Первый слайд презентации: ER QA’RIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ
Eshqurbonov Bahrom
Слайд 2: REJA:
SOLIQ TO`LOVCHILARI SOLIQ OBYEKTI SOLIQ BAZASI SOLIQ STAVKALARI SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH, SOLIQ HISOBOTLARINI TAQDIM ETISH VA SOLIQNI TO‘LASH TARTIBI
Слайд 3: SOLIQ TO`LOVCHILARI
Слайд 4: SOLIQ TO`LOVCHILARI EMAS !
Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar bo‘lmaydi.
Слайд 5: Soliq solish obyekti
Слайд 8: Soliq bazasi
Foydali qazilmalarni qazib olish ( ajratib olish ) boshlanganidan buyon ular realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi soliq ( hisobot ) davrida mazkur foydali qazilmalarni qazib olishning ( ajratib olishning ) 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq to‘lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan birinchi hisobot davrida hisoblangan soliq summasiga hisobot davrida shakllangan o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart. Qazib olingan ( ajratib olingan ) foydali qazilmadan to‘laligicha shaxsiy ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda soliq bazasi qazib olingan ( ajratib olingan ) foydali qazilmaning 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Слайд 9: Soliq bazasi
Soliq to‘lovchi qazib olingan tabiiy gazni va ( yoki ) neftni mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlashni amalga oshirgan hollarda soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib, ularga soliq to‘lovchi tomonidan sarflangan dastlabki ishlov berish, ularni qayta ishlash va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlanadi. Agar ushbu Kodeksning 451 1 -moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, shuningdek nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib olishda soliq bazasi ushbu foydali qazilmalarni realizatsiya qilishning o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan, ularga ishlov berish ( ularni boyitish ), ularni qayta ishlash va ( yoki ) transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlanadi. Foydali qazilmalarning ayrim turlariga nisbatan soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 451 1 -moddasida belgilanadi.
Oltin, kumush, platina, palladiy, mis, rux, qo‘rg‘oshin va molibden ( bundan buyon ushbu moddada metallar deb yuritiladi ) bo‘yicha soliq bazasi ruda, konsentrat va ( yoki ) qayta ishlashning yakuniy mahsuloti ( tayyor mahsulot ) tarkibidagi har bir metallga nisbatan aniqlanadi.
Слайд 11: Metallarning ayrim turlarini qazib olish ( ajratib olish ) chog‘ida soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Слайд 13: Metallarning ayrim turlarini qazib olish ( ajratib olish ) chog‘ida soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Soliq ( hisobot ) davri uchun oltin, kumush, palladiy va platina bo‘yicha o‘rtacha arifmetik birja narxi soliq organlari tomonidan London qimmatli metallar bozori uyushmasining (London Bullion Market Association) ertalabki fiksingi asosida, boshqa metallar bo‘yicha esa London metallar birjasining (London Metal Exchange) ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Soliq ( hisobot ) davri uchun o‘rtacha arifmetik birja narxi narxlar qaysi valyutada belgilangan bo‘lsa, shu valyuta bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kursiga ko‘paytirilgan metallar narxlarini qo‘shishda hosil bo‘lgan summani ko‘rsatilgan narxlar belgilangan kunlar soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Soliq ( hisobot ) davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda, ushbu Kodeks 451-moddasining to‘rtinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadi. Soliq organlari har oyda, soliq ( hisobot ) davridan keyingi oyning o‘ninchi sanasidan kechiktirmay, o‘zlari ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlariga muvofiq hisob-kitob qilgan har bir metall turi uchun o‘rtacha arifmetik birja narxini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Слайд 16: Soliq stavkalari
Agar 2021-yilning 1-sentabriga qadar kuchga kirgan bitimlar va shartnomalarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va ( yoki ) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni ( ajratib olishni ) amalga oshiruvchi, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarga, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha oshirilgan stavkalarni belgilashi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq stavkalari 2022-yil 1-yanvardan keyin qazib olish boshlangan yer qa’ri uchastkasida uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni ( ajratib olishni ) amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Слайд 18: Soliqni hisoblab chiqarish
Soliq to‘lovchilar soliqni ushbu Kodeksning 451 va 451 1 -moddalariga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi. Foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam bo‘lmagan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.