Первый слайд презентации: Buddaviylik tarixi
Reja : 1. Buddizmning paydo bo’lishi. 2. Buddizm asoschisi. 3. Ta’limoti haqida. 4. Buddizmning tarqalishi.
Слайд 2
Buddizmning paydo bo’lishi. Buddizm dunyodagi eng yirik dinlar ichida qadimiylaridan biri hisoblanib, mioddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubi Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari : Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kambodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman Yevropa va Ameri - kada, Rossiyaning Tuva, Buryatiya kabi respublikalarida istiqomat qiladilar. Hozirgi kunda e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik, islom va hinduizmdan so’ng to’rtinchi o’rinni egallaydi. Buddistlarning soni taxminan 700 mln. Atrofida bo’lib, ulardan 1mln. ga yaqini rohiblardir. Buddizm bundan 2600 yil avval Hindistonda diniy - falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko’plab diniy manbalar va diniy yo’nalishlar mavjud. Buddizm hayotning barcha sohalari : diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlariga kirib bordi.
Слайд 4
Ayni kunda bu dinga e’tiqod qilib kelayotgan Sharq mamlakatlaridagi buddizm ta’limotini o’rganlish u yerdagi siyosiy-iqtisodiy, manaviy madani - yatni tushunishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bu davlatlarda ushbu dinga e’tiqod qiluvchilar nazarida buddizmning qoida va an’analari markaziy hukumat qonunlaridan ko’ra ustunroqdir, tabiiyki, buning zamirida uning potensial kuchi yotadi. Binobarin buddizm - najot dinidir. Bu dinning paydo bo’lishiga Hindiston jamiyati hayotidagi Siddxartxa yashagan davr urug ’ qabilachilik munosa - batlari yemirilayotgan va dastlabki davlatlar vujudga kelayotgan davr edi. Bundan tashqari, Hindistonda kastachilik tartibi nihoyatda kuchli edi. Jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlar Hindiston aholisining past tabaqa - lari ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi. Odamlar eng muqaddas deb hisoblagan qadriyatlar ko’z o’nglarida yo’qola boshlagan. Odamlar bu holatni kishilik jamiyati inqirozi, deb hisoblaganlar. Ana shunday sharoitda ular najotga muhtojlik sezganlar. Bu muhtojlikning aks-sadosi sifatida buddaviylik dini - najot dini vujudga kelgan.
Слайд 6
Bu din Hindistonda keng tarqala boshlagan. Chunki, u jamiyat turli tabaqa - larining manfaatiga javob berardi. U kshatriylar uchun brahmanlarning hukmron mavqeiga, imtiyozlariga, shuningdek, kastaviy kamsitishlariga arshi kurashda qurol bo’lib xizmat qilardi. Oddiy mehnatkash xalq ommasiga esa bu din o’zlarining oqir ahvollaridan qutulish yo’llarini ko’rsatgandek bo’lgan. Brahmanlik dini esa hatto aldanish ko’rinishida bo’lsa ham bunday yo’lni ko’rsarta olmagan. Eng past, huquqsiz kasta a’zolari ham buddaviylarning monaxlik jamoasiga a’zo bo’lib kira olardilar. Bu bilan ular jamoaning teng huquqli a’zosiga aylanardilar va ma’lum insoniylik huquqlariga ega bo’lar - dilar. Bundan tashqari, bu din- og’ir qurbonliklar qilishni, murakkab marosim - larni bajarishni talab etmasdi. Ayni paytda, bu din ta’limotidagi “ kuch ishlatmaslik ” to’g’risidagi qoida hukmron sulolalar manfaatiga ham to’la javob bergan. Chunki, bu qoida ularga o’z fuqarolarini itoatda tutishlarida katta omil hisoblangan. Shuning uchun ular ham bu dinni qo’llab quvvatlaganlar. Xususan, podsho Ashoka davrida buddaviylik davlat dini deb e’lon qilingan.
