Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi — презентация
logo
Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
  • Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi
1/16

Первый слайд презентации

Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi.

Изображение слайда

Слайд 2

O’zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarish, import qilish, saqlash, tashish va sotish ustidan davlat nazoratini o’rnatish, shuningdek, mazkur tovarlarni yashirin tarzda ishlab chiqarilishi yoxud pinhona olib kelinishining oldini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ O’zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga Aksiz markalarini joriy etish tartibi to’g’risida ” 1996 yil 14 avgustdagi 285-sonli qarori e’lon qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, O’zbekiston Respublikasida 1996 yil 1 oktyabridan boshlab ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kelinayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni, pivodan tashqari, belgilangan namunadagi Aksiz markalari bilan majburiy markalash joriy etildi va ularni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Aksiz markalarini yopishtirmagan holda tashish ( xalqaro tranzitdan tashqari ), saqlash va sotish taqiqlab quyildi.

Изображение слайда

Слайд 3

Aksiz markalarini qo’llashning tartibiga doir 1996 yil 21 avgustda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 275-son bilan ro’yxatga olingan “ O’zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga nisbatan Aksiz markalarini qo’llanish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnoma ishlab chiqildi va bu yo’riqnoma 1999 yilgacha amal qilib keldi. 1999 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 7 yanvarda 589-son bilan ro’yxatga olingan “ O’zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga Aksiz markalarini qo’llash tartibi to’g’risida”gi yangi yo’riqnoma amalga kiritildi

Изображение слайда

Слайд 4

Aksiz markalarida yozilgan harfiy va raqamli belgilarning ta’rifi : IM - mahsulot import bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan ; O‘Z - mahsulot O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan ; 98 - ikkita birinchi belgi - aksiz markasi bosib chiqarilgan yil ; 01 yoki 001 - ikkita yoki uchta keyingi belgilar – tegishincha tamaki yoki alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga ( importchilarga ) beriladigan kod raqamlari ; aksiz markalaridagi 4 ta raqamli belgi tamaki mahsulotini anglatadi ;

Изображение слайда

Слайд 5

aksiz markalaridagi 5 ta raqamli belgi alkogolli mahsulotni anglatadi ; 98 bilan tugaydigan so‘nggi raqamlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga mayda turkumdagi aksizli tovarlar keltirilganligini anglatadi. Alkogolli mahsulot uchun aksiz markalarida alkogolli ichimlik quyiladigan iste’mol idishining hajmini litrlarda bildiradigan quyidagi yozuvlar qayd etiladi : O‘zbekiston Respublikasi hududiga import bo‘yicha olib kirilganda : “0,1 L gacha ”, “0,11 L dan 0,25 L gacha ”, “0,26 L dan 0,37 L gacha ”, “0,38 L dan 0,5 L gacha ”, “0,51 L dan 0,75 L gacha ”, “0,76 L va yuqori ”; O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilganda : “0,05 L”, “0,1 L”, “0,2 L”, “0,25 L”, “0,45 L”, “0,5 L”, “0,7 L”, “0,75 L”,“1,0 L”, “1,75 L”, “3 L”. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan import qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.

Изображение слайда

Слайд 6

Aksiz markalari. Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarilishi, import qilinishi, saqlanishi, tashilishi va sotilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, shuningdek, aksiz solig‘i to‘liq undirilishi, ko‘rsatilgan tovarlarni yashirincha ishlab chiqarish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelishning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risida»gi 285-son qaroriga muvofiq 1996 yil 1 oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kelinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni, pivodan tashqari, majburiy tarzda belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan markalash joriy etildi va ularni aksiz markalarini yopishtirmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish, tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotish ta‘qiqlandi.

Изображение слайда

Слайд 7

Aksiz markalari ishlab chiqariladigan va import qilinadigan aksiz tovarlarining turlariga bog‘liq ravishda harfiy va raqamli belgilar bilan markalanadi hamda quyidagi turlarga bo‘linadi: IM – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududiga import bo‘yicha olib kelingan; O‘Z – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududida ishlab chiqarilgan; 98 – dastlabki ikki belgi – aksiz markasi bosib chiqarilgan yil; 01 yoki 001 – keyingi ikki yoki uchta belgi – ishlab chiqaruvchi korxonalarga (importchilarga) tegishlicha tamaki mahsuloti yoki alkogolli ichimlik bo‘yicha beriladigan kod raqamlari; 4 raqam belgisi aksiz markalarida tamaki mahsuloini bildiradi; 5 raqam belgisi aksiz markalarida alkogolli mahsulotni bildiradi; 98 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga aksiz tovarlari mayda turkumlar bilan olib kelinganligini anglatadi;

