninian Smart, M.Kitagava, R.S.Zeyxner, Ugo Biyenchi, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, Xans J.Shoyps va Mixayel Pay va hokazolar. 2. Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi.

Изображение слайда

Слайд 11: 3. Dinshunoslik fani sohalari

. D inshunoslik fanining quyidagi sohalari mavjud: Din fenomenologiyasi. Fenomen, namoyon bо‘luvchi, kо‘zga kо‘rinuvchi narsa bо‘lib, fenomenologiya kо‘zga kо‘rinuvchi narsaning sistematik shaklda tadqiq qilinishidir. Dinning kо‘zga kо‘rinuvchi, tashqarida aks etuvchi jihatlarini о‘rganuvchi ilm sohasi “Din fenomenologiyasi» deyiladi. Din fenomenologiyasi, tarixiy shakllanishlarni e’tiborga olmagan holda diniy fakt va voqelikning bizga namoyon bо‘lgan jihatlarini asosiy о‘ringa kо‘taradi. Turli dinlarning ibodat va marosimlarini, muqaddas joy, zamon, narsa va shaxsiyatlarini tadqiq qilib, mushtarak jihatlarini topishga harakat qiladi. Din sotsiologiyasi. Din – jamiyat munosabatlarini, bu munosabatlar ortidan kelib chiquvchi voqea – hodisalarni о ‘ rganadi. Shu tufayli bu ilm sohasi ijtimoiy diniy muassasalarni, dinning davlat, xalq, oilaga nisbatan munosabatini, din sohasida yuzaga keluvchi ijtimoiy voqea – hodisalarni, turli din jamoalarining jamiyat bilan b о ‘ lgan munosabatlarini asosiy mavzu sifatida tadqiq qiladi. Demak, din sotsiologiyasining mavzusi, jamiyatning asos shakllari va dinning tashqi k о ‘ rinishlari bilan ijtimoiy jarayonlar, ularning tuzilish va qonunlaridan iborat ekan.

Изображение слайда

Слайд 12: 3. Dinshunoslik fani sohalari

Din falsafasi. Din sotsiologiyasi, Din psixologiyasi kabi asosiy mavzusi “din” bо‘lgan Din falsafasi, “din”ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot asnosida aqliy va betaraf yо‘l tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir Yaratuvchi kuch e’tiqodiga falsafiy bir asos topishga harakat qiladi. Shu tufayli ham Din falsafasi sohasida faoliyat kо‘rsatuvchilarning maqsadi dinning haq yoki botil ekanligi masalasi bilan mashg‘ul bо‘lish emas, diniy hukmlarning mantig‘i va mohiyatini ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan bog‘liq dalillarning tanqid yoki tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi masalasini kо‘rib chiqadi. 3. Dinshunoslik fani sohalari. Din psixologiyasi. Bu ilm sohasi, zamonaviy psixologiya bilan birgalikda shakllangan va uning bir tarmog‘iga aylangan. Din psixologiyasi, avvalo insonga oid b о ‘ lgan diniy hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan о ‘ rganadi. YA’ni din psixologiyasi dinning psixologik jihatini, shaxsning diniy tajribasini va bu tajribaning turli k о ‘ rinishlarini bayon qilishga harakat qiladi. Natijada u dinning inson ruhidagi asosiy xususiyatlari xatti – harakatlarga b о ‘ lgan ta’siri t о ‘ g‘risida atroflicha t о ‘ xtaladi. Ruh – jasad aloqasi bilan atrof – madaniyat ta’sirlarining barchasini ichida о ‘ rganuvchi diniy e’tiqod, shaxslarning ichki olamidagi turli rivojlanishlarni k о ‘ rsatib beradi.

Изображение слайда

Diniy falsafiy ta’limotlardan biri teosofiya bo‘lib, teosofiya yunon tilida theos – Xudo va sophia – donishmandlik, ya’ni xudoni bilish degan ma’noni bildiradi. Teosofiya ta’limotiga ko‘ra barcha tirik mavjudotlarning hayoti ularning tanasini boshqarib turuvchi ilohiy jon, ruhning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, inson o‘zining yuksak zakovati yordamida aslida o‘zining ilohiy jon ekanligini anglab yetadi.

Изображение слайда

Слайд 14: 4. Dinning jamiyatdagi funksiyalari

Dinning bir nechta funksiyalari mavjud : dunyoqarashni shakllantirish, kompensator, kommunikativ, regulyativ, integrallash–dezintegrallash, madaniyatni targ‘ib qilish (kulturotransliruyushaya), legitimirallashtirish–legitimiralni olib tashlash. Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. - Din hayotni (mavjudotni) ma’lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni tо‘la va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), - dunyoni kuzatish (his qilish va idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), - dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), - dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni о‘z ichiga oladi.

