Первый слайд презентации
PhD DISSERTATSIYASI • I BOB RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TIBBIYOT XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH TIZIMI SAMARADORLIGINI SUN'IY INTELLEKT MODELLARI YORDAMIDA BASHORATLASH 1-BOB RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TIBBIY TA'LIM XIZMATLARINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI Nazariy asoslar, samaradorlik mezonlari va sun’iy intellekt imkoniyatlari 30 daqiqalik taqdimot 01 TDIU SUN'IY INTELLEKT KAFEDRASI, PHD MUSTAQIL IZLANUVCHI Nazarov Baxrom Mustafayevich
Слайд 2
DOLZARBLIK Mavzuning dolzarbligi n ega bu mavzu strategik ahamiyatga ega ? Tibbiy bilim tez yangilanadi T ibbiy bilim va texnologiyalar tez yangilanmoqda. Ayrim texnologiyalar 14–18 oy ichida yangilanishi mumkin. Malaka oshirish dasturi esa uzoq vaqt o‘zgarmasa, xodimning bilimlari amaliyot talabidan orqada qoladi. Xizmat sifati kompetensiyaga bog‘liq Xodim bilimi diagnostika, davolash va bemor xavfsizligiga ta’sir qiladi. Raqamli izlar yangi imkoniyat yaratadi Test, platforma va ish natijalarini yagona profilda tahlil qilish mumkin. elektron platformalarda xodimlarning test natijalari, o‘quv faolligi va sertifikatlari haqida katta hajmdagi ma’lumotlar shakllanmoqda. Resurslar cheklangan Kimga, qachon va qanday kurs kerakligini aniq prognozlash zarur. moliyaviy va tashkiliy resurslar cheklangan. Shuning uchun aynan qaysi xodimga, qachon va qanday ta’lim kerakligini oldindan aniqlash zarur. 02
Слайд 3
MANTIQIY TUZILMA Birinchi bob uchta asosiy banddan tashkil topgan. 1.1 Inson kapitali Raqamli iqtisodiyot tibbiy ta’limni qanday o‘zgartiradi ? Birinchi bandda raqamli iqtisodiyot sharoitida inson kapitalining rivojlanishi va tibbiy ta’lim tizimining transformatsiyasi o‘rganilgan. 1.2 Samaradorlik Malaka oshirish natijasini qanday o‘lchaymiz ? Ikkinchidan, tibbiyot xodimining kompetensiyasi xizmat sifati va bemor xavfsizligiga bevosita ta’sir qiladi. 1.3 SI va tajriba Qaysi texnologiya va xorijiy tajribani qo‘llash mumkin ? Uchinchi bandda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlari, xorijiy tajriba, mahalliy tadqiqotlar bilan qiyosiy tahlil hamda O‘zbekiston uchun istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqilgan. Ushbu uchta band yagona mantiqiy zanjirni tashkil etadi : raqamli profil → ehtiyoj prognozi → individual trayektoriya → iqtisodiy samara 03
Слайд 4
1.1-BAND Inson kapitali va tibbiy ta’lim transformatsiyasi Klassik inson kapitalidan raqamli kompetensiyalar va uzluksiz ta’lim ekotizimiga o‘tish. Bu bandda klassik inson kapitali nazariyasining raqamli iqtisodiyot talablariga muvofiq rivojlanishi ko‘rsatib berilgan. Asosiy masala shundan iboratki, zamonaviy tibbiyot xodimi faqat kasbiy bilimga emas, balki raqamli savodxonlik, axborotni tahlil qilish va yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtirish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak. 04
Слайд 5
NAZARIY EVOLYUTSIYA Inson kapitali nazariyasi raqamli kompetensiyalar bilan kengaydi Schultz T a’limga sarflangan mablag‘ni inson kapitaliga kiritilgan investitsiya sifatida baholagan. Becker Bilim, ko‘nikma va tajriba insonning mehnat unumdorligi hamda daromadini oshirishini asoslagan. Romer Bilim va innovatsiyani iqtisodiy o‘sishning ichki omili sifatida ko‘rsatgan. Raqamli paradigma Ma’lumot bilan ishlash — yadro kompetensiya Raqamli iqtisodiyot sharoitida ushbu qarashlar yanada kengaymoqda. Endilikda inson kapitalining tarkibiga raqamli savodxonlik, ma’lumotlarni tahlil qilish, elektron platformalarda ishlash va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari ham kiritiladi. 05 Demak, zamonaviy inson kapitalining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqamli kompetensiyadir.