Слайд 8
Buddizm asoschisi. Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot to’g’risidagi xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etil gan. Bu ismlar ma’nolari quyidagicha : Siddxartxa – shaxsiy ism, Gautama- urug ’ nomi, Shakyamuni - “ Shakya qabilasidan chiqqan donnish- mand ”, Budda - “ nurlangan ”, Tadxagata – “ shunday qilib, shunday ketgan ”, Djina – “ g’olib ”, Bxagavan – “ tantana qiluvchi ”. Ular ichida eng mashhuri “ Budda ” bo’lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan. Bizgacha Buddaning biografiyalari yetib kelgan : “ Maxavostu ”- milod - ning II asrida yozilgan, “ Lalitavstara ” – milodning II – III asrlarida yuzaga kelgan, “ Buddxacharita ”- buddist faylasuflaridan biri Ashvagxosha tomo - nidan milodning I- II asrlarida yaratilgan, “ Nidanakatxa ” – milodning I asrida yozilgan va “ Abnixishkramansutra ”. Mazkur biografiyalardan Buddaning qaysi yillarda yashaganligi turlicha berilgan. Ularda miloddan avvalgi IX – III asrlar oralig’idagi har xil muddatlar ko’rsatilgan. Rasmiy hisobga ko’ra, Butama – Budda miloddan avvalgi 623 yilda tug’ilb, 544 yilda vafot etgan. Biroq ko’pchilk tadqiqot – chilar uning tavalludi miloddan avvalgi 564 yilda, vafoti esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 va 480 deb yaxlit sonlar bilan ko’rsatadilar. Aytish joizki, yuqorida zikr qilingan biografiyalarda Buddaning haqiqiy hayoti bilan uning haqidagi afsonalar o’zaro qorishib ketgan.
Слайд 10
Siddxartxa ( topshiriqni bajaruvchi ) Gautama Shakya qabilasining pod- shohlaridan biri Shuddxodananing o’g’li edi. Uning saroyi Himolay tog’lari etagida Kapilavasti degan shaharda bo’lgan ( hozirgi Nepal hududida ). Uning onasi – malika Mayya. Uning otasi Shuddxodan Hindistonning shimo - li – sharqiy qismida sakiylar sulolasi asos slogan Kapi Lavasta podsholi - ning hukmdori bo’lgan. Manbalarda Shuddxodan qonun podshosi, qonun bilan boshqaruvchi hukmdor deb qayd etilgan. Sakiylar sulolasining biror-bir hukmdori Shuddxodandek o’z fuqarosi orasida katta hurmatga sazovor bo’lmagan. U bunday katta hurmatga adolat posboni bo’lgani uchun erishgan. Sakiylar xonadonida o’tmishda Gotama nomli buyuk mutafakkir o’tgan. Siddxartxa uning sharafiga Gautama ( Gotama avlodi ) deb atalgan. Siddxartxa tug’ilgach, uning onasi Mayya 7 kundan so’ng vafot etgan. Yetim qolgan Siddxartxani xolasi Maxaprajpati tarbiyalaydi. Siddxartxa barcha shahzodalarga xos ta’lim tarbiya olgan. Podsho Shuddxodan o’g’lining jamiyat hayotining salbiy tomonlarini ko’rmasdan yashashini istagan. Shuning uchun ham unga shohona hayot yaratib bergan. U 16 yoshida uylantirib qo’yilgan. Ko’p o’tmay Siddxartxa o’g’illik bo’ladi. Siddxartxa 22 yoshigacha ana shunday shohona hayot kechirgan. Bir kuni Siddxartxa sayr etgani ko’chaga chiqqanida hayot u o’ylagan - dek emasligini guvohi bo’lgan. U yo’lda butun tanasiga yara toshib ketgan bir qari cholni, kasal yotgan bir odamni, bir oz yurgach esa, o’lib yotgan odam jasadini ko’radi. Bu hodisalar uning dunyoqarashini butunlay o’zgar - tirib yuboradi. Shu tariqa, Siddxartxa jonzodlarning muqarrar azob chekishini bilib oladi. Endi uning xayolini hayotning mohiyati, mazmuni, mashaqqatlari haqidagi o’ylar egallaydi. U bu hayot behuda degan xulosaga keladi va bir kuni hech kimga bildirmay saroyni tark etadi. Bu dunyo lazzatlaridan voz kechib, tarkidunyochilik hayotini boshlaydi. Ayni paytda, u odamlarni hayot azob - uqubatalridan qutqarish yo’llarini izlaydi. 7 yil davomida mavjud muqad -das kitoblarni o’rganadi. Ular asosida mushohada yuritadi va nihoyat, najot yo’lini topadi. U bu yo’lni “ hayot haqiqati ” deb ataydi.
