Первый слайд презентации
Mavzu : RIVOJLANISH FALSAFASI reja 1. Rivojlanish, tarakkiyotning xususiyatlari. 2.Tarakkiyotda mikdor va sifat uzgarishlari birligi. 3.Tarakkiyotda karama - karshiliklar birligi va kurashi. 4.Tarakkiyotda vorislik va davomiylik ( inkorni - inkor ). 5. Xususiy, umumiy, eng umumiy qonunlar 5. Yakkalik, xususiylik va umumiylik ; butun va kism ; moxiyat va xodisa ; sistema, struktura, element; mazmun va shakl ; sabab va okibat ; zaruriyat va tasodif ; imkoniyat va vokeilik ;
Слайд 2
O‘ZGARISH, RIVOJLANISH VA SHAKLLANISH Olamda hamma narsa harakat, o‘zgarishda, sokin, turgun,muallak predmet mavjud emas. O‘zgarishni kanday bilish mumkin ? Barcha predmetlar - belgi yoki xossalarga ega. Belgilar asosiy, muhim, Strategik va aksincha xususiyatli. BOGʻLANISH RIVOJLANISHNING ASOSI. O‘zgarish predmetlarning biofizik yoki kimyoviy holatida namoyon bo‘lar. Rivojlanish esa yo‘nalish, ilgarilanma, ortga qaytmas harakatdir. Shakllanish esa tizimlarning o‘zaro ta’siri, aloqadorligi asosidagi bir holatdan ikkinchi sifat holatiga o‘sishdir
Слайд 3
Falsafa tarixida antik davrdan boshlab dialektika falsafasi shakllangan. Fatalistik yondoshuvlar mohiyati falsafaning alohida oqimi bo‘lib, insonning hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti oldindan belgilab qo‘yilgan. Ba’zi dinlardagi taqdir g‘oyasi, odamda tashabbuskorlikni susaytiradi. Volyuntaristik yondashuv esa olamdagi barcha o‘zgarish va rivojlanish tabiat va jamiyatda iloxiylik yoki inson irodasining natijasi deb hisoblaydi. Odam o‘z hoxish irodasini ob’yektiv vaziyat, uning oqibatlarini hisobga olishi shart. Emerjentnost esa xaosda tizim i tufayli xosil bo‘ladigan yangi hodisa, ya’ni birdaniga yangilikni paydo bo‘lishi odamlarni uning mohiyati ni anglash jarayoni.
Слайд 4: Dialektika haqidagi qarashlar
Tarixan Dialektikaga turlicha ta’riflanib, u ilk bor Suqrot tomonidan ko‘llanilib, bir-biriga zid, qarama-karshi fikrlar to‘qnashuvida xa q i q atni topish san’ati deb bilgan. Geraklit fikricha, Dialektika — muttasil harakatdagi olam ichki jixatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga kelish, rivojlanish xamda tanazzulga yuz tutish — qarama-qarshiliklar birligidan iborat. Sofistlar haqiqatni borliq Dialektikasidan emas, bahslar olami, ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini harakatga keltirib, oxir-oqibatda bilish fakat nisbiy, gumoniy, taxminiyligini e’tirof etgan. K. Nikolay, J. Bruno Dialektika karama-karshiliklar mosligi xa q idagi ta’limot. Kant fikricha, dialektika vo q elikni tajriba, xissiy bilimlar orqali emas, balki sof tafakkur asosida bilishsh d ir. Gegel bo‘lsa borliq, rux va tarix tarakkiyotining ziddiyatini anglashda umumiy uslub degan.
Слайд 5
Dialektika-aloqadorlik va rivojlanish Dialektika - butunni qismlarga ajratib, qismlarni mohiyatini bilish asosida butunni tushunish, oddiydan murakkabga, noto‘likdan to‘liqqa mantiqiy bilish jarayoni. Baxs asosida haqiqatga yetish Dialektik rivojlanish barcha predmetlarning o‘zaro aloqadorligi va rivojlanishi haqidagi ta’limot. Hamma narsa oqadi va o‘zgaradi. / Pifagor / Bir daryoga ikki bora shung‘ib bo‘lmaydi. Antik stixiyali Materialistik Idealistik dialektika
6 5. Rivojlanish va о‘zaro aloqadorlikning umumiy qonuniyatlari.
