Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish — презентация
logo
Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish
  • Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish
  • Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish
  • Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish
  • Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish
  • Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish
  • Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish
  • Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish
  • Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish
  • Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish
  • Alisher Navoiy
  • Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish
  • Zahiriddin Muhammad Bobur
  • Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish
  • Asosiy adabiyotlar:
  • Qo‘shimcha adabiyotlar :
1/15

Первый слайд презентации

Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish

Изображение слайда

Слайд 2

Fan / modul kodi MPTA 2305 Fan / modul turi tanlov Ta’lim tili o‘zbek Ishlab chiqilgan o‘quv yili 202 4 /202 5 Semestr Har bir semestrdagi modulning nomi MPTA 2305 ECTS - Kreditlar Haftalik dars soatlari O‘quv mashg‘ulotlari ( soat ) Mustaqil ta’lim ( soat ) Jami yuklama ( soat ) Jami: ma’ruza seminar amaliy laboratoriya 3 Aruz tizimi haqida umumiy ma’lumot Tasavvuf va badiiy ijod masalalari 5 4 60 30 30 0 90 150 Jami: 5 4 60 30 30 0 90 150

Изображение слайда

Слайд 3

Fan maqsadi (FM) FM 1 “ Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish ” ikki qismdan iborat. Uning “Aruz va mumtoz poetika ga kirish ” qismida talabalarga aruz vaznining o‘ziga xos xususiyatlari, aruz tarixi haqida, aruz vaznining nazariy asoslari, qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarning bir-biridan farqi, rukn va bahr tushunchalari, musta’mal bahrlar; mumtoz she’r shakllari, badiiy san’atlar, qofiya ilmi haqida ta’lim beradi. FM 2 “ Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish ” qismida tasavvufning paydo bo‘lish tarixi, rivoji, mohiyati, tushuncha va istilohlari, s o‘ fiyona adabiyotning o‘ziga xos jihatlari va tsavvufiy timsollar ma ‘ nolarini o‘rgatishni nazarda tutadi. Fan bo‘yicha talabalarlarning bilim, ko‘nikma va malakalariga q u y i dagi talablar qo‘yiladi.

Изображение слайда

Слайд 4

Ta’lim natijalari (TN) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba : Mumtoz poetikaning asosini ilmlar uchligi tashkil etadi. Bular: ilmi aruz, ilmi badi’ hamda ilmi qofiyadir. Adabiyotimiz tarixida bu uch ilm birgalikda mumtoz she’rning nafosati va shoirning salohiyatini belgilovchi mezon hisoblangan. Ular orasida aruz ilmi nisbatan murakkab hisoblanib, uni yaxshi bilmaslik mumtoz janrlarda yaratilgan badiiy namunalar mohiyatini anglashda qiyinchilik tug ‘ diradi. Shu ma’noda “Aruz va mumtoz poetikaga kirish” fan i aruz vazni va uning qoidalari, aruzda yozilgan asarlarning o‘lchovini aniqlash yo’llari, aruz tizimining oʻ zbe k mumtoz adabiyotidagi oʻ rni, mumtoz janrlar va ularning badiiyati, ilmi badi’ va ilmi qofiya b oʻ yicha aniq va m uhim ma’lumot larni talaba ga yetkazishda belgilovchi asos vazifasini oʻ taydi. Shuning uchun oliy oʻq uv yurtlarida o ‘zbek tili va adabiyoti ta’lim i ni y oʻ lga qoʻ yishda ushbu fan alohida ahamiyat kasb etadi. “Aruz va mumtoz poetikaga kirish” fanini toʻliq oʻzlashtirish bakalavriat bosqichi talabalarining bilimlarini mustahkamlash, badiiy did va adabiy idrok i ni oʻ stirish hamda ularda tadqiqotchilik malakasini shakllantirish uchun zamin hozirlaydi.

Изображение слайда

Слайд 5

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar. Talaba: aruz vaznining o‘ziga xos xususiyatlari, aruz tarixi haqida, aruz vaznining nazariy asoslari, qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarning bir-biridan farqi, rukn va bahr tushunchalari, musta’mal bahrlar; mumtoz she’r shakllari, badiiy san’atlar, qofiya ilmi haqida bilim ga ega bo‘lishi; taqti’ va uning qoidalari, bahrlar va ularning tarkibiy tuzilishi, bir xil asliy ruknlardan tashkil topgan bahrlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, turkiy she’riyatda faol qo‘llanilgan ramal, hazaj, rajaz, mutaqorib bahrlarida yozilgan she’rlarning taqti’ni belgilay olish, turli asliy ruknlardan tarkib topgan bahrlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, mumtoz aruzshunoslik asoslari; baytli va bandli she’r shakllari, ularning o’ziga xos xususiyatlari, lafziy, ma’naviy va mushtarak san’atlar, mumtoz qofiya turlari haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; Mumtoz she’riy asarlar doirasida badiiylik mohiyati, mumtoz she’r nav’lari, badiiy san’atlar, qofiya va uning turlari haqida umumiy tasavvur hosil qila olishi, mumtoz she’riyatda istifoda etilgan janrlarning badiiyatini belgilay olishi, aruzda yozilgan she’rlarni ifodali o‘qiy olish malakasiga ega bo‘lishi zarur.