Слайд 11
29 yoshli Siddxartxa shahar va qishloqlar kezib, bu yo’l mohiyatini targ’ib etishga kirishadi. U beshta rohib bilan qishloqma qishloq kezib yuradi. Birmuncha vaqt changalzor o’rmonlarda kezib horib charchagach, bir daraxtning tagida dam olish uchun o’tiradi va o’zicha, to haqiqatni topma - guncha shu yerdan turmaslikka qaror qiladi. Bu o’tirishning 49 kuni uning qalbida “ sen haqiqatni topding ” degan sado keladi. Shu payt uning ko’z oldida butun borliq namoyon bo’ladi. U hamma joyda shoshilish, qayoqqadir intilishni ko’radi : hech bir joyda osudalik yo’q edi. Hayot nihoyasiz uzoqlikni ko’zlab o’tib ketayotgan edi. Inson aqli yet - mas bir kuch Trishna – yashash, mavjud bo’lish umidi barchaning tinchini buzar, halok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qar - shi kurashish kerakligini angladi. Shu onda u Budda – nurlangan deb atala boshladi. U tagida o’tirgan daraxt esa – nurlangan daraxt ( botxa ) deb ataldi. Budda o’zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog’i - da o’zining 5 rohib do’stlariga qildi va ular Buddaning birinchi shogirdlari bo’ldilar. Shu kundan boshlab Budda o’z shogirdlari bilan qishloqma – qishloq yurib, o’ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida Hindiston - ning turli xil joylarida bo’ladi, odamlarga o’z g’oyalarini yetkazadi, singdi - radi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o’tadi. Uning jasadi, hind udumiga ko’ra, kuydirilib, xoki 8 ta buddist jamoalariga bo’lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona ( stupa ) barpo etdi. Buddaning hayoti haqida turli asotirlar paydo bo’ldi. Ularda aytilishicha, Budda ko’p yillar davomida yer yuzidagi turli mavjudotlar qiyofasida qayta tug’ilgan : 84 marta ruhoniy, 58 marta shoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g’oz, 6 marta fil, shuningdek, baliq, qurbaqa, kalamush, quyon qiyofalarida qayta tug’ilgan. U doimo qaerda, qay qiyofada tug’ilishini o’ziga o’zi belgilagan. So’nggi marta uni xudolar insoniyatni to’g’ri yo’lga boshlashi uchun in -son qiyofasida yaratganlar. Bu afsonalarning ba’zilariga ko’ra, yer yuziga Gautamaga qadar 6 ta budda o’tgan. Shuning uchun buddizmning ba’zi muqaddas joylarida 7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Bodxa daraxti o’tkazilgan. Ba’zi afsonalar 24 ta Budda avlodi o’tgan desa, ba’zilari minglab buddalar o’tgan deb da’vo qiladi. Ta’limoti haqida. Buddizm qadimiy hind diniy – falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan, o’ziga xos nazariyot va amaliyotdan iborat bo’lgan diniy tizimdir. Budda yangi diniy qonun – qoidalar, rasm – rusumlar ishlab chiqmagan, balki har bir inson tug’ilish va o’lim mashaqqatlaridan qutu - lishi uchun amal qilishi lozim bo’lgan bir necha ko’rsatmalarni ishlab chiqdi. Uning ta’limoti insonning hayolida, ishlarida va o’zini tutishida samimiy olijanoblik g’oyasini ilgari suradi. U vedalardagi gunohsizlik ta’limotini inkor qiladi, hayvonlarni vahshiyona qurbon qilishni qoralaydi, varna ( kasta ) tizimini va undagi ruhoniylarning boshqalardan ustunligini inkor qiladi.
Слайд 12
Budda “ yaratuvchi oily kuch ” ning borligiga shubha va ishonchsizlik bildiradi. Uning fikricha, eng muhimi insonning shaxsiy kamoloti va ezgu turmush tarzidir. Budda ta’limotining asosida “ hayot – bu azob uqubat ” va “ najod yo’li mavjud ” degan g’oyalar yotadi. Buddizm ta’limotiga ko’ra, inson o’ziga xos mavjudot bo’lib, tug’iladi, o’zini o’zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu g’oya - lar Buddaning ilk da’vatida ta’birlangan to’rt haqiqatda o’z ifodasini topa - di. Birinchi haqiqat – “ azob – uqubat mavjuddir ”. Har bir tirik jon uni boshi - dan kechiradi, shuning uchun har qanday dunyoviy hayot – qiynoq, azob – uqubatdir. Tug’ilish – qiynoq, kasallik – azob, o’lim – kulfat, qiyinchilikka duch ke – lish – mashaqqat, ayriliq – ezilish, orzu havasga yetolmaslik – uqubat. Dunyo tuzulishining asosiy qonuni bir biriga bog’liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning bir - lamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddizm dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqirdi. Buddizm ta’limotiga ko’ra, har qanday narsa yoki hodisa, u xoh moddiy, xoh ma’naviy bo’lsin, dharma ( element ) lardan tashkil topgan. Ular o’z xususiyatiga ko’ra harakatsiz bo’lib, dharmalarni qo’zg’atuvchi kuch in - sonning xayol va so’zlaridir. Ob’ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o’zgarib turuvchi dharmalar oqimidir. Harakatdagi dharmalar o’z mavjudligining besh shakli – tana, sezgi, xis – tuyg’u, harakat, anglashni yaratadi. Mazkur besh shakl insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi, borliq bilan aloqada bo’ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Besh element - ning o’zaro mavjudligi insonning o’limim bilan barham topadi. Insonni tashkil qiluvchi besh shakl ( skandx ) o’z navbatida qayta tug’iladi. Yangi tananing xususiyatlari asos bo’luvchi besh natijani beradi : faoliyat, gum – rohlik, xohish, istak va mayor. Bu jarayon “ hayot g’lidiragi ” ni tashkil qiladi. “ Hayot g’ildiragi ” da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqqa du - chor bo’ladi.