Слайд 7
7 progress regress Rivojlanish - muayyan sistemaning muayyan vaqt va fazodagi yaxlit, kompleks, orqaga qaytmaydigan, ilgarilanma yoʼnalishga ega boʼlgan, mi q doriy va sifatiy oʼzgarishidir. Harakat teskari yo‘nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz beradi Harakat tiplari.
Слайд 8
8 Qonunlar xilma-xil bо‘lib, obyektiv jarayonlarni aks ettirishiga qarab farqlanadi. Tabiat qonunlari Jamiyat qonunlari Tafakkur qonunlari Qonunlarning turlari eng umumiy-universal qonunlar, (falsafiy qonunlar) umumiy qonunlar (tabiat, jamiyat va tafakkur qonunlari) xususiy qonunlarga bо‘linadi. (fizikaviy, ximiyaviy va xakoza qonunlar).
Слайд 9: 6. FALSAFIY QONUNLAR
9 Falsafaning 3 ta qonuni mavjud bо‘lib ular; Qarama qarshiliklar birligi va kurashi qonuni Inkorni inkor qonuni. Miqdor о‘zgarishlaridan sifat о‘zgarishlariga о‘tish qonun
10 Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalarning bir biriga о‘xshash belgilari, xususiyatlari va tomonlarni ifodalaydi. Tafovvut tushunchasi narsa va hodisalarning bir biridan farq qiladigan belgilari, xossalari va xususiyatlarini ifodalaydi. Ziddiyat tushunchasi esa qarama-qarshi tomonlar о‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Qarama-qarshilik tushunchasi esa, narsa va hodisalarning bir-birini mustasno etuvchi(keltirib chiqaruvchi) va shu bilan birga bir birini istisno (inkor etuvchi) tomonlari, belgilari va xususiyatlarini ifodalaydi. Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bо‘lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bо‘lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir.
11 Borliqning, olamning mavjudligi va rivojlanishi – miqdor va sifat о‘zgarishlari tarzida ham namoyon bо‘ladi. Miqdor predmetning hajmi, о‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Sifat predmet va hodisalarning umumiyligi, yaxlitligi, uning nisbiy barqarorligi turli-tuman belgi va xossalarining yig‘indisidir. Muayyan bir miqdorning muayyan bir sifatga mos kelishi me yor bilan belgilanadi. Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bо‘ladigan miqdor о‘zgarishlaridan sifat о‘zgarishlariga о‘tish. Sakrash narsa va hodisalarning uzluksiz miqdoriy о‘zgarishlar va rivojlanish davomida tayyorlanib, uzluksiz rivojlanishi tugab, uzilish sodir bо‘lishi. Sakrash ikki xil bо‘ladi ; Tez va birdaniga sakrash (inqilobiy) Asta sekin va tadrijiy (evolyusion) Miqdor о‘zgarishlaridan sifat о‘zgarishlariga о‘tish qonunning mohiyati shundan iboratki, taraqqiyot u z l iksiz va uzlikli kechadi. Bunda u zliksiz о‘zgarishlar miqdoriy о‘zgarishlar bо‘lsa, sifatiy о‘zgarishlar esa uzlikli о‘zgarishlardir.
Слайд 12
12 3. Inkorni inkor qonuni. О‘zgarish va rivojlanish jarayonida о‘z-о‘zini inkor etish tamoyili nixoyatda muhim. Bunda vorislik – eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bо‘ladi. Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunning mohiyatini bildiradi. Inkorni inkor qonuniga muvofiq obyektiv voqelikdagi narsa va xodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi asosida rо‘y beradi. Biroq, aksariyat xollarda, eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy xossalar, xususiyatlar va tomonlar saqlanib qoladi. Inkor tushunchasi kundalik ongda ishlatiladigan “yо‘q” sо‘zi bilan qо‘shilib ketadi, biroq inkor qilmoq – “yо‘q” demak emas. Inkor taraqqiyotning, rivojlanishning zaruriy sharti bо‘lib uning natijasida hayotda о‘z umrini yashab bо‘lgan eskilik о‘z о‘rnini yangilikka b o’ shatib beradi. Bu birinchi inkor bо‘lsa. Vujudga kelgan yangilik ham о‘z navbatida albatta eskiradi va kelgusida yana bir yangilik tomonidan inkor etiladi, bu jarayon - Inkorni inkor deyiladi. Demak, har bir narsa va xodisaning о‘zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan kо‘proq inkor etishlar bilan amalga oshadi. Insoniyat tarixi – avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida ham ana shunday hol nazarda tutiladi.