Изображение слайда

Слайд 6

Tasavvuf tarixi va nazariyasiga doir tavsiya etilgan birlamchi manbalar: risola, manqaba, maqomot va tazkiralar mazmuni bilan tanishishlari lozim. Tasavvufning manshai va manbalari hisoblangan Qur'oni karim, Hadisi sharif, tafsir va kalom ilmiga oid birlamchi ma'lumotlardan xabardor bo‘lishlari masalaning mohiyatiga yetishga yordam beradi. Tasavvuf tarixiga oid manbalar bilan bir qatorda Markaziy Osiyodagi tasavvuf tariqatlari, yurtimizdan chiqqan buyuk mutasavviflarning manqabaviy hayot yo‘li va ularning mashhur asarlari mazmunini ham bilishlari kerak bo‘ladi. Bulardan tashqari, badiiy asarlar tarkibidagi irfoniy va tasavvufiy g‘oya va talqinlarni anglashi, ramz va timsollar ma'nolari haqida tasavvurga ega bo‘lishi; Ayrim nazariy masalalarning ildizlariga murojaat qilib, adabiy hodisaning bugungi nomlanishi bilan mumtoz adabiyotshunoslikdagi istilohiy munosabatlari haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; adabiyot namunalarining ifoda shakli, til va uslublariga doir tahlillarni amalga oshirish va tavsiya etilgan badiiy asarlarni tahlil qilish va buning natijasida mutasavvif adiblar yoki tasavvufiy tariqatlar mazmuniga doir qarashlarni o‘zlashtirish malakasiga ega bo‘lishi kerak.

Изображение слайда

Слайд 7

Изображение слайда

Слайд 8

Изображение слайда

Слайд 9

Turkiy adabiyotda muammoning mustaqil janr sifatidagi takomili Alisher Navoiy ijodi bilan bog‘liq. Uning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida 52 ta muammo mavjud bo‘lib, ularning barchasi kulliyotdagi ikkinchi devon “Navodir ush - shabob” ga kiritilgan.

Изображение слайда

Слайд 10: Alisher Navoiy

Qilur esang manga somon ayo rafiq havas, A ning ayog‘ig‘a yetkur m ening boshimni-yu bas. ( Salmon)

Изображение слайда

Слайд 11

M uammoda asosiy e’tibor “ سامان ” – “ somon ” (osoyishtalik) so‘ziga qaratilgan. Ikkinchi misradagi “aning ayog‘iga boshimni yetkur” jumlasidagi ishoraga ko‘ra, “ ا ” – “alif” (o)ning oyog‘i, ya’ni pastki q ismiga “ م ” – “mim” (m)ning boshini yetkazish talab qilinadi, natijada “ ا ” – “alif” harfi “ ل ” – “lom” harfiga aylanib, “ م ” – “mim” ga qo‘shiladi va “ سلمان ”– “Salmon” so‘zi kelib chiqadi. Demak, muammoning yechimi - SALMON

Изображение слайда

Слайд 12: Zahiriddin Muhammad Bobur

Hajr shom i sochi savdosi chekar har yon meni, Vahki, bu poyoni yo’q tun qildi sargardon meni.

Изображение слайда

Слайд 13

Mazkur muammoda « shoh » so’zi yashiringan. Uning ochqichi « shom ». «Shom» so’zi 3 harfdan « shin» ( ش ), «alif» ( (ا «mim » ( م ) dan tarkib topgan. Shoirni hijron shomida yor sochining savdosi qiynaydi («mim» — ( م ) ning pastga tushgan qismi o’rilgan sochni eslatadi). Ikkinchi satrda poyoni yo’q tun — etagi yo’q «shom» («mim» ning pastki qismi ketib, hoyi havvazga — ه ga aylanib qolishi) shoirni sargardon qiladi.

Изображение слайда

Слайд 14: Asosiy adabiyotlar:

Yusupova D. Aruz va mumtoz poetikaga kirish. – T.: Akademnashr, 2020. Болтабоев Ҳ. Шарқ мумтоз по э тикаси. – Т.: Ўзбекистон Миллий эн ц иклопедияси, 2008. Носиров О., Жамолов С., Зиёвиддинов М. Ўзбек классик шеърияти жанрлари. – Т.: Ўқитувчи, 1979. Орзибеков Р. Лирикада кичик жанрлар. – Т.: Ғ.Ғулом, 1976. Орзибеков Р. Ўзбек лирик по э зиясида ғазал ва мусаммат. – Т.: Фан, 1976. Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. – Т.: Шарқ,1990.

Изображение слайда

Последний слайд презентации: Mumtoz adabiyotshunoslikka kirish: Qo‘shimcha adabiyotlar :

Исҳоқов Ё. Навоий по э тикаси (“Хазойин ул-маоний” асосида ). – Т.: Фан, 1983. Алишер Навоий: қ омусий луғат. 1-2-жилдлар /Масъул муҳаррир Ш. Сирожиддинов. – Т.: Шарқ, 2016. Қуронов Д. ва бошқалар. Адабиётшунослик луғати. – Т.: Академнашр, 2013. Мусул ь манкулов Р. Персидско-таджикская классическая по э тика (Х-Х V в.). – М.: Наука, 1989.

Изображение слайда

Похожие презентации