Изображение слайда

Слайд 15

Regulyativlik funksiyasi ma’lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yо‘l–yо‘riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. Integratsion – dezintegratsion funksiyas i individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion funksiya ma’lum bir ma’noda yagona diniy e’tiqod mavjud b о ‘ lganda amalga oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq - atvorida bir – biriga muvofiq b о ‘ lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir – biriga qarama - qarshi konfessiyalar paydo b о ‘ lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion b о ‘ ladi.

Изображение слайда

Слайд 16: 5. Dinlarni tasniflash

Dinlarni о‘rganishda ularning tarixi, e’tiqodiy asoslari, aqidalari, shuningdek, bir-biriga ta’siri kabi jihatlarini e’tiborga olish kerak. Dinshunoslar turli ilm-fan soha vakillari bо‘lib, dinlarni о‘zlari xos bо‘lgan ilm yо‘nalishi nuqtai nazaridan о‘rganib, turlicha yondashganlar. Shuning uchun ular о‘rtasida ba’zi tafovutlar bо‘lishi tabiiy. Masalan, din tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimlar dinlarning yuzaga kelish tarixiga kо‘ra davriy jihatdan yondashib tadqiq etganlar. Boshqa bir guruh olimlar dinlarni paydo bо‘lgan va tarqalgan mintaqalariga kо‘ra tadqiq etganlar. Ayrim dinshunoslar diniy nuqtai nazardan yondashib о‘rganganlar. Qit’alarda tarqalishiga kо‘ra Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya dinlari tarzida tasniflash. Biroq bu unchalik munosib tasnif emas. Chunki, shunday dinlar ham borki, ular bir necha qit’alarga tarqalgan. Xususan, islom va xristianlik deyarli barcha qit’alarda mavjud. Shuningdek, ba’zi qit’alarda ozchilikni tashkil etuvchi boshqa dinlar vakillari ham bо‘lishi bilan birga, deyarli aksar aholi bir dinga e’tiqod qiladi. Masalan, Yevropada asosan xristianlik kо‘p tarqalgan, islom dini Amerikaga nisbatan Afrikada kо‘proq tarqalgan. Osiyo qit’asida islom, hinduiylik, buddaviylik, konfusiylik, sintoiylik dinlari aralash tarqalgan.

Изображение слайда

Слайд 17: 5. Dinlarni tasniflash

Qadimgi dinlar siyosiy mintaqalarga kо‘ra Mesopotamiya dinlari, Suriya mintaqasi dinlari, Kichik Osiyo yoki Onadо‘li dinlari, Fors dinlari tarzida tasniflanadi. Dinlarning mamlakatlar hududlariga kо‘ra Falastin dinlari, Arabiston yarimoroli dinlari, Meksika dinlari, hind dinlari, Xitoy dinlari, Yapon dinlari tarzida tasniflanadi. Uzoq Sharq dinlari kabi ba’zi mintaqa dinlarini diniy mavzusiga kо‘ra aniq belgilash imkoni bо‘lmagan kо‘p hollarda jо‘g‘rofiy tasnif qulay ilmiy tasnifdir. Masalan, yahudiylik, xristianlik va islom dinlarini tavhid (yakkaxudolik, monoteizm) asosida umumlashtirilsa, Uzoq Sharq dinlarini yagona diniy tushuncha asosida umumlashtirib bо‘lmaydi. Bunday holatda muammoning yechimi sifatida jо‘g‘rofiy tasnifga murojat qilish mumkin. 5. Dinlarni tasniflash.

Изображение слайда

Слайд 18: 6. Dinlarni tasniflash

Bugungi kunda dinshunoslikka bag‘ishlangan adabiyotlarda asosan quyidagi tasnif keltiriladi: primitiv diniy tasavvurlar (urug‘–qabila dinlari) – totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, о‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bо‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan; millat dinlari – ma’lum millatga xos bо‘lib, boshqa millat vakillari о‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduizm (hindlarga xos), konfusiychilik (xitoy millatiga xos - Konfutsiylik, doatsizm ), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi; jahon dinlari – dunyoda eng kо‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bо‘lgan dinlar. Ular safiga odatda buddizm, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar. Bundan tashqari dinlar ta’limotiga kо‘ra monoteistik – yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik – kо‘pxudolik (hinduizm, konfusiychilik) dinlari va genateistik – oliy xudo va xudoning farzandlari bo`lgan xudolari bor ( yunon -rim dinlari ) ga bо‘linadi. 6. Dinlarni tasniflash.