Слайд 13: Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog‘lanishlari, o‘zaro aloqalari va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir
- Qonun turli -tuman aloqadorliklar, bog‘lanishlardan faqat muhimlarini, ya’ni shunday bog‘lanishlarni ifodalaydiki, bular olamning mavjudligi, o‘zgarishlari va undagi narsa hamda hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo‘ladi ; - Qonun zaruriy bog‘lanishlarni ifodalaydi, ya’ni tasodifiy bog‘lanishlar, goh paydo bo‘lib, goh yo‘qolib ketadigan bog‘lanishlarga asoslanmaydi ; - Qonun narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi
Слайд 14
Falsafa kategoriyalari : Alohidalik, xususiylik, umumiylik • Sistema, struktura, element • Butun, qism, bo‘la k • Mohiyat va hodisa • Mazmun va shakl • Sabab va oqibat • Zaruriyat va tasodif • Imkoniyat va voqelik
Слайд 15: Kategoriyalar – ta’rif, tushuncha va izohlash yoki ko‘rsatish
Alohidalik yoki yakkalik muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo‘lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, ya’ni har qanday hodisa va narsaga xos ichki sifat muayyanlik, individuallik. Umumiylik - olamdagi alohida, individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa - hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo‘lishidir Sistema - grekcha mantiqiy ma’noda butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikmani ma’nolarni anglatadi. Struktura esa, narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidi
Слайд 16
1. Butun ( Yaxlitlik ) Butun – bu o‘zaro bog‘langan qismlardan tashkil topgan, lekin oddiy yig‘indidan ko‘ra ko‘proq ma’no kasb etadigan yaxlit tizimdir. Masalan : Inson organizmi – a’zolar yig‘indisi emas, balki yagona murakkab tizim. Jamiyat – alohida shaxslar yig‘indisi emas, balki ijtimoiy munosabatlar tizimi. Qadimgi faylasuf Aristotel shunday degan : “ Butun o‘z qismlarining oddiy yig‘indisidan kattaroqdir.” Bu fikr butunning sifat jihatdan yangi xususiyatlarga ega ekanini bildiradi. 2. Qism Qism – butunni tashkil etuvchi, uning tarkibiga kiruvchi va undan tashqarida mustaqil holda to‘liq ma’no kasb etmaydigan elementdir. Masalan : Yurak – inson organizmining qismi. Talaba – jamiyatning qismi. Qism butun bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. U alohida mavjud bo‘lishi mumkin, lekin o‘z mohiyatini butun doirasida to‘liq namoyon qiladi. 3. Bo‘lak Bo‘lak – ko‘pincha mexanik ajratilgan yoki mustaqilligi kuchliroq elementni anglatadi. Ba’zi hollarda “ qism ” va “ bo‘lak ” sinonim sifatida ishlatiladi, lekin falsafiy jihatdan farq mavjud : Qism – tizim ichidagi funksional element. Bo‘lak – tashqi ravishda ajratilgan yoki parchaga aylangan element. Masalan : Nonning bir bo‘lagi ( mexanik ajratilgan ). Mexanizmdagi detal esa tizimning qismi.
Слайд 17
1. Mohiyat Mohiyat – narsa va hodisalarning ichki, zaruriy, barqaror va asosiy tomonidir. U bevosita ko‘rinmaydi, balki tahlil, tafakkur va ilmiy bilish orqali ochiladi. Masalan : Daraxtning mohiyati – uning biologik tuzilishi va yashash qonuniyatlari. Davlatning mohiyati – hokimiyat va boshqaruv tizimining mazmuni. 2. Hodisa Hodisa – mohiyatning tashqi namoyon bo‘lish shakli, ko‘rinadigan tomoni. U sezgi orqali idrok qilinadi. Masalan : Yomg‘ir yog‘ishi – tabiat hodisasi. Insonning xatti-harakati – uning ichki dunyosining tashqi ifodasi. Nemis faylasufi Georg Wilhelm Friedrich Hegel fikricha, hodisa mohiyatning namoyon bo‘lish shaklidir, ya’ni mohiyat hodisasiz mavjud bo‘la olmaydi.
