Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari — презентация
logo
Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari
  • Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari.
  • Reja :
  • Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari
  • Didaktik yoki ta’limiy talablar sirasiga quyidagilar kiradi :
  • Darsga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar qatoriga quyidagilar kiradi :
  • Darsga qo‘yiladigan tashkiliy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi :
  • Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari
  • O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda qo‘shimcha ta’limning asosiy maqsadi va vazifalari
  • Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari
1/9

Первый слайд презентации: Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari

G.M.Xalillayeva

Изображение слайда

Слайд 2: Reja :

O‘qituvchining darsga tayyorlanishi. Darslarni tashkil etishga nisbatan qo‘yiladigan didaktik talablar. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda qo‘shimcha ta’limning asosiy maqsadi va vazifalari.

Изображение слайда

Слайд 3

Ta’limning boshqa shakllariga o‘xshab darsga ham qator didaktik talablar qo‘yiladi. Y.K.Babanskiy, N.A.Sorokin darsga qo‘yiladigan talablarni uch guruhga ajratishadi : didaktik talablar, tarbiyaviy talablar, tashkiliy talablar.

Изображение слайда

Har bir darsning ma’lumot berish, rivojlantirish, tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash, uning darslar tizimidagi o‘rnini qat’iy aniqlash. Darslarning optimal mazmunini, o‘rganiladigan bilimlar ko‘lami, shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo‘yish. Darsni tashkil etishga oid ratsional ta’lim metodlarini interfaol usullarini tanlash, o‘quvchilar faolligini rag‘batlantirish, o‘quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni ta’limga optimal tatbiq etish. Ta’lim prinsiplarini ( ilmiylik, faollik, izchillik, predmetlararo aloqa )

Изображение слайда

Darsda o‘rganiladigan o‘quv materiallari bo‘yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish. Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish. Bolalarda o‘qishga oid motivlarni uyg‘otish, bilish, o‘qish o‘rganishga havas, ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish. Dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish.

Изображение слайда

Dars uchun puxta yo‘nalgan konspekt yoki reja tuzish. Darsning logikasiga ( dars bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligi darsda amalga oshiriladigan ishlar, o‘quv topshiriqlarining o‘zaro aloqadorligiga rioya qilish ). Dars tempini o‘quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish. Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish. Darsda ongli intizomni tashkil etish. Hozirgi zamon darsining tipologiyasida ikkita asosiy kamchilik mavjud : darsni chegaralash uchun ishlatilgan terminlarning noto‘g‘ri tanlanganligi, dars tiplarining bir-birini to‘ldirmasligi, o‘zaro bog‘lanmaganligi.

Изображение слайда

Слайд 7

Didaktik qo‘llanmalarda darsning ikkinchi tipi “ mustahkamlash darsi ” nomi bilan yuritiladi. Bunday darslarda o‘quvchi oldin o‘rganilgan o‘quv materialiga ikkinchi marta takroriy qaytib keladi. O‘quv materiallariga takroriy qaytish natijasida malakalar shakllanadi. Shu tufayli ikkinchi dars tipini “ o‘tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari ” deb belgilaymiz. Maktablar tajribasida yuqorida sanalgan darslarning hammasi ham qo‘llanilmaydi. O‘rganilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash o‘tganlarni takrorlashning murakkab ko‘rinishlaridir. Binobarin, uni alohida dars tipi sifatida tahlil etishga ehtiyoj qolmaydi. Mustahkamlash, takrorlash, umumlashtirishni bir dars tipiga birlashtirish mantiqan to‘g‘ri emas. O‘zlashtirish keng tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga o‘quv materiallarini his etish, anglash, o‘rganish, malaka hosil qilish, umumlashtirish, xotirada saqlash kabi qator ruhiy hodisalarni qamrab oladi. Shunday ekan, yangi bilimlarni o‘zlashtirishni alohida dars tipi sifatida ajratish nomaqbul bo‘ladi.

Изображение слайда

Слайд 8: O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda qo‘shimcha ta’limning asosiy maqsadi va vazifalari

Ijodkorlik o‘rganishning muhim jihati hisoblanadi. Ijodkorlik tufayli o‘quvchi o‘rganishga ijobiy munosabatda bo‘ladi va uning o‘rganishi yanada qiziqarli bo‘ladi. Ijodkorlik sabab o‘quvchi passiv ma’lumotni mahsulotga aylantirish orqali faollashtiradi. Yoshlikdan egallangan ijodkorlik tufayli insonlar kundalik hayotidagi muammolarni osonlikcha hal qila oladilar va balog'at yoshida samaraliroq harakat etuvchi darajasida bo‘lishadi. Bu ta’limning asosiy maqsadlaridan biri : o‘quvchilarni kelajak hayoti uchun yaxshi jihozlash va ularni samarali fuqarolar qilib tarbiyalash. Shu sababli, ayni vaqtda respublika o‘quvchilarining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi, bu borada faol qo‘llaniladigan shakl, metod va vositalar hamda ularning ahamiyatiga e’tibor berilmoqda. Ijodkorlik nima ? O‘quvchilarga samarali fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish ta’limning asosiy vazifalaridan biridir. Suqrotdan to hozirgi kungacha ta’lim sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y bergan bo‘lsa -da, o‘quvchilarga fikrlash qobiliyatini berishga intilish har doim ta’limning o‘zagidan joy olgan. Ijodkorlik oddiy ta’rifga ega bo‘lgan tushuncha emas.

Изображение слайда

Последний слайд презентации: Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari

Ijodkorlik – bu shaxsning asl mahsulot yoki yechim topish istagi. Istak va tasavvur hissi ijodkorlikning asosiy so‘zlaridir. Sternberg va Lubart (1998) fikrlariga ko‘ra, faqat ijodkorlik uchun o‘ziga xoslik yetarli emas. Torrance (1988) esa ijodkorlikni quyidagicha ta’riflagan : “ qiyinchiliklar, muammolar, ma’lumotlardagi bo‘shliqlar, yetishmayotgan elementlar, qandaydir qiyshiq narsalarni sezish jarayoni : bu kamchiliklar haqida taxmin qilish va gipotezalarni shakllantirish ; bu taxmin va gipotezalarni baholash va tekshirish ; ehtimol ularni qayta ko‘rib chiqish va qayta sinovdan o‘tkazish va nihoyat natijalarni e’lon qilish ”.

Изображение слайда

Похожие презентации