Первый слайд презентации: Mavzu:1- 2 -Jahon Ur u shi
Tayyorladi : Rustamov A silbek
Слайд 2: Reja :
1. Urush boshlanishi oldidan fashistlar blokidagi davlatlarning harbiy kuchlar nisbati 2. Urushning boshlanishi va tavsifi 3. Ikkinchi jahon urushining asosiy janglari va fashistlar Germaniyasining tor-mor qilinishi 4. Ikkinchi jahon urushining so‘ngi davrida urush harakatlari, militaristik Yaponiyaning tor-mor qilinishi. Urushning tugashi va natijalari
1939 yilning 30 avgustida Gitler imperiyani himoya qilish bo‘yicha ministrlar kengashini tuzish to‘g‘risida dekret chiqardi. Yangi harbiy kabinetning qo‘liga urush vaziyatida butun mamlakatning taqdiri topshirildi. Unga doimiy a’zolar etib, Gering (rais), Gess (portfelsiz ministr), Funk (iqtisod ministri), Frik (ichki ishlar ministri), Dammers (imperiya kanselariyasi boshlig‘i) va Keytellar (qurolli kuchlar bosh qo‘mondonligi shtabi boshlig‘i) kiritildi. Gitlerning 1937 yil oxiridagi bayonotiga qaraganda milliy-sotsialistik partiyaning a’zolari unga buysungan tashkilotlar, jamiyatlar va ittifoqlarning a’zolari bilan birga 25 mln kishiga yetgan edi. Qurollanish uchun juda katta mablag‘ va ishchi kuchi kerak edi. Shuning uchun 1933-1939 yillarda harbiy xarajatlarga Reyxstagda Gitlerning aytgan so‘ziga qaraganda 90 mlrd. marka mablag‘ sarflangan. G‘arbiy Germaniyalik moliya ishlari mutaxassisi F.Federauning ma’lumotiga qaraganda 1933-1939 yillarda harbiy harajatlarga 60 mlrd. marka mablag‘ sarflangan. 1939 yilning iyunida Germaniyaning harbiy sanoatida (Avstriya va Sudet bilan birga) 2 mln. 400 ming kishi faoliyat ko‘rsatar, bu esa ishchilarining 21,9%ini tashkil etardi.
№ Qismlar va birlashmalar 1933 1935 1937 1938 1939 1 Harbiy okruglar va gruppalar qo‘mondonligi soni 2 3 4 6 11 2 Korpus qo‘mondonligi soni - 10 13 19 26 3 Diviziyalar soni 10 29 39 51 102 4 Alohida tank brigadalari - - - - - 5 Otliq askarlar brigadalari - - - - - 6 Piyoda qo‘shinlar polklari 21 77 112 129 292 7 Artilleriya polklari 7 25 43 57 128 8 Motorlashtirilgan o‘qchi polklari - 3 4 13 13 9 Tank polklari - 6 10 14 14 10 Tankka qarshi divizionlar - 9 11 17 17 11 Motorlashtirilgan razvedka batalyonlari - 9 11 17 17 12 Saperlar batalyoni 7 28 55 75 133 13 Aloqa batalyoni 7 10 55 69 160
Слайд 5: Urush boshlanishi arafasida Germaniyada piyoda qo‘shinlarda 2 mln 700 ming kishi, zahira armiyada esa 1 mln kishi bor edi. Ofitserlar korpusi 70524 kishini tashkil etib, shundan 21 ming 768 kishi safda, 48 ming 756 kishi zahirada edi. Germaniyada harbiy havo kuchlarini kuchaytirishga ham katta e’tibor berildi. 1939 yili urush boshlanganda bu sohadagi ahvol quyidagicha edi :
№ Qismlar, birlashmalar 1934 1935 1936 1937 1938 1939 1 Havo floti - - - - 3 4 2 Aviatsiya diviziyasi 1 - - - 6 7 3 Aviaeskadrilyalar - - 8 13 22 23 4 Aviaguruhlar 3 13 37 66 85 89 5 Zahiradagi aviaotryadlar - 6 14 15 16 - 6 Zenit diviziyalari 12 19 42 55 74 284 7 Parashyut batalyonlari - - 1 1 1 4 8 Harbiy havo kuchlari aloqasi batalyonlari 1 1 8 8 21 59
Слайд 6: Urushning boshlanishi va tavsifi
1939 yil 31 avgust kuni kechqurun qurollangan SS chilar bir guruhi o‘sha davrda Polsha bilan chegaradosh hisoblangan nemis shahri Gleyvits ( Glivitse ) radiostansiyasi joylashgan binoga bostirib kirdi. Mikrofon oldida bir qancha o‘q otganlaridan so‘ng, Germaniyaning Polshaga hujum qilishga murojaati polyak tilida o‘qildi. Shunga o‘xshash sun’iy ig‘volar nemis va polyak chegaralarining bir qancha uchastkalarida ham uyushtirildi. « Ishonchli » bo‘lishi uchun SSchilar polyak harbiy kiyimi kiygizilgan kishilarni otib tashladi. Bu kishilar soqchilar tomonidan konslagerlardan olib kelingan polyak mahbuslari edi. Tez orada Germaniya radiostansiyalari, polyak harbiylarning nemis chegaralariga hujum qilganligi to‘g‘risidagi shoshilinch xabar tarqatildi. Ashyoviy dalil sifatidan otib tashlangan « polyak harbiylari » ko‘rsatildi.
