Первый слайд презентации: Jon Lokk ongining empirik falsafasi Motivatsiya va motivlar
Tayyorladi: psixologiya fanlari nomzodi Kuliyev Yo.K.
Слайд 2: Motivatsiya tushunchasi
Motivatsiya – inson psixik hayotining harakatlantiruvchi asosi bo‘lib, xulq-atvorning boshlanishi, yo‘nalishi va faollik darajasini belgilovchi psixologik sabablar majmuidir. U ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, niyatlar, intilishlar hamda tashqi omillarni (stimullarni) o‘z ichiga oladi.
Слайд 3: Motivatsiyaning funksiyalari
- Xulq-atvor va aniq harakatlarning sababidir. - Xulqni ichki va tashqi motivlarning o‘zaro ta’siri sifatida tushuntirish imkonini beradi. - Bilish jarayonlarining tanlanishi va emotsional rangini belgilaydi.
Слайд 4: Motivatsiya tarkibi
Motivatsiya tarkibi: ehtiyoj, motiv va maqsad. Ehtiyojdan oldin ‘zarurat’ turadi. Zarurat – inson anglamasligi ham mumkin bo‘lgan obyektiv muhtojlikdir.
Слайд 5: Ehtiyojlar
Ehtiyoj – normal yashash va rivojlanish uchun yetishmayotgan sharoitga bo‘lgan muhtojlik. Turlari: - Organik - Moddiy - Ijtimoiy - Ma’naviy
Слайд 6: Motiv
Motiv – ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq bevosita faoliyatga undovchi omil. Motiv insonda istak va niyat ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Слайд 7: Motivlarning xususiyatlari
- Kenglik - Moslashuvchanlik - Kuch Ichki motivatsiya – faoliyatning o‘zi qadrli. Tashqi motivatsiya – faoliyat boshqa ehtiyojlarni qondirish vositasi.
Слайд 8: Lokus nazorati (J. Rotter nazariyasi)
Ichki lokus – natijalar o‘ziga bog‘liq deb hisoblash. Tashqi lokus – natijalar tashqi omillarga bog‘liq deb hisoblash.
Слайд 9: Maqsad va natija
Maqsad – faoliyatning kutilayotgan natijasi. Maqsadga erishib bo‘lmasligini anglash holati – frustratsiya.
Слайд 10: Ehtiyoj va motivlar tasnifi
- Ongli va ongsiz - Ichki va tashqi - Ijobiy va salbiy - Barqaror va beqaror - Yetakchi va ikkilamchi
Слайд 11: Yo‘nalganlik
Yo‘nalganlik – shaxsning barqaror motivlari majmui bo‘lib, uning tanlab faolligini belgilaydi. Shakllari: mayl, istak, intilish, qiziqish, moyillik, ideal, e’tiqod, dunyoqarash.
Слайд 12: Yo‘nalganlik shakllari
Mayl – anglanmagan ehtiyoj. Istak – anglangan ehtiyoj. Intilish – iroda bilan mustahkamlangan istak. Qiziqish – bilishga yo‘naltirilgan ehtiyoj.
Последний слайд презентации: Jon Lokk ongining empirik falsafasi Motivatsiya va motivlar: Qiziqish va moyillik
Qiziqish rivojlanib moyillikka aylanishi mumkin. Ideal – shaxs intiladigan obraz. E’tiqod – shaxsni qarashlariga muvofiq harakat qilishga undovchi motivlar tizimi. Dunyoqarash – insonning olam va undagi o‘rni haqidagi qarashlar tizimi.