Изображение слайда

Слайд 8

99 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar musodara qilingan aksiz tovarlari anglatadi. anglatadi. Hukumat 2-noyabr kuni “ Alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-dekabrdan 2022-yil 1-noyabrgacha sinov tariqasida ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi. 2022-yil 1-sentabrgacha yoki 2022-yil 1-sentabrdan keyin boshqa turdagi tamaki mahsulotlari ( filtrli va filtrsiz sigaretalardan boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar ) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati yuzaga kelgan kundan boshlab 7 kun mobaynida markirovkalash axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tadi

Изображение слайда

Слайд 9

2022-yil 1-oktabrdan iste’mol va guruhlangan qadoqlarga raqamli identifikatsiyalash vositalari tushiriladi, shuningdek, boshqa turdagi tamaki mahsulotlarini agregatsiyalash ta’minlanadi. 2023-yil 1-martdan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari aylanmasi bo‘yicha barcha harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar markirovkalash axborot tizimiga kiritiladi. 2022-yil 1-oktabrdan O‘zbekistonda raqamli identifikatsiyalash vositalarini tushirmasdan hamda raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga yubormasdan ishlab chiqarish taqiqlanadi.

Изображение слайда

Слайд 10

2022-yil 1-oktabrdan keyin ishlab chiqarilganda ( olib kirilganda ) ularning chakana savdosiga faqat markirovkalash axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish sharti bilan ruxsat etiladi. 2022-yil 1-oktabrgacha ishlab chiqarilganda ( olib kirilganda ) ularning chakana savdosiga 2023-yil 1-oktabrgacha ruxsat etiladi. Eslatib o‘tamiz, “ Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori 2020-yilning 15-aprelida qabul qilingan edi. Qarorda eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan ulgurji va chakana savdo tarmog‘idagi alkogol va tamaki mahsulotlari 2021-yil 1-fevraldan markalanmagan deb hisoblanib, tegishli tartibda olib qo‘yilishi belgilangandi.

Изображение слайда

Слайд 11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida ” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qaroriga muvofiq hamda alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi : 1. 2020-yil 1-maydan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz markalari namunalari va tavsiflari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan ulgurji va chakana savdo tarmog‘idagi alkogol va tamaki mahsulotlari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab to‘qqiz oy o‘tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.

Изображение слайда

Слайд 12

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son) 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi 2021-yil 1-fevraldan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida sotilishining oldini olish, shuningdek, ushbu mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish choralarini ko‘rsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi 2020-yil 1-mayga qadar yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi to‘g‘risidagi axborotni alkogol va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar e’tiboriga yetkazsin.

Изображение слайда

Слайд 13

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020-yil 1-mayga qadar : yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi to‘g‘risidagi axborotni alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlari e’tiboriga yetkazsin ; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsin.

Изображение слайда

Слайд 14

O ‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol mahsulotlariga aksiz markalarining namunalari va tavsiflari

Изображение слайда

Слайд 15

O‘zbekiston Respublikasining alkogol mahsulotlari uchun aksiz markalari 160x18 mm o‘lchovda bo‘lib, gorizontal holatda joylashgan. Aksiz markasining chap tomonida metallograf bosma usulida binafsha rangida bosilgan naqshinkor bezak mavjud. Naqshinkor bezakning o‘ng tomonida “O’ZBEKISTON AKSIZ MARKASI” so‘zi vertikal ko‘rinishda chop etilgan. “O’ZBEKISTON AKSIZ MARKASI” so‘zining o‘ng tomonida kumush rangli tasvir ifodalangan. Kumush rangli tasvir ustida “2020” abbreviaturasi bo‘yoqsiz metallograf bosma usulida tasvirlangan. Kumush rangli tasvirning o‘ng tomonida “UZB” abbreviaturasi joylashtirilgan. Aksiz markaning markazida QR-CODE joylashgan bo‘lib, u o‘z ichiga mahsulotni ishlab chiqargan tashkilot nomi, alkogol mahsuloti nomi, tashkilot kodi, alkogol mahsuloti hajmi, aksiz markaning seriya raqamlari va individual raqam ma’lumotlari kiritilgan.

Изображение слайда

Последний слайд презентации: Mavzu : Aksiz soliģi va uning hisoblanishi

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan tamaki mahsulotlariga aksiz markalarining namunalari va tavsiflari

Изображение слайда

Похожие презентации