Слайд 6
SOHAVIY XUSUSIYAT Tibbiy inson kapitali ikki xil qiymat yaratadi Iqtisodiy resurs • mehnat unumdorligi • xizmat sifati • xarajat tejamkorligi • innovatsiyani o‘zlashtirish Ijtimoiy xavfsizlik omili • bemor xavfsizligi • diagnostika aniqligi • tibbiy xatolarni kamaytirish • aholi salomatligi Shuning uchun tibbiyot xodimlari malakasini oshirishga sarflangan mablag ‘ oddiy xarajat emas. Bu tashkilot va jamiyat uchun uzoq muddatli investitsiyadir. 06 Tibbiy inson kapitali bir vaqtning o‘zida iqtisodiy resurs va ijtimoiy xavfsizlik omili hisoblanadi.
Слайд 7
TA’LIM MODELI “ Har 5 yilda ” modelidan uzluksiz ta’limga o‘tish talab etiladi An’anaviy • Davriy kurs • Bir xil dastur • Yakuniy attestatsiya Raqamli • Uzluksiz modul • Shaxsiy trayektoriya • Real vaqt monitoringi An’anaviy modelda tibbiyot xodimi ma’lum davriylikda, odatda besh yilda bir marta malaka oshirish kursida qatnashadi. Dastur ko‘pincha barcha tinglovchilar uchun bir xil bo‘ladi. Raqamli modelda esa ta’lim uzluksiz, modulli va individual ehtiyojga mos bo‘ladi. Xodimning bilim darajasi muntazam baholanadi. Aniqlangan kompetensiya bo‘shlig‘iga qarab unga tegishli o‘quv moduli tavsiya qilinadi. Maqsad — sertifikat olish emas, kompetensiya bo‘shlig‘ini yopish. 07
Слайд 8
2020–2026 DINAMIKASI Raqamli ko‘nikmalar va onlayn qamrov tez o‘smoqda * 2025–2026 — mualliflik prognozi Asosiy xulosa O‘sish mavjud, ammo texnologiyalar bo‘yicha global tafovut saqlanmoqda. 08 Diagrammada 2020–2026-yillarda raqamli ko‘nikmalar bo‘yicha o‘qitilgan xodimlar ulushi va onlayn ta’lim platformalari bilan qamrov dinamikasi ko‘rsatilgan. Raqamli ko‘nikmalar bo‘yicha o‘qitilganlar ulushi 2020-yildagi 14,2 foizdan 2024-yilda 59 foizgacha oshgan. Onlayn platformalar bilan qamrov ham umumiy hisobda o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Bu yerda 2025 va 2026-yil ko‘rsatkichlari rasmiy statistika emas, balki mualliflik prognozi ekanini alohida ta’kidlash kerak. Umumiy xulosa shuki, raqamli qamrov kengaymoqda, ammo texnologiyalarni ta’lim jarayonida samarali qo‘llash bo‘yicha muammolar saqlanib qolmoqda.
Слайд 9
GLOBAL VA O‘ZBEKISTON Ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha sezilarli tafovut mavjud 53 p.p. Big Data bo‘yicha tafovut Eng yaqin yo‘nalish — LMS; eng katta zaxira — Big Data va SI. 09 Ushbu diagrammada ilg‘or raqamli texnologiyalarning jahon va O‘zbekiston ta’lim tizimidagi qo‘llanish darajasi taqqoslangan. Masalan, sun’iy intellektdan foydalanish jahon amaliyotida 47 foiz, O‘zbekiston amaliyotida esa 12 foiz sifatida keltirilgan. Big Data bo‘yicha tafovut yanada yuqori : global ko‘rsatkich 61 foiz, O‘zbekiston ko‘rsatkichi 8 foiz. LMS platformalari bo‘yicha vaziyat nisbatan yaxshi : global ko‘rsatkich 84 foiz, O‘zbekistonda 47 foiz. Demak, LMS tizimlari bo‘yicha muayyan tajriba mavjud. Big Data, sun’iy intellekt va VR/AR texnologiyalari bo‘yicha esa katta rivojlanish zaxirasi saqlanmoqda.