Слайд 7
1939 yilning 1 sentabri soat 4 dan 45 minut o‘tganda nemis-fashist aviatsiyasi Polshaning aerodromlarini, barcha aloqa nuqtalarini iqtisodiy va ma’muriy markazlarini qattiq bombardimon qildi. Quruqlikdagi qo‘shinlari Shimoldan Sharqiy Prussiya orqali, G‘arbdan Sharqiy Germaniya orqali va Janubdan Slovakiya orqali Polsha hududiga bostirib kirdi. Germaniyaning linkori « Shlezvig-Golshteyn » oldindan Polsha qirg‘oqlariga yaqinlashib kelgan edi va u Vasterplyatt yarim oroliga qaratib o‘t ochdi. Germaniyaning Polshaga hujum qilishi bilan 2-chi jahon urushi boshlanib ketdi. Ilgari Polshaga yordam qilish majburiyatini olgan Angliya va Fransiya hukumatlari Polshaga harbiy yordam ko‘rsatish o‘rniga Germaniya qo‘shinlarining Polshadan olib chiqib ketilishini, urush harakatlarining to‘xtatilishini «talab qildilar ». 3 sentabrda bu talabni Germaniyaga qat’iy ravishda bayon qildilar. Germaniya bunga e’tibor bermagach, 3 sentabr soat 11 da Angliya hukumati Germaniyaga urush e’lon qildi, 6 soat o‘tgandan keyin Fransiya ham Germaniyaga urush e’lon qildi. Angliyadan keyin Germaniyaga qarshi uning dominionlari ham urush e’lon qildi : 3 sentabrda Avstraliya va Yangi Zelandiya, 6 sentabrda Janubiy Afrika Ittifoqi, 10 sentabrda Kanada. 1939 yilning 16 sentabrida Polsha hukumati mamlakat xalqini o‘z holiga tashlab Ruminiyaga qochib o‘tdi. Germaniya Polshaga hujum boshlaganda Sovet rahbariyati SSSRning « betarafligini » e’lon qilgan edi. Keyinchalik nemis manbalaridan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, Berlin SSSRdan Polshaga qarshi harbiy harakatlarni boshlashni 1, 3, 5, 8, 12 sentabrlardagi notalarida talab qiladi. Shunday bir vaziyatda SSSR 1939 yil 23 avgust bitimining mahfiy bandlariga muvofiq 1939 yilning 17 sentabrida Polsha xududga bostirib kirdi va 12 kun ichida G‘arbiy Belorussiya G‘arbiy Ukrainaning 12 mln aholiga ega bo‘lgan 190 ming kv kmlik hududini bosib oldi.
