Guruh : 14-17 Bajardi : Odilov M Tekshirdi : Yuvasheva D
Слайд 2: I. Kirish II. Asosiy qism
2 Qurilish sohasiga e’tibor. Arxitektura va qurilishni jadal rivojlantirish bo’yicha bajarilayotgan ishlar. Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishda o‘ziga xos qonuniyatlar III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Слайд 3: Kirish
Qurilish – mamlakat xalq xo‘jaligining asosiy sohalaridan biri bo‘lib, asosiy joriy fondlarning yangidan bunyod etilishi, kengaytirilishil va qayta konstruksiyalanishini ta’minlaydi. Kapital qurilish barcha ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi ortishida, xalq moddiy farovonligining ortishida va madaniy turmush darajasining yuksal ishida muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonda qaror topgan zamonaviy qurilish ishlab chiqarish tarixi Sobiq Ittifoq davrida shakllangan. Rossiya imperiyasi hukmronligi davridan texnik jihatdan qoloq qurilish sohasi meros qolgan bo‘lib, bu hol qo‘l mehnati ulushining ko‘pligi bilan tavsiflanadi, shuningdek bu davrda qurilish materiallarining sanoat miqyosida ishlab chiqarilishi yaxshi rivojlanmagan bo‘lib, bundan tashqari qurilish materiallari turlari kamligi, ular faqat mavsumiy ravishda ishlab chiqarilishi, o‘z tarkibida muhandis va ishchi kadrlarga ega bo‘lgan doimiy ravishda faoliyat olib boradigan qurilish tashkilotlari bo‘lmaganligi qayd etiladi. 3
Слайд 4: Qurilish sohasiga e’tibor
Mamlakatimizda qurilish va bunyodkorlik ishlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida sohada ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Shahar va qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, ularni zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish hamda aholining uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamlakatimiz ulkan qurilish-bunyodkorlik maydoniga aylandi. Mazkur qurilish-bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish uchun respublikamizda 23,8 mingta pudrat tashkilotlari, 31 ta bosh loyiha instituti va 1000 ga yaqin loyiha tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda qurilish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha 3 ta arxitektura va qurilish instituti faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, 12 ta oliy ta’lim muassasasi hamda 390 ta kasb-hunar kollejida qurilish sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlanadi. 2017-yilda respublikamiz bo‘yicha barcha manbalar hisobidan jami 37,5 trillion so‘m hajmda qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilga nisbatan 120,5 foizga o‘sish kuzatiladi. Natijada joriy yilda jami 15 mingta arzon namunaviy uylar, 191 ta arzon ko‘p qavatli uylar va 2,5 mingta ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshiriladi. Tasdiqlangan maqsadli dasturlar doirasida arzon namunaviy uy-joylar, ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlaridan tashqari, yirik inshootlar va infratuzilma obyektlari ham foydalanishga topshirilmoqda. Jumladan, so‘nggi yillarda Toshkent shahrida “ Bunyodkor ” stadioni, “ Xayatt Rijensi ” mehmonxonasi, “ Inha ” universiteti filiali, “Minor” masjidi, Farg‘ona shahrida san’at saroyi va futbol stadioni, Jizzax shahrida stadion va universal sport kompleksi, Urganch shahrida universal sport kompleksi va Navoiy davlat konchilik instituti bino- inshootlari zamonaviy shaharsozlik talablari asosida barpo etildi.
Qurilish sohasini jadal rivojlantirish, qurilishda yangi texnologiyalar va energiya tejamkor materiallarni qo‘llash, qurilish-pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ular uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini kuchaytirish soha rivojining yangi davrini boshlab berdi. Sohada keng ko‘lamli islohotlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunga kelib qurilish sohasi o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi.
Слайд 6
6 Loyihalashtiruvchi – yangi qurilish, qayta qurish yoki texnik qayta jihozlash uchun buyurtma bo‘yicha va buyutmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida loyihalash va smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanadi. Loyihalashtiruvchilarga muhandislik geologiyaga oid, geodezik tadqiqotlar olib boruvchi va boshqa qurilish uchun izlanishlar olib boruvchi tashkilotlar kiradi.