Слайд 18
1. Mazmun – narsa yoki hodisaning ichki tarkibi, uning elementlari, xususiyatlari, jarayonlari va o‘zaro aloqalarining yig‘indisidir. Asosiy va belgilovchi omil hisoblanadi. Doimo harakat va rivojlanishda bo‘ladi va shaklni belgilaydi Masalan : Kitobning mazmuni – undagi g‘oya, ma’lumot va fikrlar. Jamiyatning mazmuni – iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi 2. Shakl – mazmunning tashqi ifodalanish usuli, tuzilishi va ko‘rinishidir. Mazmunni ifodalaydi. Nisbatan barqarorroq bo‘lishi mumkin. Mazmunga ta’sir ham ko‘rsatadi Masalan : Kitobning muqovasi va tuzilishi – uning shakli. Davlat boshqaruv tizimi – jamiyat mazmunining shakliy ko‘rinishi. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shakl va mazmun birligini asoslab bergan. Nemis klassik falsafasida, ayniqsa Georg Hegel ta’limotida mazmun va shakl dialektik birlik sifatida qaraladi.
Слайд 19
Sabab – ma’lum bir hodisa yoki jarayonni keltirib chiqaruvchi omil yoki shart-sharoitdir. Sabab : Oqibatdan oldin keladi. Oqibatni yuzaga keltiradi. Zaruriy bog‘lanishni ifodalaydi Masalan : Yong‘inning sababi – olov yoki qisqa tutashuv. Kasallikning sababi – virus yoki infeksiya. Oqibat – sabab ta’sirida yuzaga keladigan natija yoki hodisadir. Oqibat : Sababga bog‘liq ravishda paydo bo‘ladi. Sababning natijasi hisoblanadi. Keyingi jarayonlar uchun sabab bo‘lishi mumkin Masalan : Kuchli yomg‘ir ( sabab ) → suv toshqini ( oqibat ). Mehnat ( sabab ) → muvaffaqiyat ( oqibat ).
Слайд 20
Zaruriyat – narsa va hodisalarning ichki qonuniyatlari asosida muqarrar ravishda yuzaga keladigan holatdir. U barqaror, takrorlanuvchi va muhim bog‘lanishlarni ifodalaydi. Qonuniylikka asoslanadi, Muayyan sharoitda albatta sodir bo‘ladi, Ichki sabablar bilan bog‘liq Masalan : Tirik organizmning qarishi – biologik zaruriyat. Jamiyat taraqqiyoti – tarixiy zaruriyat. Nemis faylasufi Georg Wilhelm Friedrich Hegel zaruriyatni ichki qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi deb talqin qilgan. Tasodif – narsa va hodisalarning a tashqi omillar ta’sirida, beqaror va muqarrar bo‘lmagan tarzda yuz berishidir. Tashqi sharoitlarga bog‘liq, Doimiy emas, Muayyan vaziyatda yuz beradi Masalan : Ko‘chada tanish inson bilan to‘satdan uchrashib qolish. Imtihonda aynan o‘qigan savolingiz tushishi.
Слайд 21
Imkoniyat – narsa yoki hodisaning ma’lum sharoitda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, hali amalga oshmagan holatidir. Xususiyatlari : Kelajak bilan bog‘liq, Shart-sharoitlarga bog‘liq Rivojlanishning boshlang‘ich bosqichi Masalan : Urug‘da daraxt bo‘lish imkoniyati mavjud. Talabada yetuk mutaxassis bo‘lish imkoniyati bor. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel imkoniyat ( potensiya ) va voqelik ( akt ) tushunchalarini birinchi bo‘lib ilmiy asoslagan. Voqelik – imkoniyatning ro‘yobga chiqqan, amalga oshgan holatidir. Xususiyatlari : Amalda mavjud, Aniq va real, Shart-sharoit natijasida yuzaga keladi Masalan : Urug‘dan o‘sib chiqqan daraxt – voqelik. O‘qishni bitirib, mutaxassis bo‘lgan shaxs – voqelik.