Слайд 10
KONSEPTUAL XULOSA Transformatsiya to‘rtta tayanchni birlashtirishi kerak 1 Kompetensiya Raqamli savodxonlik va klinik ko‘nikma Xodim kasbiy bilim bilan birga raqamli ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi zarur. 2 Ma’lumot Raqamli profil va platforma izlari Xodimning testlari, sertifikatlari va faoliyat natijalari raqamli profilda jamlanadi. 3 Ta’lim Modul, microlearning va simulyatsiya O‘quv jarayonida modulli kurslar, microlearning va tibbiy simulyatsiyalardan foydalaniladi. 4 Boshqaruv Prognoz, tavsiya va resurs optimallashuvi Ma’lumotlar asosida ehtiyoj prognoz qilinadi, kurs tavsiya etiladi va resurslar taqsimlanadi. Shunday qilib, transformatsiya faqat texnik emas, balki institutsional va metodologik o‘zgarishni ham talab qiladi. 10
Слайд 11
1.2-BAND Malaka oshirish samaradorligini qanday baholaymiz ? An’anaviy yondashuvda samaradorlik ko‘pincha kursni tugatish yoki yakuniy test natijasi bilan cheklanadi. Bizning yondashuvimizda esa malaka oshirish natijasi tibbiyot xodimining bilimida, ish faoliyatida, klinik xizmat sifatida va iqtisodiy ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘lishi kerak. Shu sababli samaradorlikni bir nechta o‘zaro bog‘langan qatlamlarda baholash taklif etilgan. Natijani faqat test bali bilan emas, klinik, iqtisodiy, tizimiy va raqamli ta’sir bilan o‘lchash. 11
Слайд 12
INTEGRAL MODEL Samaradorlik besh qatlamda namoyon bo‘ladi 1 O‘quv Bilim va ko‘nikma ? Bu bilim va ko‘nikmalarning o‘sishini ko‘rsatadi. 2 Amaliy Klinik natija ? Olingan bilimning klinik faoliyatda qo‘llanishi baholanadi. 3 Iqtisodiy ROI va tejamkorlik ? Bunda ROI, xarajat va tejamkorlik aniqlanadi. 4 Tizimiy Protokol va integratsiya ? Yangi protokollar, boshqaruvdagi o‘zgarishlar va axborot tizimlari integratsiyasi o‘rganiladi. 5 Raqamli Platforma faolligi ? Platformadan foydalanish va ma’lumotlarning yangilanish tezligi baholanadi. Bir qatlamdagi yaxshilanish boshqalar bilan tasdiqlangandagina to‘liq samara yuzaga keladi. 12
Слайд 13
METODOLOGIK ASOS Donabedian va Kirkpatrick yondashuvlari bir-birini to‘ldiradi Donabedian tibbiy xizmat sifatini uchta element orqali baholaydi Tuzilma → Jarayon → Natija Tibbiy xizmat sifatini tizimli baholaydi. Kirkpatrick esa ta’lim samaradorligini to‘rtta bosqichda o‘rganadi Reaksiya → Bilim → Xulq → Natija Ta’lim ta’sirining bosqichma-bosqich o‘tishini baholaydi. Birlashtirilgan model: ta’lim natijasi → ish xulqi → klinik va iqtisodiy natija 13
Слайд 14
E_INTEGRAL Integral indeks turli natijalarni yagona bahoga jamlaydi E integral = w₁Eo‘quv + w₂Eamaliy + w₃Eiqtisodiy + w₄Etizimiy + w₅Eraqamli w Og‘irlik Ustuvorlikni bildiradi E Natija Har bir qatlam bahosi Σw = 1 Shart Vaznlar yig‘indisi birga teng 14 Formulada o‘quv, amaliy, iqtisodiy, tizimiy va raqamli samaradorlik ko‘rsatkichlari birlashtiriladi. “E” harfi har bir yo‘nalish bo‘yicha erishilgan natijani anglatadi. “W” harfi esa ushbu natijaning og‘irligi yoki ahamiyatini bildiradi. Og‘irlik koeffitsiyentlarining yig‘indisi birga teng bo‘ladi. Shunday qilib, turli ko‘rsatkichlar yagona integral bahoga keltiriladi.