Слайд 9
Beriyaning Stalinga bergan ma’lumotiga ko‘ra, 1940 yilning mart oyida Sovet harbiy lagerlarida 14736 ta polyak mahbuslari bo‘lganligini ko‘ramiz. Bundan tashqari Ukraina va Belorussiyaning G‘arbiy viloyatlaridagi qamoqxonalarda yana 10685 ta polyak harbiylari bor edi. Ruslarning polyak zobitlari saqlanayotgan yirik lagerlari Kozelsk, Ostashkov va Starobelskda joylashgan edi. 1940 yilning bahorida Polsha jamoatchiligi o‘rtasida bu lagerlar yopilganligi va asirlar noma’lum yo‘nalishga olib ketganligi haqida mish-mishlar tarqaldi. 1943 yilda Gitlerchilar Germaniyasi tomonidan okkupatsiya qilingan Smolenskka qarashli Katin o‘rmonida polyaklarning ommaviy tarzda ko‘milgan mozorlari topildi. Keyingi yillarda, NKVD va KGBga tegishli bo‘lgan maxfiy xujjatlarda bu qirganbarotning Sovet hukumati tomonidan amalga oshirilganligi aniq bo‘ldi. Stalin, Molotov, Voroshilov, Mikoyan, Kalinin Kaganovich va Beriyalarning bevosita boshchiligida polyak harbiylaridan 21857 kishi otib tashlangan edi. Mana shu ma’lumotlarning o‘zidan ham Sovet hukumatining bosqinchilikdan iborat bo‘lgan tashqi siyosatini anglab olish qiyin edi. 1939 yil sentabridan 1940 yil apreligacha 7 oy davomida g‘arbiy frontda faol urush harakatlari bo‘lmadi, faqat dengizlardagina birmuncha urush harakatlari bo‘lib turdi. Angliya va Fransiya 1939 yil 3 sentabrda gitlerchilar Germaniyasiga urush e’lon qilgan vaqtida, Polshada urushning uchinchi kuni davom etmoqda edi. K.Klauzvetsning so‘zlari bilan aytganda G‘arb davlatlarining rahbarlari «qalamni qilichga» almashtirdi-yu, biroq bu qilich bilan dushman ko‘ksiga zarba berishga shoshilmadi.
Слайд 10
1940 yil aprel-mayida Germaniya shimoliy va g‘arbiy Yevropada shiddatli operatsiyalarini boshlab yubordi. 1940 yil 9 aprelda « Vezeryubung » operatsiyasi boshlandi, biroq qo‘shinlari qarshilikka duch kelmay mamlakat ichkariga shiddat bilan kirib bora boshladi. Shu bilan bir vaqtda nemislarning dengiz desanti Zeyeland, Fyunen va Falster orollariga tushirildi. Daniya qiroli Kristian X tomonidan chaqirilgan kengashda nemislarga qarshilik ko‘rsatmaslik va taslim bo‘lish haqidagi qaror qabul qilindi. Daniya qisqa vaqt ichida taslim bo‘ldi, biroq Norvegiya qarshilik ko‘rsatishni davom ettirdi. Skandinaviya yarim orolining bosib olinishi natijasida nemislar juda muhim strategik punktga ega bo‘lishini anglagan Angliya va Fransiya qo‘shinlari harakatga kela boshladilar. 14 aprelda 24 ingliz piyoda brigadasi Narvikka kelib tushdi.
Слайд 11: SSSRga qarshi urushning boshlanishi va dastlabki talofatlar sabablari
Sovet -German fronti 11-jahon urushining hal qiluvchi fronti bo‘lib qoldi. 1942 yil noyabrida Gitler Germaniyasining va uning sheriklarining Sovet -German frontidagi diviziyalari soni 268 ta, 1943 yil avgust-sentabrida 230 ta edi. 1943 yil avgustida Gitler Germaniyasining 294 diviziyasidan 196 tasi, 1945 yil 313 diviziyasi va 32 brigadasidan 185 tasi va 21 brigadasi SSSRga qarshi qo‘yildi. Xolbuki, G‘arbiy frontda 1941 yilda Germaniyaning 10-11 ta diviziyasi, 1941-1942 yillarda Shimoliy Afrikada Germaniya va Italiyaning 15 ta diviziyasi, 1945 yil yanvarida G‘arbiy frontda va Italiyada 108 diviziyasi harakat qildi, xolos. 1941 yilning yozida Angliya va « Ozod Fransiya » qo‘shinlari gitlerchilarning Iroq, Suriya va Livandagi qo‘poruvchilik faoliyatiga, SSSR va Angliya gitlerchilarning Eron territoriyasidagi hatti-harakatiga zarba berdilar. 1921 yilgi Sovet-Eron shartnomasining 6-moddasiga muvofiq, 1941 yil 25 avgustda Sovet qo‘shinlari Eronning Shimoliy viloyatlariga kiritildi, Janubiga ingliz qo‘shinlari, keyinroq AQSH qo‘shinlari ham kiritildi. SSSR va Angliya hukumatining talabi bilan Afg‘oniston hukumati o‘z mamlakatidan Gitler agentlarini chiqarib yubordi va fashist davlatlari bilan diplomatik aloqani uzdi.