Слайд 7
7 TT2 bosqichida buyurtmachi asosiy rolni o‘ynasa ham loyihalash jarayonida loyiha tashkilotining o‘rni katta. Loyihalash bir yoki ikki bosqichdan iborat. Ikki bosqichli loyihalash noyob, murakkab, katta qurilishlarga munosib. Bunda birinchi bosqichda texnik loyiha ishlab chiqiladi. Uning tarkibiga arxitektura qurilish yechimlari, quriladigan majmuaning bosh tarhi, smeta hisobi kiradi. Texnik loyiha tarkibida qurilishni tashkilqilish loyihasi (QTL ( ruscha POS)) alohida ishlab chiqiladi. QTL tarkibida qurilishning yiriklashgan taqvimiy rejasi, umummaydon bosh tarhi tuziladi, resurslarga bo‘lgan ehtiyojlar aniqlanadi. Loyihalashning ikkinchi bosqichida ishchi chizmalar ya’ni konstruktiv yechimlar hisob asosida aniq o‘lchamlarda chizma shakliga keltirib kerakli ashyo, buyumlar turi, markasi va hajmi bilan ifodalanadi va qurilishning smetasi tuzilib ekspertizaga beriladi.
Слайд 8
Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishda o‘ziga xos qonuniyatlar Qurilish ishlab chiqarishi uchun iqtisodiyotni boshqarishga oid umumiy qonuniyatlar amal qiladi. Shu bilan bir vaqtda, moddiy ishlab chiqarish sohasi sifatida qurilish ishlab chiqarishdan ko‘p jihatdan farq qiladi : jumladan, bu yerda o‘ziga xos xususiy, ya’ni uni tashkil qilish va boshqarish bilan belgilanuvchi, iqtisodiyotning faqat ushbu sohasi uchun xos bo‘lgan qonuniyatlari amal qilishi ham kuzatiladi. Qurilishning shu kabi ob’yektiv xususiyatlarini tushunib yetish va hisobga olish – bu qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilish va boshqarish shakllari va uslublarini to‘g‘ri tanlab olishning zarur sharti hisoblanadi.
Слайд 9
9 Qurilishda o‘zaro munosabatlar yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, subpudratchilar o‘rtasidagi ichki o‘zaro munosabatlarning o‘zi bilan cheklanib qolmaydi. Jumladan, bu holatda buyurtmachi, loyihalash tashkilotlari, materiallar va boshqa resurslarni yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlar ham yetarli darajada murakkabligi qayd etiladi. Ixtisoslashish markazlashtirishdan qochish xususiyatiga ega bo‘lib, turli xil kombinatsiyalash tashkiliy shakllariga, masalan uy – joylar qurilishi kombinatlari (UJQK) kabi shakllariga muvaffaqiyatli raqobat qilishi qayd qilinadi.
Слайд 10
10 Qurilish sohasining boshqarilishi bir nechta boshqarish markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Qurilish va turar –joy kommunal xo‘jaligi bo‘yicha Respublika miqyosidagi agentlik O‘zR VMga bo‘ysunadi va ijro hokimiyatining organi hisoblanib, qurilish sohasida mol – mulkni boshqarish, davlat tomonidan 36 xizmatlar ko‘rsatilishi va TSJlar tizimida davlat siyosatini yuritish funsiyasini bajaradi. Davlat xizmatlari tushunchasi axborot berishga oid, maslahat berish va injiniring xizmatlari va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini belgilaydi.
Слайд 11: Xulosa
Respublikada amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, bugungi kunda sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etish va sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni rag‘batlantirish maqsadida, shuningdek, sohada mehnat qilayotgan keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib : 1. 2017-yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “ O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni ” deb e’lon qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, “ Davarxitektqurilish ” qo‘mitasi, mutasaddi vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlar “ O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”ni sohaga mos tarzda va tantanali ravishda nishonlashni ta’minlasinlar. 3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “ O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”ni nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddat ichida “ O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”ni nishonlash bo‘yicha tegishli qonun loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Последний слайд презентации: O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent Arxitektura Qurilish: Foydalanilgan adabiyotlar
M.M. Miraxmedov, X.I. Yusupov, I.M. Maxamataliyev, E.A. Shomirzayev, A.T. Ilyosov - Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish R.A. Norov - Qurilish jarayonlari texnologiyasi, qurilishni tashkil va rejalashtirish Internet ma`lumoti www.google.com www.taqi.uz www.omma.uz www.review.uz