Слайд 15
ROI VA B/C Investitsiya qaytimi 2022–2024 yillarda oshgan 12,1% 2022 ROI 21,2% 2024 ROI B/C: 1,58 → 2,07 ROI = ( foyda − xarajat ) / xarajat × 100% 15 ROI — investitsiya qaytimi ko‘rsatkichidir. U malaka oshirishga sarflangan mablag ‘ qancha iqtisodiy foyda keltirganini bildiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ROI 2022-yildagi 12,1 foizdan 2024-yilda 21,2 foizgacha oshgan. Foydaning xarajatga nisbati, ya’ni B/C ko‘rsatkichi 1,58 dan 2,07 gacha ko‘tarilgan. B/C ko‘rsatkichining 2,07 bo‘lishi sarflangan har bir birlik xarajatga ikki birlikdan ko‘proq foyda to‘g‘ri kelishini anglatadi. Bu natijalar malaka oshirishning iqtisodiy samarasi oshayotganini ko‘rsatadi. Biroq hujjatda ushbu ROI darajasi OECD ko‘rsatkichlaridan past ekanligi qayd etilgan.
Слайд 16
2026 MAQSADLARI KPIlar ta’limdan iqtisodiy natijagacha kuzatiladi ≥85% Kursni tugatish ≥25 ball Bilim o‘sishi +12–18% Diagnostika aniqligi ≥−35% Tibbiy xatolar ≥25% ROI ≥15% Xarajat tejamkorligi 16 Malaka oshirish tizimini boshqarish uchun aniq KPIlar belgilanishi kerak. Demak, KPIlar kursda qatnashishning o‘zini emas, ta’limning real klinik va iqtisodiy natijasini o‘lchaydi
Слайд 17
SEIQR MANTIQI SEIQR modeli malaka oshirish samaradorligining bosqichma-bosqich shakllanishini ko‘rsatadi. S Sarflar Moliyaviy va vaqt resursi E Ta’lim Kurs va modul natijasi I Ish faoliyati Xulq va kompetensiya Q Sifat Klinik xizmat natijasi R Qaytim Iqtisodiy samara Asosiy savol : o‘qitishga sarflangan resurs xodimning ish faoliyati, klinik xizmat sifati va iqtisodiy natijaga aylandimi ? Agar ta’lim bilan amaliy faoliyat o‘rtasida bog‘lanish bo‘lmasa, sarflangan mablag ‘ kutilgan samarani bermaydi. 17
Слайд 18
1.3-BAND Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt Bu qismda an’anaviy kadrlar boshqaruvi tizimining cheklovlari aniqlangan. Shuningdek, AQSH, Germaniya va Janubiy Koreya tajribasi o‘rganilib, O‘zbekiston uchun moslashtirilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar tanlangan. Band yakunida individual ta’lim trayektoriyasi modeli va tadqiqotning boshqa ilmiy ishlardan nazariy farqi asoslangan. 18
Слайд 19
AN’ANAVIY VA RAQAMLI An’anaviy va raqamli model Raqamli model tezroq, arzonroq va shaffofroq MEZON AN’ANAVIY RAQAMLI Davriylik Har 5 yilda Uzluksiz, talabga qarab Baholash Komissiya SI va platforma ma’lumoti Yangilanish Yillik hisobot Real vaqt Xodim xarajati 2,9 mln so‘m 1,0 mln so‘m Prognoz Mavjud emas ±5% aniqlik Shaffoflik Past Audit izi mavjud 19
Слайд 20
ASOSIY CHEKLOVLAR Besh uzilish an’anaviy tizim samaradorligini pasaytiradi 23% Statik – dinamik uzilish : Ta’lim dasturi sekin yangilanadi, tibbiy texnologiya esa tez rivojlanadi. Bilim eskirishi va xato oshishi 18% Ma’lumot asimmetriyasi : Rahbariyat xodimning real kompetensiyasini o‘z vaqtida bilmaydi. FTE resursining isrofi 2,1× Geografik markazlashuv : Hududiy xodimlarning markazga kelishi qo‘shimcha xarajat va vaqt talab qiladi. Yo‘l va vaqt xarajati 31% Sub’ektiv baholash : Kadrlar fluktuatsiyasi 45% Prognoz tizimining mavjud emasligi. Yollash xarajati oshishi Ko‘rsatkichlar hujjatdagi mualliflik tahliliga tegishli. 20
Слайд 21
JORIY ETISH TO‘SIQLARI Raqamli texnologiyalarni joriy qilishda bir nechta to‘siqlar mavjud. Raqamlashtirish texnik emas, institutsional to‘siqlarga ham duch keladi Yuqori Raqamli baholashni tan olish : raqamli baholash natijalarini rasman tan olish mexanizmining yetarli emasligi. Moliyaviy Yuqori Boshlang‘ich kapital xarajat : raqamli infratuzilma uchun boshlang‘ich investitsiya zarurligi. Inson omili Yuqori Rahbarlarning qarshiligi : ayrim rahbar va xodimlarning o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatishi. Infratuzilma O‘rta Hududlarda internet sifati : hududlardagi internet tezligi va texnik ta’minotning bir xil emasligi. Maxfiylik O‘rta Tibbiy ma’lumotlarni himoya qilish : tibbiy hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish zarurati. 21 Qonuniy-normativ Demak, raqamlashtirish faqat dasturiy ta’minot masalasi emas. U huquqiy, tashkiliy va madaniy o‘zgarishlarni ham talab qiladi.
