Первый слайд презентации: Mavzu : Ar - Roziy va Jurjoniy, ularning jaxon tibbiyoti rivojlanishga qo’shgan hissasi
201- guruh Ziyoyeva Sevinch
Слайд 2
Reja : 1 Roziyning tabobatga oid asarlari 2 Roziyning kimyo sohalariga oid asarlari 3 Jurjoniy tabobatga oid asarlari
Слайд 3
Roziy (arabcha: متفق — Roziy — Toʻliq ismi:Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Roziy (865-925)) — Qomusiy olim, faylasuf va tabib. Hayoti Roziy (toʻliq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy) (865.28.8 — Ray — 925.26.10) — sharqning qomusiy olimi, tabib va mutafakkir Roziy Oʻrta asr Yevropasida lotincha Razes nomi bilan tanilib, tabobat sohasida oʻz davrining Jolinus (Galen)i deb sanalgan. Shuningdek, kimyo, botanika, matematika, astronomiya, mantiq va falsafa kabi fanlarni chuqur oʻrgangan; adabiyot va musiqa bilan ham shugʻullangan. Roziy bir qancha vaqt Ray va Bagʻdod shifoxonalarini boshqargan. U Oʻrta Osiyo, jumladan, Buxoro ilm axllari bilan ilmiy muloqotda boʻlgan. Koʻz kasalligiga uchrab, umrining oxirida koʻr boʻlib qolgan. Roziyning tabobatga oid asarlaridan 36 tasi bizgacha yetib kelgan. U terapiya, xirurgiya, diagnostika, sanitariya-gigiyena, farmakognoziya, farmakologiya, anatomiya, psixologiya kabi ilmlarni yangi gʻoya va ixtirolar bilan boyitgan. Tabobat bilan bogʻliq boʻlgan botanika, mineralogiya va kimyo fani sohasida ham ancha muvaffaqiyatlarga erishgan. Roziyning eng muhim asarlaridan biri "Kitob alhoviy fittib" („Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi“) nomli toʻplamidi Roziy Unda antik davrdan to Roziy zamonasigacha boʻlgan nazariy va amaliy maʼlumotlar berilgan (asarning ayrim qismlari Rossiya Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg qoʻlyozmalar fondida, Myunxen, London, Oksford, Kembrij, Eskurial (Ispaniya), Istanbul va Tehron kutubxonalarida saqlanmoqd a
Слайд 5
„Al-Kunnosh al-Mansuriy“ asari Roziy (shifokor) bir bolani tekshirayotgani. Roziyning tabobatga oid yana bir yirik asari — „Al-Kunnosh al-Mansuriy“ („Mansurga bagʻishlangan toʻplam“)i. Bu asari ham juda koʻp nazariy va amaliy masalalarni oʻz ichiga olgan (qoʻlyozma nusxalari Rossiya Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg fondida, shuningdek, Parij va Tehron kutubxonalarida saqlanmoqda). Asar 16-asrgacha Sharq tabiblari va Yevropa shifokorlarining asosiy qoʻllanmalaridan biri boʻlib, unga koʻp sharxlar yozilgan. Roziy „Kitob aljudariy valhasba“ („Chechak va qizamiq haqida kitob“) asarida tibbiyot tarixida birinchi boʻlib, chechak va qizamiq kasalliklarining boshqa yuqumli kasalliklardan farqi va tarifi berilgan. Roziy chechak bilan bir marta kasal boʻlgan kishi ikkinchi marta bu kasallikka duchor boʻlmasligini aniqlagan va chechakka qarshi emlash kerak degan fikrga kelib, uni amalga oshirgan. Roziy oʻz davri tabobatini diagnostika va davolashning yangi usullari bilan boyitgan, jarroxlikda birinchi boʻlib ketgut (qoʻy ichagidan tayyorlangan ip) ishlatgan.
