Слайд 2
1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati. 2. Menejment fanining maqsad va vazifalari, ob y ekti va metodi. 3. Menejment fanining tahlil usullari. 4. Menejment fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Reja
Слайд 3
MENEJMENT - I ngliz tilidan olingan bo‘lib, boshqarish, rahbarlik qilish degan ma’noni bildiradi. Kishilik jamiyatining barcha davrlarida ishbilorman, javobgarlikni xis qiladigan, boshqarish qobiliyati yuqori insonlarni h urmat qilib kelgan. Davlatlarning paydo bo‘lishi natijasida esa odamlarning faoliyatini boshqarish ehtiyoji sezildi.
Слайд 4
Boshqacha s o‘ z bilan aytganda, menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni k o‘ paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu o‘ ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Слайд 5: Menejment maqsadiga ko‘ra :
Bo‘limlar ishini uygunlashtirish. Sheriklari bilan, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar aloqalarini olib borish. Ishchi va xizmatchilarning mehnat motivaciyasini rag‘batlantirish.
Слайд 6: Menejment faning predmeti
* boshqarish nazariyasi va amaliyoti; * boshqarish ob y ekti va sub y ekti; * boshqarish tamoyillari va usullari; * boshqarish madaniyati; * menejer va uning fazilatlari; * menejer reytingi; * boshqarishda qaror qabul qilish; * boshqarish funksiyalari; * xodimlarni boshqarish; * ishlab chiqarishni boshqarish, * samaradorlikni boshqarish; * o‘ z- o‘ zini boshqarish; * hududiy boshqarish va hokazolar.
Слайд 7: Menejment tavsiflari
Menejment - iqtisodga taalluqli, bozor munosabatlariga asoslangan alohida boshqaruv turidir. Menejment - iqtisodiy boshqaruv usullariga asoslanib daromad va foyda olishni ko‘zda tutadi. Menejment - maqsadga muvofiq boshqaruv usuli yoki mehnatni samarali tashkil qilishga yo‘naltirilgan boshqaruvdir. Menejment - mahsulot sifatini va mehnat unumdorligini oshirishni o‘z vazifasi deb biluvchi boshqaruvdir. Menejment - yuqori malakali boshqaruvdir. Bu tashkiliy faoliyat turi bo‘lib, uning muhim bo‘g‘ini, aniq boshqaruv sharoitlari, yangiliklar loyihasini ishlanishi, tashkilot taraqqiyotining taktikasi va strategiyasi, shuningdek, boshqalarni har tomonlama va aniq tahlil qilishdir. Menejment – o‘zini egiluvchan va uddaburon boshqaruv tizimi deb hisoblanadi, o‘z vaqtida qayta tuzilish, bozor kon’yukturasi, hamda raqobat kurashini, ijtimoiy taraqqiyot omilini ziyraklik bilan seza olish qobiliyatiga ega. Menejment - bu shunday faoliyatki, unda inson harakatla rini tayyorlash, tashkil qilish va to‘g‘ri yo‘lga solish haqidagi san’at mujassamdir.
Слайд 8
Menejment maqsadi va vazifalari : Foyda olishni bilish Samarali faoliyat olib borish Resurslarni boshqarish Odamlarni boshqarish
Слайд 9
Boshqarish ilmining rivojlanishi menedjmentning u yoki bu aspektini ishlab chiqqan maktablarning va yondashuvlarning ko‘plab paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Zamonaviy boshqaruv ilmiga katta xissa qushgan olimlarning ichida Frederik Teylorni alohida atab o‘tish kerak.
Слайд 10
Ratsionalistik maktabning asoschisi amerika lik injener F.Teylorning (1856-1915) ko‘rsatishicha, boshqaruv to‘rtta “buyuk asosiy prinsiplarga” asoslanishi kerak : ijrochilarni ilmiy asosda tanlab olishga; ularni ilmiy tayyorlashga; ishlab chiqarishning ilmiy asosini ishlab chiqishga; ma’muriyat bilan ijrochilarning orasida mustahkam do’stlik hamkorlik o‘rnatishga.
Слайд 11
Boshqaruv nazariyalari asoschilaridan biri A.Fayol boshqarish jarayonining 5 ta asosiy funksiyalari: rejalashtirish, tashkil qilish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, rahbarlik (motivlash) va nazoratni ajratib ko‘rsatadi.
Слайд 12
A.Fayol tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillarning mohiyati quyidagicha: mexnat taqsimoti; avtoritet va hokimiyat mas’uliyati; intizom; raxbarlik birligi; farmoyish birligi; shaxsiy manfaatning umumiy manfaatga bo‘ysunishi; me h natni rag ’ batlantirishning markazlashgan va markazlashmagan boshqaruv muvozanati; bir turdagi menejerlarning ishini muvofi q lashtirish; tartib; odillik; samimiylik; xodimlar qat’iyligi; tashabbus.
Слайд 13
D.Mak-Gregor (1906-1964) ta’limoti “ inson munosabatlari ” maktabida alohida o‘rin tutadi. U “X” va “U” nazariyasi asosida xodimlarga quyidagicha ta’rif beradi. “X” nazariyasi - bu toifaga mansub insonlarni mehnatga majburlash, jazolash va jarima solish bilan qo‘rqitib turish zarur bo‘lib, ular mehnatdan bo‘yin tovlashga intiladi. Ularni nazorat qilib turish, kistash va muntazam ravishda mehnatga yo‘naltirib turish lozim. Bu toifadagi insonlar rahbar nazoratida faoliyat kursatishni afzal ko‘radi, mas’uliyatdan bosh tortishga intiladi, faqat o‘z xavfsizligi uchun tashvishlanadi.
Слайд 14
“U” nazariyasi - mazkur toifaga mansub kishilar tabiatan passiv bo‘lib yaratilmagan. Ular faol, tashabbuskor, g‘ayratli va uddaburon bo‘lib, tashkilotdagi ishlar yaxshi tashkil etilmagani tufayli loqayd bo‘lib qolgan bo‘lishi mumkin. Bu toifadagi xodimlarda jismoniy va aqliy mehnatga intilish, mas’uliyatni his etish xislatlari shakllangan bo‘ladi. Bunday kishi nafaqat o‘ziga mas’uliyat oladi, balki unga intiladi, ularda o‘zini-o‘zi nazorat qilishga moyillik bo‘lgani uchun tashqaridan nazoratga va alohida e’tiborga muhtoj emas.
Слайд 15
Menejment fanining predmeti va maqsadi Menejment fani tashkilot va korxonalarda boshqaruv jarayonlarini o‘rganadi. U resurslardan samarali foydalanish, rejalashtirish, tashkil etish, yetakchilik qilish va nazorat qilish usullarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Menejment fanining predmeti Menejmentning asosiy predmeti — bu tashkilot ichidagi boshqaruv munosabatlari va jarayonlari hisoblanadi. Bunga quyidagilar kiradi : Korxona va tashkilotlarni boshqarish tamoyillari Raqobatbardoshlikni oshirish strategiyalari Resurslardan samarali foydalanish usullari Tashkilot madaniyati va rahbarlik usullari Qaror qabul qilish jarayonlari Menejment fanining maqsadi Menejment fani asosiy maqsadi tashkilot va korxonalarni samarali boshqarish tamoyillarini o‘rganish va qo‘llashdan iborat. Ushbu maqsad quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi : Tashkilot samaradorligini oshirish – resurslarni optimal taqsimlash orqali yuqori natijalarga erishish. Liderlik va motivatsiya – xodimlarning ishga bo‘lgan qiziqishini