Слайд 22
22 Stixiyali dialektika Keyinchalik qadimgi mutafakkirlar ziddiyatlilik va o‘zgaruvchanlik fikr-mulohazalardagina emas, balki real borliqda ham mavjud ekanligini ayt ganlar. Bu faktning tagiga yetgan ilk Geraklit bo‘lgan. U dunyoni « jonli olov » yoki « ikki marta kirish » mumkin bo‘lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda vaqt o‘tishi bilan hamma narsa O‘zining dastlabki shakl-shamoyilini yo‘qotadi va asta-sekino‘zining qarama-qarshiligiga o‘tishi stixiyali dialektikadir : ho‘l narsa quriydi, quruq narsa esa nam tortadi ; bir narsa boshqa narsaga : sovuq issiqqa, tirik o‘likka o‘tadi.
Слайд 23
23 Idealistik dialektika Metafizika unsurlarini o‘z ichga olgan dialektikaga qaytish Yangi davr falsafasi (Rene Dekart, Benedikt Spinoza, Deni Didro va b.)da yuz bergan. Shunga qaramay dialektikaning eng yaxlit konsepsiyasini nemis klassik falsafasida Georg Gegel ta’riflagan. Bu konsepsiya dialektikaning ikkinchi shakli deb ataladi.
Слайд 24
24 Materialistik dialektika Gegel dialektikasi dialektikaning Navbatdagi shakli vujudga kelishiga zamin hozirlagan. Nemis faylasuflari Karl Marks va Fridrix Engels bu zaminga tayangan holda mate- rializmni dialektik mantiq bilan bog‘lashga harakat qilganlar. Buning natijasi o‘laroq dialektikaning uchinchi tarixiy shakli yaratilgan (XIX asrning ikkinchi yarmi ). Unga amalda ilmiy bilishning rivojlanishi yo‘l ochib bergan. Ularning orasida uch kashfiyot : fizikada – materiya harakati turli shakllarining o‘zaro aloqasini asoslab bergan energiyaning saqlanish va o‘zgarish qonunining aniqlanishi ; biologiyada – butun jonli tabiatning ( o‘simliklar dunyosining ham, hayvonot dunyosining ham) tarkibiy jihatdan yagonaligini Yoritib bergan hujayra nazariyasining yaratilishi ; rivojlanish g‘oyasini jonli tabiatga tatbiqan ishlab chiqqan Darvinning evolyusiya nazariyasi alohida o‘rin egallaydi.
Слайд 25
25 Klassik dialektikaning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etibo‘tamiz. Birinchidan, klassik dialektika dunyoni tushunishning shunday bir usuliki, bunda borliq narsalar va hodisalarning umumiy o‘zaro aloqasi, ularning bir-birini taqozo etishi va muttasil o‘zgarishi nuqtai nazaridan anglab yetiladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, dialektika har qanday o‘zgarish, har qanday harakat nazariyasi emas, balki o‘zgarishlarning faqat bir shakli – rivojlanish nazariyasi hisoblanadi. Klassik dialektika
Слайд 26
26 Noklassik dialektika So‘nggi yillarda ayrim tadqiqotchilar Gegel dialektikasi va materialistik dialektikani klassik dialektika sifatida tavsiflab, dialektikaning to‘rtinchi, noklassik shaklini ham farqlamoqdalar. Hozirgi zamon Gʻarb falsafasida dialektikaning ko‘rsatilgan shaklining eng muhim elementlari falsafiy mushohada yuritishning unga xos bo‘lgan germenevtik usulida namoyon bo‘lmoqda. Ammo bu yerda dialektik metod avvalo mazmunni talqin qilish vositasida aniqlash uchun ( P.Riker ), shuningdek anglab yetilayotgan ob’yektni vaziyatli tahlil qilish uchun qo‘llaniladi. Ammo XX asrda dialektikaning bir qancha noklassik konsepsiyalari vujudga keldi.