Слайд 7
Kimyo faniga oid asarlari Roziy mashhur kimyogar boʻlib, kimyo faniga oid 26 ta asar yozgan, biroq, bizgacha ularning 4 tasigina yetib kelgan. Bular orasida „Kitob ulasror“ („Sirlar kitobi“) va [[„Kitob sirr ilasror“ („Sirlar siri kitobi“) asarlari alohida oʻrin tutadi. „Kitob ulasror“da oʻrta asr Sharq kimyosi oʻzining toʻla ifodasini topgan. Roziyning bu asarlari uning nazariy jihatdan bir metallni ikkinchi metallga kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga ishonganini koʻrsatadi. Garchi amaliy jihatdan uning nazariyasi utopik boʻlsada, oltin va kumush hosil qilish yoʻlidagi urinishlari tufayli Roziy hozirgi kimyoni bir qancha yangi moddalar, asboblar va kimyoviy amallar bilan boyitgan. Roziyning tibbiyot va kimyo sohalariga oid asarlari oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarbda shu sohalarning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan.Falsafiy-ijtimoiy qarashlari Roziy oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari falsafasida mavjud boʻlgan taʼlimotlarning birortasiga bogʻliq boʻlmagan holda borliq va uning mohiyati haqida oʻz mustaqil taʼlimotini yaratgan. Uningcha, borliq — yagona bir-biriga boʻysunmagan 5 mustaqil boshlangʻich mohiyat (yaratuvchi, jon, vaqt, makon, materiya)dan vujudga kelgan. Bularning har biri borliqning vujudga kelishi va mavjud boʻlib qolishida „zaroʻriy vujud“larni Roziy materiya, makon, zamonni yaratuvchi va jon bilan bir xil zaruriy mohiyat deb hisoblab, moddiylikni ilohiylikka, ilohiylikni moddiylikka boʻysundirmadi. U oʻz davrining yirik tabiatshunosi sifatida moddiy olam hodisalari va jarayonlarini materiya va uning xususiyatlari bilan izoxlashga harakat qildi, oʻz naturfalsafiy qarashlarida maʼlum darajada ilmiy nuqtai nazarga yaqinlashdi. Oʻrta asr falsafasi uchun erishgan eng katta yutuqlaridan biri — Roziyning narsalar moddiy atom zarralaridan tuzilgani haqidagi taʼlimoti. Roziy Demokrit va Epikur atomistik taʼlimotini oʻrta asrlarda birinchi marta qayta tikladi. Uningcha, materiya dastlab „boʻlinmas zarralar (atom) holatida boʻladi“, ular „ogʻirlik va tanaga ega“, „moddiy zarralarning boʻshliq zarralari bilan qoʻshilishi“ natijasida 4 unsur: tuproq, suv, xavo va olov paydo boʻladi. Atomlarning moddiyligi, abadiyligi va obyektivligi tufayli ulardan vujudga kelgan moddiy olam ham obyektiv va abadiydir. Roziy zarralarning oʻz-oʻzidan harakati masalasini tushunmadi va muayyan narsalarning vujudga kelish jarayoni asosida materiya yotsa ham, bu jarayon jonning materiyaga intilishi va u bilan birikishi tufayli yuz berishi haqidagi dualistik nuqtai nazarda turadi.
Слайд 8
Roziy merosini oʻrganish Roziyning ilmiy merosini birinchi marta oʻrgangan olim Abu Rayhon Beruniydir. Beruniy Roziyning tarjimai holi, dunyoqarashi va asarlarini tadqiq etib, „Fehrist kugub Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy“ („Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy kitoblarining roʻyxati“) asarini yozgan. Roziyning asosiy asarlari oʻrta asrlardayoq Gʻarbiy Yevropada mashhur boʻlgan, baʼzilari lotin va boshqa Yevropa tillariga tarjima qilinib, keng oʻrganilgan. Keyingi davr olimlarining, jumladan, oʻzbekistonlik olimlarning tadqiqotlarida Roziy asarlarining ilmiy jamoatchilikka maʼlum boʻlmagan qoʻlyozma nusxalari va ularning tarjimalari aniqlanmoqda, ayrim asarlari nashr etilmoqda.
Слайд 9
Zayniddin Abul Fazoyil Ismoil ibn Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy ulug‘ olim va zamonasining eng mashhur tabiblaridan biri hisoblanar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Zahiriddin Abul Hasan Bayhaqiy o‘zining “Tatima sifon al-hikma” (“Donolik xazinasiga qo‘shimcha”) asarida Ismoil Jurjoniy haqida shunday yozadi: “Men u kishini 531 hijriy (1136 milodiy) yilda Saraxsda keksalik chog‘larida ko‘rgan edim. Yer yuzining adolatpesha hukmdori Xorazmshoh Otsiz ibn Muhammad uni bir necha muddatga Xorazmga taklif etgan edi. Xorazmda bo‘lgan vaqtida u “Al-Xuffayi al-a’loiy” (“Poyalarning yuqori qismi”), “At-Tibb al-mulukiy”, “Kitob az-zahiraye Xorazmshohiy”, “Kitob al-ahrod” (“Hasad tufayli kelib chiqadigan kasalliklar”), “Kitob yodgor” (“Esdalik kitobi”), “Kitob fi rad alal falosafa” (“Faylasuflarga qarshi raddiya kitobi”), qozi Abu Said Shori’iyga bag‘ishlab “Kitob tadbir yaum va laylat” (“Kecha bilan kunduzning almashinishi haqida kitob”), “Kitob vasiyatnoma” va boshqa tabobat hamda falsafaga doir asarlar yozdi. Uning yozgan asarlari sevib o‘qilganidan tez orada jahonga mashhur bo‘ldi. Muhtaram kishilardan eshitishimcha, u kishi ochiq chehrali, xushmuomala, tabiatan saxovatli shaxs ekanlar” Ismoil Jurjoniy 1042 yilda Jurjon shahrida tug‘ilgan bo‘lsa ham, umrining ko‘p qismini Xorazmda o‘tkazganligidan Zayniddin Abul Fazoyil Ismoil ibn Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy deb ulug‘lanar edi.