Изображение слайда

Слайд 19: 7. Dinning ibtidoiy shakllari

Tot е mizm. K е yingi bir-ikki asr davomida fanda qilingan ajoyib kashfiyotlar tufayli dinning ilk shakllari 30-40 ming, balki 100 ming yillar muqaddam k е lib chiqqanligi isbotlanibgina qolmay, hatto hozirgi davrda yashayotgan ayrim xalqlar turmushida ularning hamon saqlanib k е layotganligi aniqlandi. Atoqli dinshunos olim S.A.Tokar е v taklif qilgan tasnifga ko’ra, ibtidoiy dinning eng qadimgi shakllaridan biri tot е mizm bo’lib, u yuqori pal е olit, ya'ni ilk urug’chilik jamiyati davrida paydo bo’lgan. “Tot е m” yoki “ o’tot е m” aslida Shimoliy Amerikada yashovchi tub aholining algonkin qabila tilidan olingan so’z bo’lib, “ uning urug’i ” d е gan ma'noni anglatadi.

Изображение слайда

Слайд 20: 7.Dinning ibtidoiy shakllari

F е tishizm. Afrika va qisman Avstraliya xalqlarining ko’pchiligida, G’arbiy Afrika qabilalarida har xil jonsiz buyumlarga sig’inish k е ng tarqalgan. Bunday diniy tasavvurlar fanda f е tishizm ( portugal tilida – “f е ytisho ” – tumor, s е hrlangan buyum, d е gan ma'noni anglatadi ) d е b atalib, eng qadimgi ibtidoiy din shakllaridan biri hisoblanadi. F е tishizm nihoyatda xilma-xil shaklda namoyon bo’ladi va din taraqqiyotining barcha pog’onalarida ibodatning muhim qismi sifatida dastlabki oddiy dinlardan to hozirgi murakkab dunyo dinlarigacha hammasida uchraydi.

Изображение слайда

Слайд 21: 7.Dinning ibtidoiy shakllari

Magiya (s е hrgarlik ). Tot е mistik tasavvurlar va f е tishizm bilan bog’liq, nihoyatda k е ng tarqalgan ibtidoiy dinlarning yana bir turi magiya (s е hrgarlik ) urug’chilik tuzumi davrida muhim rol o’ynagan. S е hrgarlik ibtidoiy odamlarning mashaqqatli og’ir hayotini noto’g’ri, soxta yo’l bilan bo’lsa -da y е ngillashtirishga yoki yovuzlikning oldini olishga qaratilgan tasavvurlardir.

Изображение слайда

Слайд 22: 7.Dinning ibtidoiy shakllari

Animizm. Ibtidoiy dinning tabiatga sig’inish va itoatgo’ylik shaklidagi taraqqiyoti ilk din shakllaridan biri hisoblangan animizmning rivojlanishi asosida ro’y bergan. Ingliz etnografi Eduard Teylor tomonidan kiritilgan bu nom ( lotincha “anima” – jon, ruh d е gani ) o`z mohiyati jihatidan ancha ch е klangan va Teylor ta'riflaganid е k, animistic tushuncha eng dastlabki din shakli hisoblanmaydi, chunki din taraqqiyotining dastlabki bosqichida jon haqida odam alohida tasavvurga ega bo’lmagan. Animizmda, ruhlarning borligiga ishonch, inson, hayvonot, o’simlik va hatto jonsiz jismlarda ham ruh, ong va tabiiy qudrat bor d е b hisoblanadi.

Изображение слайда

Слайд 23: 7. Dinning ibtidoiy shakllari

Shamanizm. “Shaman” tunguscha so’z bo’lib, “ jazavali kishi ” d е gan ma'noni anglatadi. Bu so’z k е yinchalik butun Sibirga, so’ngra Yevropaga tarqalib, xalqaro atamaga aylangan. Bu dinning ruhoniysi shaman hisoblanadi. Shamanlar o’z qavmlariga, odam yaxshi va yovuz arvohlar panohida yashaydi, odamning sog’lig’i, baxti va taqdiri shularning qo’lida, d е b tushuntiradi. Shamanlar odamlar va ruhlar o’rtasida go’yo vositachilik qila olish qudratiga ega bo’lgan kishilardir. Ular k е lajakni oldindan aytib berish, uzoq joylardagi voq е alarni bilish, kasalliklarni daf etish, tabiat hodisalarini o’zgartirish kabi xislatlarga ega bo’lgan ruhoniylardir.

Изображение слайда

Слайд 24: Xulosa :

Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixida, birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan ; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga ko‘malashgan ; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan ; to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga etkazishga yordam bergan va shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Изображение слайда

Последний слайд презентации: NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Изображение слайда

Похожие презентации