Слайд 22
XALQARO TAJRIBA Xorijiy texnologiyalar ta’lim va klinik natijani yaxshilagan Eng katta ta’lim samarasi +41% VR simulyator Natijalar hujjatda keltirilgan xorijiy tajriba qiymatlaridir. 22
Слайд 23
MAMLAKATLAR TAJRIBASI Uch mamlakat tajribasi turli kuchli tomonlarni ko‘rsatadi AQSH Aniqlik ta’limi SI diagnostika va individual tavsiya Germaniya Dual model Ish joyi va ta’lim integratsiyasi Janubiy Koreya VR/AR simulyatsiya Amaliy ko‘nikma +29–35% Transfer tamoyili: tayyor modelni ko‘chirish emas, O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish. 23
Слайд 24
TRANSFER USTUVORLIGI Birinchi navbatda tez va yuqori qaytimli yechimlar tanlanadi 1 Mobil microlearning 6–12 oy +28% ROI 2 SI-adaptiv platforma 12–18 oy +38% ROI 3 SI-diagnostika moduli 12–18 oy +41% ROI 4 VR/AR simulyator 18–24 oy +45% ROI Tanlov mezoni: joriy etish muddati + institutsional tayyorlik + iqtisodiy qaytim 24
Слайд 25
ILT MODELI Individual ta’lim trayektoriyasi xodim ehtiyojiga moslashadi 1 Diagnostik test Kompetensiya profilini aniqlash 2 Bo‘shliq tahlili Qaysi ko‘nikma yetishmasligini topish 3 Tavsiya Mos modul va formatni tanlash 4 Adaptatsiya Natijaga qarab murakkablikni o‘zgartirish 5 Prognoz Keyingi zarur kompetensiyani oldindan aytish ILT = eng yuqori foydalilik beradigan modul, vaqt va format kombinatsiyasini tanlash 25
Слайд 26
QIYOSIY TAHLIL Mavjud tadqiqotlar elementlarni alohida o‘rgangan Karimov Masofaviy ta’lim arxitekturasi Karimova Prognostik sifat boshqaruvi Xakimjonova Andragogik rivojlanish Reitgruber SI va o‘qishga motivatsiya Riley / Sop SI joriy etish va iqtisodiy foyda Tadqiqot bo‘shlig‘i: tibbiy kadrlar uchun uzluksiz algoritmik va iqtisodiy kontur yo‘q. 26
Слайд 27
ILMIY YANGILIK Dissertatsiyaning nazariy farqi — uzluksiz boshqaruv konturi Raqamli profil Xodimning bilim va faoliyat ma’lumoti Ehtiyoj prognozi Kurs turi va muddatini oldindan aniqlash Individual trayektoriya Modul va formatni avtomatik tavsiya qilish Resurslar Oqim, o‘qituvchi va budjetni maqbul taqsimlash Iqtisodiy baho Xarajat, tejamkorlik, sof samara va ROI Profil → Prognoz → Tavsiya → Optimallashtirish → Samara 27
Последний слайд презентации: PhD DISSERTATSIYASI • I BOB RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TIBBIYOT XODIMLARI
I BOBNING ASOSIY XULOSASI Malaka oshirish davriy kurs emas, ma’lumotga asoslangan uzluksiz boshqaruv tizimi bo‘lishi kerak. Raqamli profil → Individual prognoz → Sifat va iqtisodiy samara E’tiboringiz uchun rahmat. 28