Слайд 10
Jurjoniy Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad ibn Anushtagin (1097—1127) va uning o‘g‘li Alouddavla Otsiz (1127—1156) saroyida xizmat qildi. Jurjoniy o‘z davrida qadimgi yunon tabobati vakillari Galen, Gippokrat, shuningdek, o‘zidan oldin o‘tgan Abu Bakr Roziy va ayniqsa, ibn Sino asarlarini chuqur o‘rgandi. Tabobat ilmidan tashqari boshqa ilm sohalarida ham mashhur bo‘lganligidan unga oyiga ming dinordan maosh tayin qilingan edi. Ismoil Jurjoniy o‘zining tabobatga bag‘ishlangan eng yirik asari “Zahiraye Xorazmshohiy”ni 1110 yilda yozib tugatdi va uni Xorazmshoh Kutbiddinga bag‘ishladi. Otsizning buyrug‘iga ko‘ra, bu asarning qisqartirilgan nusxasini 1113 yilda “Al-Xuffayi al-A’loiy” nomi bilan yozib tugatdi. Asar hammaga tushunarli fors tilida yozilgan bo‘lib, harbiy yurishlar va sayohatlarda ham har kim etigi qo‘njiga solib yurishiga (etigxuff) qulaylik yaratish maqsadida shunday qilindi. “Zahiraye Xorazmshohiy” o‘n kitobdan iborat bo‘lib, keyinchalik unga “Dorisozlikka oid kitob” (“Qorabodin”) qo‘shildi.
Слайд 11
Birinchi kitob umumiy nazariy masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda tabiat va koinot haqidagi qarashlar bayon etiladi. Inson organizmining birlamchi a’zolarini tashkil etgan unsurlar, mijoz, to‘rt suyuqlik, badanning har bir qismining nimalarga qodirligi haqidagi ta’limot va shu munosabat bilan tabobatning fan sifatidagi vazifalari haqida gapiriladi. Ikkinchi kitobda sog‘liq va kasalliklar haqidagi ta’limot, ularning turlari, namoyon bo‘lish belgilari, tomir urishiga qarab kasallikni aniqlash to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Uchinchi kitob sog‘liqni saqlash, bunda atrof-muhitning ta’siriga, ya’ni havo, maskan, suv, oziq-ovqat, ichimlik, uyqu, bedorlik, harakat va osoyishtalikka bag‘ishlangan. Bu kitobda bolalar, qariyalar, safardagilar uchun alohida-alohida qoidalar bayon etilgan.
Слайд 12
To‘rtinchi kitobda kasallikni kanday kechishi mumkinligini belgilash, qaysi paytlarda eng og‘ir holatlarga tushib qolish, ulardan qutulish muammolari haqida gap boradi. Beshinchi kitobda bezgak kasalining paydo bo‘lish sabablari, uning belgilari, davolash tarzi bayon etilgan. Oltinchi kitobda inson a’zoyi badanining har xil joylarida paydo bo‘ladigan kasalliklar, ularni davolash usullari tahlil etilgan. Ettinchi kitob rak kasalliklariga, yaralar, shishlar, suyak chiqishlari va sinishlariga bag‘ishlangan. Sakkizinchi kitobda pardoz-andozlar, o‘ziga oro berishlar haqida gap boradi. To‘qqizinchi kitobda zaharlar va unga qarshi davolash usullari haqida hikoya qilinadi.
