Matn tahlili ABDURASHIDOVA DILNOZAXON — презентация
logo
Matn tahlili ABDURASHIDOVA DILNOZAXON
  • Matn tahlili ABDURASHIDOVA DILNOZAXON
  • Matn tahlili ABDURASHIDOVA DILNOZAXON
  • Matn tahlili ABDURASHIDOVA DILNOZAXON
  • Matn tahlili ABDURASHIDOVA DILNOZAXON
  • Izoh mazmunli matn
  • Didaktik matn
  • Xabar-darak mazmunli matn
  • So`roq mazmunli matn
  • Buyruq - istak mazmunli matn
  • Hissiy ifoda mazmunli matn
  • Minimal matn
  • Matn tahlili ABDURASHIDOVA DILNOZAXON
1/12

Первый слайд презентации

Matn tahlili ABDURASHIDOVA DILNOZAXON

Изображение слайда

Слайд 2

Reja 01 Hikoya mazmunli matn 02 Tasviriy matn 03 Izoh mazmunli matn 04 Xabar - darak mazmunli matn 05 So`roq mazmunli matn

Изображение слайда

Слайд 3

Hikoya mazmunli matn Bizning mahallamiz kichkinagina bo‘lsa ham gavjum. Karim qori degan gazlamafurush, Yoqub qovoq degan mumfurush, Abdullaxo‘ja degan bo‘yoqfurush boylarni hisobga olmaganda, qolganlari bosmaxona va qandolatxona (konditerskiy ) ishchilari edi. Mahallamizda ikkita machit, bitta choyxona, ikkita baqqollik bor. Samovarchi — Qodir aka degan yalangto‘sh kishi. Machitning bittasi Tikonli mozorda, ikkinchisi — Yettim Machit — Qo‘rg‘ontagida. Har ikki machitning ham yonida maktab bor. Mahalla imomlari o‘z navbatida o‘qi_x0002_tuvchi. Tikonli mozor machitida Shamsidomla muallim, Qo‘rg‘ontagida Hasanboy domla o‘qitadi. Men Hasanboy domlada o‘qidim. U bizlarni “Haftiyak”dan emas, “U stodi avval” kitobidan o'qitib, tez savodimizni chiqardi.

Изображение слайда

Слайд 4

TASVIRIY MATN: Abdulla Qodiriy “O`tkan kunlar”romani “Tun ayoz, izg‘iriq yel to‘rt tarafka yugurib jon achitmakchi bo‘lar edi. Hasanali yarim yalang‘och holda junjayib daricha ostida, izg‘iriq quchog‘ida o'lturar erdi.”

Изображение слайда

Слайд 5: Izoh mazmunli matn

Bultur ekilib, ko‘p qoshlarni qoraytirgan o‘sma ildizidan yana bosh ko‘tarib chiqdi... Muloyim qo‘llarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat! Erkaklarning gullik do‘ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularning sochlari, gajaklari va ro‘mol popuklari bilan hazillashib o‘ynagan salqin shabada... ko‘klam nash’asi bilan sho‘xlik qiladi.

Изображение слайда

Слайд 6: Didaktik matn

Asar: Abdulla Qodiriy – “O‘tkan kunlar” “Otabek savdo ishida halollikni ustun qo‘yadi. U foyda ortidan quvib, birovni aldashni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Chunki u halol mehnat bilan topilgan rizqgina baraka keltirishiga ishonadi.” Alisher Navoiy – “Mahbub ul-qulub” Didaktik matn namunasi (mazmunan): Inson ilm bilan ulug‘ bo‘ladi, jaholat esa uni tubanlikka yetaklaydi. Ilmli kishi jamiyatga foyda keltiradi.

Изображение слайда

Слайд 7: Xabar-darak mazmunli matn

01 Xayr jonajon qishlog‘im, hayqirib toshdan-toshga urilib oqayotgan zilol suvli anhorlar, poyonsiz mevazor bog‘lar, hammangizga xayr. Yo‘l yoqasidagi azim yong‘oqlar, sizlar ham yaxshi qoling. Endi sizlarga hech kim tosh otib shoxingizni sindirmaydi, tanangizga mix qoqib ozor bermaydi! Mehribon oyijonim, sho`xliklar qilib ko‘nglingizni o g ‘ritgan bo'lsam, qaysarligim tufayli o‘ksitgan bo`lsam. kechiring meni! Qo‘ng‘ir sochli singillarim, sizlar ham yaxshi qoling. Har xil qiziqchiliklar qilib sizlarni qiqirlatib kuldiradigan, maktabdan qaytayotganingizda sho‘x bolalar urganda tarafmgizni oladigan akangiz yoningizda yo‘q endi. Sog‘inganda, ko‘nglingiz o‘ksiganda rasmga boqing. Lekin yig‘lamang. U albatta keladi, qahram onliklar ko'rsatib qaytadi. O 'z o'qituvchilariga o ‘qimasdan turib ham agronom bo‘la olishi mumkinligini, artist bo‘lib hammani o'ziga mahliyo qila olishi mumkinligini ko‘rsatib qo'yadi. Ha, albatta ko'rsatadi. Ko'ksi to‘la orden bilan qaytadi. Xayr!

Изображение слайда

Слайд 8: So`roq mazmunli matn

- Huv, xudoyo urushi boshiga yetsin, qiyomat-qoyim degani shudir-da, a, o'g'rigina bolam-a. Ha, mayli, shu yetimlarning ham peshanasiga yozgani bordir. Xo'sh, endi o'zingdan so'ray. Axir, noilojlikdan-ku, shu harom yo'lga qadam bosibsan, o'ziga to'qroq, badavlatroq odamlarnikiga borsang bo'lmaydimi? Mana shu mahallada Karim qori degan chitfurush bor, Odilxo'jaboy degan pudratchi bor. Matyoqubboy degan ko'nchi bor. Bularning davlati-ku mil_x0002_ mil. Beshikdagi bolasi ham chetiga bayt yozilgan chinni kosada osh ichadi. Shularning tomini teshsang bo'lmaydimi?

Изображение слайда

Слайд 9: Buyruq - istak mazmunli matn

C 01

Изображение слайда

02 “Meni kechir, bilib-bilmay, tushunib-tushunmay qilgan isyonlarimu gunohlarimni avf et, Ollohim ! Hammasini endi umrim poyonidagina anglab yetgandekman. Qizimni o`ldirib, xotinimni ajalidan besh kun burun go`rga tqiqib, yaqinlarimning yurak - bag`rlarini g`amu anduhga to`ldirib bo`libgina mag`zini chaqqandekman.”

Изображение слайда

Слайд 11: Minimal matn

03 1.Alisher Navoiy (Mahbub ul-qulub) “Yaxshi xulq — inson ziynatidir.” 2. Abdulla Avloniy (Turkiy guliston yoxud axloq) “Ilm — saodat kalitidir.” 3. Abdulla Qodiriy (O‘tkan kunlar) “Sabr — najot kalitidir.” 4. Cho‘lpon (Kecha va kunduz) “Erkinlik — insonning eng katta ehtiyojidir.” 5.Erkin Vohidov “Vatan — muqaddasdir.” 6. G‘afur G‘ulom “Mehnat odamni ulug‘laydi.” 7. Oybek (Navoiy) “Ilm bilan inson yuksaladi.”

Изображение слайда

Последний слайд презентации: Matn tahlili ABDURASHIDOVA DILNOZAXON

E`TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!

Изображение слайда

Похожие презентации