Слайд 13
Ikkinchi haqiqat – “ qiynoqlarning sabablari mavjuddir ”. Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi hamda doimo ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi orzular va intilishlar sababi kelajak hayot uchunkarmahozirlaydi. Demak, qayta tug’ilish, qaytadan qiynoqlarga duchor bo’lish davom etadi. Aksariyat buddistlar fikricha, Buddadan keyin hech kim nirvana holatiga erisha olmagan. Uchinchi haqiqat – “ qiynoqlarni tugatish mumkin ”. Yaxshi yoki yomon ni - yatlardan, intilishlardan butunlay uzilish nirvana holatiga olib boradi. Bu holatda inson qayta tug’ilshdan to’xtaydi. Buddistlar fikricha, nirvana hola - ti “ hayot g’ildiragidan ” tashqariga chqish, “men” degan fikrdan ajralib, insonning his – tuyg’ularini to’la tugatishdir. To’rtinchi haqiqat – “ qiynoqlardan qutilish yo’li mavjuddir ”. Bu yo’l 8 ta narsaga amal qilish, to’g’ri tushunish, to’g’ri harakat qilish, to’g’ri muo - malada bo’lish, fikrni to’g’ri jamlashdir. Bu yo’ldan borgan inson Budda yo’lini tutadi. Buddizm ta’limoti, asosan, 3 qismdan iborat : 1) axloq ; 2) meditatsiya ; 3) donolik ; 1. Axloq normalari – “ Pancha shila ” ( Buddaning 5 nasihati ) : 1. qotillikdan saqlanish ; 2. o’g’rilikdan saqlanish ; 3. gumrohlikdan saqlanish ; 4. yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish ; 5. mast qiluvchi narsalardan saqlanish ; 2. Meditatsiya. 1. To’g’ri tushunish ( to’g’ri e’tiqod qilish ) – Buddaning birinchi da’vatida so’z yuritilgan to’rt haqiqatni bilish va unga ishonish ;
Последний слайд презентации: Buddaviylik tarixi
To’g’ri niyat qilish – dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos bo’lishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar etkazib qo’yishdan saqlanishga intilish ; 3. O’zini to’g’ri tutish – o’ziniki bo’lmagan narsaga ko’z olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik ; 4. To’g’ri anglash – o’z tanasi va ruhiga o’zini yo’qotib qo’ymaydigan da - rajada nazoratda bo’lish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qo’yish ; 5. To’g’ri harakat qilish – o’zidagi yomon tuyg’ularni jilovlash hamda ezgu tuyg’ular va harakatlarni rivojlantirish ; 6. To’g’ri hayot kechirish – no’maqul hayot tarzidan saqlanish ; 7. To’gri fikr yuritish – kamolotning to’rt bosqichini ketma ket bosib o’tish ; 8. To’g’ri gapirish – yolg’ondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish ; 3. Donishmandlik – bu buddizmning asosiy maqsadi bo’lib, narsalar tabiatini to’g’ri tushunishdan iborat. Yuqorida ko’rsatilgan 3 amaliyot bosqichini o’tagan inson oxir – oqibat oliy saodatga, ya’ni nirvanaholatiga erishadi. Nirvana so’zining lug’aviy ma’nosi “ o’chish, so’nish ”. Unda hayotning har qanday ko’rinishiga intilish yo’qo - ladi. Buddizmning tarqalishi. Ushbu ta’limotning yoyilishida buddist jamoalarning ( sangxa ) roli katta bo’lgan.Ular yilning ob havosi yaxshi bo’lgan 9 oyida shaharma – shahar, qishloqma – qishloq yurib, aholini bu dinga da’vat qilib yurganlar. Faqatgina musson yomg’irlari tinmay quygan 3 oydagina o’z ibodatxonalarida muqim bo’lib meditatsiya bilan shug’ul - langanlar. Miloddan avvalgi 273 – 232 yillarda hukmronlik qilgan imperator Ashoka davrida buddizm keng hududlarga jadal tarqaldi. U buddist monaxlarga ( rohiblar ), ularning Hindiston bilan chegaradosh davlatlarga qilgan missio - nerlik o’z prinsplarida mahkam turib, yumshoqlik va kelishuvchanlik bilan harakat qildilar.