Слайд 13
11-jahon urushining doirasi kengayib bordi. 1941 yil 7 dekabrda Yaponiya urush e’lon qilmay, AQSH va Angliyaning Tinch okeandagi harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlariga hujum qilib, jiddiy zarar yetkazdi. Pirl-Xarbor ( Gavay orollari )ga hujumi natijasida AQShning Tinch okeandagi harbiy kemalarining deyarlik yarmisi yo‘q qilindi. AQShning Pirl-Xarbordagi talofati juda og‘ir talofat bo‘ldi : shu bazadagi 8 linkorn ishdan chiqarildi, uning yarmisi cho‘ktirib yuborildi ; 316 samolyoti shikastlandi va yakson qilindi ; 3 mingga yaqin amerikaliklar halok bo‘ldi. Yaponiya tezlik bilan hujum boshlab, 1941 yil oxiri - 42 yil boshida Tailand, Birma, Gonkong, Indoneziya orollari, Singapur, va Filippinni ishg‘ol qildi. AQSH va Angliyaning Tinch okeandagi bir qator orollarini (Guam, Ueyk, Yangi Britaniya, Yangi Gvineyaning bir qismi va boshqalarni ) egalladi. Yaponiya Tinch okeanda urush harakatlarini boshlab yuborgandan keyin, o‘sha 1941 yil 11 dekabrda Germaniya va Italiya AQSH ga qarshi, 8 dekabrda AQSH Yaponiyaga, so‘ng Germaniya va Italiyaga qarshi, Angliya o‘z dominionlari bilan birga Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildilar. Xitoy rasmiy ravishda Yaponiya, Germaniya va Italiyaga qarshi urush e’lon qildi. Uch agressiv davlat - Germaniya, Italiya va Yaponiya 1941 yil 11 dekabrda Uchlar ahdnomasiga (1940 y) qo‘shimcha yangi harbiy ahdni imzoladilar : birgalikda va barcha vositalar bilan Angliya va AQShga qarshi urush olib borish, o‘zaro roziliksiz ular bilan yarashmaslik va sulh tuzmaslik majburiyatlarini oldilar. Ular harakat zonalarini ham belgilab olishdi. 1942 yil 18 yanvar kelishuviga muvofiq Yaponiyaning zonasi qilib, Urol tog‘laridan AQShning g‘arbiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan joylar belgilandi, Germaniya va Italiyaning zonasi qilib, Uroldan G‘arbga - AQShning sharqiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan yerlar va Amerika qit’asi belgilandi. Mafkuraviy va ijtimoiy-siyosiy tuzumi turlicha bo‘lishiga qaramay, SSSR- Angliya -AQSH davlatlarining gitlerchilarga qarshi qudratli kaolitsiyasi tashkil topa boshladi.
Слайд 15
1943 yil 19-30 oktabrda Moskvada SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya tashqi ishlar ministrlarining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya SSSR taklifi bilan urushning borishi, uning muddatini qisqartirish va urushdan keyingi tartib to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qildi. Konferensiya urush davrida va urushdan keyin ittifoqchi davlatlar hamkorligi to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qildi. Deklaratsiya dushman taslim bo‘lguncha urushni davom ettirish, urushdan keyin butun kuchlarni tinchlik va xavfsizlikning mustahkamlashga qaratish, xalqaro tinchlik va xavfsizlik tashkilotini tuzish, urushdan keyin janjalli masalalarni hal qilishda o‘zaro kelishmay turib harbiy vositalarni ishga solmaslik kabi masalalarni bayon qildi. Konferensiya Stalin, Ruzvelt va Cherchill imzosi bilan e’lon qilingan gitlerchilarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi Deklaratsiyani ham qabul qildi. 1943 yil 28 noyabr-1 dekabrda Tehronda uch buyuk davlat - SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya hukumatlari rahbarlari, tashqi ishlari ministrlari va Bosh shtab boshliqlari ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada harbiy hamkorlik, 2-chi front masalasi, urushdan keyingi Germaniya masalasi muhokama qilindi. Tegishli xujjatlar, Deklaratsiyalar qabul qilindi. Sovet delegatsiyasining qat’iy talabi bilan 1944 yil 1 maydan kechiktirmay La- Mansh bo‘g‘ozi orqali Shimoliy Fransiyaga o‘tib, Yevropada 2-chi frontni ochish to‘g‘risida bitimga kelindi. Germaniya masalasida esa bir fikrga kelinmadi. SSSR urushdan keyin Germaniyani yagona demokratik davlat bo‘lib qolishi to‘g‘risida bayonnoma berdi. AQSH Germaniyani besh davlatga bo‘lib yuborish taklifini kiritdi. Angliya esa Prussiyani Germaniyaning boshqa qismidan ajratib yuborishni, Germaniyaning Janubiy viloyatlarini «Dunay federatsiyasi » tarkibiga kiritish taklifini kiritdi.