Слайд 27
27 Metafizika dialektikaning shunday muqobil - laridan biri yoki fikrlashning metafizik metodidir. Shu jihatdan metafizika aksildialektika sifatida qaraladi. « Aksildialektika » ma’nosidagi « metafizika » atamasini falsafaga XIX asrda Georg Gegel kiritgan.
Слайд 28
28 Sofistika Sofistika ham dialektikaning muqobili hisoblanadi, chunki u metafizikaning tur xili sifatida amal qiladi. Sofistika ( yunon. sophismal – mantiq qonunlarini ataylab buzishga asoslangan fikr ) mavjud nazariy qoidalarni saqlash yoki narsalarning mavjud tartibini oqlash uchun faktlar, voqealarni sub’yektivistik talqin qilishga asoslangan dalillash tarzida namoyon bo‘ladi. Sofistika o‘z konsepsiyalarida turli mantiqiy xatolardan, soxta tushunchalardan, xulosalarning noto‘g‘ri shakllaridan, shuningdek so‘z o‘yinlaridan, tushunchalarning ko‘p ma’noliligidan foydalanadi.
Слайд 29
29 Eklektika Eklektika ( yunon. eklego – tanlayman ) - qarama-qarshi konsepsiyalardan prinsipsiz o‘zlashtirilgan turli jinsli, o‘zaro mos kelmaydigan elementlarni bir ta’limotda mexanik birlashtirish ; kontekstdan yulib olingan faktlar, ta’riflar, iqtiboslar va shu kabilardan muayyan bir yoqlama maqsadda foydalanish va ularni buzib talqin qilish. Eklektika – bu, ta’bir joiz bo‘lsa, « qorishma », shu bois u rivojlanish nazariyasi ham, bilish nazariyasi ham, metod ham, dunyoqarash ham hisoblanmaydi. Eklektikaning xavfliligi shundaki, unga ba’zan dialektika niqobi kiydiriladi.
Слайд 30
30 Sinergetika Sinergetika. XX asrning 70-yillarida nemis faylasufi Gans Xaken sinergetika tushunchasini ilmiy muomalaga kiritdi. Sinergetika bilim sohasi sifatida shakllanishida Boris Belousov va Andrey Jabotinskiy kabi olimlar o‘tkazgan eksperimentlar ayniqsa muhim rol o‘ynadi. Ularga tayanib, Ilya Prigojin boshchili - gidagi « belgiya maktabi » kimyoviy jarayonlar sinergetikasining termodinamikaning nomutanosibligi g‘oyalariga asoslangan birinchi nochiziqli modelini yaratdi. Sinergetika ( yunon. synergein – umumiy, muvofiq tarzda harakat qiluvchi ) – ob’yekti fizik, kimyoviy, biologik, ekologik va boshqacha tabiatga ega bo‘lgan ochiq tizimlardagi o‘z-o‘zini tashkil qilish jarayonlari bo‘lgan tarmoqlararo tadqiqotlar yo‘nalishi.
Последний слайд презентации: Mavzu : RIVOJLANISH FALSAFASI reja 1. Rivojlanish, tarakkiyotning
31 XULOSA Dialektika rivojlanish falsafasi - ning ayniqsa puxta ishlab chiqilgan konsepsiyasidir. Hodisalar rivojlani - shining umu-miy nazariyasi sifatida u rivojlanishning mohiyatini anglab yetishga yo‘l ochadi, tabiat, jamiyat va tafakkurdagi real jarayonlarni ular amalda qanday bo‘lsa, shunday aks ettiradi. Dialektika narsalar va ho- disalarni o‘rganishga ularning vujudga kelishi, harakati va rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashadi, shu sababli u ob’yektiv jarayonlarni konkret, har tomonlama o‘rganishga yo‘l ko‘rsatadi. Dialektika bilan bir qatorda rivojlanishning metafizik kon - syepsiyasi, sofistika, eklektika, ekzistensial dialektika, sinerge - tika va boshqa konsepsiyalar mav - jud. Ayrim falsafiy maktablar dialektikani sxolastika si - fatida rad etadi. Bu dialektika yanada chuqurroq o‘rganish va anglab yetishni talab qilishini anglatadi.