Слайд 13
O‘ninchi kitob davosizlikka bag‘ishlangan. “Zahiraye Xorazmshohiy” o‘z vaqtida omma orasida keng tarqalgan tabobat sohasidagi eng mashhur asar bo‘lganligidan jahon kutubxonalarining ko‘pchiligida uning qo‘lyozmalari hamon saqlanib kelinmoqda. XII asr muallifi vatandoshimiz Aruziy Samarqandiy bu asarni buyuk olimlar Jolinus, Roziy, ibn Sino va boshqalarning shu sohadagi kitoblari qatoriga qo‘ygan. Bu asar hatto yahudiy tiliga tarjima qilingan edi. XVI asrda esa Abul Fadl Muhammad ibn Idris Daftariy uni turk tiliga tarjima qilgan. Ma’lumki, Sharq olimlarigina emas, balki XVIII asr oxirigacha yashagan Ovro‘po olimlari ham barcha borliqning asosida to‘rt unsur, ya’ni tuproq, suv, havo va olov yotadi deb bilishgan. Ismoil Jurjoniy ham inson tanasi mazkur to‘rt unsurdan tashkil topganini, u sababsiz kasallikka chalinmasligini qayd etadi. Kasallik sababi esa, yuqorida zikr etilgan bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan to‘rt unsur muvozanatining buzilishindan kelib chiqadi. Shuning uchun ham Jurjoniy tabobatni malaka hosil qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritiladigan fan deb hisoblaydi.
Слайд 14
Ismoil Jurjoniy fikricha, isbot va tafakkur vositasida hosil qilingan narsa ilm deb ataladi. Ilm ham o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi: nazariy va amaliy. Nazariy ilmlarga adabiyot, mantiq, riyoziyot kirsa, amaliy ilmlar o‘z ichiga mexanika, tikuvchilik va boshqa qo‘l ishlari, hunarmandchilikni qamrab oladi. “Tabobat ilmi esa, ayni holda ham nazariy va ham amaliy ilmlardan tashkil topadi”. Tabobat ilmidan kuzatilgan maqsad tanani butunliqda — sog‘lomliqda ushlab turishga tibbiy tadbirlar qo‘llash yo‘li bilan erishmoqdir. Bunday holat bemor kishilarning va ularni davolovchi tabiblarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Tabiblar esa, tabiatning barcha siru asroridan boxabar bo‘lishlari lozim. Ma’lumki, tabiatning eng buyuk mo‘jizasi — bu insondir. Shuning uchun ham bu mo‘jizaning nimadan tarkib topganini bilish — uni davolashning kalitidir.
Слайд 15
Ismoil Jurjoniy fiqricha, hayvonot olamining ham o‘z mizoji bor, ammo insondagi mizojgina mo‘tadildir. Bunday natijaga Ovro‘po olimlari XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlaridagina erishdilar. Ular butun inson badanida bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar, uning ona qornida paydo bo‘lishidan boshlangan o‘zgarishlar, tug‘ilgandan keyingi hayotiy yo‘li: chaqaloqligi, o‘spirinligi, yoshligi, keksaligi, qarilik va o‘lim bilan yakunlanadigan hayotiy bosqichlaridagi har bir hujayralarning paydo bo‘lishi, zavolga yuz tutishi, bir tomondan asab tizimining daholati sababli yuz bersa, ikkinchi tomondan, badan a’zolariga ma’lum mijoz (temperament)ga ega bo‘lgan harmonlarning aralashishi oqibatida yuz berishini aniqladilar. Harmonlarning kishi jismiga, ruhiyatiga tasiri oshkora bilinib turadi. G‘ariza (instinkt) va hayajon, fe’lu atvor va mizojlar harmonlar ta’siri vositasida namoyon bo‘ladi. Hozirgi paytda issiq, sovuq, nam va quruq mizojli insonlarning bo‘lishligi ishonchli dalillarga asoslangan ilmiy haqiqat sifatida tan olingan. Chunki ularning manbai asab tizimi, ichki harmonlar amaliyotida ekanligi isbotlangan.
Последний слайд презентации: Mavzu : Ar - Roziy va Jurjoniy, ularning jaxon tibbiyoti rivojlanishga qo’shgan
Karimov U. I., Neizvestnoye sochineniye arRazi „Kniga tayni tayn“, T., 1957; Kadirov A.A., Saipov U.T., Abu Bakr Razi, T., 1963; Usmanov M.A., Zakariyya arRazi, v knige „Iz filosofskogo naslediya narodov Vostoka“, T., 1972; Abu Bakr Roziy va uning shogirdi yozib qoldirgan kasalliklar tarixi, T., 1974; Karimov S.U., IX—XI asrlarda kimyo va dorishunoslik fanlari taraqqiyotida Markaziy Osiyo olimlarining oʻrni, T., 2002.