Слайд 17
AQSH va Angliya 1944 yilning 6 iyunida nihoyat 2-chi frontni ochdilar. General Eyzenxauer qo‘mondonligidagi ingliz-amerika qo‘shinlari La- Manshdan o‘tib, Fransiyaning shimolidagi Normandiyaga kirdilar. 15 avgustda Angliya, Fransiya va AQSH qo‘shinlari Fransiyaning janubiga Tulan rayoniga tushirildi. 13 avgustda Fransiyaning shimolida olib borilgan bir qator operatsiyalardan keyin nemis-fashistlarning 100 mingga yaqin qo‘shinlari asir olindi. 1944 yil 25 avgustda fransuz vatanparvarlari tomonidan ozod qilingan Parijga kirdilar va Fransiya respublikasi muvaqqat hukumati Londondan Parijga keldi. 1944 yilning sentabrida ittifoqchilarning qo‘shinlari Fransiyani, Lyuksemburgni, Belgiyani va Gollandiyaning bir qismini ozod qildilar, hamda Germaniya chegarasiga o‘tdilar. G‘arbiy frontdagi kuchlar nisbati (1944 yil - sentabr, 1945 yil - fevral ) Harbiy kuchlar Ittifoqchilar Fashistlar Nisbati Odam soni 4859000 1820000 2,7:1 To‘plar va minamyotlar 37000 30000 1,2:1 Tanklar va o‘zi yurar to‘plar 11300 2000 5,7:1 Samolyotlar 11700 1000 11,7:1
Слайд 18
1945 yil 17 iyul - 2 avgustda uch buyuk davlat - SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya hukumatlari boshliqlarining -Stalin, G.Trumen (1945 yil 12 aprelda prezident Ruzvelt vafotidan keyin vitse-prezident G.Trumen prezidentlik lavozimini egallaydi ), U.Cherchill, 25 iyuldan boshlab K.Ettli ( Angliya parlament saylovlarida g‘alaba qilgan leyboristlar partiyasining vakili ) va ularning maslahatchilari ishtirokida Berlin yaqinida Potsdamda konferensiya bo‘lib o‘tdi. Potsdam konferensiyasi g‘oyat muhim qarorlar qabul qildi. Konferensiyadagi bosh masala- Germaniya masalasi edi. Siyosiy prinsiplar bo‘yicha Germaniyani to‘la qurolsizlantirish ( demilitarizatsiya ), fashizmni bitirish ( denatsifikatsiya ), Germaniyaning siyosiy hayotini demokratik asosda qayta qurish ( demokratizatsiya ), iqtisodiy prinsiplar bo‘yicha harbiy-iqtisodiy potensialni va kartellarni tugatish choralari, okkupatsiya davrida ham Germaniyani « iqtisodiy tomondan yaxlit » deb qarash ko‘zda tutildi. Harbiy jinoyatchilarni qamoqqa olish va sud qilish to‘g‘risida kelishib olindi. Xalqaro harbiy tribunal tuzildi. Konferensiyada reparatsiya masalasi ko‘rib chiqildi va 50 % (10 mlrd dollari ) SSSR foydasiga deb belgilandi. Uch davlat Germaniyaning harbiy-dengiz va savdo flotini teng bo‘lib olish to‘g‘risida kelishib oldilar. Konferensiyada Polshaning g‘arbiy chegaralari qilib, Oder va Neyse daryolari belgilandi. Kenigsberg shahri va uning atrofidagi joylar SSSRga beriladigan bo‘ldi.
Слайд 19: Ikkinchi jahon urushining so‘ngi davrida urush harakatlari, militaristik Yaponiyaning tor-mor qilinishi. Urushning tugashi va natijalari
Potsdam Konferensiyasida militaristik Yaponiyani tezlikda tor-mor qilish masalasi ham ko‘rib chiqilgan edi. 1945 yil 6 va 9 avgustda prezident Trumen buyrug‘i bilan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasini tashladilar. Xirosima butunlay vayron qilindi. Hammasi bo‘lib 300 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi, 200 mingga yaqin kishi yarador, mayib-majrux bo‘lib qoldi. Xirosimaga tashlangan bombaning quvvati 12 kiloton edi. Sovet hukumati Yaponiyaning urush davridagi antisovet pozitsiyasini hisobga olib, 1945 yil 8 avgustda 9 avgustdan boshlab Yaponiyaga qarshi urush boshlayajagini bildirdi.
Слайд 20: Sovet-Yaponiya frontidagi kuchlar nisbati (1945 yil avgust )
Harbiy kuchlar SSSR Yaponiya Nisbati Odam soni 1500000 1200000 1,2:1 To‘plar va minamyot 26000 8500 3,5:1 Tank va o‘zi yurar to‘plar 5500 1155 5:1 Samolyotlar 3800 1800 2,1:1
Слайд 21
9 avgustda Sovet qo‘shinlari shiddatli hujumlarini boshlab yubordi va 1945 yilning 2 sentabrida Yaponiya so‘zsiz taslim bo‘lish aktiga imzo chekdi. Janubiy Saxalin va Kuril orollari SSSRga o‘tdi. Yaponiyaning taslim bo‘lishi bilan 2-chi jahon urushi ham tugadi. Ikkinchi jahon urushi 5 davrga bo‘linadi. Birinchi davr -(1939 yilning 1 sentabri-1941 yilning 22 iyuni ) G‘arbiy Yevropa davlatlarining mag‘lubiyatga uchrashi, kuchlar nisbatining fashizm foydasiga o‘zgarishi bilan, xarakterlanadi. Ikkinchi davr - (1941 yil 22 iyun - 1942 yil 19 noyabr ) Yashin tezligida urush olib borish rejasining barbod bo‘lishi, Antifashistik koalitsiyaning tuzilishi va 2-jahon urushida tub burilishining boshlanishi bilan xarakterlanadi. Uchinchi davr - (1942 yil 19 noyabr - 1943 yil oxiri ) Strategik tashabbusning to‘la Sovet Ittifoqiga o‘tishi va urushda tub burilishning yuz berishi bilan xarakterlanadi. To‘rtinchi davr - (1944 yil yanvar - 1945 yil 9 may). Germaniyaning, uning Yevropadagi ittifoqchilarining tor-mor qilinishi va taslim bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Beshinchi davr - (1945 yil 9 may - 1945 yil 2 sentabr ). Militaristik Yaponiyaning tor-mor qilinishi bilan xarakterlanadi.
Слайд 23
2-jahon urushi 6 yil davom etdi va deyarli barcha mamlakatlarni o‘ziga tortdi. Urushda 61 davlat ishtirok etdi, 40 ta mamlakat hududida urush xarakatlari bo‘ldi. Jahon aholisining 80 % urushda faol qatnashishga majbur bo‘ldi. Hammasi bo‘lib, 110 mln kishi qurollantirildi, 60 mlnga yaqin kishi halok bo‘ldi, 35 mln kishi mayib-majrux bo‘lib qoldi. Yevropadagi qamoq va o‘lim lagerlarida 12 mlndan ortiq kishi halok bo‘ldi. Urushda AQSH 300 ming, Angliya 250 ming, SSSR 24 mln, Germaniya 12; mln, Polsha 6 mln kishisidan ajraldi. 2-jahon urushi keltirgan zararlar 3 trillion 300 mlrd dollarga yetdi. Harbiy harajatlarni ham qo‘shib hisoblaganda 4 trillion dollarga tenglashdi. SSSR ko‘rgan zarar 2 trillion 600 mlrd. so‘mga yetdi. Sovet -German frontida hammasi bo‘lib, 507 ta nemis diviziyasi va uning ittifoqchilarining 100 ta diviziyasi tor-mor qilindi. SSSR ittifoqchilari -AQSH va Angliya dushmanning 176 diviziyasini tor-mor qildilar. Dushmanni tor-mor qilishda Sharqiy frontning roli katta bo‘ldi.
Слайд 24
1945 yil 8 avgustda London shahrida SSSR, AQSH, Angliya va Fransiya vakillarining konferensiyasi bo‘lib, bunda Xalqaro harbiy tribunal tuzish va uning nizomini ishlab chiqish masalasi ko‘rildi, hamda fashistik harbiy jinoyatchilar ustidan sud jarayonini olib boradigan Xalqaro harbiy tribunal tuzilganligi to‘g‘risida bitim tuzdilar. Qisqa vaqt ichida bu bitimga 19 ta davlat qo‘shildi. Tribunalda asosiy qoralovchi davlatlar SSSR, AQSH, Angliya va Fransiyadan iborat Qoralovchilar komiteti tuzildi. 29 avgustda fashist bosh aybdorlarining ro‘yxati e’lon qilindi, ular 24 ta bo‘lib, natsist siyosatchilari, harbiylari, diplomatlari, ideologlari va ishlab chiqarishdagi mutaxassislaridan iborat edi. Jumladan, Gering, Gess, Ribbentrop, Borman, Keytel, Ley, Krupp, Kaltenbrunner, Rozenberg, Frank, Frik, Shtreyxer, Shaxt, Funk, Denits, Reder, Shirax, Zaukel, Iodl, Papen, Zeyss-Inkvart, Shpeyer, Neyrat va Frichlardan iborat edi. 18 oktabrda qoralovchilar Komiteti tomonidan ularning ro‘yxati barcha xujjatlari bilan Xalqaro harbiy tribunalga topshirildi, uning sekretariati orqali har bir qoralovchiga ham yetkazildi. Tribunal raisi, Angliyalik sudya lord Dj. Lorens «Tribunal bosh qoralovchilar Komiteti tomonidan tayyorlab topshirilgan ishlardan mamnunki u yetarli darajada barcha xujjatlar asosida tayyorlangan »,- degan edi
Слайд 26
Nyurnberg jarayoni 22 ta bosh nemis-natsistlari ustidan 2500 ta xujjatli faktlar keltirdiki, ularning oqlovchi-himoyalovchilari ham biron-bir ish qilolmay qoldilar. Nima uchun 22 ta dedik, shuning uchunki, Borman delosi u yashiringanligi uchun sirtdan ko‘rildi va hukm chiqarildi, Krupp kamerada o‘zini urib, shol qilib tashlaydi, shuning uchun uning ishi to‘xtatiladi. Ley qoralovchi xujjatning xulosasi bilan tanishib chiqqandan keyin kamerada o‘zini-o‘zi osib qo‘yadi. Nyurnberg sud jarayoni 10 oy davom etdi va 1946 yilning 1 oktabrida Xalqaro harbiy tribunal o‘zining hukmini chiqardi : Gering, Ribbentrop, Keytel, Rozenberg, Frank, Frik, Shtreyxer, Zaukel, Yodl, Zeys-Inkvart, Kaltenbrunner va Borman ( sirtdan ) osib o‘ldirish bilan o‘lim jazosiga hukm qilindi ; Gess, Reder va Funk - umrbod qamoqqa, Shirax va Shpeyer - 20 yilga ; Neyrat - 15 yilga ; Denits - 10 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi. Shaxt, Papen va Frichlar oqlandilar.
Последний слайд презентации: Mavzu:1- 2 -Jahon Ur u shi
: GDRda 1945 yil 8 maydan 1984 yil 31 dekabrgacha 12 ming 873 ta gitlerchi-jinoyatchilar ustidan sud jarayoni o‘tkazilib, ko‘pchiligi tegishli jazolarini oldilar. Polshada 1945-1965 yillarda 8000 ta sobiq natsistlar ustidan sud jarayoni o‘tkazildi, shundan 5400 tasi « Uchinchi Reyx»ning fuqarolari edi. AQShga kelsak, Nyurnbergning o‘sha saroyida Amerika harbiy sudi, 12 ta sud jarayonini o‘tkazdi va 176 ta natsist jinoyatchilarini tegishli jazoladi. Umuman olganda AQSH harbiy sudi tomonidan 1941 ta gitlerchi-jinoyatchilar sud qilindi, shundan 324 tasi o‘limga, 367 tasi oqlandi, 57 ta delo tugallanmay qoldi. Angliya sudi 1085 ta jinoyatchi ustidan sud jarayoni o‘tkazdi va shundan 240 tasini o‘limga hukm qildi. Fransiya sudi 2107 ta deloni ko‘rib chiqdi va 104 tasini o‘lim jazosiga hukm qildi. Ko‘pchilik G‘arb mamlakatlarida o‘limga hukm qilinganlarning aksariyat qismi umrbod qamoq jazosi bilan almashtirildi.